Hikoyalar. Muqaddas Kitob 28 bob

IORDAN DARYOSINI KECHIB O‘TISH

Yoshua kitobi, 3-4-boblar

28 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Erta tongda Yoshua Isroil xalqi bilan birgalikda Iordan daryosi tomon yo‘l oldilar. Daryo qirg‘og‘ida qarorgoh tiklab, daryodan kechib o‘tishga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. Yoshua xalqqa eng avvalo o‘zlarini poklashni buyurdi, chunki Egamiz mo‘’jiza ko‘rsatishini unga ma’lum qilgan edi.
Ertasi kuni Egamiz Yoshuaga dedi:

- Men Musoga yordam berib kelganimday, senga ham yordam berishimni bugun butun xalqqa ko‘rsataman. Ruhoniylarga ayt, Ahd sandig‘ini ko‘tarib daryoga tushishlari bilan yurishdan to‘xtasinlar.

Yoshua ruhoniylarga Ahd sandig‘ini olib xalqning oldida boraverishni tayinladi. Xalqqa bo‘lsa shunday dedi:
- Bugun sizlar Egamizning mo‘’jizasini ko‘rasizlar va orangizda tirik Xudo borligini bilib olasizlar! Ahd sandig‘i sizlardan oldin Iordan daryosiga tushadi. Har bir qabiladan bittadan odamni saylab olinglar. Ularga alohida topshiriq bor. Ahd sandig‘ini ko‘tarib ketayotgan ruhoniylarning oyog‘i suvga tegishi bilan, Iordan daryosining suvi qurib, ikkiga ajraladi. Bir tomondagi suv devor hosil qilib turib qoladi, boshqa tarafdagisi bo‘lsa oqib ketadi.

Ruhoniylar Ahd sandig‘ini ko‘tarib suvga tushishlari bilan suv oqishdan to‘xtadi. Ruhoniylar turgan joydan uzoqda, daryoning yuqori oqimida suv baland devor hosil qilib turib qoldi. Daryoning dengizga quyiladigan boshqa qismi esa butunlay qurib qolguncha oqib turaverdi. Natijada keng yo‘lak hosil bo‘lib, ruhoniylar Ahd sandig‘ini daryoning o‘rtasigacha ko‘tarib bordilar. Ular o‘sha yerda to‘xtab xalqning daryodan o‘tishini kutib turdilar. Isrilliklarning hammasi Iordan daryosining narigi qirg‘og‘iga o‘tib oldilar.
Egamiz buyurganidek, Isroilning har bir qabilasidan bittadan kishi ruhoniylar Ahd sandig‘ini ko‘tarib turgan joydan bittadan tosh olib, xalq tunash uchun to‘xtagan joyga olib bordi.

Butun xalq Iordanning narigi qirg‘og‘iga o‘tib olgandan keyin, suv yana o‘zining o‘zaniga qaytib, avvalgiday qirg‘oqlaridan toshib oqa boshladi. Xalq Egamizning bu mo‘’jizasidan hayratga tushib, Yerixo shahrining sharqida joylashgan Gilgal degan joyda qarorgoh qurdi. U yerda Yoshua o‘n ikki qabila vakili daryodan olib chiqqan o‘n ikkita toshni yodgorlik sifatida o‘rnatib, xalqqa shunday dedi:
- Farzandlaringiz sizlardan “Buning ma’nosi nima?” deb so‘rash- ganida, ularga shunday deb javob beringlar: “Mana shu yerda, Egamizning Ahd sandig‘i oldida Iordan daryosining suvi ikkiga ajralgan”. Bu toshlar Isroil uchun abadiy xotira bo‘lib qolsin, toki butun xalqlar Egamizning qo‘li qudratli ekanini bilib olsinlar! Sizlar ham hayotingiz davomida Egangiz Xudodan qo‘rqib yashanglar!

SAVOLLAR
1) Kimlar Ahd sandig‘i bilan xalqning oldida borishlari lozim edi?
2) Iordan daryosiga nima qildi?
3) Iordan daryosi qirg‘og‘ida qanday yodgorlik o‘rnatildi? U nimani anglatar edi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18