Hikoyalar. Muqaddas Kitob 41 bob

Yunus payg‘ambarning Hikoyasi

YUNUS XUDODAN QOCHIB KETADI

Yunus kitobi, 1-4-boblar

41 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Qadim-qadimda shohlar yoki butun bir xalqlarga O‘z Kalomini yetkazish uchun Egamiz maxsus odamlar, ya’ni payg‘ambarlarni tanlab olgan. Ular Xudo buyur- ganlarini bajarishlari lozim edi. Mana shunday payg‘ambarlardan biri Yunus ismli odam bo‘lgan.
Bir kuni Egamiz unga qiyin bir topshiriq berdi. - Yunus, – dedi U, – qani bo‘l, Naynavo shahriga bor va u yerda va’z qil!
Avvaliga Yunus noto‘g‘ri eshitgan bo‘lsam kerak deb o‘yladi. Naynavoga? Naynavo - qo‘shni davlat bo‘lgan, buyuk va qudratli Ossuriya mamlakatining poytaxti edi. U yerda va’z qilib bo‘lmaydi? U yerning aholisi uni kaltaklashlari va hatto o‘ldirishlari mumkin.
- Yo‘q, – o‘yladi Yunus, – Naynavoga hech qachon bormayman!
Xudoning unga bergan topshirig‘ini bajara olmasligini bilib, u boshqa yurtga qochib yashirinishga qaror qildi. Tarshishga boradigan kemani topib, yo‘l haqini to‘ladi-da kemaga tushib, suzib ketdi.
Avvaliga hammasi joyida edi, ko‘ngilsiz voqeadan darak beradigan hech narsa yo‘q edi. Biroq ular sohildan ancha uzoqlashib qolganlarida dahshatli bo‘ron boshlandi. To‘lqinlar kuchaygandan kuchayib borardi. Dengizchilarni vahima bosdi. Kema suv tubiga g‘arq bo‘ladiganday tuyulganida, ularning har biri o‘z xudosiga iltijo qila boshladi:
- Yordam bering! Bizni qutqaring! Xudolar, iltijomizga quloq soling! Biroq bo‘ron tobora quturib borardi. Yunus-chi? U bu paytda nima qilayotgan edi? U ham ibodat qilayotgan edimi? Axir u barhayot Xudoning ibodatlarga javob berishini bilar edi-ku? Afsus- ki, u kemaning pastki bo‘linmasida uxlab yotar edi, chunki Xudoga o‘zi to‘g‘risida eslatishni mutlaqo istamas edi. Mana kema darg‘asi (kapitani) Yunusning yoniga
kelib, uni uyg‘otdi.

- Uyg‘on! Agar xudoying bo‘lsa, unga yolvor! Nahotki cho‘kib ketayotganimizni ko‘rmasang?!
Yunus bu bo‘ronning o‘ziga va Xudodan qochishga urinishiga aloqasi bor deb taxmin qildi. Shunday bo‘lsada, Xudoga yuzlanishni istamasdi.
Dengizchilar kema sahnida turishgan edi. Ulardan biri bo‘ronning guvillagan tovushi ostida taklif qildi:
- Kelinglar, qur’a tashlaylik, shunda bu falokat kim sababli boshimizga kelganini bilamiz.
Qur’a tashlagan edilar, qur’a Yunusga tushdi. Keyin Yunusdan so‘radilar:
- Bizga ayt–chi, sen kimsan? Qaysi qilmishing uchun Xudo sen tufayli bizning ham boshimizga bu falokatni yog‘dirmoqda?
- Men dengiz va quruqlikni yaratgan Samoviy Xudo – Egamga xizmat qilaman. Biroq hozir Undan qochib ketyapman. Chunki U meni Naynavoga yuborgan edi, men esa u yerga borishni istamayman.
Dengizchilar bu odamni nima qilsak ekan, deb boshlari qotdi.
Shunda Yunus kemadagilarga dedi:
- Meni olib, dengizga uloqtirsangizlar, dengiz tinchlanadi. Bilaman, bu kuchli bo‘ron men tufayli boshlaringizga kelgan.
- Yo‘q, – deyishdi ular, – biz bunday qilolmaymiz. Biroq barcha harakatlari behuda ekanini anglagach, o‘zlari tanimagan Yunusning Xudosiga tavba qilib, Yunusni dengizga uloqtirdilar.
Dengiz shu zahotiyoq tinchlanib qoldi. Dengizchilar avvaliga bunga ishonmadi, so‘ng esa birin-ketin kema sahnida tiz cho‘kib Egamiz Xudoga ibodat qildilar.
Yunusga nima bo‘ldi ekan? Cho‘kib ketgan bo‘lsa-chi?
Yo‘q! Egamiz Yunusni haloq qilishni istamasdi. U Yunusning Naynavo aholisiga va’z qilishini xohlardi. Shuning uchun Yunusni yutib yuborsin deb, Xudo katta nahang baliqni yuborgan edi. Yunus uch kechayu, uch kunduz baliq qornida o‘tirib, Xudoga tinmay ibodat qildi. Shunda Egamiz baliqqa Yunusni qirg‘oqqa chiqarib tashlashga amr berdi.
- Xudo naqadar qudratli! - hayolidan o‘tkazdi Yunus quruqlikka chiqarkan. – Hatto bo‘ronlar-u, dengiz mavjudotlari ham Uning amriga bo‘ysunadi.
Shundan so‘ng Yunus zudlik bilan Naynavoga yo‘l oldi.

SAVOLLAR
1) Yunus nima uchun Naynavoga borishni istamadi? U qayerga va qanday qilib qochib ketdi?
2) Nima uchun dengizda bo‘ron ko‘tarildi?
3) Bo‘ron nima uchun tindi? Yunus qanday qilib quruqlikka chiqib oldi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:





AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18