QUYOSH VA OY TO‘XTAB QOLDI
Kan’on shohlari Yerixoda sodir bo‘lgan voqea haqida eshitganlaridan so‘ng, ham- malari birgalashib Yoshua va Isroil xalqiga qarshi urush ochdi. Givon shahrining aholisi esa aksincha is- roilliklar bilan ittifoq tuzdi. Bu haqda xabar topgan beshala shoh shaharni qamal qilishdi.
Shahar ahli Yoshuadan yordam so‘raganlarida, u ittifoqchi xalqning dushmanlariga qarshi katta qo‘shin tortib chiqdi. Ko‘p o‘tmay Kan’on shohlarining birlashgan qo‘shini Isroil qo‘shinidan qocha boshladi.
Egamizning O‘zi ham xalqi uchun kurashdi: dushman qo‘shini ustidan osmondan katta-katta tosh yog‘ila boshladi. Qorong‘i tusha boshlaganda, hali dushman tor-mon qilinib bo‘linmagan edi. Shunda Yoshua butun Isroil xalqi oldida shunday dedi:
“Ey, quyosh, tek turgin Givon shahrida, Oymomo, sen esa Oyjavlon vodiysida”.
Egamiz Yoshuaning ibodatini eshitdi. Isroilliklar dushmanlarini uzil- kesil tor-mor qilmagunlaricha quyosh botmasdan turaverdi. Bunday hodisa hech qachon sodir bo‘lmagan edi. Bu harbiy yurishda isroilliklar boshqa shaharlarni ham bosib olishdi, chunki Egamiz ularni qo‘llab- quvvatlab turgan edi.
SAVOLLAR
1) Qaysi shahar aholisi Isroil xalqi
bilan sulh tuzdi?
2) Givonliklarni kim qutqardi?
3) Kun botayotgan paytda Yoshua nima qildi?
Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.
Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.