Hikoyalar. Muqaddas Kitob 74 bob

DARBADAR O‘G‘IL HAQIDA MATAL

Luqo bayon etgan Xushxabar, 15-bob, 11-32-oyatlar

74 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Iso farziylarga yana bitta hikoya aytib berdi. Bir odamning ikki o‘g‘li bor ekan. Ular voyaga yetib, otasiga xo‘jalik ishlarida yordam beradigan bo‘lishibdi. To‘ng‘ich o‘g‘il istar-istamas bo‘lsa-da, otasiga yordam berar ekan. Kichik o‘g‘li bilan esa quyidagicha voqea yuz beribdi. Otasining har doim uni qil-buni qil deb, ish buyuraverishi joniga tekkan kenja yolg‘iz yashab, hamma narsani o‘zim hal qilganim yaxshi, degan qarorga kelibdi.

Kunlardan bir kun, u otasining oldiga kelib:
– Ota, kuni kelib qazo qilganingizda, menga davlatingizning bir qismi meros bo‘lib o‘tadi. Lekin men sizning o‘limingizni kutib o‘tirmoqchi emasman. Istaganimday yashay olishim uchun mening ulushimni hozirning o‘zida berishingizni istayman. Axir ertami-kechmi davlatingizning bir qismi baribir meniki bo‘ladi.
Bu so‘zlarni eshitgan ota qattiq ranjibdi. U o‘g‘lining tegishli pulni olishi bilanoq, uyni tashlab ketishini bilar edi. Biroq o‘g‘lining qaroriga qarshi chiqmaslik uchun uni qolishga undamabdi. Shuning uchun o‘g‘liga ulushini beribdi.

Ko‘p o‘tmay, kichik o‘g‘il uzoq yurtga ketibdi, u yerda dang‘illama uy olib, pulini qimmatbaho kiyim-kechaklaru, aysh-ishratga sarflabdi.
Tez orada atrofdagi odamlar uning puli ko‘pligi va maqtanchoqligini payqab qolibdi. Boshqa yurtdan kelgan, puli oshib-toshib yotgan yigitning atrofida qizlar va yigitlar o‘ralasha boshlabdi, chunki u do‘stlarining sarf-harajatlariga pulini ayamas ekan. Yigit yaxshi do‘stlar orttirdim, deb o‘ylagan ekan. Biroq ular haqiqiy do‘st emas edilar, aksincha unga bir pul solingan hamyondek qarashardi.
Bunday hayot yigitga juda yoqib tushibdi. U sayohatlarga chiqar, ko‘ngil ochar joylarga borar, vaqtchog‘lik qilar, hamda ko‘ngli istagan hamma narsani qilib ko‘rardi. Tug‘ilib o‘sgan uyini hatto esiga ham olmabdi.
O‘yin-kulguga chalg‘igan yigit pulining kundan-kunga kamayib borayotganini payqamabdi ham.
Bir kuni u navbatdagi katta ziyofat uchun pul to‘lash vaqti kelganda, puli yetmasligini eslab dahshatga tushibdi.
– Pulim tugab qoldi, – g‘o‘ldiradi u, – menga yordam berib yuboringlar! Axir do‘stlarimsiz-ku!
– Do‘stlaring? – norozi ohangda dedi ular, – biz mehmon chaqirib, so‘ng pul to‘lolmaydiganlarga do‘st emasmiz. Xayr, omon bo‘l!

Shunday deya, do‘stlari uni birin-ketin tark etishdi.
Yigit oxirgi pullarini qovoqxona egasiga sanab berdi, u esa yigitni haydab solibdi. Og‘ir ahvolga tushib qolgan yigit endi daydib yuradigan bo‘ldi va tez orada muhtojlik nima ekanini bilib oldi. Bu vaqtga kelib, yigit musofir bo‘lib turgan mamlakatda qahatchilik boshlandi. Shu sababli hech kim u bilan hatto qotgan nonini ham bo‘lishgisi kelmasdi. Aksiga olib yigit o‘ziga ish ham topa olmasdi.
Ohir-oqibat u borib, o‘sha mamlakat fuqarolaridan biriga arzon narx evaziga cho‘chqalarini boqishga yollanibdi. Avvallari bunday ish haqida gapirishning o‘zi yigit uchun haqorat hisoblanardi. Endi bo‘lsa, uning mag‘rurligidan asar ham qolmagandi. Qorni och qolgan yigit cho‘chqalar yeydigan qo‘zoqlar bilan qornini to‘ydirishga ham zor bo‘libdi, lekin xo‘jayini unga shuni ham ravo ko‘rmas ekan. Mana endi cho‘chqalar orasida irkit, uvadasi chiqib ketgan kiyimlarda, qorni och, kamsitilgan holda o‘tirar edi. Yigit uzoq vaqtdan beri birinchi marta uyini esga olibdi.

“Shunchalar ham nodon bo‘lamanmi? – o‘ylabdi u. – Uydan ketmasam bo‘larkan. Otamning qanchadan–qancha yollanma ishchilarining noni oshib–toshib yotibdi, men esa bu yerda ochlikdan o‘lyapman.
«Nima qilishni bildim, – debdi u, – uyga qaytib boraman. Otam meni o‘g‘il o‘rnida ko‘rishiga umid qilmayman. Uning menga nisbatan otalik mehri butunlay qolmagan bo‘lsa kerak. Lekin hech bo‘lmaganda, menga
rahmi kelib, yollanma ishchi qilib olar? Ularga to‘lagan haqni menga ham berar?
Uyga olib boradigan yo‘l tugamaydiganday tuyuldi unga. Lekin ana ota uyi uzoqdan ko‘zga chalinib turibdi. Oxirgi bir nechta qadamni tashlashga yigitda kuch qolmagan edi. Buning ustiga otasining ko‘ziga qarashga jur’ati yetmas edi.
Shu payt qarshisiga yugurib chiqayotgan odamga ko‘zi tushdi. Ko‘zlariga zo‘r berib, uzoqda kelayotgan odamga tikilib qaradi. Bu uning otasi edi!

Qariya qo‘llarini silkitib, unga quvonch bilan hayqirar edi. Nahotki otasi uning qaytganidan quvonayotgan bo‘lsa?! Yigitning bunga ishongisi kelmas edi. Bunga ishonish qiyin edi. Nahot otasining jahli chiqmayotgan bo‘lsa, nahotki u o‘g‘lini avvalgidek yaxshi ko‘rsa?!
Otasi o‘g‘lini quchib, bag‘riga qattiq bosib, o‘pdi. Keyin ikkalasi uyga tomon yo‘l olishdi. Yetib borganlarida, otasi xizmatkorlariga buyurib dedi:
– O‘g‘limga eng nafis to‘n keltirib, yelkasiga yopinglar. Bo‘rdoqi buzoqni olib chiqib so‘yinglar. Yeb–ichaylik, xursandchilik qilaylik. Chunki bu o‘g‘lim o‘lgan edi, endi tirildi, yo‘qolgan edi, endi topildi.

SAVOLLAR
1) Iso farziylarga qanaqa hikoya aytib berdi?
2) Bu masaldan qanday saboq olish mumkin?
3) Masaldagi ota va kenja o‘g‘il sizga kimni eslatadi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак