Ibtido 24 bob

1 Is’hoq va Rivqo.

1 Ibrohim endi ancha keksayib qoldi. Ibrohim nima qilmasin, Egamiz unga baraka berardi.
2 Ibrohimning xonadonida qulboshisi bor edi. Ibrohim bor mulkini unga ishonib topshirgan edi. Bir kuni Ibrohim o‘sha qulboshisiga aytdi: — Qo‘lingni sonimning ostiga qo‘yib,
3 Samoviy Xudo — Egamning nomi bilan: “O‘g‘lingizga shu yerlik — Kan’onning qizlaridan kelin olib bermayman”, deb qasam ich.
4 Sen mening ona yurtimga — qarindoshlarimnikiga bor. U yerdan o‘g‘lim Is’hoqqa kelin topib kel.
5 — Ehtimol, o‘sha qiz menga ergashib, bu yurtga kelishga rozi bo‘lmas, — dedi qulboshi Ibrohimga. — Unday holda o‘g‘lingizni sizning ona yurtingizga qaytarib olib borishim kerakmi?
6 — Yo‘q! Zinhor bunday qila ko‘rma! — dedi Ibrohim unga. — O‘g‘limni u yerga qaytarib olib borma!
7 Samoviy Xudo — Egam meni otam xonadonidan — qarindosh–urug‘larim yurtidan olib chiqqanda, U menga: “Sen turgan shu yurtni sening naslingga beraman”, deb qat’iy va’da bergan edi. Sening oldingda Egam farishtasini yuboradi. U shunday qiladiki, sen mening o‘g‘limga kelin bo‘ladigan qizni o‘sha yurtdan topib kelasan.
8 Lekin o‘sha qiz sen bilan birga kelishga rozi bo‘lmasa, qasamdan ozod bo‘lasan. Zinhor o‘g‘limni u yerga olib borma.
9 Qulboshi o‘z xo‘jayini Ibrohimning soni tagiga qo‘lini qo‘yib, uning aytganlarini qilishga ont ichdi.
10 Shundan keyin qulboshi xo‘jayinining o‘nta tuyasiga har xil qimmatbaho sovg‘alardan ortib, Oram–Naxrayimga yo‘l oldi. Qulboshi Ibrohimning ukasi Naxo‘r yashaydigan shaharga bordi.
11 Oqshom payti qulboshi shahar tashqarisidagi quduq yoniga yetib keldi va tuyalarni cho‘ktirdi. Bu paytda ayollar suv olgani shu yerga kelishardi.
12 Qulboshi ibodat qildi: — Ey, Egam, xo‘jayinim Ibrohimning Xudosi! Bugun menga omad ber, xo‘jayinim Ibrohimga inoyat ko‘rsatgin.
13 Men quduq boshida turibman, shahar qizlari suv olgani kelishyapti.
14 Istagim shuki, men ularning biriga: “Iltimos, ko‘zangdan suv ichib olay”, deb aytay. Agar o‘sha qiz: “Marhamat, bemalol, tuyalaringizni ham sug‘orib qo‘yaman”, deb aytsa, quling Is’hoqqa kelin qilib tanlaganing o‘sha qiz bo‘lsin. Shu orqali xo‘jayinimga inoyat ko‘rsatganingni bilayin.
15 U hali gapini aytib tugatmagan ham ediki, bir qiz kelib qoldi. U yelkasida ko‘zasini ko‘tarib olgan edi. Bu qizning ismi Rivqo bo‘lib, u Batuvalning qizi, Batuval — Ibrohimning ukasi Naxo‘rning o‘g‘li, Naxo‘rning xotini — Milxo edi.
16 Rivqo hali biron erkakning qo‘li tegmagan bokira qiz bo‘lib, juda chiroyli edi. U quduq bo‘yiga kelib, ko‘zasini to‘ldirdi va orqasiga qaytdi.
17 Shunda qulboshi yugurib, unga peshvoz chiqdi. — Iltimos, ko‘zangdagi suvdan bir qultum ber, — dedi.
18 — Marhamat, janoblari, iching, — deb qiz darrov ko‘zasini yelkasidan tushirdi–da, unga ichgani suv berdi.
19 Qulboshi suv ichib bo‘lgach, qiz dedi: — Endi tuyalaringiz uchun ham suv tortib beraman, to‘yguncha ichsin.
20 U darrov ko‘zasidagi suvni oxurga bo‘shatdi– yu, yana suv tortgani quduqqa yugurib ketdi. Qulboshining hamma tuyalarini sug‘ordi.
21 Qulboshi: “Egam sayohatimni o‘ngidan keltirgani rostmikan yoki yo‘qmi”, deb suv tortayotgan Rivqoni jimgina kuzatib turdi.
