Ibtido 35 bob

1 Xudo Baytilda Yoqubga marhamat qiladi. 16 Rohila vafot etadi. 22 Yoqubning o‘g‘illari. 27 Is’hoq vafot etadi.

1 Xudo Yoqubga dedi: — Qani, otlan, Baytilga ko‘chib ket, o‘sha yerda joylashib, qurbongoh o‘rnat. Sen akang Esovdan qochib ketayotganingda, Men u yerda senga zohir bo‘lgan edim.
2 Yoqub xonadonidagilarga va yonidagilarga aytdi: — Begona xudolaringizni yo‘qotinglar, o‘zlaringizni poklab, toza kiyimlaringizni kiyinglar.
3 Endi bu yerdan ketib, Baytilga boramiz. U yerda men Xudoga qurbongoh quraman. Kulfatda qolganimda, Xudo menga madad bergan edi. Qayerga borsam, U men bilan birga bo‘ldi.
4 Hammalari begona xudolarini, ziraklarini Yoqubga berishdi. Yoqub bu narsalarni Shakam yaqinidagi eman daraxtining ostiga ko‘mdi.
5 Yoqub xonadonidagilarini boshlab yo‘lga tushganda, Xudo butun atrofdagi shaharlar aholisiga qo‘rquv yubordi. Shuning uchun hech kim ularni ta’qib qilmadi.
6 Nihoyat, Yoqub butun xonadonidagilarni boshlab Luz shahriga yetib keldi. (Luz hozir Baytil, deb yuritiladi.)
7 Yoqub bu yerda bir qurbongoh qurib, bu joyni Baytilning Xudosi, deb atadi. Yoqub akasidan qochib ketayotganda, Xudo O‘zini unga shu yerda zohir qilgan edi.
8 Ular shu yerda turganlarida, Rivqoning enagasi Dobira vafot qildi. Uni Baytilning yonidagi eman daraxti ostiga dafn qildilar. O‘shandan buyon bu daraxt Yig‘i daraxti, deb yuritiladi.
9 Yoqub Paddon–Oramdan qaytib kelgandan keyin, Xudo unga yana zohir bo‘ldi va unga marhamat ko‘rsatib, dedi:
10 “Sening isming Yoqub, lekin bundan keyin seni Yoqub, deb chaqirmaydilar, sening isming Isroil bo‘ladi.” Shuning uchun u Isroil, deb nom oldi.
11 Xudo shunday dedi: — Men Qodir Xudoman, barakali bo‘l, nasling ko‘p bo‘lsin. Buyuk xalq, hatto ko‘p xalqlar sendan paydo bo‘ladi. Sen shohlarning bobosi bo‘lasan.
12 Men Ibrohimga va Is’hoqqa va’da qilgan yurtni senga beraman. Sendan keyin bu yerni naslingga beraman.
13 Shundan keyin Xudo Yoqubga gapirgan joyidan ketdi,
14 Yoqub o‘sha joyga yodgorlik toshi o‘rnatdi. So‘ngra yodgorlik toshi ustiga Xudoga atab sharob va zaytun moyi quydi.
15 Yoqub bu joyga Baytil, deb nom berdi.
16 Yoqub bilan uning oilasi Baytildan chiqib, Efrat tomon yo‘l oldilar. Ular Efratga hali yetib bormasdan, Rohilaning ko‘zi yoriydigan payti keldi, uni qattiq to‘lg‘oq tutib qoldi.
17 Rohila to‘lg‘oqdan ko‘p azob chekkandan keyin, nihoyat, doyasi: “Qo‘rqma, yana o‘g‘il tug‘ding”, dedi.
18 Rohila jon berayotganda, oxirgi nafasda o‘g‘lining ismini Beno‘n, deb qo‘ydi. Otasi esa unga Benyamin, deb ism qo‘ydi.
19 Shunday qilib, Rohila vafot etdi va Efrat yo‘lida dafn qilindi. (Efrat hozir Baytlahm, deb yuritiladi.)
20 Yoqub Rohilaning qabriga yodgorlik toshi o‘rnatdi. Bu tosh shu kungacha bor.
21 Shundan keyin Yoqub yana ko‘chib, Eder minorasi ortida chodirini tikdi.
22 Yoqub o‘sha yerda yashayotganda, Ruben otasining cho‘risi Bilxaxning yoniga kirdi. Yoqub buni eshitib qoldi. Yoqubning o‘n ikkita o‘g‘li bor edi:
23 Leaxdan tug‘ilgan o‘g‘illari — Ruben (Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li), Shimo‘n, Levi, Yahudo, Issaxor va Zabulun.
24 Rohiladan tug‘ilgan o‘g‘illari — Yusuf bilan Benyamin.
25 Rohilaning cho‘risi Bilxaxdan tug‘ilgan o‘g‘illari — Dan bilan Naftali.
26 Leaxning cho‘risi Zilpodan tug‘ilgan o‘g‘illari — Gad bilan Osher. Yoqubning Paddon–Oramda tug‘ilgan o‘g‘illari ana shular edi.
27 Yoqub Mamrega — Xirat–Arbaga otasining uyiga keldi. (Xirat–Arba hozir Xevron, deb yuritiladi.) Ibrohim va Is’hoq Xevronda istiqomat qilib turgan edilar.
28 Is’hoq 180 yil umr ko‘rdi.
29 U keksayib, yoshini yashab olamdan o‘tdi. O‘g‘illari Esov bilan Yoqub uni dafn qilishdi.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18