Ibtido 15 bob

1 Xudo Ibrom bilan ahd qiladi.

1 Shundan keyin Egamiz Ibromga shu so‘zlarni ayon qildi: — Qo‘rqma, Ibrom, Men senga qalqon bo‘laman, senga beradigan mukofotim buyuk bo‘ladi.
2 — Ey, Egam Rabbiy! Sen menga nima ham berar eding?! Men hamon befarzandman, butun mol–mulkim Damashqlik xizmatkorim Eliazarga qoladi.
3 Sen menga farzand bermading, shuning uchun xonadonimda tug‘ilgan qulim mening merosxo‘rim bo‘ladi–da.
4 Lekin Ibromga yana Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi: — Yo‘q, quling sening merosxo‘ring bo‘lmaydi, o‘zingning pushti kamaringdan bo‘ladigan o‘g‘ling sening hamma mol–mulkingga merosxo‘r bo‘ladi.
5 So‘ngra Egamiz Ibromni tashqariga olib chiqib, unga: — Osmonga qara, agar yulduzlarni sanay olsang, sanab ko‘r, — dedi. Egamiz yana aytdi: — Sening nasling ham o‘sha yulduzlarga o‘xshagan ko‘p bo‘ladi.
6 Ibrom Egamizga ishondi, Egamiz uni ishonchi uchun, solih, deb bildi.
7 So‘ngra Egamiz unga dedi: — Men sening Egangman, bu yurtni senga mulk qilib bermoqchiman, shuning uchun seni Xaldeydagi Ur shahridan olib chiqqanman.
8 — Ey, Egam Rabbiy! Bu yurtni meros qilib olishimga qanday ishonch hosil qilaman? — deb so‘radi Ibrom.
9 — Menga uch yoshli g‘unajin, uch yoshli echki, uch yoshli qo‘chqor, kaptar, musichani olib kel, — dedi Egamiz.
10 Egamiz nima aytgan bo‘lsa, hammasini Ibrom olib kelib, so‘ydi. Hayvonlarni uzunasiga o‘rtasidan bo‘lib, bo‘laklarni bir–biriga qaratib qo‘ydi. Lekin qushlarni ikkiga bo‘lmadi.
11 Quzg‘unlar go‘shtlarni yeyish uchun qo‘nganda, Ibrom quzg‘unlarni haydadi.
12 Quyosh botayotganda, Ibromni qattiq uyqu bosdi. Uni qo‘rquv, vahima qamrab oldi.
13 Shunda Egamiz Ibromga aytdi: — Shuni yaxshi bilib qo‘yki, sening nasling begona yurtda musofir bo‘lib yashaydi. To‘rt yuz yil qul bo‘lib, jabr–zulm tortadi.
14 Lekin Men sening naslingni qul qilgan xalqni jazolayman. Sening nasling begona yurtdan katta boylik bilan chiqib ketadi.
15 Sen juda ham keksayib olamdan o‘tib, dafn etilasan, ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan.
16 Sening nasling to‘rt avlod o‘tgandan keyin bu yerga qaytib keladi, chunki Amor xalqlarining qabihligi hali haddan oshmadi.
17 Quyosh botib, qorong‘i tushgandan keyin, Ibrom tutayotgan tog‘orani va yonayotgan mash’alani ko‘rdi. Bo‘g‘izlangan hayvon bo‘laklari orasidan mash’ala va tog‘ora o‘tdi.
18 Shunday qilib, o‘sha kuni Egamiz Ibrom bilan ahd qildi va shunday dedi: — Men sening naslingga Misrdagi daryodan tortib buyuk Furot daryosigacha bo‘lgan joylarni
19 — Xayin, Xanaz, Kadmon,
20 Xet, Pariz, Rafa,
21 Amor, Kan’on, Girgosh, Yobus xalqlarining yerlarini beraman.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18