22 Qiz tuyalarni sug‘orib bo‘lgach, qulboshi qizga burunga taqiladigan oltin sirg‘ani va ikkita bilaguzukni taqib qo‘ydi. Oltin sirg‘aning og‘irligi bir misqoldan ortiq, bilaguzukning og‘irligi yigirma besh misqol chiqardi.
23 So‘ngra u qizdan: — Ayt–chi, kimning qizisan? — deb so‘radi. — Otangning uyida bir kecha tunashimiz uchun bizga joy topiladimi?
24 — Otamning ismi — Batuval, otamning otasi — Naxo‘r, onasi — Milxo deganlar edi, — deb javob berdi qiz.
25 So‘ngra u: — Uyimizda tuyalaringiz uchun somon ham, yem ham ko‘p, mehmonlar uchun joy ham bor, — deb qo‘shib qo‘ydi.
26 Qulboshi tiz cho‘kib, Egamizga sajda qildi:
27 — Xo‘jayinim Ibrohimning Xudosi — Egamga hamdu sanolar bo‘lsin. Egam xo‘jayinimga sodiq qolib, inoyatini darig‘ tutmabdi. Egam meni to‘ppa–to‘g‘ri xo‘jayinimning qarindoshlari oldiga boshlab kelibdi.
28 Qiz uyiga yugurib bordi va yuz bergan voqealardan uyidagilarni xabardor qildi.
29 Rivqoning Lobon degan akasi bor edi.
30 Lobon singlisidan qulboshining aytganlarini eshitdi, singlisining burnidagi sirg‘ani va qo‘llaridagi bilaguzukni ko‘rdi va quduq bo‘yiga shoshildi. O‘sha odam hali ham buloq boshida tuyalarining oldida turgan edi.
31 — Marhamat, ey, Egam yorlaqagan, nega bu yerda turibsiz? Uyga yuring, uyimda o‘zingiz uchun bitta xona, tuyalaringiz uchun joy tayyorlab qo‘ydim.
32 Shunday qilib, qulboshi uyga kirdi. Lobon tuyalarni yuklardan bo‘shatib, somon, yem berdi. Keyin u Ibrohimning qulboshisiga va u bilan birga kelgan tuyakashlarga oyoqlarini yuvish uchun suv olib keldi.
33 Shundan keyin kechki taom keltirildi. Ibrohimning qulboshisi esa: — Men nima uchun kelganimni sizlarga aytmagunimcha, ovqat yemayman, — dedi. — Marhamat, gapiring, qanday ish bilan keldingiz? — deb so‘radi Lobon.
34 — Men Ibrohimning qulboshisiman, — deb gap boshladi u.
35 — Xo‘jayinimga Egam bergan: u boy bo‘lib ketgan, Egam unga ko‘plab mol–qo‘y, kumushu oltinlar, qul va cho‘rilar, tuyayu eshaklar bergan.
36 Xotini Sora qarigan chog‘ida xo‘jayinimga bir o‘g‘il tug‘ib berdi. Xo‘jayinim butun mol–mulkini o‘g‘liga topshirgan.
37 Xo‘jayinim o‘g‘liga o‘zi yashayotgan Kan’on yurtining qizlaridan kelin olib bermasligim uchun menga qasam ichirdi.
38 “Mening ota urug‘im — qarindoshlarim oldiga borib, o‘sha yerdan o‘g‘limga kelin olib kel”, dedi.
39 Men esa: “O‘sha qiz menga ergashib bu yerga kelmasa–chi”, dedim.
40 Lekin xo‘jayinim aytdi: “Men Egam ko‘rsatgan yo‘ldan yuraman, U O‘zining farishtasini sen bilan birga jo‘natadi va seni omadga erishtiradi. Sen o‘g‘limga qarindoshlarimdan — otam urug‘idan kelin olib kelasan.
41 Agar qarindoshlarimnikiga borganingda, ular qizini bu yerga yuborishga rozi bo‘lishmasa, qasamingdan ozod bo‘lasan.”
42 Qulboshi gapida davom etdi: — Bugun men quduq bo‘yiga kelib, dedim: “Ey, Egam, xo‘jayinim Ibrohimning Xudosi! O‘tinaman, safarimga omad ber.
43 Men buloq boshida turibman. Suv olgani kelgan qizga men, iltimos, ko‘zangdan suv ichib olay, deb aytay.
44 O‘sha qiz, marhamat, bemalol, tuyalaringizni ham sug‘orib qo‘yaman, deb aytsa, xo‘jayinimning o‘g‘liga Egam kelin qilib tanlagan qiz o‘sha bo‘lsin.”
