Hikoyalar. Muqaddas Kitob 13 bob

AKA-UKANING UCHRASHISHI

Ibtido, 32-33-boblar; 35-bob, 1-7-oyatlar

13 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Yoqub va uning oilasi uzoq safarga chiqishganida, hammalari Xudo Ibrohimga va uning avlodlariga va’- da qilib bergan yurtga boryapmiz deb xursand bo‘lishdilar. Faqat birgina fikr ularga tinchlik bermasdi

– Esov ularni qanday qarshilar ekan- a? Esov Yoqubni o‘ldirishga ahd qilgani Yoqubning esida edi, shuning uchun Esov uni va farzandlarini o‘ldirishi mumkin deb qo‘rqar edi.
Esov atrofiga to‘rt yuz nafar odamni to‘plab uni kutib olgani chiqayotganini eshitganida, Yoqubning yuragi orqaga tortib ketdi. Nima qilish kerak? Agar Esovning niyati yomon bo‘lsa, unda Yoqubning kuni bitadi. Qochib qutulishning iloji yo‘q, chunki son-sanoqsiz podalar, ayollar va bolalar bilan tezroq yurishning iloji yo‘q edi. O‘zlarini mudofaa qilishlari uchun esa ularda qurol tutishga qodir erkaklar juda kam edi.
Shunda Yoqub o‘zining mol-hollari bilan odamlarini ikkita manzilga ayirib qo‘ydi.
“Agar Esov birinchi manzilga hujum qiladigan bo‘lsa, mendan o‘ch olish niyati yo‘qolmaganini shundan bilib olaman. Shunda hech bo‘lmasa, ikkinchi manzildagilar qutqulib qolar”, - tushuntirdi u o‘g‘illariga.

Yoqubning o‘zi bo‘lsa birinchi guruh bilan yo‘lga tushdi. Kech tushganida, u manzildan bir oz uzoqlashib ibodat qila boshladi:
- Yo Rabbim, men Sening rahm-shafqating va inoyatingga munosib emasman. Lekin hozir Sendan meni va oilamni saqlab qolishingni iltijo qilib so‘rayman. Akam Esov bizni o‘ldirib yuborishiga yo‘l qo‘yma. Axir O‘zing senga panoh bo‘laman, mana shu yerlarni sening avlodlaringga mulk qilib beraman, deb va’da bergansan.

Ertasi kuni tongda turib, qullaridan bir nechtasini o‘ttizta tuya bilan birga akasini qarshilagani yubordi. Ular ko‘zdan g‘oyib bo‘lishi bilan, Yoqub yana boshqa xizmatkorlarini ikki yuz bosh qo‘y podasi bilan yubordi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, echki, sigir va eshaklar podalarini ham xizmatkorlari orqali o‘zidan oldin jo‘natib yubordi. Bu podalar akasi uchun sovg‘a edi. “Esov bu sovg‘alarni qabul qilsa, balki uchrashganimizda mendan yuz o‘girmas”, - deb o‘ylardi Yoqub. Yoqub barcha podalaridan sovg‘alarni yuborib bo‘lgan vaqtda ham Esovdan darak yo‘q edi.

