Hikoyalar. Muqaddas Kitob 18 bob

Muso payg‘ambarning hikoyasi

QAMISH SAVAT

Chiqish kitobi, 1–2 boblar

18 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Yoqub va o‘g‘illari Misrga, Yusuf- ning oldiga kelib o‘rnashganlariga ko‘p yillar bo‘ldi. Endi ular oddiygina oila emasdilar, balki haqiqiy xalq, ya’ni Isroil xalqiga aylangan edilar. Misrliklar Yusuf va uning Misrga ko‘rsatgan yordami haqida allaqachon unutib yuborishgan edi. Fir’avnlar ko‘p almashinar, endi misrliklar esa bu kelgindi xalqqa bir tahdid sifatida qarashar edi. Shu sabab yangi fir’avn isroilliklarni qullarga aylantirib, ularni loy va somondan g‘isht quyishga va boshqa majburiy mehnatlarga majburlar edi. U yahudiylarning ustidan boshliqlar tayinladi, ular xalqni og‘ir mehnatga ko‘mib tashlashlari kerak edi. Odamlar kundalik belgilab qo‘yilgan miqdorda g‘isht quya olmasalar ularni shafqatsizlarcha jazolar edilar.

Biroq misrliklar Isroil xalqini qanchalik yerga urishga harakat qilmasin, bu xalq ko‘paygandan ko‘payib, har yili kuchiga kuch qo‘shilib boraverar edi. Shunda fir’avn bir dahshatli reja, ya’ni Isroil xalqidan bo‘lgan o‘g‘il bolalarni tug‘ilgan zahoti o‘ldirish rejasini tuzdi.
Bir diyonatli yahudiy ayolining ko‘zi yoridi va u o‘g‘il tug‘di. Onasi o‘g‘liga faqat Xudogina yordam bera olishini bilib, Unga astoydil ibodat qildi. U chaqaloqni uzoq vaqt misrliklardan yashirib yurdi. Lekin bola uch oylik bo‘lganida, uni boshqa yashirib yura olmasligini bildi.

Bolaning onasi qamishdan savat to‘qidi, ichiga suv kirmsligi uchun qora saqich bilan qatronladi. Bolaning opasi Maryam onasiga yordam berib turar edi. Keyin ular savatni olib Nil daryosiga kelishdi. Savatni qirg‘oq yaqinida, qamishlar orasida qoldirishdi. Bu yerda savatni oqim olib ketmas, qirg‘oqdan ham uzoqqa suzib ketolmas edi. Maryam yaqin- atrofda yashirinib, savatga va chaqaloqqa nima bo‘lar ekan deb kuzatib turdi. Tez orada qizcha daryo tomon kelayotgan bir gala ayollarni ko‘rdi. Ularning oldida hashamat bilan kiyingan yosh xonim borar edi. Bu fir’avnning qizi edi. Boshqalari esa aftidan uning kanizaklari edi. Chamasi fir’avnning qizi bu yerda cho‘milmoqchi edi. U kiyimlarini yechib sekin-asta suvga tushdi. Maryam malikaning savat yashirilgan joyga yaqinlashayotganini yuragi hayajonda bo`lib, kuzatib turar edi. Mana malika to‘xtab qoldi.
- Bu nima, - qichqirib yubordi malika.
U cho‘risiga savatni suvdan olib chiqishni buyurdi va savatning qopqog‘ini ochdi.
- Bu yahudiy chaqaloq bo‘lsa kerak. Menimcha bolaning onasi uni otamning askarlaridan yashirishga uringan ko‘rinadi, - dedi fir’avnning qizi yo‘ldoshlariga.
- Uni nima qilaylik? – so‘radi ular.
- Bolani o‘ldirishlarini xohlamayman!
Shunda u o‘zlariga ohista yaqinlashib kelayotgan Maryamni ko‘rib qoldi.
- Bu yerga qayerdan kelib qolding? – so‘radi fir’avnning qizi.
Maryam ikkilanib javob berdi:
- Menmi?...Shu atrofda o‘ynab yurgan edim. Agar istasangiz bolani emizib beradigan ayolni topib kelishim mumkin.
Fir’avnning qizi rozilik bildirdi va Maryam oyog‘ini qo‘liga olib uyiga yugurdi. Nafasi tomog‘iga tiqilib, onasiga hamma narsani aytib berdi.
- Xudo ibodatimizni eshitdi, - dedi onasi quvonchdan porlab. Shundan so‘ng ular daryo tomon shoshilishdi.
- Bolani olib, uni men uchun boqib ber, - buyurdi fir’avnning qizi. – Men senga buning uchun haq to‘layman. Bola katta bo‘lganida menga olib kel, men uni o‘zimga o‘g‘il qilib olaman.
Ayol shunchalar baxtiyor ediki, bir og‘iz ham so‘z ayta olmas, faqat boshini ma’qul degandek silkitib qo‘yar edi, xolos. Fir’avnning qizi bolani o‘pib:
- Xayr, o‘g‘lim! – deya o‘zining aravasi tomon yo‘l oldi.
Maryam va onasi ham bolani o‘pib deyishdi:
- Uyingga xush kelibsan!