45 Men ko‘nglimdan shu gaplarni o‘tkazib bo‘lmagan ham edimki, Rivqo yelkasida ko‘zasini ko‘tarib kelayotgan ekan. U quduqqa borib, ko‘zasini suvga to‘ldirdi. Men unga: “Iltimos, suvingdan ichib olay”, dedim.
46 U darrov yelkasidan ko‘zasini tushirdi–da: “Marhamat, iching, tuyalaringizni ham sug‘orib qo‘yaman”, dedi. Men suv ichdim, Rivqo tuyalarimni ham sug‘ordi.
47 So‘ng men undan: “Kimning qizisan?” deb so‘radim. U: “Batuval degan odamning qiziman, Otamning otasi — Naxo‘r, onasi — Milxo deganlar edi”, deb javob berdi. Shunday qilib, uning burniga sirg‘ani, qo‘llariga bilaguzuklarni taqib qo‘ydim.
48 So‘ngra Egamga tiz cho‘kib, sajda qildim. Xo‘jayinim Ibrohimning Xudosi — Egamga hamdu sanolar aytdim. Egam meni to‘ppa–to‘g‘ri xo‘jayinimning qarindoshlari oldiga olib keldi. Men uning o‘g‘liga qarindoshlari oilasidan kelin topdim.
49 Endi xo‘jayinimga chinakamiga sadoqat ko‘rsatadigan bo‘lsalaringiz, buni aytinglar, agar yo‘q, desalaringiz, buni ham aytinglar, toki men bir qarorga kelib, biror narsa qilayin.
50 — Bu ish — Xudodan, — deb aytdilar Lobon bilan Batuval, — biz sizga biror gap ayta olmaymiz.
51 Mana, Rivqo qarshingizda turibdi. Uni oling–da, ketavering. Egamiz aytganday, u xo‘jayiningizning o‘g‘liga kelin bo‘lsin.
52 Ibrohimning qulboshisi ularning gaplarini eshitgach, muk tushib, Egamizga sajda qildi.
53 So‘ngra oltin, kumush taqinchoqlar, chiroyli liboslarni Rivqoga berdi. Rivqoning akasi bilan onasiga ham qimmatbaho hadyalar berdi.
54 Qulboshi va u bilan birga kelgan odamlar yeb– ichdilar, tunni shu yerda o‘tkazdilar. Ular ertasi kuni ertalab turishgach, qulboshi: “Endi ruxsat bersangiz, xo‘jayinimning oldiga qaytaylik”, dedi.
55 Lekin Rivqoning akasi bilan onasi: — Rivqo hech bo‘lmasa o‘n kuncha biz bilan qolsin, keyin ketsa ham bo‘ladi, — deyishdi.
56 Lekin qulboshi ularga shunday dedi: — Meni ushlab turmanglar, Egamiz safarimni o‘ngidan keltirgan. Men qaytay, xo‘jayinimning oldiga boray.
57 — Hozir qizimizni chaqirib, o‘zidan so‘raylik–chi, — deyishdi ular.
58 Rivqoni chaqirishib, undan: — Hozir mana bu odam bilan ketasanmi? — deb so‘rashdi. — Ha, ketaman, — dedi Rivqo.
59 Shunday qilib, ular Rivqoni, uning enagasini Ibrohimning qulboshisi va odamlari bilan birga jo‘natdilar.
60 Ular Rivqoni duo qilib, unga shunday dedilar: “Ey, singlimiz! Minglarcha, o‘n minglarcha farzandlarning onasi bo‘lgin! Nasling g‘animlarining darvozalarini egallasin!”
61 Shundan so‘ng Rivqo va uning cho‘rilari tuyalarga minishib, Ibrohimning qulboshisi bilan jo‘nashga tayyor bo‘lishdi. Hammalari yo‘lga tushdilar.
62 Bu vaqtda Is’hoq Ber–Laxay–Ruy qudug‘i yonidan qaytib kelib, Nagav cho‘lida yashayotgan edi.
63 Is’hoq kechqurun sayr qilish uchun tashqariga chiqqan edi. Bir payt u tuyalar kelayotganini ko‘rdi.
64 Rivqo ham Is’hoqni ko‘rdi va darrov tuyadan tushdi.
65 — Huv ana, bir odam dala bo‘ylab biz tomonga kelyapti, kim u? — deb so‘radi Rivqo qulboshidan. — Mening xo‘jayinim, — deb javob berdi qulboshi. Rivqo ro‘molini olib, yuzini berkitdi.
66 Qulboshi hamma qilgan ishlarini Is’hoqqa aytib berdi.
67 Shunday qilib, Is’hoq Rivqoni onasi Sora yashagan chodirga olib keldi. U Rivqoga uylandi. Is’hoq uni juda sevardi. Shu tariqa Is’hoq onasining o‘limidan so‘ng tasalli topdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18