Hikoyalar. Muqaddas Kitob 71 bob

RAHMDIL SAMARIYALIK HAQIDA MATAL

Luqo bayon etgan Xushxabar, 10-bob, 25-37-oyatlar

71 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Bir kuni Isoning oldiga Muqaddas Bitiklarni juda yaxshi bilgan bir odam keldi. Bunday odamlarni o‘sha vaqtda “ulamolar”, ya’ni “Tavrot tafsirchilari”, deb atashgan. Xullas shu odam Iso uchun “qiyin” savol topib keldi. Buni esa joniga najot topish uchun emas, balki Isoni sinab ko‘rish yoki tuzoqqa tushirish uchun qildi. “Agar Iso bunga javob topib bera olsa, unda Uning xatolarini fosh qilaman” – deb hayolidan o‘tkazdi u.
– Ustoz, – murojaat qildi u soxta kamtarlik bilan, – abadiy hayotga ega bo‘lish uchun nima qilishim kerak?
Iso undan so‘radi:
– Tavrotda bu to‘g‘rida nima yozilgan? – deb so‘radi.
Mug‘ombir tafsirchining o‘zi savolga javob berishiga to‘g‘ri keldi:
– U yerda “Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan sevinglar, va o‘zgani o‘zing kabi sev”, deyiladi.
– To‘g‘ri javob berding. Sen ham shunday qil, ana shunda yashaysan! Tafsirchi o‘zini oqlash uchun darrov dedi:
– Ha, bilaman. Lekin mening yaqinim kim?
– Sizga bir hikoya aytaman, – javob berdi Iso.
– Bir odam Quddusdan Yerixoga borayotgan ekan. Yo‘li kimsasiz, ovloq joydan o‘tar edi. Bu yerda yo‘lovchilarni ko‘pincha qaroqchilar poylab o‘tirar ekan. Haligi odam o‘sha yerdan o‘tayotganida qaroqchilar qoyalar orasidan otilib chiqib, bechoraga tashlanib qolishibdi. Qaroqchilar yo‘lovchini do‘pposlab, bor-budini shilib olishgandan keyin, uni kaltaklab, yo‘l bo‘yiga tashlab ketibdi.

Oradan bir oz o‘tib, o‘sha yo‘ldan bir ruhoniy o‘tib qolibdi. U yerda yotgan yarador odamni ko‘rib, yo‘lning boshqa tomoniga o‘tib olib, yo‘lida davom etibdi. Ruhoniyning unga yordam bergisi kelmabdi. Sal o‘tib o‘sha joydan boshqa bir odam, ya’ni levi (Ma’badda xizmat qiluvchi odam) o‘tib qolibdi. U ham xuddi ruhoniy kabi ish tutibdi, yaradorning oldidan tez- tez o‘tib ketibdi.

Nihoyat o‘sha yo‘ldan uchinchi odam o‘tib ketayotgan edi. U na ruhoniy, na levi, hatto Isroil xalqiga ham
mutlaqo begona odam – samariyalik edi. Isroilliklarning aksariyati samariyaliklarga nafrat ko‘zi bilan qarar, chunki ular Xudoga noto‘g‘ri sajda qilishadi deb hisoblardilar. Shuning uchun bechora yarador samariyalikdan hech qanday yordam kutmasdi.

Biroq samariyalik yo‘lda chalajon bo‘lib yotgan bu odamni ko‘rib, unga achinib ketibdi. Uning yaralariga moy surtib, bog‘lab qo‘yibdi. So‘ng uni o‘z eshagiga mindiribdi–da, mehmonxonaga yetguncha ehtiyotlab boribdi. Mehmonxona egasiga pul berib, jabrdiydani o‘sha yerga joylashtiribdi.

Ertasi kuni pul chiqaribdi–da, mehmonxona egasiga berib:
“Unga yaxshi qara, agar bundan ortiq xarajat qilsang, qaytishimda senga to‘layman”, debdi.
– Sizningcha, o‘sha uch odamdan qaysi biri qaroqchilarning qo‘liga tushgan odamning yaqini hisoblanadi?
Tafsirchi:
– Unga shafqat ko‘rsatgan odam–da, – deb javob berdi.
– To‘g‘ri aytdingiz. Boring, siz ham shunday qiling! – dedi unga Iso.

SAVOLLAR
1) Isoga kim savol bilan murojaat qildi? U qanday savol berdi?
2) Iso qanday masalni aytib berdi?
3) Kimlar bizning yaqinimiz hisoblanadi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:





AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18