Hikoyalar. Muqaddas Kitob 19 bob

YONAYOTGAN BUTA

Chiqish kitobi, 3-12-boblar

19 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Bir kuni Muso Sinay tog‘i etaklarida qo‘ylarini boqib yurgan edi. Bir mahal g‘aroyib hodisaning guvohi bo‘ldi: buta yonib borar edi. “Juda g‘alati, buta alanga ichida-yu, lekin yonib tugamayapti!” – hayratga tushdi Muso va yaqinroq bordi. Shunda u kimningdir unga gapirayotganini eshitdi:

- Muso! Muso! Men Ibrohim, Ishoq va Yoqubga gapirgan Xudoman. Men xalqim Isroilning chekkan azoblarini ko‘rdim va ularning nolasini eshitdim. Men ularni qullikdan ozod qilib, sut va asal oqib yotgan Kan’on yeriga olib borishga ahd qildim. Endi bor: seni fir’avnning oldiga yuboraman, Isroil xalqini Misrdan olib chiqasan. Qo‘rqma! Men sen bilanman!
- Men-a? Xalqimning oldiga borib, ota-bobolarimizning Xudosi meni yubordi desam, Uning ismi nima deb so‘rashmaydimi?
- Men Egangizman, - yana javob keldi yonayotgan butadan. – Men yagona Xudoman, Ibrohim, Ishoq va Yoqubning Xudosiman.
- Bolaligimdan gapga chechan emasman, buning ustiga tilim chuchuk, - davom ettirdi Muso. – Menga hech kim, ayniqsa fir’avn quloq solmaydi.
- Odamlarni yaratgan, ularga gapirishni o‘rgatgan Men emasmi? – dedi Xudo. – Sening og‘zingga ham kerakli so‘zni O‘zim solib qo‘yaman.
Lekin Muso qarshilik qilishda davom etdi.
- Boshqa birortasini yubora qol. Shunda Xudoning g‘azabi qaynadi.
- Yo‘q, Muso, buni aynan sen bajarasan! Agar gapirishga qo‘rqsang, akang Horunni yoningga ol, u sening o‘rningga gapiradi. Lekin Mening xabarchim sen bo‘lasan va Isroilni qullikdan olib chiqasan!

Shunday qilib, Muso, Xudoning unga amr etganlarini bajo keltirish
uchun Misrga qaytib bordi. Biroq akasi Horun bilan birga fir’avnni qanchalik ko‘ndirishga urinishmasin, fir’avn Isroil xalqini ozod qilishga rozilik bermasdi. Bu orada esa fir’avn isroil xalqining yumushini yanada og‘rilashtirib, beriladigan jazoni yanada kuchaytirdi. Xudo Misr yurti bilan fir’avnning boshiga o‘nta ofat yubordi. Bular kasallik keltiruvchi va don-dunlarga zarar keltiruvchi ofatlar edi. Biroq shunda ham fir’avn Isroil xalqinining va’da qilingan yerga borishiga ijozat bermadi.
Shunda Xudo Muso orqali Isroil xalqiga amr etib, har bir oila uchun tanasida nuqsoni bo‘lmagan bittadan qo‘zini Fisih qurbonligi qilib so‘yilsin dedi. Fisih “chetlab o‘tish” degan ma’noni anglatadi. Qo‘zining qonini idishga solib, kechki payt uni eshik kesakisi va yondorlariga surtish lozim edi. O‘sha tunda hech kim uydan tashqariga chiqmasligi kerak edi, chunki Xudoning farishtasi Misr yurti bo‘ylab butun to‘ng‘ichlarni o‘ldirayotgan edi. Eshigiga qon surtilgan uylarni esa, o‘lim farishtasi chetlab o‘tar edi.
Ovqatdan oldin yana bir ish qilishimiz lozim, - dedi oila bosh- liqlari.

– Har biringiz xuddi uzoq safarga otlanganday kiyinib oling, tayog‘ingiz qo‘lingizdan tushmasin. Qo‘zi go‘shtini tong otguncha yeb bitiring. Bu Egamizning Fisih bayramidir. Xudo bizga bu kunni asrlar osha eslab qolib, avloddan-avlodga o‘tadigan bayram sifatida nishonlashni buyurgan. Oila dasturxon atrofiga yig‘ilganida, qo‘zi go‘shtini taxir o‘tlar bilan birga tortishdi. Bolalarga taxir o‘tlarning ta’mi yoqmagan bo‘lsa-da, oila boshi ularga shunday tushuntirdi:
- Xuddi shu o‘tlar kabi, bizning Misrdagi hayotimiz va qiyinchiliklarimiz ham achchiq bo‘ldi.
Non bilan qo‘shib yeyishlari uchun odatdagidan boshqacha non berishdi.
- Bu nonga xamirturush qo‘shilmagan, - tushuntirdi onalar. – Muso bizga xamirturushsiz non yopishni buyurdi. Bu bilan safarga hozirligimizni namoyon etamiz, chunki uzoq yo‘lga xamirturushli non olib bo‘lmaydi. Nihoyat oilalar uxlashga yotishdi.
Erta tongda isroilliklarning hammasi uylari oldilarida yo‘lga shay bo‘lib turishardi. Uzoq kutishgan o‘sha buyuk kun keldimikan-a?

Mana uzoqdan otliq ko‘rindi. Bu isroillik xabarchi edi.
- Hammasi Xudo aytganday bo‘lib chiqdi! – qichqirdi u hali uzoqda turib. – Har bir misrlikning xonadonida to‘ng‘ich o‘g‘il halok bo‘ldi, shu jumladan fir’avnning xonadonida ham. Bugun Xudo fir’avn Uning irodasiga boshqa qarshilib qila olmasligini ko‘rsatdi!
- Endi nima qilamiz? – so‘rashdi odamlar.
- Sizlar yo‘lga chiqishga tayyorsizlarku, - dedi xabarchi. – Bor- budingizni olib yo‘lga tushinglar.
Odamlar bor-budlarini olish uchun uylariga yo‘l oldilar. Otalar bo‘lsa o‘g‘illarining qo‘llaridan ushlab, ularga eshik kesakisi va yondoridagi qonni ko‘rsatishdi:
- Bu qon isroilliklar shu yerda yashaganliklariga belgi bo‘ladi. Mana shu qon seni Xudoning hukmidan asrab qoldi, o‘g‘lim!
Fisih bayrami shu tariqa joriy etilgan edi, ayna shu kuni Egamiz O‘z xalqini qullikdan olib chiqqan edi.

Fir’avn Muso bilan Horunga shunday dedi:
- O‘zlaringiz ham, Isroil xalqingiz ham yo‘qolinglar! Mening yurtimdan chiqib ketinglar!
Misrliklar isroilliklarni tezroq ketinglar, deb shoshirishar edi... Egamiz qudratli qo‘li ila isroilliklarni ozod qilguniga qadar, isroilliklar
Misr diyorida to‘rt yuz o‘ttiz yil yashadilar.
Misrdan chiqib ketayotganlarning soni ayollar va bolalardan tashqari olti yuz ming erkak edi.

SAVOLLAR
1) Muso sahroda qanday g‘aroyib hodisaning guvohi bo‘ldi?
2) Xudo Musoga qanday amr berdi?
3) Fir’avn beshinchi ofatdan so‘ng isroilliklarni ozod qildimi?
4) Fisih bayrami nimani anglatadi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18