Ibtido 42 bob

1 Yusufning akalari don sotib olgani Misrga kelishadi.25 Yusufning akalari Kan’onga qaytishadi.

1 Yoqub: “Misrda don bor ekan”, deb eshitgach, o‘g‘illariga dedi: — Bir–birlaringizga termulib o‘tiraverasizlarmi?
2 Misrda don bor ekan, deb eshitdim. Boringlar, o‘zimizga don sotib olib kelinglar, tag‘in ochlikdan o‘lib ketmaylik.
3 Shunday qilib, Yusufning o‘nta akasi don sotib olgani Misrga ketishdi.
4 Lekin Yoqub Yusufning ukasi Benyaminni o‘g‘illari bilan birga yubormadi. “Benyamin ham biror falokatga yo‘liqmasin”, deb qo‘rqardi.
5 Shunday qilib, Yoqubning o‘g‘illari don sotib olgani kelgan boshqa odamlar bilan birga Misrga kelishdi. Chunki Kan’on yurtiga ham ocharchilik yetib kelgandi.
6 Yusuf bu paytda butun Misr ustidan hokim bo‘lgani uchun, yurt xalqiga don sotar edi. Yusufning akalari kelib, boshlari yerga tekkuday bo‘lib, unga ta’zim qilishdi.
7 Yusuf akalarini ko‘riboq, darrov tanidi. Lekin Yusuf ularga xuddi notanishlarday muomala qildi: — Qayerdan keldingiz? — deb dag‘allik bilan so‘radi Yusuf ulardan. — Kan’on yurtidan, don sotib olgani keldik, — deb javob berishdi ular.
8 Yusuf akalarini tanigan bo‘lsa ham, akalari Yusufni tanimadilar.
9 Yusuf akalari to‘g‘risida ancha yillar oldin ko‘rgan tushlarini esladi. Yusuf ularga: — Sizlar josussizlar! — dedi. — Sizlar bu yurtning zaif tomonlarini bilish uchun kelgansizlar.
10 Yo‘q, hazrati oliylari! Bu qullaringiz faqat don sotib olgani kelishgan! — deb javob berdilar akalari.
11 — Biz hammamiz bir odamning farzandlarimiz, to‘g‘ri odamlarmiz. Bu qullaringiz hech qachon josuslik qilishmagan!
12 — Yo‘q! Sizlar bu yurtning zaif tomonlarini bilish uchun kelgansizlar! — dedi Yusuf.
13 — Biz, qullaringiz, o‘n ikkita aka–ukamiz, otamiz Kan’on yurtida, — deyishdi ular. — Eng kichik ukamiz u yerda otamiz bilan qoldi. Bitta ukamiz esa nobud bo‘lgan.
14 — Sizlar josussizlar dedimmi, josussizlar! — deya gapida turib oldi Yusuf.
15 — Endi aytganlaringizni tekshirib ko‘raman. Fir’avnning nomini o‘rtaga qo‘yib qasam ichamanki, agar eng kichik ukangiz bu yerga kelmasa, sizlar Misrdan ketmaysizlar.
16 Sizlardan bittangiz borib, ukangizni olib kelasizlar, qolganlaringiz zindonda yotib turasizlar. Aytganlaringiz to‘g‘rimi, yo‘qmi, tekshiriladi. Agar to‘g‘ri bo‘lmasa, fir’avnning nomini o‘rtaga qo‘yib qasam ichamanki, sizlar shubhasiz josus bo‘lib chiqasizlar.
17 Yusuf ularning hammasini uch kun zindonga qamab qo‘ydi.
18 Uchinchi kuni Yusuf ularga dedi: — Men Xudodan qo‘rqadigan odamman. Agar mening aytganlarimni qilsangiz, tirik qolasizlar.
19 Agar to‘g‘ri odamlar bo‘lsalaringiz, bittangiz zindonda qolasiz, qolganlaringiz esa och qolgan oilalaringiz uchun don olib, uylaringizga ketishlaringiz mumkin.
20 Kichik ukangizni mening oldimga olib kelasizlar. Shu yo‘l bilan sizlarning so‘zlaringizni tekshirib ko‘raman. Gaplaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, sizlarga shafqat qilaman. Hammalari bu gapga rozi bo‘lishdi.
