Hikoyalar. Muqaddas Kitob 99 bob

PAVLUS VA SILAS

Havoriylar kitobi, 16-bob, 19-40-oyatlar

99 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Ilgari Shoul masihiylarni yomon ko‘rib, ularni quvg‘in qilgan edi. Endi esa uning o‘zi Xushxabarni yoyish uchun tinmay mehnat qilar edi. Shoulning hayotidagi o‘zgarishni ifodalash uchun bo‘lsa kerak, endi uni ko‘proq Pavlus deb atashardi. Bir nechta hamkori hamrohligida u hatto Yevropaga ham sayohat qilgan edi. Qayerga bormasin, u birinchi navbatda yahudiylarning dam olish kunlari, shahardan tashqarida yig‘ilib ibodat qilayotgan yahudiylarni izlab topar edi. Mana shunday yig‘ilishlarning biridan keyin Pavlusning oldiga Lidiya ismli badavlat bir ayol keldi. U Butrusdan Iso haqida ko‘proq gapirib berishini so‘radi. Suhbat oxirida:
– Men bilan birga ibodat qiling, Egamiz meni farzandi sifatida qabul qilsin. Shuningdek suvga cho‘mib imon keltirishni juda istayman, – dedi. Suvga cho‘mdirilgach, Lidiya Pavlus bilan do‘stlarini uyiga taklif qildi. Biroq Pavlus va uning hamrohlaridan biri Silas unikida uzoq qolmadilar. Bir necha kun o‘tiboq shahar qozisi ularni qamoqqa oldi. Ayrim shaharliklar yahudiylarning bu yerga kelib yunonlar va rimliklarga va’z qilayotganidan g‘azabda edilar. Shunda Pavlus bilan Silasni ushlab zindonga tashlashdi, oyoqlari bilan qo‘llarini esa kundaga mahkamlab qo‘yshdi. Pavlus ham, Silas ham o‘rnidan turish u yoqda tursin, hatto
qimirlay olishmasdi.

Shunga qaramay, Egamiz qamoqda ham ular bilan birga ekanini ular bilishardi. Xudo ularning ruhlarini ko‘tarib, kuch berib turardi.
Tun yarimlab qolganda, ular ibodat qilib Xudoni kuylashar edilar. Ovozlari borgan sari balandlab, hatto qo‘shni xonalardagilarga ham
eshitilar edi. Mahbuslar qanday qilib odam qamoqda ham mana shunday xursandchilik bilan sano aytishi mumkin deb, quloqlariga ishona olishmasdilar. To‘satdan shiddatli zilzila yuz berdi-da, qamoqxonaning poydevorini silkitib tashladi.
O‘sha zaxoti barcha eshiklar ochilib, hammalarining kishanlari bo‘shab qoldi. Yer silkinishidan zindonbon uyg‘onib, qamoqxona eshiklari ochilib qolganini ko‘rdi.
– Mahbuslar bitta qolmay qochib ketishibdi, - o‘yladi u. – Endi meni qattiq jazolashadi. Undan ko‘ra o‘z jonimga qasd qilganim ma’qul.
Pavlus zindonbon o‘zini o‘ldirmoqchi ekanini ko‘rgach, ovozi boricha:
– Zinhor bunday qila ko‘rma, biz hammamiz shu yerdamiz! – deb baqirdi!

Zindonbon hech kim qochmaganiga amin bo‘lgach, Pavlus bilan Silasni bag‘riga bosdi. «Bu odamlarning Xudosi ularni ozod qilish uchun shunaqa zilzila uyushtirgan bo‘lsa, demak U haqiqiy Xudo ekan!», deb o‘yladi u ichida.
– Janoblar, najot topish uchun nima qilishim kerak? – so‘radi u.
– Rabbimiz Iso Masihga ishon, shunda sen o‘zing va butun xonadoning najot topasizlar, – deb javob berdi Pavlus.
Keyin zindonbon ikkovini uyiga taklif qildi.
Pavlus bilan Silas zindonbonga ergashganlaricha, Iso haqida gapirib borardilar. Ular unga Isoning faqat ezgu ishlar qilgani, Xudoning O‘g‘li ekanini odamlarga O‘z hayoti va so‘zlari bilan ko‘rsatib bergani, rimlik askarlar begunoh Isoni xochga mixlaganlari haqida gapirib berishdi. Pavlus va Silasning o‘zlari esa boshlaridan o‘tkazayotgan quvg‘inlarga hayron bo‘lmasliklari haqida ham aytishdi. Nima uchun ularga Rabbilari Isodan ko‘ra yaxshiroq munosabatda bo‘lishlari kerak ekan?
Shuningdek, ular zindonbonga va uning xonadon ahliga Iso odamlarning, shu jumladan ularning ham gunrhlarini yuvish uchun o‘limni qabul qilganini tushuntirishdi. Xochda Iso bizning gunohimizni O‘ziga oldi va bu orqali odamzod va Xudo o‘rtasidagi munosabatlarni tikladi. Pavlus bilan Silas Isoning qayta tirilgani hamda Muqaddas Ruh haqida aytishni ham unutmadilar.
– Men ham Isoga tegishli bo‘lishni istayman! – dedi zindonbon. – Undan meni O‘ziga farzand qilib olishini so‘ramoqchiman.
– Agar Xudo ayollarni ham qabul qilsa, men ham Unga xizmat qilishni istardim, – gapga qo‘shildi zindonbonning xotini.
Pavlus dedi:
– Albatta, Xushxabar ayollarga ham, bolalarga ham berilgan! Mana shahringizdagi yana bir ayol Masihning izdoshiga aylangan.
Suhbat yakunlangach, butun xonadon suvga cho‘mdirildi va oila sohibi Pavlus bilan Silasni dasturxonga taklif qildi. Biroq ertasi kuni ular Lidiyaning uyiga qaytib ketdilar, chunki Lidiya ular haqida juda havotirlangan edi. Endi Pavlus va Silas unga nafaqat Xudo ularni qanday asragani, balki o‘sha kecha zindonbonning oilasi Xudoga imon keltirgani haqida ham aytib bera olishdi!

SAVOLLAR
1) Pavlus bilan Silasni qayerga olib borishdi?
2) Mahbuslar qochib keta olmasligi uchun qanday choralar ko‘rilgan edi?
3) Pavlus bilan Silasning kechasi hamdu sanolar aytganini qanday izohlash mumkin?
4) Pavlus bilan Silas qanday qilib ozodlikka chiqishdi?
5) Zindonbon va uning oilasi bilan nima sodir bo‘ldi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак