Hikoyalar. Muqaddas Kitob 29 bob

YERIXONING QULASHI

Yoshua kitobi, 5-6-boblar

29 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Yerixo aholisi isroil- liklardan qo‘rqqanlaridan, shahar darvozalarini yopib olishdi. Shahardan hech kim chiqa olmasdi, va unga hech kim kira olmasdi.
Egamiz Yoshuaga dedi:
- Men Yerixo shahrini, uning shohini va qo‘shinini sening qo‘llaringga beraman. Jangchilaring bilan olti kun mobaynida shahar atrofini aylanib chiq. Yettita ruhoniy Ahd sandig‘i oldida karnay chalib borishsin. Yettinchi kun esa, karnay ushlagan ruhoniylar bilan birga shahar atrofini yetti marta aylanib chiqinglar. Olti kun davomida biror kishi birorta so‘z aytmasin. Faqat oxirgi kuni mening ishoram bilan xalq qattiq hayqirsin, shunda shahar devorlari qulab tushadi. Shunda jangchilar har biri turgan joyidan shaharga yopirilib kirishsin.

Yoshua Egamizning amrini ruhoniylar va jangchilarga yetkazdi. Shuningdek, shahardan topiladigan barcha oltin va kumush, mis va temir buyumlar Egamziga bag‘ishlanishini ularga tushuntirdi. Yoshua xalqni ogohlantirib, Yerixo shahridan o‘zlari uchun hech narsa olmasliklarini tayinladi, aks holda buning badali o‘lim bo‘lishini ta’kidladi.
Isroil xalqi hamma narsani Egamiz aytganday bajardi.
Isroil qo‘shini qarorgohdan chiqib keldi. Oldinda yettita ruhoniy karnay chalib borar, ularning ortidan Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar, eng so‘nggida esa qurollangan bo‘linma borar edi. Yoshua men aytmagunimcha, ovozingizni chiqarmanglar, deb ogohlantirgan edi.

Isroilliklar olti kun mobaynida shaharni bir martadan aylanib chiqishdi. Yettinchi kuni esa, erta tongdanoq shahar atrofida ovoz chiqarmay aylana boshladilar, faqat ruhoniylargina karnaylarini chalib borishardi. Shahar atrofini yetti marta aylanib bo‘lishgach, ruhoniylar karnaylarini qattiq chalganlarida, Yoshua:
- Baqiringlar! – dedi.
Barcha jangchilar baland ovozda hayqirib yubordilar. Aynan shu lahzada shahar devori chayqalib, undan katta-katta harsanglar qulay boshladi, ko‘p o‘tmay esa devorning o‘zi ham tubigacha vayron bo‘ldi. Devorning faqat Rahoba yashaydigan qismigina butun qolgan edi.
Shu zahoti Isroil jangchilari shaharga yopirilib, uni egallab olishdi. Yoshua shaharga ayg‘oqchilikka borgan ikki yigitni chaqirib, ularga
Rahoba va uning oila a’zolarini uydan olib chiqishni buyurdi. Yigitlar ularni topib Isroil qarorgohiga keltirishdi. Yerixo bo‘lsa butunlay vayron qilindi.

SAVOLLAR
1) Isroilliklar Yerixo shahrini necha marta aylanib chiqishlari lozim edi?
2) Kim eng oldinda borar edi? Ularning soni necha kishi edi?
3) Nima uchun Rahoba va uning oilasi saqlab qolindi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:





AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18