Hikoyalar. Muqaddas Kitob 16 bob

MISRDA

Ibtido kitobi, 39, 40, 41-boblar

16 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Savdogarlar Yusufni Misrga olib kelishdi va uni Po‘tifar degan misrlik bir amaldor, fir’avn saroyida soqchilar boshlig‘i bo‘l- gan odamga sotib yuborishdi. Yusuf misrliklarning tilini juda tez o‘zlashtirib oldi. Hamma ishda uddaburon bo‘lgani uchun tez orada Po‘tifar xonadonidagi barcha mol-mulk va xizmatchilar ustidan nazoratchi bo‘lib oldi. Xudo musofir yurtda uni yolg‘iz tashlab qo‘ymagani va ham doim yordam berib kelgani uchun Yusuf Undan minnatdor edi.

Po‘tifar oliyjanob xo‘jayin edi, xotini esa uning aksi o‘laroq ayyor va mug‘ombir edi. Bir kuni Po‘tifar uyda bo‘lmagan vaqtda, Po‘tifarning xotini Yusufga tuhmat qildi. Buning uchun Yusufni zindonga tashlashdi, lekin Xudo uni bu yerda ham tashlab qo‘ymadi.
Zindonning xo‘jayini Yusufning ishonchli odamligini payqab, mahbuslar ustidan nazoratchi qilib qo‘ydi. Yusuf yotgan zindonga fir’avnning bosh soqiysi bilan novvoyini ham qamab qo‘yishgan edi. Bir kun kechasi ikkala amaldor ham g‘aroyib tush ko‘rishdi. Ko‘rgan tushlari ularni xavotirga solib qo‘ydi.
- Tushning ta’birlari Xudodan emasmi? Agar Xudo menga tushin- gizni ta’birini ochib bersa, sizlarga yordam berishim mumkin, - taklif qildi Yusuf. – Tushingizni menga aytib beringlar. Soqiy bilan novvoy tushlarini Yusufga aytib berganlarida, Yusuf ko‘p o‘ylab o‘tirmay, tush ta’birini ularga yetkazdi. Chunki Xudoning O‘zi unga tushning ta’birini ochib bergan edi.

Bir necha vaqt o‘tib, zindondan uzoqda joylashgan boshqa bir uyda, hashamdor to‘shakda, yana bir odam g‘aroyib tushlar ko‘rmoqda edi. Bu Misr shohi fir’avn edi. U tushida yettita sigirning Nil daryosidan chiqib kelganini ko‘rdi. Ular sog‘lom va ko‘rkam bo‘lib, daryo qirg‘og‘ida tinchgina o‘tlab yurishardi. Keyin esa Nildan boshqa yettita sigir chiqib keldi. Ozg‘inligidan ularning qovurg‘alarini sanash mumkin edi. O‘sha ozg‘in sigirlar sog‘lom sigirlarni yutib yuborishsa ham, hech narsa yemaganday oriqligicha turardi.
Fir’avn birdan uyg‘onib ketdi. Ko‘p o‘tmay yana uyquga ketdi. Bu safar u tushida yettita to‘liq, pishgan boshoq o‘sib chiqqan bug‘doy poyasini ko‘rdi. Uning orqasidan o‘sha boshoqdan qovjiragan, puch boshoqlar o‘sib chiqibdi. Mana shu puch boshoqlar to‘liq boshoqlarni yutib yuboribdi. Bu juda qo‘rqinchli edi.

