Hikoyalar. Muqaddas Kitob 14 bob

YUSUFNING KO‘RGAN TUSHLARI (Yusuf payg‘ambarning Hikoyasi)

Ibtido kitobi, 37:1-12 bob

14 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Yoqubning o‘n ikki nafar o‘g‘li bor edi. Ularning hammasi voyaga yetdi. Eng kenja o‘g‘li Benyamingina hali balog‘at yoshiga yetmagan edi. Onasi Benyaminni tug‘ayotib, joni uzilgan edi. Rohilaning boshqa o‘g‘li Yusuf esa Benyamindan katta edi. U o‘spirin yoshda bo‘lib, otasini hurmat qilar va unga itoatkor edi.

Katta o‘g‘illari Yoqubning qo‘y va echki podalarini boqar edilar. Ular ko‘pincha gunoh ishlar qilib, bu bilan otalarini ranjitar edilar. Yusuf ularning oralarida bo‘lganida, ularning qilib yurgan nohaqliklaridan vijdoni qiynalar va otasiga aytib berar edi. Uning bu hulq-atvori akalarining asabiga tegar va akalari u bilan qo‘pol munosabatda bo‘lishar edi. Yoqub ham o‘z navbatida katta o‘g‘illariga nisbatan adolatsizlik qilib, Yusufni ulardan
ortiq ko‘rishini ochiq ko‘rsatar edi. Otalarining bunday yo‘l tutishi ularning nafrati
va hasadini qo‘zg‘ardi.

Bir kuni Yoqub Yusuf uchun beqasam to‘n tikishlarini buyurdi.
Bunday chiroyli to‘n boshqa o‘g‘illarining bi- rontasida ham yo‘q edi. Bundan esa akalarining hasadi yanada ortdi.
Ba’zan Yusuf g‘ayri- oddiy tushlar ko‘rar edi. Bir kuni u tushida o‘zi va akalarining dala o‘rtasida bug‘doy poyalarini bog‘layotganini ko‘rdi. Akalarining bog‘lamlari uning bog‘lamiga ta’zim qilayotgan ekan. Yusuf bundan hayratga tushib, akalariga ko‘rgan tushini gapirib berdi.

Akalarining bundan jahli chiqib:
- Nahotki ustimizdan hukmronlik qilmoqchisan? – deyishdi.
Ko‘p o‘tmay Yusuf yana bir tush ko‘rdi. Tushida quyosh, oy va o‘n bitta yulduz unga ta’zim qilardi. Bu tush uni avvalgisidan ham ko‘proq ajablantirdi. Yusuf bu tushini ham otasi bilan akalariga aytib berdi. Shunda otasi uni koyib:
- Nahotki men, onang va akalaring oyoqlaringga yiqilib ta’zim qilsak?
Biroq Yoqubni bu gaplar o‘ylantirib qo‘ydi. Akalari esa undan avvalgidan-da battarroq g‘azablanib, dedilar:
- Yusuf haddidan oshib ketdi. O‘zini kim deb o‘ylayapti? Hali unga ko‘rsatib qo‘yamiz!


SAVOLLAR
1) Ishoqning nechta o‘g‘li bor edi?
2) Ishoq Yusufni boshqa farzandlaridan ko‘proq sevishi to‘g‘rimi?
3) Nima uchun akalari Yusufning ko‘rgan tushlaridan jahllari chiqdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Uzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktubilar. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18