Ibtido 32 bob

1 Yoqub Esovni kutib olishga tayyorlanadi. 22 Yoqub Paniyolda kurash tushadi.

1 Yoqub oila a’zolarini boshlab yo‘lda ketayotgan edi, Xudoning farishtalari unga duch kelib qoldi.
2 Yoqub ularni ko‘rib: “Bu Xudoning lashkargohi!” dedi. Shuning uchun bu joyga Moxanayim, deb nom berdi.
3 Yoqub borishidan oldin Seir, ya’ni Edom yurtida istiqomat qilayotgan akasi Esovga xabarchilarni yubordi.
4 Yoqub xabarchilarga shunday ko‘rsatma bergan edi: — Esov hazratlariga shunday deb aytinglar: “Qulingiz Yoqub aytmoqdaki, u shu paytgacha Lobonning xonadonida yashadi.
5 Endi mollar, eshaklar, qo‘y–echkilar, qul va cho‘rilarga ega bo‘ldi. Kelayotganidan sizni xabardor qilish uchun bizni xabarchi qilib yubordi. Uning umidi shuki, siz unga mehr–muruvvat ko‘rsatsangiz.”
6 Xabarchilar qaytib kelib, Yoqubga shunday dedilar: “Akangiz Esovning oldiga bordik. U sizni kutib olishga kelyapti, yonida to‘rt yuzta odami ham bor.”
7 Yoqub bu xabarni eshitdi–yu, qo‘rqib, vahimaga tushdi. Xonadonidagi odamlarini, qo‘y– echkilarini, mol podalarini, tuyalarini ikki qismga bo‘ldi.
8 U: “Agar Esov kelib, bitta qismni qirib tashlasa, narigi qismi qutulib omon qoladi–ku”, deb o‘yladi.
9 Keyin Yoqub ibodat qildi: — Ey, bobom Ibrohimning, otam Is’hoqning Xudosi! Ey, Egam! Menga: “O‘z yurtingga, qarindoshlaring oldiga qaytib bor, senga omad keltiraman”, deb va’da bergan eding.
10 Men, qulingga ko‘rsatgan sadoqatingga, inoyatingga loyiq emasman. Ilgari Iordan daryosini kechib o‘tganimda, tayog‘imdan boshqa hech narsam yo‘q edi. Endi oila a’zolarim ikki qo‘rg‘onni to‘ldiradigan bo‘ldi.
11 Iltijo qilaman, meni akam Esovning qo‘lidan qutqargin. U kelib, men bilan birga xotinlarimni, bolalarimni o‘ldiradi, deb qo‘rqaman.
12 Sen esa menga: “Senga omad keltiraman, sening naslingni dengizdagi qumdek ko‘paytiraman, ko‘pligidan naslingni sanab bo‘lmaydi”, deb va’da bergan eding. Iltijo qilaman, va’dangni yodingda tut.
13 Yoqub tunni o‘sha yerda — ibodat qilgan joyda o‘tkazdi. Keyin suruvidan akasi Esovga
14 ikki yuzta ona echki, yigirmata taka, ikki yuzta sovliq va yigirmata qo‘chqor,
15 o‘ttizta sog‘in tuyani bo‘taloqlari bilan, qirqta sigir va o‘nta buqa, yigirmata mocha eshak va o‘nta erkak eshakni hadya qilish uchun tanlab oldi.
16 Yoqub bu hayvonlarni podalarga bo‘lib, xizmatkorlariga topshirar ekan, ularga shunday dedi: — Mendan oldin yuringlar, har bir podaning orasida bo‘sh masofa qoldiringlar.
17 U eng oldingi podani haydab borayotgan xizmatkoriga shunday ko‘rsatma berdi: — Esov akam seni uchratib qolib: “Kimning xizmatkorisan? Qayerga ketyapsan? Oldingdagi poda kimniki?” deb so‘raganda,
18 sen: “Bu podalar qulingiz Yoqubniki, bularni siz, to‘ramga, hadya qilib yubordilar, o‘zi ham orqamizda kelyaptilar”, deb aytgin.
19 Yoqub podani haydab borayotgan ikkinchi, uchinchi, xullas, hamma xizmatkorlariga ham bir xil ko‘rsatma berib: — Esovni uchratib qolganingizda, o‘sha gaplarimni aytinglar, — dedi.
20 “Qulingiz Yoqub orqamizda kelyaptilar”, deb albatta aytinglar, — deb ta’kidladi. Chunki Yoqub: “O‘zimdan oldin yuborgan hadyalarim bilan Esov akamning ko‘nglini yumshataman, u bilan yuzma–yuz uchrashganimizda, meni kechirsa ajabmas”, deb umid qilayotgan edi.
21 Shunday qilib, Yoqub o‘zi borishidan oldin, hadyalarni jo‘natib yubordi va bu kechani chodir tikkan joyda o‘tkazdi.
22 O‘sha kuni tunda Yoqub o‘rnidan turdi. Ikkala xotinini, ikkala cho‘risini, o‘n bitta bolasini Yavoq daryosi kechuvidan o‘tkazdi.
23 Ular daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tib bo‘lganlaridan keyin, butun mol–mulkini ham o‘tkazdi.
24 Yoqub daryoning bu tomonida yolg‘iz o‘zi qoldi. O‘sha yerda bir odam bilan tong otguncha kurashdi.
25 O‘sha odam ko‘rdiki, Yoqubni mag‘lub qila olmas ekan. Bir payt u Yoqubning bo‘ksasiga bir urgan edi, soni bo‘g‘inidan chiqib ketdi.
26 — Meni qo‘yib yubor, tong otyapti, — dedi o‘sha odam. — Meni duo qilmasang, ketkizmayman, — hansirab dedi Yoqub.
27 — Isming kim? — deb so‘radi o‘sha odam. — Yoqub, — deb javob berdi u.
28 — Bundan keyin sening isming Yoqub emas, Isroil bo‘lsin, — dedi o‘sha odam. — Chunki sen Xudo va insonlar bilan olishib, g‘olib chiqding.
29 — Iltimos, ismingni ayt! — dedi Yoqub. — Nimaga Mening ismimni so‘rayapsan? — deb so‘radi o‘sha odam. Shunday dedi–yu, u Yoqubni duo qildi.
30 Yoqub: “Xudo bilan yuzma– yuz bo‘libman–u, hayotim saqlanib qolibdi– ya”, deb bu joyga Paniyol, deb nom berdi.
31 Yoqub Paniyoldan ketayotganda, quyosh chiqqan edi. Soni og‘riyotgani uchun, u oqsoqlanib yurardi.
32 O‘sha odam Yoqubning bo‘ksasiga urgani sababli, Isroil xalqi o‘sha tunda yuz bergan voqeaning xotiri uchun bugungacha son go‘shtini yemaydi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак