Hikoyalar. Muqaddas Kitob 70 bob

ISONING SUV USTIDA YURISHI

Mark bayon etgan Xushxabar, 6-bob, 45-56-oyatlar (Matto 14:22-33)

70 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Kech kirdi. Shogirdlar tushgan qayiq Jalila ko‘lida suzib borardi. Iso ular bilan emasdi, U ibodat qilish uchun yolg‘iz O‘zi tepalikka chiqib ketgan edi. Shogirdlar bir soatdan beri eshkak eshishga qiynalayotgan edilar, chunki shamol qayiqqa qarshi esar edi. To‘lqinlar qayiqni chayqatar, xavf ortib borar, shogirdlar esa Kafarnahumga yetib borishlari kerak edi. Iso ularni u yerga yuborgandi. O‘zi esa kechroq yetib borishini aytgandi.
Shogirdlar qancha urinmasin, sohilga suzib borishning uddasidan chiqa olmayotgan edilar – shamol qayiqni boshqa tomonga olib ketib qolar edi. Shamol haddan tashqari kuchli, ular esa unga qarshi kurashda shunchalar ojiz edilar.

Birdan ularga uzoqda yorug‘ bir nuqta ko‘rindi. U suv ustida chayqalib, qayiq tomon yaqinlashar edi. Masofa qisqarib borgani sari, buning inson ekanligini tobora aniqroq ko‘rishardi. Shogirdlardan biri qo‘rqqanidan baqirib yubordi. Suv ustida sharpa yurib kelyapti! Bunday bo‘lishi mumkin emas!

Ularga yaqinlashib kelayotgan narsa yo sharpa, yoki bo‘lmasa, qandaydir tushunarsiz va dahshatli narsadan boshqa narsa emas!
Endi ular o‘sha odamning (agar u chindan ham odam bo‘lsa), shamolning shovqinida ovozi yaxshiroq eshitilishi uchun qo‘llarini og‘ziga yaqin olib borib, bor ovozi bilan ularga qichqirayotganini aniq ko‘ra boshlashdi:
– Qo‘rqmanglar, bu Menman!
Bu – Iso, ularning Ustozi edi! Shogirdlar Uni tovushidan darhol tanib oldilar. Yuraklari endi joyiga tushdi. Shogirdlar yengil nafas olib, Isoning qayiqqa yaqinlashishini kutishdi. Ulardan faqat bittasigina kutib o‘tirishni istamadi. Butrus tabiatdan toqatsiz edi. Qolaversa, u Isoni juda yaxshi ko‘rgani uchun, Uni hammadan oldin kutvolish uchun jon deb, yugurib borgan bo‘lardi. Biroq buning iloji yo‘q edi-da. Kim suv ustida cho‘kim ketmasdan yura olishi mumkin?

“Nega endi iloji yo‘q bo‘larkan? – o‘yladi Butrus. – Iso suv ustida yuryapti-ku, demak men ham yura olaman. O‘zim emas albatta, Uning yordami bilan”.
Bu fikr hayoliga kelib ulgurmasdan u baland tovushda:
– Hazrat, agar bu haqiqatan ham Siz bo‘lsangiz, amr bering, men suv ustida yurib Sizning oldingizga boray, – dedi!
Iso:
– Kel! – dedi.
Butrus qayiqdan oshib, bitta oyog‘ini suv sathiga bosdi. Suv xuddi qattiq yerday uni tutib turganini ko‘rib, boshqa oyog‘ini ham qayiqdan oshirdi va qadam bosdi.

U suv ustida yurib ketdi! O‘zi bilan Iso orasidagi masofa tobora qisqarib borar edi. Shu payt Butrus baland bir to‘lqinning ustiga bostirib kelayotganini ko‘rib, o‘takasi yorildi. To‘lqin ko‘pirganicha Butrusning oyoqlariga urilib parchalanardi. U nigohini Isodan uzib, endi butun diqqatini to‘lqinlarga tikkan edi. Shunda u qattiq qo‘rqib ketdi. To‘lqinda ham tekis yerda turganday oyog‘ida tik tura olarmikan-a? Shu payt u suvga cho‘ka boshlab:
– Hazrat, meni qutqaring! – deb xitob qildi!
Iso shu zahoti qo‘lini cho‘zib, Butrusni ushladi–da:
– Ey imoni sust, nega ikkilanding?! – dedi.
Butrus o‘zining imoni tufayli emas, balki Xudoning O‘g‘li Iso Masih orqali qutqarilib qoldi.

Shu orada boshqa shogirdlar qayiqda ularga yaqinroq suzib kelishdi hamda Iso bilan Butrusni qayiqqa chiqarib olishdi. Shunisi ajablanarliki, ular qayiqqa tushishlari bilan shamol ham tindi. Qayiq to‘lqinlarda mayin tebranar edi.
Bu voqea shogirdlarga qattiq ta’sir qilganidan, ular Isoning oldida tiz cho‘kishib, shunday deyishdi:
– Siz haqiqatan ham Xudoning O‘g‘lisiz!
O‘sha tunda shogirdlar Isoning yordamisiz halok bo‘lishlari mumkinligini yana bir bor anglab yetdilar.


SAVOLLAR
1) Shogirdlar kechasi qayerga yo‘l olishdi? Nima uchun Iso ular bilan birga emasdi?
2) Ko‘lda nima sodir bo‘ldi? Shogirdlar dengizda suzayotib nimadan qattiq qo‘rqib ketishdi?
3) Rabbimiz qanday qilib suv ustidan yura oldi?
4) Butrus nima uchun birdan cho‘ka boshladi?

 


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак