Hikoyalar. Muqaddas Kitob 8 bob

VA’DA QILINGAN O‘G‘IL

Ibtido kitobi, 15-bob; 18-bob, 1-22-oyatlar; 21-bob, 1-6 oyatlar

8 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Ibrohim bilan Soro Kan’on yurtida, chaylalarda istiqomat qilishar edi. Ular farzandsiz edilar. Ibrohim va Soro endi qartayib qolishgan, Ibrohim deyarli yuz yoshda, Soro bo‘lsa deyarli to‘qson yoshda edilar.

Bir kuni tunda Xudo Ibrohimga dedi:
- Osmonga qara? Nimani ko‘ryapsan?
Osmon yulduzlar bilan qoplangan bo‘lib, ularning son-sanog‘iga yetib bo‘lmasdi. Shunda Xudo dedi:
- Sening nasling ham osmondagi yulduzlarday son-sanoqsiz bo‘ladi. Ular Kan’on yerida istiqomat qilishadi. Butparast xalqlar esa bu yerdan quvg‘in bo‘ladilar.
Bu vaqtda Ibrohimning farzandi yo‘q edi. Lekin u Xudo bergan va’dasining ustidan chiqishiga ishonardi. Chunki Xudo har doim O‘z va’dasiga sodiqdir.

Bir kuni Ibrohim chodirida o‘tirgan edi. Kun qiyomga yetganda, ya’ni tush vaqti yaqinlashganda, u chodiri tomon yaqinlashib kelayotgan odamlarni ko‘rib qoldi. Ibrohim ularni qarshi olish uchun yugurib ketdi. Muk tushib sajda qilarkan, ulardan biriga murojaat qildi:
- Janobim, chodirimga kiring. Oyoqlaringizni yuvish uchun suv keltirishlarini buyuray. Taom tayyorlashsin, uni yeb kuchga kirgach, yo‘lingizda davom etaverasiz.
Uchala sayyoh Ibrohimnikida qolib dam olishga rozi bo‘ldilar. Nima deb o‘ylaysiz, bu odamlar kimlar bo‘lishi mumkin? Ular farshitalar edilar. Ular Xudoning xushxabarini Ibrohimga yetkazish uchun samodan kelishgan edilar. Xudo ba’zan-ba’zan odamlarga O‘zining irodasi haqida ma’lum qilishlari uchun farishtalarni yuborishidan xabaringiz bor-a?

Farishtalar chodir yaqinidagi daraxt soyasiga o‘tirishdi. Soro chodir ichida edi. Ibrohim Soroga:
- Tez mayda tortilgan un olib, non yop!
So‘ngra Ibrohim bitta yaxshi, yosh buzoqni olib xizmatchi yigitga berdi:
- Undan tezroq taom tayyorla.
Hamma narsa tayyor bo‘lganda, Ibrohimning o‘zi taomlarni mehmonlarga tortdi. Ular ovqatlanib bo‘lishguncha Ibrohim daraxt tagida xizmatga shay bo‘lib turdi.
Ovqat vaqtida mehmonlardan biri Ibrohimdan so‘radi:
- Xotining Soro qayerda? Ibrohim javob berdi:
- Shu yerda, chodirda. Shunda farishta dedi:
- Kelgusi yil, shu vaqtda Men sening oldingga qaytib kelganimda, xotining Soroning bir o‘g‘li bo‘ladi.
Soro farishtaning gapini eshitib, qarigan chog‘ida o‘g‘illi bo‘lishiga ishona olmasdan, ich-ichidan kulib yubordi.
Farishta so‘radi:
- Soro nimaga kulyapti? U albatta o‘g‘il tug‘adi! Axir Xudo uchun imkonsiz ish bormi?
Mehmonlar qo‘zg‘alishdi, Ibrohim esa ularga bir muddat yo‘ldosh bo‘lib, so‘ngra chodiriga qaytib keldi.

Bergan va’dasi Xudoning yodidamikan? Albatta! Bir yildan so‘ng rostdan ham Soro o‘g‘il farzand ko‘rdi! Unga Ishoq deb ism qo‘yishdi. Ibrohim bilan Soro juda baxtiyor edilar. Ishoq itoatkor o‘g‘il bo‘lib voyaga yetdi, Xudo bo‘lsa uni juda sevardi.
Shunday qilib Xudo bergan va’dasining ustidan chiqdi. U Ibrohim va Soroning o‘g‘li bo‘ladi deb aytgan edi, rostdan ham U aytganday bo‘ldi. Ibrohim Xudoga ishonib to‘g‘ri ish qildi, Xudoga esa Ibrohimning Unga ishonishi manzur bo‘ldi.

Xudo har narsaga qodir bo‘lgani hamda Uning uchun imkonsiz narsa yo‘q bo‘lgani uchun Uning va’dalariga to‘liq ishonish mumkin.

SAVOLLAR
1) Xudo Ibrohimga qancha avlod berishni va’da qildi?
2) Ibrohim sayyohlar ko‘rinishidagi farishtalarni qanday kutib oldi?
3) Ular Ibrohim bilan Soroga qanday xabar keltirishdi?
4) Xudo bergan va’dasini amalga oshirdimi?
5) Nima uchun Xudo Ibrohimga marhamat ko‘rsatdi?

 


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:




Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18