Hikoyalar. Muqaddas Kitob 100 bob

PAVLUSNING RIMGA SAFARI

Ҳаворийлар китоби, 21-28-боблар

100 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Pavlus hamrohlari bilan Quddusdagi jamoatga kelgan- larida, u yerdagi imonlilar ularni xursandchilik bilan qabul qildilar. Pavlus ularga Xudo g‘ayriyahudiylar orasi- da qanday ishlar qilgan haqida batafsil gapirib berdi. Shunda barchalari Xudoga hamdu-sanolar aytib, Uning qudratli Kalomi uchun minnatdorchilik bildirdilar. Biroq ularning bu xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi.

Pavlus Quddusga kelganiga yetti kun bo‘lganda, qurbonliklar keltirish va atagan nazrini berish uchun Ma’badga bordi. U yerda esa yahudiylar uni darhol tanib qolishdi. Ular Pavlusni tutib, uning yahudiylarning qonuniga qarshi ta’lim berib yurganlikda hamda ustiga- ustak g‘ayriyahudiylarni Ma’badga olib kelib, muqaddas joyni harom qilganlikda ayblashdi.

G‘azablangan odamlar Pavlusni o‘ldirish uchun Ma’baddan sudrab chiqdilar, chunki bu ishni Ma’badda qila olmas edilar. Shunda Rim qo‘shini mingboshisi Klavdiy butun shahar oyoqqa turganini ko‘rib, Pavlusni kishan bilan bog‘lashni va qal’aga olib borishni buyurdi. Yo‘lda ketayotib Pavlus undan xalqqa gapirishga ijozat so‘radi. U yahudiylarga qanday qilib imonga kelgani va gunohlari kechirilgani haqida gapirib berdi. Yahudiylar avvaliga uni diqqat bilan tingladilar, biroq Pavlus Xudo uni boshqa xalqlar (ya’ni ma’jusiylar)ga Xushxabarni va’z qilish uchun yuborganini aytganda, xalq ovozi boricha shovqin soldi. “Bu odam yashashga loyiq emas!” – deb qichqira boshladilar.

Klavdiy mahbusning so‘zlari xalqning g‘azabini qo‘zitganini ko‘rib, odamlariga Pavlusni qal’aga olib ketishni, uni qamchilab, so‘roqqa tutishni buyurdi. Shunda Pavlus:
– Rim fuqarosining biron aybini isbotlamay turib, uni qamchilash
qonunga muvofiqmi? – deb so‘radi.
Rimliklar vahimaga tushishdi, uni so‘roq qilmoqchi bo‘lib turganlar o‘sha zahoti undan qo‘llarini tortdilar, lekin kishandan ozod qilmadilar. Ertasi kuni Pavlusni Oliy Kengash qarshisiga olib kelishdi. Muhokama vaqtida tomonlar o‘rtasida tortishuvlar yuzaga keldi. Birlari Pavlusni qoralar, boshqalari undan hech qanday ayb yo‘qligini aytishardi. G‘ala– g‘ovur kuchayib borar, yahudiylar har tomondan Pavlusni qisib qo‘yardi.

Odamlar Pavlusni o‘ldirib qo‘yishidan qo‘rqib, Klavdiy, odamlariga uni qal’aga olib ketishni buyurdi.
O‘sha kuni tunda Pavlusga Rabbimiz Iso zohir bo‘lib, shunday dedi: – Dadil bo‘l! Sen Quddusda Men uchun qanday guvohlik bergan
bo‘lsang, Rimda ham shunday guvohlik berishing kerak”.
Uzoq davom etgan muhokamalar hamda yahudiylarning Pavlusga qarshi bir necha marta suiqasd uyushtirganlaridan so‘ng, nihoyat uni imperatorning hukmiga topshirishga qaror qilishdi.
Pavlus Rimga borishi va u yerda Iso Masih haqida Xushxabarni bevosita imperatorga va’z qilishi kerak edi.
Pavlusning Rimga kema safari Qaysariyadagi bandargohdan boshlandi. Oldinda uni uzoq va xavfli sayohat kutar edi.

O‘rta Yer dengizida yilning bu paytida qattiq bo‘ronlar bo‘lib turardi, shu sabab dengizga yelkanli kichkina yog‘och kemada chiqish har jihatdan xavfli edi. Pavlus kemachilarni bu haqda ogohlantirdi, ammo ular unga quloq solmadilar.
Kunlarning birida nihoyatda kuchli bo‘ron ko‘tarildi. Baland to‘lqinlar kemani qattiq chayqatardi. Kemani qutqarib qolish uchun ular kemadan yuklarni uloqtira boshladilar, biroq vaziyat tobora yomonlashib borardi. Bir necha kun kema shamol yo‘nalishi bo‘ylab suzib yurdi. Odamlarning qutulib qolish umidlari so‘ngan edi. Shunda Pavlus shamolning shovqini orasida, ovozining boricha baqirib dedi:
– Do‘stlar! Dadil bo‘linglar! Oramizdan hech kim nobud bo‘lmaydi, faqat kemadan ayrilamiz, xolos. Men sajda qiladigan Xudo- yim o‘tgan kuni menga: “Qo‘rqma, Pavlus, sen Qaysar huzurida bo‘lishing kerak” dedi. – Do‘stlar, dadil bo‘linglar! Chunki Xudo xuddi menga aytganidek qilishiga qattiq ishonaman!

O‘n to‘rtinchi kuni dengizchilar quruqlikni ko‘rib qolishdi, biroq unga yaqinlashishning ilojini qila olmadilar. Kema sayoz joyga tiqilib qoldi. Old qismi qumga tiqilib, qimirlamay qoldi, orqa qismi esa to‘lqinlar shiddatidan parchalana boshladi. Odamlarning hammasi qutqarildi: ular eson–omon qirg‘oqqa yetib oldilar.
Egamiz O‘z so‘ziga sodiq qoldi! Dengizchilar va yo‘lovchilardan hech kim cho‘kib ketmadi, hatto shikastlanmadi ham. Endi Iso Masihning nomi Rimda ham ulug‘lanishi uchun Pavlusda Xudoning rejasini amalga oshirishga yo‘l ochilgan edi.
Egamiz Pavlusning Rimga kelishiga ajoyib imkon yaratdi. Pavlus esa Xudoga imperator huzurida Iso Masihga bo‘lgan e’tiqodi haqida gapirish imkonini bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Pavlus Rimga mahbus sifatida emas, balki Isoning shohidi, Samoviy Shohning elchisi sifatida kirib keldi!

SAVOLLAR
1) Nima uchun Klavdiy Pavlusni Oliy Kengash qarshisiga olib chiqdi? U yerda nima sodir bo‘ldi?
2) Pavlus hibsdaligida Xudo unga qanday madad berib turdi? Buning Pavlus uchun ahamiyati qanday edi?
3) Dengizdagi sayohatida nima yuz berdi?
4) Xudoning Pavlusni Rimga yuborishdan maqsadi nima bo‘lgan?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак