BOBIL MINORASI
To‘fondan so‘ng Nuhning o‘g‘il- lari Som, Xom va Yofaslar ko‘plab o‘g‘il-qizlar va nabiralar ko‘rishdi. Shuni ta’kidlash joizki, odamlar endi to‘fondan oldingiday uzoq umr ko‘rishmasdi. Masalan, Nuh 950 yil yashagan bo‘lsa, uning o‘g‘li Som
bo‘lsa atigi 600 yil, Somning o‘g‘li bo‘lsa 430 yil umr ko‘rdi.
Nuhning avlodi yer yuziga tarqalib ketishidan oldin bir voqea sodir bo‘ldi. Odamlar sharqdan ko‘chib, Shinar yurtidagi bir tekislikka keldilar. Hamma odamlar bitta tilda so‘zlashar edilar. Bir kuni ular bir reja tuzib, bir-birlariga shunday dedilar:
- Keling, g‘isht quyib, xumdonda yaxshilab pishiramiz. Keyin o‘zimizga shahar va boshi osmonga yetadigan minora quramiz. Butun yer yuziga tarqalib ketmaslik uchun o‘zimiz uchun nom chiqaramiz.
Xudo ularning dilidagini bilib, shunday dedi:
- Qani endi pastga tushib, ularning tilini aralashtirib yuboraylik, shunda ular bu yovuz niyatlarini amalga oshira olmaydilar.
Bir lahzadayoq odamlar bir-birini tushunmaydigan bo‘lib qoldilar, chunki hammalari har xil tillarda so‘zlashayotgan edilar-da. Shu tufayli oralarida kelishmovchilik paydo bo‘lib, minorani qurish ishlarini to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.
Xudo odamlarni u joydan butun yer yuziga tarqatib yubordi. Shahar esa Bobil, ya’ni “Aralashuv” deb atalib qoldi.
Shunday qilib, Bobil minorasi voqeasi qanday qilib to‘fondan keyin turli tillar paydo bo‘lganiga izoh beradi.
SAVOLLAR
1) Yer yuziga tarqalib ketishlaridan oldin odamlar nima qilmoqchi bo‘lgandilar?
2) Nima uchun ular tuzgan rejalarini amalga oshira olmadilar?
3) Bobil shahrining nomi qanday ma’- noga ega?
Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.
Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism.
Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.