Matto Muqaddas xushxabar 8 bob

1 Teri kasalligiga chalingan odamni Iso sog‘aytiradi. 5 Rimlik yuzboshining imoni. 14 Iso ko‘p odamlarga shifo beradi. 18 Isoga ergashish shartlari. 23 Iso bo‘ronni tinchitadi. 28 Iso jin chalgan ikki odamga shifo beradi.

1 Iso tog‘dan tushganda katta bir olomon Uning orqasidan ergashdi.
2 Shu orada teri kasalligiga chalingan bir odam Isoning oldiga keldi. U tiz cho‘kib, dedi: — Hazrat, bilaman, istasangiz, meni bu kasallikdan Siz poklay olasiz.
3 Iso qo‘lini uzatib, unga tekkizdi–da: — Istayman, pok bo‘l! — dedi. Teri kasalligiga chalingan odam shu zahoti dardidan forig‘ bo‘ldi.
4 Iso unga dedi: — Menga qara! Bu to‘g‘rida birovga og‘iz ocha ko‘rma. Borib, o‘zingni ruhoniyga ko‘rsat. Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir.
5 Iso Kafarnahum shahriga kirib kelganda, bir Rim yuzboshisi Uning oldiga kelib, yolvordi:
6 — Hazrat, xizmatkorim uyda to‘shakka mixlanib yotibdi. U qattiq azob chekyapti.
7 — Mayli, Men borib, xizmatkoringizni sog‘aytiraman, — dedi Iso.
8 Yuzboshi shunday dedi: — Hazrat! Kulbamga oyoq bosishingiz uchun nomunosibman. Siz buyursangiz, bas, xizmatkorim sog‘ayib ketadi.
9 Men o‘zim buyruqqa tobe odamman, ammo mening ham qo‘lim ostida askarlarim bor. Biriga “ket” desam, ketadi, boshqasiga “kel” desam, keladi. Biron xizmatkorimga “shuni qil” desam, qiladi.
10 Iso yuzboshining bu gapini eshitib, hayratlandi. U orqasidan ergashib kelayotganlarga dedi: — Sizlarga chinini aytayin: Men Isroilda bunday kuchli imonga ega bo‘lgan bironta odamni uchratmadim.
11 Sizlarga shuni aytaman: ko‘p odamlar sharqu g‘arbdan kelib, Ibrohim, Is’hoq va Yoqub bilan birga Osmon Shohligida ziyofatga o‘tiradilar.
12 Osmon Shohligining merosxo‘rlari esa tashqaridagi zulmatga quvib chiqariladi. Ular u yerda qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar.
13 Keyin Iso yuzboshiga dedi: — Boring, siz ishonganingizday bo‘lsin. Yuzboshining xizmatkori o‘sha zahoti sog‘ayib ketdi.
14 Iso Butrusning uyiga kelganda, uning qaynanasi isitmalab, to‘shakda yotganini ko‘rdi.
15 Iso uning qo‘liga tegishi bilan isitmasi tushdi. Ayol turib, Unga xizmat qildi.
16 Kech kirganda Isoning oldiga jin chalgan ko‘plab odamlarni olib kelishdi. U so‘z bilan jinlarni quvib chiqardi, xasta odamlarning hammasiga shifo berdi.
17 Shu tariqa Ishayo payg‘ambarning quyidagi aytgan so‘zi bajo bo‘ldi: “Dardlarimizni u o‘ziga oldi, Og‘riqlarimizdan bizni forig‘ qildi.”
18 Iso atrofida bir talay olomonni ko‘rib, shogirdlariga ko‘lning narigi tomoniga o‘tishni buyurdi.
19 Shu payt Tavrot tafsirchisi Isoning oldiga kelib dedi: — Ustoz, qayerga borsangiz ham, men ortingizdan boraman.
20 Iso unga shunday dedi: — Tulkilarning uyalari bor, qushlarning inlari bor. Inson O‘g‘lining esa bosh qo‘yadigan joyi yo‘q.
21 Shogird bo‘lgan boshqa bir odam esa Isoga: — Hazrat, ijozat bering, avval borib otamni dafn qilib kelay, — dedi.
22 Iso esa Unga dedi: — Sen ortimdan yur. Marhumlarni ruhan o‘lik bo‘lganlar dafn qilsinlar.
23 Iso qayiqqa tushdi, shogirdlari ham Unga ergashib, qayiqqa tushdilar.
24 Shu orada ko‘lda bo‘ron ko‘tarildi, to‘lqinlar qayiqni suvga to‘ldira boshladi. Iso esa uxlayotgan edi.
25 Shunda shogirdlari Isoning oldiga borib: — Hazrat, bizni qutqaring! Halok bo‘lyapmiz! — deb Isoni uyg‘otdilar.
26 Iso ularga dedi: — Nega qo‘rqyapsizlar, ey imoni sustlar? So‘ng turib, shamolga va to‘lqinlarga do‘q urdi. Shu ondayoq chuqur sukunat cho‘kdi.
27 Qayiqdagilar hayratlanib, bir–biriga: — Bu kim bo‘ldi ekan–a? Hatto shamol va to‘lqinlar Unga bo‘ysunadi–ya! — deyishdi.
28 Iso ko‘lning narigi qirg‘og‘iga, Gadara shahrining yaqiniga yetib bordi. Shunda jinga chalingan ikki odam qabrlar orasidan yugurib chiqib, Isoni qarshilashdi. Ular shunchalik vahshiy edilarki, bironta odam u yerdan o‘ta olmasdi.
29 Ular shunday deb baqirishdi: — Ey Xudoning O‘g‘li! Bizni tinch qo‘y! Sen bizga vaqtidan oldin azob bergani bu yerga keldingmi?
30 Ulardan nariroqda katta bir cho‘chqa podasi oziqlanayotgan edi.
31 Jinlar Isoga yolvorib: — Agar bizlarni quvib chiqaradigan bo‘lsang, unda cho‘chqa podasiga yuborgin, — deyishdi.
32 Iso ularga: — Boringlar! — deyishi bilanoq, jinlar odamlar ichidan chiqib, cho‘chqalarning ichiga kirib olishdi. Shu onda butun cho‘chqa podasi tik qiyalikdan ko‘lga yopirilib, suvda nobud bo‘ldi.
33 Cho‘chqa boquvchilar esa qochib shaharga bordilar. Jinga chalinganlar bilan bo‘lib o‘tgan hodisani hammaga gapirib berdilar.
34 Shunda butun shahar aholisi Isoning oldiga bordi. Uni ko‘rgach, yurtimizdan chiqib ket, deb o‘tinib so‘radilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак