Hikoyalar. Muqaddas Kitob 85 bob

BUTRUSNING ISODAN TONISHI

Luqo bayon etgan Xushxabar, 22- bob, 54-62-oyatlar

85 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Juma kuni tong vaqti edi. Isoni oliy ruhoniy Kayafasning oldiga olib borishdi. Uning uyida sinedrion (yahudiylarning Oliy Kengashi) a’zolari Isoga hukm chiqarish uchun yig‘ilgan edilar.

Butrus olomon ichiga kirib olib, Ustoziga ergashib kelar edi. U bir amallab oliy ruhoniyning hovlisiga kirdi, shu paytda Isoni so‘roq qilishayotgan edilar. Havo sovuq bo‘lgani uchun u yerda turgan xizmatkorlar bilan mirshablar olov yoqib, isinayotgan edilar. Butrus ham ularning oldiga borib, isinib turdi.
Shunda bir ayol Butrusdan:
– Sen ham Isoning shogirdlaridan birisanku, yoki men adashdimmi?
– deb so‘radi.
– Ey singlim, men Uni tanimayman – deb, Butrus uni inkor etdi. Shu tariqa Butrus birinchi marta Isodan tondi, garchi yaqindagina hech qachon Undan tonmaslikka ont ichgan bo‘lsa ham. Butrus oliy ruhoniyning hovlisida, olov oldida isinib o‘tirganiga sal kam bir soatcha bo‘lgan edi. U Ustozini qanday so‘roqqa tutishayotganini ko‘rib-eshitib turar edi. U olomon ichida yashirinib, Oliy Kengashning qarorini kutishga qaror qildi.
Shu orada xizmatkorlardan biri Butrusga tikilib qaradi–da:
– Sen ham U bilan birga eding-ku! – dedi. Lekin Butrus inkor etib:
– Iso bilanmi? Uni mutlaqo tanimayman! – dedi! Bu bilan u ikkinchi marta Isodan tondi.
Bu orada Oliy Kengash yig‘ilgan xonadan baland tovushlar eshitilardi.
Isoni turtishar, haqorat qilib, ayrimlari esa Uni kaltaklashar edi.

Shu payt yana kimdir Butrusga dedi:
– Haqiqatan ham, sen U bilan birga bo‘lgansan. Shevang aytib turibdi!
Butrus Ustoziga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘- layotganini ko‘rib turganidan, Uning taqdiri boshiga tushmasligi uchun shunday dedi:
– Men Isoni tanimayman!
U gapini tugatmasdanoq, xo‘roz qichqirib tong otganidan darak berdi.
Shunda Butrus Rabbimizning Fisih bayramida: “Xo‘roz qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan” degan gapini esladi. Butrus Iso tomonga ko‘z tashlab, Iso ham Butrusga qarab turganini ko‘rdi.
Uyat va qayg‘udan Butrusning ich-eti ezilib ketdi. U hovlidan otilib chiqib, achchiq–achchiq yig‘ladi. Ustozining bu nigohi umrining oxirigacha uning ko‘z o‘ngida muhrlanib qolgan edi.


SAVOLLAR
1) Butrus Isoning shogirdlaridan biri ekanini kim bilib qoldi?
2) Butrus nima deb javob berdi? Bu necha marta takrorlandi?
3) Butrus nima uchun achchiq-achchiq yig‘ladi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:





AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18