Hikoyalar. Muqaddas Kitob 35 bob

DOVUD VA SHOUL

1 Shohlar kitobi, 19-bob, 1-10-oyatlar

35 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Filist ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, Dovud shoh saroyida qoldi. U Shoulning dasturxonidan taom yeb, u bilan suhbatda bo‘lib, hatto shohga ba’zi masalalarda maslahat ham berardi. Vaqt o‘tishi bilan Dovud qurol ishlatishni o‘rganib oldi va mohir jangchi bo‘lib yetishdi. Yosh yigitchaning gap-so‘zlari, yurish-turishlari shoh Shoul va uning saroy ahliga juda ma’qul bo‘lganidan, uni Isroil qo‘shiniga qo‘mondon qilib tayinlashdi.

Nafaqat shoh Shoul, balki uning o‘g‘li Yo‘natan ham Dovudni o‘z joniday aziz ko‘rardi. Ularning o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib borardi. Dovud Go‘liyot ustidan g‘alaba qozonganiga ko‘p o‘tmasdan, Yo‘natan unga dedi:
- Mening qurol-yarog‘im, qilich va o‘q-yoyimni ol, ular mening senga bo‘lgan do‘stligim ramzi bo‘lsin.
Shu kundan boshlab Dovud va Yo‘natan eng yaqin, eng sadoqatli va eng samimiy do‘stlarga aylanishdi. Har ikkalasi bu do‘stlikni ardoqlashardi.

Xalq ham Dovudni yaxshi ko‘rardi. Erkaklar, ayollar va bolalar Shouldan ko‘ra ko‘proq uni olqishlar edilar. Shohning esa bundan jahli chiqib, Dovudga hasad qilar edi. Bir kuni Shoul Dovud bilan dasturxon atrofida o‘tirganlarida, bu safar ham shohning jahli birdan chiqib ketdi. Dovud darrov lirasini olib Shoulni tinchlantirish uchun kuy chala boshladi. Biroq bu safar musiqa ish bermadi. Chunki aynan Dovud Shoulning g‘azablanishiga sabab bo‘lgan edi. Qarshisida lira chalib o‘tirgan yigitchani ko‘rganida, shoh o‘zini tutib tura olmadi. U devorga tirab qo‘yilgan nayzasini olib Dovudga qarab uloqtirdi. Dovud esa sergak bo‘lib o‘tirgani uchun nayzaga chap berib qoldi. Nayza Dovudning boshi ustidan uchib o‘tib devorga qadalib qoldi. Bundan Shoulning yanada g‘azabi qaynadi. Agar Dovud yashin tezligida xonadan chiqib ketmaganida, Shoul ikkinchi nayzani otib, uni aniq o‘ldirgan bo‘lardi.

- Dovud ko‘zimga ko‘rinmasin! – qichqirdi shoh. – Uni filistlar
bilan urushga jo‘natib yuboringlar!
Shoul Dovuddan qo‘rqardi, chunki Egamiz u bilan ekanini ko‘rar edi. Shuning uchun Dovudni o‘zidan uzoqqa yubordi.
Tan olish kerakki, shoh Dovudga Go‘liyotni yengishidan avval bergan va’dasining ustidan chiqdi, qizi Mixalni Dovudga xotinlikka berdi.
Shunga qaramasdan, Dovud bari bir ham shohdan qochib yurishiga to‘g‘ri keldi. Shoulning o‘g‘li Yo‘natan otasining niyati buzuqligini va Dovudni o‘ldirmoqchi ekanini do‘stiga etkazdi.

SAVOLLAR
1) Yo‘natan Dovud va Shoul uchun kim hisoblanardi?
2) Shoul nima uchun Dovudni yomon ko‘rib qoldi?
3) Shoul Dovudga nima qilmoqchi edi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:





AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18