Fir’avn uyg‘onib ketdi, uni muzday ter bosgan, ko‘ngli g‘ash tortgan edi. U anglab yetdiki, bu tushlar yuqoridan berilgan ekan, lekin kim ularning ta’birini aytib bera olardi?
Fir’avn qancha mulohaza qilmasin ko‘rgan tushining ma’nosini topa olmadi. Shunda u butun Misr yurtidagi munajjimlar saroyga yetib kelsin deya farmon berdi. Hamma jamuljam bo‘lganida, fir’avn ularga ko‘rgan tushini aytib berdi. Biroq munajjimlardan birortasi ham tushning ta’birini aytib bera olmadi. G‘azabga to‘lgan fir’avn ularni quvib yubordi. Shunda Yusuf bilan birga mahbus bo‘lgan bosh soqiy u haqda eslab qoldi, chunki Yusuf soqiyning ko‘rgan tushini ta’birlab bergan edi-da. Soqiy fir’avnga Yusuf haqida aytib berganida, fir’avn darhol Yusufni olib kelishlarini buyurdi.
- Demak tushlarning ma’nosini aytib berish qo‘lingdan kelar ekanda? – so‘radi Yusuf.
- Yo‘q, mening qo‘limdan kelmaydi, - javob berdi Yusuf, - lekin Xudo tushning ma’nosini tushunishimga yordam beradi.
Shunda fir’avn unga tushida ko‘rgan hamma narsani aytib berdi.
- Har ikkala tushning ma’nosi bir, - dedi u. – Yetti semiz sigir ham, yettita to‘liq boshoq ham Misr diyori ko‘radigan yetti yillik farovonlikni anglatadi.
Oriq sigirlar bilan puch boshoqlar bo‘lsa farovonlik yillaridan keyin keladigan yetti yil ocharchilikni bildiradi. Ocharchilik shunchalar kuchli bo‘ladiki, bundan avvalgi farovonlik yillaridan asar ham qolmaydi. Tushlar sizga ikki marta berilishi shundan dalolatki, Xudo men sizga aytib berganlarni shubhasiz amalga oshiradi.

Fir’avn chuqur tashvishga botdi.
- Yurtimiz boshiga tushadigan bu ofatni qaytarishning iloji bormi?
- Bor, - dedi Yusuf. – Ocharchilik bo‘lishi muqarrar, lekin siz buning uchun tayyorgarlik ko‘rib qo‘yishingiz lozim. Maslahatim, dono boshqaruvchilar topib, ularni don zahiralari uchun mas’ul etib tayinlang. Yetti yil farovonlik davomida ular hosilning ortiqcha qismini yig‘ib maxsus qurilgan omborlarga to‘plasinlar. Shunda, qurg‘oqchilik boshlanganda, oziq-ovqat yetarli bo‘ladi.
Fir’avnga bu maslahat ma’qul tushdi. U o‘rnidan qo‘zg‘olib, Yusufga dedi:
- Modomiki Xudo bularni senga ochib bergan ekan, sendan donoroq odam yo‘q. Mening xalqim sening so‘zlaringga itoat etadi. Seni butun Misr yeri ustidan hukmdor etib tayinlayman. Men esa faqat taxtim bilangina sendan ustun bo‘laman. Hukmronlik belgisi o‘laroq fir’avn qo‘lidagi uzukni yechib Yusufning qo‘liga taqib qo‘ydi. Shuningdek uni shohona kiyintirib, bo‘yniga oltin zanjir ham osib qo‘ydi. Fir’avn Yusufga ot-arava tortiq etib, u o‘tganida hamma odamlar ta’zim qilishini buyurdi.
Shu tariqa fir’avn Yusufni butun Misr yurti ustidan hukmdor etib tayinladi. Yurt ustidan boshqaruvni qo‘lga kiritgan Yusuf ko‘p mehnat qilishi lozim edi. U butun mamlakat bo‘ylab ulkan don omborlari qurishga amr berdi. Yusuf vaqtini maishatu-ziyofatga sarf qilmasdan, har doim xalqning farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qildi.

Yusuf Xudodan behad minnatdor edi, chunki U Yusufni zindondan mo‘’jizaviy tarzda qutqargan edi. U katta qudratga ega bo‘lgani va hashamatli liboslarda yurgani uchun emas, balki xalqqa xizmat qilish va ularni ocharchilikdan qutqarish imkoniyatiga ega bo‘lgani uchun xursand edi.
Tez orada Yusuf uylandi va xotini unga ikkita o‘g‘il tug‘ib berdi. U qarib kuchdan qolgan otasi haqida tez-tez eslar va uni qayta ko‘rish umidini yo‘qotib borar edi. U akalarini ham eslab turar edi. “Zora qilgan yovuz ishlaridan tavba qilib, yuraklari o‘zgargan bo‘lsa”, deb umid qilar edi. Yusufning yuragida akalariga nisbatan nafrat qolmagan edi. O‘zining Misrga sotilishi Xudoning irodasi bo‘lganini u yaxshi bilar edi. Xudo esa buni nafaqat misrliklarni, balki Yoqubning butun oilasini ocharchilikdan qutqarib qolish uchun qilgan edi.

SAVOLLAR
1) Savdogarlar Yusufni akalaridan sotib olib qayerga olib borishdi?
2) Ular Yusufni kimga sotishdi?
3) Xudo Yusufga Misrda qanday yordam berdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак