Hikoyalar. Muqaddas Kitob 76 bob

ISO LAZARNI TIRILTIRADI

Yuhanno bayon etgan Xushxabar, 11-bob, 1-45-oyatlar

76 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Marta va Maryamning akasi Lazar qattiq kasal bo‘lib qoldi. Opa-singil uning o‘lib qolishidan qo‘rqib, bu haqda Isoga:
– Hazrat, Sizning aziz do‘stingiz kasal, – deb xabar berdilar.

Rabbimiz kim haqida so‘z borayotganini bilar edi, lekin unchalik havotir olmadi. U shunday javob berdi:
– Bu kasallik o‘lim bilan yakunlanmaydi, balki Xudoning ulug‘lanishiga sabab bo‘ladi!
Iso bu xabarni olgach, shogirdlari bilan o‘sha joyda yana ikki kun qoldi, so‘ng shogirdlariga dedi:
– Yuringlar! Lazar uxlab qoldi. Men uni uyg‘otgani ketyapman. Shogirdlari ikkilandilar, biroq Iso ularga:
– Lazar vafot etdi! Men uning yonida bo‘lmaganimdan xursandman, chunki bu vaziyat sizlarning ishonishingizga imkon beradi. Qani, endi uning oldiga boraylik! – dedi.

Iso Baytaniyaga yetib borganda, Lazarning qabrga qo‘yilganiga to‘rt kun bo‘lgan edi. Quddusdagi ko‘p yahudiylar Marta bilan Maryamning oldiga akasining vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun kelgan edilar. Marta Isoning kelayotganini eshitib, Uni kutib olgani chiqdi. Maryam esa uyda qoldi.
Marta Isoni uchratganida, Unga dedi:
– Hazrat! Agar Siz bu yerda bo‘lganingizda edi, akam o‘lmagan bo‘lardi. Ammo hozir ham bilaman, Siz Xudodan nima so‘rasangiz, Xudo Sizga beradi.
– Akang tiriladi, – dedi Iso.
– Bilaman, oxiratda o‘liklar tirilganda tiriladi, – dedi Marta. Iso unga dedi:
– Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o‘lsa ham yashaydi. Kimda–kim Menga ishonib yashasa, to abad o‘lmaydi. Bunga ishonasanmi?

Marta:
– Ha, Hazrat, Siz dunyoga keladigan Masih, Xudoning O‘g‘li ekaningizga ishonaman, – dedi-yu, singlisi Maryamga Isoning kelgani va uni kutayotganini aytish uchun ketdi.
Maryam singlisining so‘zlarini eshitiboq, o‘rnida turib, Isoning oldiga shoshildi. Uning oyog‘iga yiqilib yig‘ladi. Atrofdagi hammaning g‘amga botganini ko‘rib, Iso marhumni qayerga qo‘yganlarini so‘radi. Unga qabrni ko‘rsatishdi. Qabrga yaqinlashar ekan, Isoning ko‘zi yoshlandi va Lazar yotgan g‘or og‘zidagi toshni olib tashlashni buyurdi. Bir necha kishi toshni surib qo‘yishdi. Iso esa ko‘zlarini osmonga tikib, dedi:
– Ey Ota! Meni eshitganing uchun Senga shukurlar aytaman. Shunday dedi–yu, baland ovoz bilan xitob qildi:
– Lazar, tashqariga chiq!
Shu payt qo‘l oyoqlari kafanlangan, yuzi ro‘mol bilan o‘ralgan marhum chiqib keldi.
– Kafanini yechinglar, uni qo‘yib yuboringlar, – dedi Iso.
Bu buyuk mo‘’jizani ko‘rgan ko‘p yahudiylar Rabbimiz Isoga imon keltirdi.

SAVOLLAR
1) Lazarning qaysi singlisi Isoni kutib olgani chiqdi? U nima dedi?
2) Rabbimiz: “Men tirilish va hayotdirman” – deganida nimani nazarda tutgan?
3) Mo‘’jiza qanday yuz berdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:





AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18