Shohlar (birinchi kitob) 19 bob

1 Shoul Dovudni o‘ldirishni rejalashtiradi.

1 Shoul o‘g‘li Yo‘natanga va hamma a’yonlariga, Dovud o‘ldirilsin, deb farmon berdi. Yo‘natan esa Dovudni juda yaxshi ko‘rardi.
2 — Otam Shoul seni o‘ldirmoqchi, — deb u Dovudni ogohlantirdi. — Ertaga tong payti hushyor bo‘l, biror joyga borib yashirinib, jim o‘tir.
3 Men esa sen yashiringan dalaga chiqib, otamning yonida bo‘laman, sen to‘g‘ringda u bilan gaplashaman. Biror xabar eshitsam, senga yetkazaman.
4 Yo‘natan otasi Shoulga Dovudni maqtab shu gaplarni aytdi: — Shoh o‘z quli Dovudga qarshi gunoh qilmasinlar. Chunki u sizga hech qachon haqsizlik qilmagan. Har bir ishi bilan sizga katta foyda keltirgan.
5 Jonini xavf ostiga qo‘yib, Filistni o‘ldirdi, Egamiz Dovud tufayli Isroil xalqini katta zafarga erishtirdi. Siz bularni ko‘rib sevindingiz. Shunday ekan, nega Dovudni bekordan–bekorga nobud qilmoqchisiz, begunohning qonini to‘kib gunoh qilmoqchisiz?
6 Shoul Yo‘natanning gaplarini anglab: — Xudo shohid! Dovudning joniga hech kim qasd qilmaydi, — deb ont ichdi.
7 Yo‘natan Dovudni chaqirtirib keldi va bo‘lib o‘tgan gap–so‘zlarni aytib berdi. So‘ng Dovudni Shoulning yoniga boshlab bordi. Dovud esa ilgarigiday shohning xizmatiga kirdi.
8 Shu orada yana urush alanga oldi. Dovud urushga ketdi, u Filistlar bilan jang qilib, ularga shunday qattiq zarba berdiki, oxiri Filistlar Dovudning oldiga tushib qochib qolishdi.
9 Bir kuni Shoul, nayzasi qo‘lida, uyida o‘tirardi, Dovud esa lira chalayotgan edi. Shu payt Egamiz yuborgan yovuz ruh Shoulni chulg‘ab oldi.
10 Shoul nayzasi bilan Dovudni devorga mixlab qo‘ymoqchi bo‘ldi, lekin Dovud chap berib qoldi. Shoulning nayzasi devorga sanchilib qoldi. O‘sha tun Dovud yana qochib qutuldi.
11 Shoul Dovudni erta tongda tutib o‘ldirmoqchi bo‘ldi, kuzatib turinglar, deb uning uyiga odamlarini jo‘natdi. Xotini Mixal Dovudga: — Bu kecha qochib qutulmasangiz, erta tongda sizni o‘ldirishadi, — dedi.
12 Shunday qilib, Dovudni derazadan chiqarib yubordi. Dovud qochib qutuldi.
13 Mixal butni olib, to‘shakka yotqizdi, bosh tomoniga esa echki junidan qilingan yostiq tashladi, ustini ko‘rpa bilan yopdi.
14 Shoul yuborgan odamlar Dovudni tutib olib ketishga kelishdi. — Dovud kasal, — dedi Mixal ularga.
15 So‘ng Shoul odamlarini yana jo‘natib: — Dovudni o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘ringlar, uni to‘shagi bilan bu yerga olib kelinglar, o‘ldiraman, — deb buyurdi.
16 Shoulning odamlari uyga kirdilar. Qarasalar, to‘shakda but, butning bosh tomonida echki junidan qilingan yostiq turibdi.
17 — Nimaga meni aldab, g‘animimni qochirib yubording? — deb so‘radi Shoul Mixaldan. — Dovud: “Qo‘yib yubor meni, bo‘lmasa, seni o‘ldiraman”, dedi, — deb javob berdi Mixal.
18 Qochib qutulgan Dovud Ramada yashayotgan Shomuilning yoniga ketdi. Shoul unga nima qilgan bo‘lsa, hammasini Shomuilga aytib berdi. Keyin Shomuil bilan birga Noyo‘t mahallasiga borib, o‘sha yerda qoldi.
19 Dovud Ramaning Noyo‘t mahallasida ekan, degan xabar Shoulga yetib keldi.
20 Shoul: “Dovudni tutib kelinglar”, deb odamlarini o‘sha yerga yubordi. Ular Shomuil boshchiligidagi payg‘ambarlar guruhining jo‘shib zikr tushayotganini ko‘rishdi. Shu payt Xudoning Ruhi Shoulning odamlarini ham qamrab oldi va ular ham jo‘shib zikr tushdilar.
21 Shoul bo‘lib o‘tgan voqealarni eshitgach, boshqa odamlarini yubordi. Bu yuborilganlari ham jo‘shib zikr tushdilar. Shoul uchinchi bor yana odamlarini jo‘natdi, ular ham jo‘shib zikr tushdilar.
22 Oxiri Shoulning o‘zi Ramaga qarab yo‘l oldi. Saxudagi katta sardoba bo‘yiga borib: — Shomuil bilan Dovud qayerda? — deb so‘radi. — Ramadagi Noyo‘t mahallasida, — dedi bittasi.
23 Shoul Ramadagi Noyo‘t mahallasiga ketayotganda, Xudoning Ruhi uni ham qamrab oldi. Noyo‘tga borguncha yo‘lma–yo‘l jo‘shib zikr tushib ketdi.
24 Kiyimlarini yechib tashlab, Shomuilning oldida ham jo‘shib zikr tushdi. Yerga yiqilganicha, bir kecha–kunduz yalang‘och ahvolda yotib qoldi. “Nahotki Shoul ham payg‘ambar bo‘lsa?!” degan matal ana shundan qolgan.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак