Ibtido 50 bob

15 Yusuf aka–ukalariga tasalli beradi. 22 Yusuf vafot etadi.

1 Yusuf o‘zini otasining ustiga tashlab, yig‘laganicha, uni o‘pdi.
2 Yusuf qo‘l ostidagi tabiblarga: “Otamning jasadini mumiyolanglar!” deb amr berdi. Tabiblar Yoqubning jasadini mumiyolashdi.
3 Ular bu ish uchun qirq kun vaqt sarf qildilar. Chunki mumiyolash uchun shuncha vaqt talab qilinar edi. Misrliklar Yoqub uchun yetmish kun aza tutishdi.
4 Aza muddati tugagach, Yusuf fir’avnning a’yonlari huzuriga kelib, dedi: — Agar men sizlarning iltifotingizga sazovor bo‘lsam, fir’avn janobi oliylariga shu gaplarni yetkazsangizlar:
5 “Otam menga qasam ichirib, olamdan o‘tganimdan keyin, jasadimni Kan’on yurtiga olib borib, o‘zim uchun men qazigan qabrga dafn qil, deb aytgan. Endi otamni dafn qilgani borishimga ijozat bersalar. Otamni dafn qilganimdan keyin qaytib kelaman.”
6 — Mayli, boraver, — deb ijozat berdi fir’avn, — qasamni ado qilib, otangni dafn qilib kel.
7 Shunday qilib, Yusuf otasini dafn qilgani jo‘nadi. Fir’avnning hamma a’yonlari — saroyidagi amaldorlar, Misr yurtidagi barcha amaldorlar Yusuf bilan birga ketishdi.
8 Shuningdek, Yusufning barcha oila a’zolari, aka– ukalari, otasining qolgan xonadoni ahli ham Yusuf bilan birga ketishdi. Faqat ularning bolalari, qo‘y– echkilari, podalari Go‘shen yerlarida qoldirildi.
9 G‘oyat katta jamoa Yusufga hamroh bo‘ldi. U bilan bir talay aravakashlar va jang aravalar ham ketdi.
10 Ular Iordan daryosi sharqidagi Otad degan xirmonga yetib keldilar. U yerda uzoq vaqt og‘ir ta’ziya marosimi o‘tkazdilar. Shunday qilib, Yusuf otasi uchun yetti kun aza marosimi o‘tkazdi.
11 Kan’on xalqlari bu yerdagi aza marosimini ko‘rib: “Misrliklar qanday og‘ir aza marosimi o‘tkazyaptilar–a!” deb aytdilar. Shuning uchun bu joyga Ovil–Misrayim, deb nom qo‘ydilar.
12 Shunday qilib, Yoqub o‘g‘illariga qanday vasiyat qilgan bo‘lsa, o‘g‘illari otalarining vasiyatini to‘la–to‘kis bajardilar.
13 Ular otalarining jasadini Kan’on yurtiga olib kelib, Maxpaladagi dalada joylashgan g‘orga dafn qildilar. Ibrohim o‘z oilasiga qabriston uchun Xet xalqidan Efro‘ndan sotib olgan Mamre sharqidagi g‘or shudir.
14 Yusuf otasini dafn qilgandan keyin, aka–ukalarini, otasini dafn qilgani birga kelgan hamrohlarini ergashtirib Misrga qaytdi.
15 Otalari vafot etgandan keyin, Yusufning akalari: “Biz Yusufga yomonlik qilgan edik, endi u o‘sha yomonliklarimiz uchun kek saqlab yurgan bo‘lsa, bizdan o‘ch oladi”, deb qo‘rqa boshladilar.
16 Shuning uchun ular Yusufga shunday xabar yubordilar: “Otamiz vafotidan oldin bizga,
17 Yusufning huzuriga borib aytinglar, men undan o‘tinaman, sizlar unga qarshi qilgan og‘ir jinoyatlaringizni unutsin, deb aytgan edilar. Iltimos qilamiz, otang Xudosining bu qullari qilgan jinoyatlarni unutgin.” Yusuf shu xabarni eshitganda, yig‘lab yubordi.
18 Keyin akalari ham kelib: “Biz sening qullaringmiz”, deb Yusufning oyoqlariga yiqildilar.
19 Lekin Yusuf akalariga: — Qo‘rqmanglar, men sizlarni hukm qilib, jazolaydigan Xudo emasman–ku! — dedi.
20 — Xudo bugun qilayotganday, son–sanoqsiz xalqni saqlab qolishi uchun, sizlar qilgan yomonlikni yaxshi tomonga o‘zgartirdi.
21 Shuning uchun qo‘rqmanglar, men o‘zlaringizni ham, bola– chaqalaringizni ham boqaman. Yusuf akalariga muloyim gapirib, ularga tasalli berdi.
22 Shunday qilib, Yusuf, uning aka–ukalari, ularning oilalari Misrda yashab qoldilar. Yusuf 110 yil umr ko‘rdi.
23 Yusuf Efrayimning nevara– chevaralarini ham ko‘rdi. Manashening o‘g‘li Moxirning bolalari tug‘ilganda, Yusuf hayot edi. Yusuf bu bolalarni ham farzandlari qatoriga qabul qildi.
24 “Mening umrim oxirlab boryapti”, dedi Yusuf aka–ukalariga. “Lekin Xudo sizlarni kuzatib turadi, sizlarni bu yurtdan olib chiqib, Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga beraman, deb qasam ichgan yurtga qaytarib olib boradi.”
25 So‘ng Yusuf Isroil urug‘lariga qasam ichdirib: “Xudo sizlarning oldingizga kelganda, sizlar mening suyaklarimni bu yerdan olib ketinglar”, dedi.
26 Yusuf 110 yil yashab, olamdan o‘tdi. Uning jasadini mumiyolab, Misrda bir tobutga soldilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18