Hikoyalar. Muqaddas Kitob 67 bob

ISO YAIRNING QIZINI TIRILTIRADI

Luqo bayon etgan Xushxabar, 8-bob, 41-42, 49-56-oyatlar

67 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Yair umrida hech qachon bunchalik tez yugurmagandi. U sinagogada (yahudiylar ibodat uchun yig‘iladigan binoda) oqsoqol edi. Bunday yuqori martabali odamlarga yugurish to‘g‘ri kelmasdi. Biroq bu yerda gap hayot- mamot masalasi haqida borar edi. Uning o‘n ikki yashar qizi o‘lim to‘shagida yotgan edi. Yair qizini jonidan ortiq ko‘rardi va uni qizining kundan-kunga so‘lib borayotganini ko‘rishga majbur edi. Ayni shu paytda shaharga Iso shogirdlari bilan keldi va Yair Undan yordam so‘rashga qaror qildi. U Isoning oyog‘iga bosh urib: “Ustoz, mening jajji qizim o‘lim to‘shagida yotibdi. Kelib uni sog‘aytiring, tirik qolsin. Hoziroq yuring, kech bo‘lmasin!”, deb yolvordi.

– Qani, ketdik, – javob berdi Iso. – Oldimizga tushib boravering, Men ortingizdan boraman.
Biroq olomon ko‘pligidan, ularning orasidan tez yurib o‘tib ketishning iloji yo‘q edi. Yair sabrsizlik bilan yo‘lidan chiqqan odamlarni itarib-turtib borar edi. Shu payt qarshisida shoshilib kelayotgan xizmatkorini ko‘rdi.

Xizmatkori unga:
– Qizingiz o‘ldi, Ustozni ovora qilmay qo‘ya qoling, – dedi.
Yairning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Hammasi tamom! Jondan aziz qizi endi yo‘q! Shuncha yugurganlari behuda ketdi. Yair bir joyda qotib turar, yuzi esa murdanikidek oqarib ketgan edi.
Iso xizmatkorning nima deganini eshitdi. U Yairni yelkasidan tutib, bag‘riga bosar ekan, dedi:
– Qo‘rqmang. Faqat ishoning, qizingiz shifo topadi, – dedi.
Sinagoga boshlig‘i nimaga ishonishni bilmasdi. U qayg‘udan karaxt bo‘lib, uyi tomon yo‘l oldi. Iso esa uning ortidan ergashdi.
Uyga yaqinlashganlarida, odamlarning qizcha uchun dod-faryod qilayotganlari eshitilib turardi.

Iso ularga dedi:
– Yig‘lamanglar, axir, qizcha o‘lmagan, u uxlab yotibdi.
Odamlar buni etishib, Isoning ustidan kuldilar, chunki qizcha o‘lganini ular aniq bilishardi. Qanday qilib Iso bunaqa kulgili narsalarni aytishi mumkin! Iso hammani chiqarib yuborib, shogirdlaridan Butrus, Yuhanno, va Yoqubni oldi, va qizchaning ota-onasi boshchiligida, qizcha to‘shakda yotgan xonaga kirdi. So‘ng qizchaning qo‘lidan ushlab:
– Qizaloq, tur o‘rningdan! – dedi.
Shu onda qizcha chuqur nafas oldi, keyin yana bir marta nafas olib, ko‘zlarini ochdi. Uning yuziga qon yugurib, avvalgi tusga kirdi.

So‘ngra esa qizcha o‘rnidan turib ketdi.
Ota-onasi ko‘zlariga ishonishmasdi. Ularning bolasi tirilgan edi! Bu qanday baxt!
– Qizchaga ovqat beringlar, u qayta kuchga kirishi lozim, – dedi Iso. So‘ng U o‘rnidan turib, qizchaga yana bir marta jilmayib qaradi-da,
xonadan chiqdi. Bu jumboqdan aqllari karaxt bo‘lgan shogirdlar o‘zlariga kelib, Ustozlarining ortidan yetib olgunlaricha, oradan muayyan bir vaqt o‘tdi.


Iso hammani tashqariga chiqarib yubordi. U qizchaning ota–onasi va shogirdlarini olib qolib, qizcha yotgan xonaga kirdi. Qizchaning qo‘lidan ushlab unga:
— Qizaloq, tur o‘rningdan! — dedi.
Qizchaga jon kirdi. U shu zahoti o‘rnidan turdi.
Iso: “Qizchaga ovqat beringlar”,
— deb buyurdi.



SAVOLLAR
1) Sinagoga oqsoqolining ismi nima edi?
2) U qanday qayg‘uni boshdan kechirdi?
3) Iso shogirdlarining qaysi birlari Yairning uyida sodir bo‘lgan mo‘’jizaga guvoh bo‘lishdi?

 


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:





AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18