Oqshom tushib, hamma uxlagani yotdi. Tun yarmida Yoqub o‘rnidan turdi-da, oila a’zolari bilan o‘zida bo‘lgan barcha mol-mulkini vodiydan oqib o‘tgan kichik bir daryo kechuvidan o‘tkazdi. Daryoning bu qirg‘og‘ida bir o‘zi qolgan edi. Kutilmaganda bir Zot paydo bo‘lib, u bilan kurashdi. Bu Zot Xudoning inson qiyofasidagi farishtasi edi. Ular uzoq kurashishdi, Yoqub bor kuchi bilan o‘zini himoya qildi. U Zot Yoqubni yenga olmasligiga ko‘zi yetgach, uning soniga urdi. Yoqub kurashni davom ettira olmasa-da, raqibini mahkam ushlab olgan edi.
- Mana tong ham otdi, - dedi raqibi, - endi Meni qo‘yib yubor. Yoqub bo‘lsa Uni qo‘yib yubormadi.
- Avval meni duo qil.
- Isming nima?
- Yoqub.
- Bundan buyon sening isming Yoqub emas, balki Isroil bo‘ladi, chunki sen Xudo bilan kurashding va yengding, shunday ekan odamlarga ham bas kela olasan.
- Menga ismingni ayt, - iltimos qildi Yoqub. Lekin u Zot javob bermadi.
Shunda Yoqub anglab yetdiki, u odam bilan emas, balki Xudoning O‘zi bilan kurashgan ekan. Xudo esa uni duo qilib marhamatladi.
Quyosh sharqda ko‘tarilganda, sirli Zot ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Yoqub sekin-asta o‘rnidan turib, daryo kechuvidan o‘tib oldi. Soni og‘rigani tufayli oqsoqlanib yurayotgan edi.
Yoqub oilasi va chorvasini olib yo‘lga tushdi. Uzoqdan unga qarab kelayotgan odamlarni ko‘rdi. Bu Esov va uning odamlari edi.
Yoqub ularning qarshisiga chiqarkan, itoatkorligining ramzi sifatida yetti marta yergacha egilib ta’zim qildi. Lekin Esov uni kutib olgani yugurib borib, ukasini quchib o‘pdi-da, dedi:
- Seni ko‘rganimdan juda xursandman, Yoqub!
Yoqubning yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi – Esovning unga nisbatan ginasi qolmagan edi. Akasining yuragi yumshaganini bilib, Yoqub haddan ziyod quvondi. Yoqub Xudodan akasining yuragini o‘zgartirishini so‘ragan edi, Xudo uning iltijosini eshitdi. Aka-ukalar xursandchilik ko‘z yoshlarini to‘kishardi.

Esov boshini ko‘tarib, Rohila, Leax va ularning farzandlarini ko‘rib so‘radi:
- Bular senga kim bo‘ladilar? Yoqub javob berdi:
- Bu Xudovand menga in’om etgan bolalar.
Shunda Rohila, Leax, cho‘rilar va Yoqubning barcha farzandlari birma- bir kelib Esovga ta’zim qilishdi.
Esov yana so‘radi:
- Men yo‘lda uchratgan chorva podalari-chi, ularni nima uchun yubording? Mening hamma narsam bor, o‘zingniki o‘zingga bo‘lsin.
Yoqub bo‘lsa Esovdan o‘tindi:
- Marhamat qilib, sizning oldingizga yuborgan sovg‘a-salomlarimni qabul qiling. Chunki Xudo menga ehson qildi, menda hamma narsa bor.
Yoqub ko‘p yolvorgach, akasi uning sovg‘alarini qabul qilishga majbur bo‘ldi. Esov ukasiga dedi:
- Qani yuraylik, mening qarorgohimga boramiz, mehmonim bo‘lasan.

Lekin Yoqub shunday javob berdi:
- Mening tezroq yurishim qiyin: bolalar nozik, qo‘y va sigirlarim sog‘iladigan, agar ularni tezroq yurgizsam, butun chorvamdan ayrilib qolaman.
Shunday qilib, Yoqub Esov bilan birga ketmadi. Shunda Esov o‘z uyiga qaytib ketdi. Uning uyi Kan’on yurtidan uzoqda edi. Yoqub esa Iordan daryosini kechib o‘tib, Kan’on yurtidagi Shakam shahri yaqinida makon qurdi. Yoqub chodirlar tikib, o‘sha yerda qurbongoh tikladi hamda Xudovandga sajda qildi.

SAVOLLLAR
1) Yoqub uyiga qaytarkan, nimadan eng ko‘p qo‘rqardi?
2) Og‘a-inilarning uchrashuvi qanday o‘tdi?
3) Yoqub qanday yangi ism oldi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак