Ibtido 3 bob

1 Odam Ato va Momo Havo gunoh qiladi. 14 Xudo hukm qiladi. 22 Odam Ato va Momo Havo jannatdan quviladilar.

1 Parvardigor Egamiz hamma yovvoyi hayvonlarni ham yaratgan edi. O‘sha hayvonlar orasida ancha ayyori ilon edi. Ilon xotindan: — Haqiqatan ham Xudo, bog‘dagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi? — deb so‘radi.
2 Xotin ilonga: — Yo‘g‘–e, biz bog‘dagi hamma daraxtlarning mevasidan yeyishimiz mumkin, — deb javob berdi.
3 — Lekin Xudo, bog‘ o‘rtasidagi daraxtning mevasidan yemanglar ham, tegmanglar ham, yesalaringiz o‘lasizlar, deb aytgan.
4 Ilon esa xotinga: — Yo‘q, o‘lmaysizlar, — dedi.
5 — Chunki Xudo biladiki, sizlar bu mevalardan yesalaringiz, ko‘zlaringiz ochilib, sizlar ham barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan bo‘lib, Xudoga o‘xshab qolasizlar.
6 Xotin qarasaki, o‘sha daraxt ko‘zga chiroyli ko‘rinadi, mevalari juda yeyishli ekan. Xotin: “Qani, endi mevalar menga donolik ato qilsaydi”, deb orzu qildi. U daraxtning mevasidan olib yedi, keyin yonida turgan eriga ham berdi. Eri ham yedi.
7 O‘sha zahoti ikkovining ham ko‘zlari ochilib, ular yalang‘och ekanliklarini anglab yetdilar, anjir barglarini sonlari atrofiga tizib, o‘zlariga yopinchiq yasadilar.
8 Oqshom payti shabada esib turganda, ikkovi bog‘da Parvardigor Egamizning yurganini bildi. Odam va xotini Parvardigor Egamizning nazaridan qochib, bog‘dagi daraxtlar orasiga yashirindilar.
9 Parvardigor Egamiz: “Qayerdasan, ey, odam?” deb chaqirdi.
10 Odam: — Men bog‘da yurganingni bildim–u, yalang‘och bo‘lganim uchun qo‘rqib, yashirindim, — dedi.
11 — Yalang‘och ekaningni senga kim aytdi? — deb so‘radi Xudo. — Men, yemanglar, deb amr etgan daraxtning mevasidan yedingmi?
12 Odam javob berdi: — O‘zing menga bergan xotin o‘sha daraxtning mevasidan menga olib kelgan edi, men ham yedim.
13 Shunda Parvardigor Egamiz xotinga: — Bu nima qilganing? — dedi. — Ilon meni aldadi, men mevadan yedim, — dedi xotin.
14 Parvardigor Egamiz ilonga shunday dedi: “Shu qilmishlaring uchun La’nati bo‘lgaysan barcha jonzotlar orasida Va jamiki yovvoyi hayvonlar orasida. Qorning bilan sudralib yurgaysan, Umring bo‘yi tuproq yegaysan.
15 Dushmanlik paydo qilaman sen bilan xotin o‘rtasida, Sening zoting bilan uning zoti orasida. Uning zoti ezib tashlaydi sening boshingni, Sen chaqib olasan uning tovonini.”
16 Xotinga esa shunday dedi: “Homiladorligingda g‘oyat azob beraman, Mashaqqat ila bola tug‘asan. Ammo eringni qo‘msayverasan, Ering esa hokim bo‘ladi sening ustingdan.”
17 Parvardigor Egamiz odamga shunday dedi: “Xotiningning gapiga kirganing uchun, Men, yema, deb taqiqlagan mevani yeganing uchun, Sen tufayli yerni la’nati qildim. Butun umring bo‘yi timdalab yerni, Yerdan o‘tkazasan tirikchiligingni.
18 Yerning hosili yemishing bo‘lsa ham, Yer sen uchun tikanlaru qushqo‘nmas o‘stiradi.
19 Sen tuproqdan yaralgansan, To tuproqqa qaytguningga qadar, Peshana tering bilan non yeysan. Zero, sen tuproqdirsan Va tuproqqa qaytasan.”
20 Xotin jamiki insonlarning onasi bo‘lgani uchun, Odam Ato unga Momo Havo, deb ism berdi.
21 Odam Ato va uning xotini uchun Parvardigor Egamiz teridan kiyim–kechak yasab, ularni kiyintirib qo‘ydi.
22 Keyin Parvardigor Egamiz shunday dedi: “Mana, inson hamma narsani — yaxshilik va yomonlikni bilib, bizning bittamizga o‘xshab qoldi. Endi u qo‘lini uzatib, hayot ato etuvchi daraxt mevasidan ham olmasin, mevani yeb, abadiy yashaydigan bo‘lib qolmasin.”
23 Shu sababdan Parvardigor Egamiz Odam Atoni va Momo Havoni Adan bog‘idan chiqarib yubordi. U Odam Atoni yerning tuprog‘idan yasagan edi, unga yana o‘sha yerni ishlashga berdi.
24 U Odam Atoni haydab yuborgandan keyin, hayot daraxtiga boradigan yo‘lni qo‘riqlash uchun Adan bog‘ining sharq tomoniga qanotli mavjudotlar — karublarni va doimo aylanib turadigan alangali qilichni o‘rnatdi.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18