Bola bir necha yil o‘z oilasida o‘sdi. Uni Xudoni sevishga va Unga ibodat qilishga o‘rgatishdi. Bola ulg‘aygach, uni fir’avnning saroyiga olib kelishdi. Malika unga Muso deb ism qo‘ydi va fir’avnning o‘g‘liday tarbiyalab ta’lim berishlarini buyurdi.
Imkoni bo‘lishi bilan Muso ota-onasi, opasi Maryam va akasi Horunni ko‘rgani kelar edi. Saroydan chiqib, isroilliklarning qarorgohi oralab yurarkan, ko‘rganlaridan yuragi ezilar edi.

- Isroilliklar farovon hayot kechirayotgan bir paytda, xalqimning bunday nochor yashashi adolatdan emas. Isroil o‘g‘illari ertalabdan kechgacha mehnat qilishadi, qorni nonga to‘ymay yashashadi, hatto o‘z erklari o‘z qo‘llarida emas.
Bir kuni Muso qarasa, isroillik bir odamni og‘ir yuk tashishga majburlashayotgan ekan. Misrlik qo‘lida qamchi bilan uni turtkilab borar edi. Shunda isroillik yiqilib tushdi, misrlik bo‘lsa uni qamchi bilan ura ketdi. Bunday shafqatsizlik va adolatsizlikka Muso ko‘z yumib tura olmadi. U atrofiga qarab hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, yugurib borib misrlikni o‘ldirib qo‘ydi. Misrlikning jonsiz tanasini ko‘rgach, nima ish qilib qo‘yganini anglab yetdi.

Ertasi kuni Muso ikkita isroillikning urshayotganlarini ko‘rdi. Ularga yaqinlashib, birodarini xafa qilayotganiga qarab dedi:
- Uni tinch qo‘y! Nimaga birodaringni uryapsan?
- Senga nima? – javob berdi xaligi odam. – Kecha misrlikni o‘ldirganingday meni ham o‘ldirmoqchidirsan-a?
Musoning yuzi qo‘rquvdan gezarib ketdi. “Qanday qilib bu xabar shunchalar tez tarqadi ekan? – o‘yladi u. – Agar fir’avn bu haqda xabar topsa, meni o‘ldirmasdan qo‘ymaydi. Bu yerdan qochishim kerak!”
Muso saroyga qaytib bormadi. Qotillik haqida xabar topgan fir’avn haqiqatdan ham Musoni topib, qatl etishlarini buyurdi.

Qo‘rquv va g‘amga botgan, qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan Muso, ortidan quvib kelayotganlardan qocha-qocha, Misrdan uzoqlashgandan uzoqlashib, Midiyon yurtiga borib qoldi.
Qum va toshdan boshqa hech narsa yo‘q bo‘lgan joyda yura-yura bir quduq topib oldi. Chanqog‘ini qondirib bo‘lgan ham ediki, qo‘ylarini sug‘orish uchun bir nechta qiz kelib qoldi. Muso ularga yordam berdi, qizlar esa uni uylariga ovqatga taklif qildilar.
Bu yettita qiz Yatro degan odamning qizlari edi. Uning o‘g‘li bo‘lmagani sababli unga yosh va navqiron yigitning ko‘magi kerak bo‘lardi. Muso esa maqsadsiz tentirab yurgani uchun Yatro unga shu yerda ular bilan qolishni taklif qildi. Shu tariqa Muso fir’avnning hashamatli saroyini qoldirib, Midiyon yurtidagi chodirlarda yashashni o‘ziga afzal ko‘rdi.

Ko‘p o‘tmay u Yatroning to‘ng‘ich qizi Zippuraga uylandi va undan o‘g‘illik bo‘ldi. Muso qaynatasining qo‘ylarini boqib yurar va Misrni unuta boshlagan edi. U hatto o‘zining xalqi haqida ham o‘ylamay qo‘ygandi.
Biroq Isroil xalqi Xudoning yodida. U xalqining iztiroblarini ko‘rib, ohu-faryodlarini eshitib, ularga yordam berishga ahd qildi. Bu ishni amalga oshirish uchun esa U Musoni da’vat etdi.


SAVOLLAR
1) Nima uchun fir’avn isroilliklarni og‘ir mehnatga majbur qildi?
2) Isroil xalqini qirib yuborish uchun fir’avn qanday reja o‘ylab topdi?
3) Musoning onasi chaqaloq bilan qanday yo‘l tutdi?
4) O‘z oilasida, ya’ni ota xonadonida voyaga yetayotgan Musoga onasi nimalarni o‘rgatishga ulgurgan?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18