Hikoyalar. Muqaddas Kitob 24 bob

AYG‘OQCHILAR

Sahroda kitobi, 13-14-boblar

24 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


- Bu aynan o‘sha sut bilan asal oqib yotgan zamin, - ma’lum qildi Yoshua.
Muso uni boshqa o‘n bitta qabila vakillari bilan birga va’da qilingan yerni tekshirib kelish uchun yuborgan edi.

Qirq kun mobaynida ular o‘sha yerni boshdan-oyoq aylanib chiqishdi. Qaytib kelishgach, hosildor yerlar, keng o‘tloqlar va o‘rmonlar haqida xalqqa so‘zlab berishdi. O‘zlari bilan bir bosh uzum olib kelishdi. Kattaligidan uni ikki kishi xodaga osib ko‘tarib kelishgan edi. Ayg‘oqchilarning barchasi bir ovozdan tasdiqlashib, deyishdi:
- Kan’on – haqiqatdan ham sut bilan asal oqib yotgan yer ekan.
Lekin ularning yuzida ozgina ikkilanish bor edi. Nihoyat, ulardan biri yurak yutib, ma’lum qildi:
- Muso Hazratlari, bu yer qancha yaxshi bo‘lmasin, biz uni qo‘lga kirita olmaymiz. U yerda yashaydigan xalq bizdan ko‘ra ancha kuchliroq ekan.
U bilan birga borgan boshqa ayg‘oqchilar ham u yerda istiqomat qiladigan bahodirlar nasli haqida, hamda shaharlarni o‘rab turgan baland va qalin devorlar haqida aytib berishdi.

Shunda olomon orasida g‘ala-g‘ovur va oh-vohlar ko‘tarildi. Xalq g‘azabga minib, o‘zlarini shunaqa qiyin ahvolga solib qo‘ygani uchun Musoni ayblar edi.
Birdan xalqning shovqini orasida kimdir balan ovozda gapira boshladi. Bu Yoshua bo‘lib, u va’da qilingan yerni tekshrishga Yahudo qabilasining vakili sifatida borgan edi.
- Biz ularni yenga olamiz! – hayqirdi u. – Menga ishoning! Avvalo esa Xudoga ishoning! Uning O‘zi shu yerni bizga va’da qilib berganku. Uning O‘zi bizga yordam beradi!
Xolib Yoshuning so‘zlarini tasdiqlab, dedi:
- Ruhingizni tushirmang, birodarlar! Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar.
Xudoga qarshi isyon qilmang!

Olomonning shovqin-suroni Yoshua va Xolibning so‘zlarini bo‘lib qo‘ydi. G‘azab va alamdan odamlar ularning gaplarini eshitishni istashmasdi. Birdan muqaddas chodir tepasida yorug‘ bir nurni ko‘rdilar. Egamizning ulug‘vorligi chodirni qoplagan edi.
Shu ondayoq dod-fig‘onlar tindi. Xudoning isroilliklarga biron gapi borligini bilish uchun Muso chodir tomon shoshildi.
- Bu xalq Menga ishonmaydi, shuning uchun, o‘lat yuborib ularni jazolayman! – Xudoning qat’iy hukmi shu bo‘ldi.
Muso shu safar ham Xudoga iltijo qilib xalqning gunohidan kechirishini so‘radi.
- Yaxshi, - javob berdi Xudo, - sen iltimos qilganing uchungina Men bu xalqni qirib tashlash fikrimdan qaytaman.
Biroq, Mening Misrda va sahroda sodir etgan mo‘’jizalarimni ko‘rib ham, o‘z bilganidan qolmagan odamlarning birortasi Men
ota-bobolariga va’da qilib bergan yerni ko‘rmaydi. Va’da qilingan yerga kirish- lariga Men yo‘l qo‘ymayman!
Xalq qirq yil sahroda sarson- sargardon bo‘lib yuradi. Shundan keyingina ular yangi yerni egallaydilar. Bu vaqt davomida yigirma yoshdan katta bo‘lgan avlodning barchasi o‘lib ketadi. Faqat Yoshua bilan Xolibgina hozir yigirma yoshdan kichik bo‘lgan avlod bilan birga Kan’on diyoriga kiradi.


SAVOLLAR
1) Va’da qilingan yerni tekshirib kelishga kimlar borishi kerak edi? Ular necha kishi edilar?
2) Ular Kan’on yerida nimalarni ko‘rdilar?
3) Bu voqeadan biz qanday saboq chiqarishimiz mumkin?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Uzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktubilar. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18