BUTRUS VA YUHANNO QABR OLDIDA
Yuhanno bayon etgan Xushxabar, 20-bob, 1-10-oyatlar
Shaharga qaytib kelgach, Mag- dalalik Maryam Isoning shogirdlari Butrus va Yuhannoni izlab topdi.
– Hazratimizning jasadini qabr- dan olib ketishibdi. Uni qayerga qo‘yishganini bilmaymiz, – dedi Maryam.
Isoning qayta tirilgani va endilikda hayotligini u hayoliga ham keltirmasdi!
Bu yangilikdan Butrus va Yuhanno albatta hayratga tushishdi. Ular darhol qabr tomon shoshildilar.
Yuhanno tez yugurar edi, shuning uchun u Arimateyalik Yusufning bog‘iga Butrusdan oldin yetib bordi. Qarasa, qabr toshi chindan ham joyidan siljitilgan, qabrning og‘zi ochiq ekan. U engashib ichkariga qaradi, lekin qabrning ichiga kirmadi. Qiziq! Jasad yo‘q, kafan esa bir tekis qilib taxlab qo‘yilgan edi. Yuhanno g‘or og‘zida qoldi. Shu payt Butrus yetib kelib, qabrga kirdi va u ham xuddi o‘sha manzaraga guvoh bo‘ldi – Isoning jasadi o‘ralgan kafan batartib taxlangan, ro‘mol esa alohida joyga qo‘yilgan edi. Agar Magdalalik Maryam taxmin qilganidek, jasad chindan ham o‘g‘irlangan bo‘lsa, unda o‘g‘rilar kafan bilan qabrni bunday tartibga solib chiqib ketishmasdi!
Yuhanno Butrusning ortidan qabrga kirdi. Birdan miyasiga shu fikr
keldi – Iso tirik! Shuning uchun ham qabr bo‘sh!
Shunda Butrus bilan Yuhanno shaharga qaytib, u yerda Isoning boshqa shogirdlarini va ayollarni topishdi. Ular ham Isoning tirikligini va Uni ko‘rganlarini tasdiqladilar! Isoning xochga mixlashganida, qayg‘urib ko‘z yoshi to‘kkan shogirdlarning aksariyati bu quvonchli xabarga ishonishmadi.
SAVOLLAR
1) Magdalalik Maryam Butrus va Yuhannoga qanday xabar olib kelishdi?
2) Butrus va Yuhanno qabrda nimani ko‘rishdi?
3) Yuhanno bo‘sh qabrni ko‘rgach, nimaga ishonch hosil qildi?
Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.
Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.