Hikoyalar. Muqaddas Kitob 7 bob

IBROHIM VA LUT

Ibtido kitobi, 13-bob; 18-bob, 20-33-oyatlar; 19-bob

7 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Vaqt o‘tib Ibrohim va Lut juda boyib ketdilar. Ularning qora mol podalari va qo‘y suruvlari son- sanoqsiz bo‘lib, oltin-kumushlari ham mo‘l edi. Ko‘p o‘tmay ularning orasida muammo chiqdi. Ularning poda va suruvlari shu qadar ko‘p ediki, o‘zlari yashab turgan yerga sig‘maganlaridan, cho‘ponlari orasida nizo chiqib turardi.

Shunda Ibrohim Lutga dedi:
- Zinhor bizning oramizda nizo chiqmasligi kerak, chunki biz qarindoshlarmiz. Mendan ajralib istagan tomoningga keta qol. Agar sen o‘ng tomonga ketsang, unda men chap tomonga boraman, agar chap tomonga ketsang men o‘ng tomonga boraman.
Ibrohim Lutga birinchi bo‘lib tanlash imkonini berdi. Lut atrofga qarab, Iordan daryosi oqib o‘tadigan vodiyni ko‘rib qoldi. Bu joy juda sersuv va hosildor bo‘lib, Muqaddas Kitobda yozilishicha, Xudovandning jannatiday edi. Lut mana shu jannatmakon yerni tanlab olgan edi. U faqat o‘zi haqidagina o‘ylardi.
Lekin bilmasdiki, Xudovand bu yerdagi Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlarini vayron qilishni rejalashtirib qo‘ygandi, chunki bu shaharlarning odamlari o‘ta yovuz va gunohkor edilar.

Lut Xudoni hurmat qilsa- da, Sado‘mning ahloqsiz odamlari orasida yashashning yomon joyi yo‘q deb o‘ylardi. Bir kuni Xudo Ibrohimga O‘zining rejasi haqida aytib qoldi:
- Sado‘m va G‘amo‘ra aholisining naqadar og‘ir gunohlar qilayotganini eshitdim. Endi Men pastga tushay, bu betavfiq shaharlar Mening jazo berishimga loyiqmikan, bir tekshirib ko‘rayin.

Xudovandning ikkita farishtasi Sado‘mga qarab yo‘l olishdi. Ibrohim bo‘lsa, Xudoga savol bera boshladi:
- Balki bu shaharda ellikta solih odam topilar. Nahotki mana shu odamlar haqi bu shaharga omonlik bermaysan? Xudo: “Agar elliktagina solih odam topsam ham, bu shaharni vayron qilmayman”, - deb va’da berdi. Ibrohim qayta-qayta savol so‘rab, solih odamlar sonini avval 45, keyin 30, 20 va o‘n nafargacha kamaytirdi. Har safar Xudo mana shu solih odamlar haqqi shaharni vayron qilmaslikka so‘z berardi.

Haligi ikkita farishta oqshom tushganda Sado‘m shahriga yetib kelishdi. Bu paytda Lut shahar darvozalari oldida o‘tirgan edi. Lut ularni ko‘rishi bilanoq o‘rnidan turdi va ularga ta’zim qila turib, o‘zinikida tunab qolishlarini iltimos qildi. Biroq farishtalar Lutning taklifini rad etishdi:
- Biz ko‘chada tunaymiz.
Lut Sado‘m aholisi musofirlarga yomon munosabatda bo‘lishlarini bilgani uchun, farishtalarga o‘zinikida tunab qolishga hadeb qistayverdi. Kechki ovqatni yeb bo‘lib, hali uxlashga yotishmasidan ko‘chada qandaydir shovqinni eshitishdi. Shahar aholisi Lutdan mehmonlarini ularning oldilariga chiqarishini talab qilib kelishgan edi. Lut mehmonlarini himoya qilayotganini ko‘rishgach, unga tahdid qila boshlashdi. Shunda farishtalar Sado‘mliklarni ko‘rlikka mubtalo qilishdi. Farishtalar Lutga yuzlanib:
- Bu shaharda kiming bo‘lsa, hammasini olib chiqib ket, chunki bu shaharni vayron qilmoqchimiz. Bu yerdagi odamlarning yovuzligi haqidagi dahshatli xabarlar Xudoga borib yetdi.

Afsuski, Lutning kuyovlari unga ishonishmadi; ularga qaynotalari hazillashayotganday tuyulgandi. Lutning o‘zi ham shahardan chiqib ketishga shoshilmayotganini ko‘rgan farishtalar Lutni, xotini va ikkita qizini qo‘llaridan ushlab shahardan tashqariga chiqarib qo‘ydi. Xudovand ularga orqaga qaramasdan qochib qolishni buyurdi. Lutning xotini farishtalarning gapiga e’tibor bermay orqaga qaragan edi, tuz ustuniga aylanib qoldi. Bu vaqtda Lut va ikkala qizi ortga qaramay qochib borishardi. Shundan keyin Xudovand Sado‘m va G‘amo‘ra ustiga osmondan yonayotgan oltingugurt yog‘dirdi. Ushbu shaharlar, ularning yon-atroflari, shuningdek Iordan vodiysidagi barcha tirik jonni qirib tashlagan edi. Bir vaqtlar jannatmakon bo‘lgan bu joylarda hozir O‘lik dengiz yastanib yotibdi. Bu dengiz Muqaddas Kitobda Tuz dengizi deb ham ataladi.

SAVOLLAR
1) Ko‘chib o‘rnashish uchun Lut o‘ziga qanday joyni tanladi?
2) Xudovand Sado‘m va G‘amo‘raga rahm qilish-qilmasligini bilish uchun Ibrohim Unga qanday savollar berdi?
3) Xudovand bu shaharlarda ildiz otgan gunohni qay tariqa bartaraf etdi?
 


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак