Matto Muqaddas xushxabar 4 bob

1 Isoni iblis vasvasaga soladi. 12 Iso Jalilada xizmatini boshlaydi. 18 Isoning dastlabki shogirdlari. 23 Iso ta’lim beradi va xastalarni davolaydi.

1 Iblisning sinovidan o‘tishi uchun Muqaddas Ruh Isoni sahroga boshlab ketdi.
2 Iso qirq kun va qirq kecha ro‘za tutdi, oxiri och qoldi.
3 Shunda iblis kelib, Isoni vasvasaga solmoqchi bo‘lib dedi: — Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, bu toshlarga buyur, nonga aylansin!
4 Iso unga javoban dedi: — Yozilganki: “Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan yashaydi.”
5 Keyin iblis Isoni muqaddas shahar Quddusga olib bordi. Uni Ma’badning eng yuqori joyiga chiqarib,
6 shunday dedi: — Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, O‘zingni pastga tashla. Axir, yozilgan–ku: “U sen to‘g‘ringda farishtalariga amr beradi, Oyog‘ing toshga qoqilib ketmasin, deya Farishtalar qo‘llarida seni ko‘tarib boradi.”
7 Iblisga Iso dedi: — “Egang Xudoni sinama”, deb ham yozilgan.
8 So‘ng iblis Isoni baland bir toqqa olib chiqdi. Unga olamning barcha shohliklarini hamda ularning hashamatini ko‘rsatib,
9 dedi: — Agar tiz cho‘kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman.
10 Shunda Iso dedi: — Yo‘qol ko‘zimdan, shayton! Axir: “Egang Xudoga sajda qil, faqat Unga xizmat qil” deb yozilgan–ku!
11 Shundan keyin Isoni iblis tark etdi. Farishtalar kelib, Isoga xizmat qildilar.
12 Iso Yahyoning hibsga olinganini eshitgach, Jalilaga qaytib bordi.
13 U Nosira shahrida qolmay, Kafarnahumga borib o‘rnashdi. Kafarnahum shahri Zabulun va Naftali hududidagi Jalila ko‘li bo‘yida joylashgan edi.
14 Shunday qilib, Ishayo payg‘ambarning aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘ldi:
15 “Ey Zabulun va Naftali yurti! Iordanning narigi tomonida joylashgan, Dengiz yo‘lidagi g‘ayriyahudiylar Jalilasi!
16 Zulmatda yurgan xalq yorqin ziyoni ko‘rdi, O‘lim soya solgan yurt aholisi ustiga nur sochildi.”
17 Shu kundan boshlab Iso: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi”, — deb va’z qiladigan bo‘ldi.
18 Iso Jalila ko‘li bo‘ylab ketayotgan edi, ikki aka–ukani ko‘rib qoldi. Birining ismi Butrus deb ataluvchi Shimo‘n, ukasiniki Idris edi. Ular baliqchi bo‘lib, ko‘lga to‘r tashlayotgan edilar.
19 Iso ularga dedi: “Ortimdan yuringlar, Men sizlarga odamlarni ovlashni o‘rgataman.”
20 Shu zahotiyoq ikkala aka–uka to‘rlarini qoldirib, Isoga ergashdilar.
21 Iso bir oz yurgandan keyin, Yoqub va Yuhanno degan ikki aka–ukani ko‘rib qoldi. Ular otasi Zabadiy bilan qayiqda to‘r yamayotgan edilar. Iso ularni ham chaqirdi.
22 Ular ham darhol qayiqni va otasini qoldirib, Isoning orqasidan ergashdilar.
23 Iso butun Jalila viloyatini kezib yurardi. U sinagogalarda ta’lim berib, Osmon Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qilardi, odamlarning har xil xastaliklari va dardlariga shifo berar edi.
24 Iso haqidagi xabar butun Suriyaga yoyildi. Turli–tuman dardu illatlardan qiynalib yurganlarni, jinga chalinganlarni, tutqanoq va shol kasaliga yo‘liqqanlarning hammasini Isoning oldiga keltirishardi. Iso ularning hammasiga shifo berardi.
25 Jaliladan, Dekapolisdan, Quddusdan, Yahudiyadan va Iordanning narigi tomonidagi yerlardan ko‘plab odamlar Isoga ergashib kelardi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18