Hikoyalar. Muqaddas Kitob 22 bob

SINAY TOG‘IDA

Chiqish kitobi 19-20, 24-boblar; 31-bob, 18-oyat

22 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Isroil xalqiga yo‘l ko‘rsatib ke- tayotgan bulut ustuni tog‘ etagida to‘xtagani uchun xalq o‘sha yerda to‘xtab chodir tikdi. Xudo Musoga toqqa chiqishni buyurdi. O‘sha yerda U Musoga muhim qonun- qoidalar bermoqchi edi. Muso toqqa ko‘tarilganida, Xudo unga dedi:

- Isroil xalqiga marhamat qilib, ularni Misr yeridan olib chiqqanimni ko‘rding. Endi ulardan Mening amrlarimga amal qiladilarmi-yo‘qmi, shuni so‘ra. Shunda xalq javob berib dedi:
Muso tog‘dan tushib, isroilliklardan Xudoning Kalomiga bo‘ysunasizlarmi deb so‘radi. Shunda xalq bir ovozdan javob berib:
- Egamizning aytganlariga bo‘ysunamiz, - deyishdi.
Keyin Muso toqqa qaytib borib, xalqning javobini Xudoga yetkazdi:
- Isroil xalqi hamma amrlaringni bajarishga tayyor. Xudo dedi:
- Men xalq bilan sen orqali gaplashaman. Xalqning oldiga borib, Mening aytadigan gaplarimni qabul qilishga tayyor turishlarini buyur.
Muso isroilliklarning oldiga qaytib borib, dedi:
- Uch kundan so‘ng Xudoning ovozini eshitasizlar. Tog‘ cho‘qqisidagi bulutlarda esa Uning ulug‘vorligi namoyon bo‘lganini ko‘rasizlar. Xudoning oldida pok bo‘lib tura olishingiz uchun kiyimlaringizni yuvib oqartiringlar va o‘sha kun uchun tayyorgarlik ko‘ringlar.
Toqqa behosdan yaqinlashib, oyoq bosib, halok bo‘lmasliklari uchun Muso tog‘ning atrofiga chegara qo‘ydi. Hatto chorvalari ham toqqa yaqinlashmasligi kerak edi, chunki tog‘ Xudoning ulug‘vorligi bilan qoplanishi lozim edi.
Uch kundan so‘ng erta tongda kuchli momaqaldiroq ovozini eshitib xalq qo‘rquvdan larzaga tushdi. Muso xalqqa chodirlaridan chiqib Xudo tomonga ko‘z tashlashni buyurdi. Ular esa dahshatli manzaraning guvohi bo‘lishdi. Sinay tog‘i dud-bo‘ron bilan qoplangan, Xudo olov ko‘rinishida toqqa tushib kelgani uchun tog‘ titrab-tebranmoqda edi. Momaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqib, tog‘ tutar, xalq esa qo‘rquvdan dir-dir titrar edi.

Egamiz Musoga dedi:
- Tog‘ning tepasiga chiqib oldimga kel.
Muso butun xalqning ko‘z oldida toqqa chiqib ketdi. Xudo unga dedi:
- Men Egangiz, seni Misr yeridan qullikdan olib chiqqan Xudoyingman. Mendan boshqa xudolaring bo‘lmasin. O‘zingga xudolar yasab olma, ularga xizmat qilma. Egang Xudovand ismini behudaga chaqirma. Shanba kunini muqaddas bilib xotirla. Olti kun mehnat qil va yumushlaringni bajar, yettinchi kun esa Egang Xudoning shabbat kunidir. Ota-onangni hurmat qil, shunda yer yuzida uzoq umr ko‘rasan. Odam o‘ldirma. Zino qilma. O‘g‘irlik qilma. Birodaringga tuhmat qilma. Boshqalarning mulkiga ko‘z olaytirma.
Xudo gapini tugatganida xalq xursand bo‘lib ketdi, chunki ular Xudoning momaqaldiroqqa o‘xshash jarangdor ovozini eshitib, qo‘rquvga tushayotgan edi. Muso tog‘dan qaytib tushganida, isroilliklar uning oldiga kelishib, shunday deyishdi:
- Xudodan iltijo qilib so‘ra, U bizga gapirmasin. Chunki biz dahshatga tushyapmiz. Xudo senga gapirsin, sen esa Uning gapini bizga yetkaz.
Shunda Muso yana toqqa chiqib bulutlar orasida ko‘rinmay ketdi va xalqning tilagini Xudoga yetkazdi:
- Ular Sening ovozingni yana bir bor eshitishga qo‘rqishyapti. Xudo dedi:
- Mendan qo‘rqqanlari yaxshi. Shunday bo‘lsa mayli, Mening xalqqa aytadigan gaplarimni o‘zing ularga yetkazasan.
Xudo Musoga toqqa chiqishni buyurdi va u bilan o‘sha yerda yolg‘iz qolib gaplashdi. Muso tog‘da qirq kun qolib ketdi. Bu vaqt mobaynida hech narsa yemadi va ichmadi. Xudo uning jonini saqlab qolish uchun
unga bulutlar orasida turib gapirardi.

Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Xudo Isroil xalqiga chodir ko‘rinishidagi bir maskan qurishni amr etadi. Bu chodirni yig‘ish va bir joydan boshqasiga olib yurish mumkin edi. Uni Muqaddas chodir deb atashdi. O‘nta amr yozilgan tosh lavhalarni
solib qo‘yish uchun ular akas daraxti yog‘ochidan sandiq yasashdi. Sandiqni ichi bilan tashqarisini oltin bilan qoplashdi. Uni Ahd sandig‘i deb atashdi.
So‘ngra Xudo Musoga ikkita tosh lavhani berdi. Ularga Xudo O‘z qo‘llari bilan o‘nta amrni yozib bergan edi.

SAVOLLAR
1) Xudo kimni toqqa chaqirib gaplashmoqchi bo‘ldi?
2) Nima uchun tog‘ning atrofiga chegara tortishdi?
3) Nima uchun xalq Xudoning ovozini boshqa eshitmaslikni xohladi?
4) Muso qancha muddat tog‘ tepasida qolib ketdi?
5) Xudo Muso bilan gapini tugatib, unga nima berdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:




Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18