21 Ular bir– birlariga gapira boshladi: “Mana, ukamizga nima qilgan bo‘lsak, endi jazosini tortyapmiz. U qanchalar azoblanganini ko‘zimiz bilan ko‘rib, yolvorishlarini eshitganimizda ham, quloq solmagan edik. Shu sababdan bu azoblar o‘zimizning boshimizga ham keldi.”
22 Shunda Ruben ularga dedi: — Bolaga zarar yetkazmanglar, deb aytmaganmidim?! Lekin sizlar gapimga quloq solmadingiz. Mana endi uning qoni bizni tutadi.
23 Yusuf shu yerda turgan edi. Aka–ukalar: “Gapimizni mana bu odam tushunadi”, deb xayollariga ham keltirmasdilar. Chunki Yusuf akalari bilan tilmoch orqali gaplashardi.
24 Yusuf akalarining oldidan ketib, yig‘ladi. Bir oz o‘zini bosib olgach, qaytib kelib, ular bilan gaplashdi. So‘ng ularning orasidan Shimo‘nni ajratib oldi va ularning ko‘zi oldida bog‘latdi.
25 Shundan keyin Yusuf xizmatkorlariga shunday buyruq berdi: “Bu odamlarning qoplarini donga to‘ldirib beringlar. Har birining kumushlarini[302] qopiga qaytarib solib qo‘yinglar, ularga yo‘l uchun kerakli oziq–ovqat beringlar.” Hammasi Yusuf buyurganday bo‘ldi.
26 Aka–ukalar donlarni eshaklariga yuklab, yo‘lga tushdilar.
27 Kechasi bir joyda tunagani to‘xtadilar. Ulardan biri qopini ochib, eshagiga yem olmoqchi bo‘lgan edi, qarasa, qop ichida kumushlari turibdi!
28 U aka–ukalariga: “Qaranglar! Mana kumushlarim! Qopimning ichida ekan!” deb hayratlandi. Shunda ularning yuraklari qinidan chiqquday bo‘lib qaltirab, bir–birlariga: “Obbo, bunisi Xudoning bizga nima qilgani ekan”, der edilar.
29 Ular Kan’on yurtiga — otalari huzuriga qaytib kelganlaridan keyin, boshlaridan o‘tgan hamma voqealarni unga aytib berdilar:
30 — O‘sha yurtning hokimi biz bilan juda qo‘pol gaplashdi, bizni, josussizlar, dedi.
31 Lekin biz to‘g‘ri odam ekanimizni, josus emasligimizni aytdik.
32 Unga: “Biz o‘n ikkita aka–ukamiz, bitta otaning farzandlarimiz, bitta ukamiz nobud bo‘lgan, eng kichik ukamiz otamiz bilan Kan’onda qolgan”, deb aytdik.
33 Keyin o‘sha yurtning hokimi bizga aytdi: “Sizlarning to‘g‘ri odamlar ekaningizni tekshirib ko‘raman. Bittangiz men bilan qolasiz, boshqalaringiz esa och qolgan oilalaringiz uchun don olib ketaverasizlar.
34 Eng kichik ukangizni mening oldimga olib kelasizlar. Ana shunda sizlar josus emas, balki to‘g‘ri odamlar ekaningizni bilib olaman. So‘ngra mana bu ukangizni sizlar bilan birga jo‘natib yuboraman. Sizlar don sotib olgani tez–tez kelib turaverasizlar.”
35 Ular qoplarini bo‘shatayotganlarida, qarasalar, hammasining qopi ichida tugunchada kumushlari turibdi. Ota–bolalar tugunchalardagi kumushlarni ko‘rganlarida, vahimaga tushdilar.
36 Shunda Yoqub o‘g‘illariga aytdi: — Meni hamma bolalarimdan judo qilmoqchimisizlar? Yusuf yo‘qoldi, Shimo‘n ham yo‘q, endi esa Benyaminni olib ketmoqchisizlar! Peshanam muncha sho‘r bo‘lmasa!
37 Ruben otasiga dedi: — Agar Benyaminni sizga qaytarib olib kelmasam, mayli, mening ikkala o‘g‘limni o‘ldiravering! Benyaminni menga ishonib topshiring, o‘zingizga qaytarib olib kelib beraman.
38 — O‘g‘lim sizlar bilan birga bormaydi, — dedi Yoqub. — Akasi Yusuf o‘lgan, o‘zi yolg‘iz qoldi. Yo‘lda u biror falokatga yo‘liqishi mumkin. Qariganimda meni qayg‘udan o‘liklar diyoriga kiritasizlar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18