Shohlar (birinchi kitob) 16 bob

1 Egamiz Dovudga moy surtib shoh qilib tanladi. 14 Dovud Shoulning saroyida.

1 Egamiz Shomuilga aytdi: — Sen qachongacha Shoulni deb g‘amgin bo‘lib yurasan?! Shoul Isroil shohi bo‘lmasin, deb uni Men rad etdim. Qani, endi qo‘chqor shoxini moy bilan to‘ldirib, yo‘lga otlan. Seni Baytlahmlik Essayning uyiga jo‘nataman. Uning o‘g‘illaridan bittasini O‘zimga shoh qilib tanladim.
2 — Qanday qilib boraman?! Shoul eshitib qolsa, meni o‘ldiradi–ku! — dedi Shomuil. — O‘zing bilan bitta buzoqchani olgin–da: “Egamizgaqurbonlik qilgani keldim”, deb ayt, — dedi Egamiz.
3 — Essayni qurbonlikka taklif qil. O‘shanda nima qilishing kerakligini Men senga ayon qilaman, O‘zim senga ko‘rsatadigan odamning boshiga Mening nomimdan moy surtib, uni tanlaysan.
4 Shomuil, Egamiz buyurganiday, Baytlahm shahriga ketdi. Shahar oqsoqollari uni qo‘rqib kutib olishdi va: — Tinchlikmi? — deb so‘rashdi.
5 — Ha, tinchlik, — dedi Shomuil. — Egamizga qurbonlik qilgani keldim. O‘zlaringizni poklanglar, men bilan qurbonlik marosimiga borasizlar. So‘ng Essayni va uning o‘g‘illarini ham poklab qurbonlik marosimiga taklif qildi.
6 Essay o‘g‘illari bilan kelgach, Shomuil Eliyobni ko‘rdiyu: “Egamiz oldida turgan bu odam, shubhasiz, Uning moy surtib tanlagan odamidir”, deb o‘yladi.
7 Egamiz esa Shomuilga dedi: — Uning chiroyi va qomatdorligiga qarama. Men uni rad etdim, chunki Men insonlarday emasman. Insonlar tashqi ko‘rinishiga qaraydi, Men esa diliga qarayman.
8 So‘ng Essay boshqa o‘g‘li Abunadovni chaqirib, Shomuilning oldidan o‘tkazdi. Lekin Shomuil: — Egamiz buni ham tanlamadi, — dedi.
9 Shundan so‘ng Essay Shammoxni Shomuilning oldidan o‘tkazdi. Lekin u yana: — Egamiz buni ham saylamadi, — dedi.
10 Shu tariqa Essay yettita o‘g‘lini Shomuilning oldidan o‘tkazdi. Ammo Shomuil: — Egamiz bulardan birortasini tanlab olmadi, — dedi.
11 Nihoyat Shomuil Essaydan: — O‘g‘illaringning hammasi shularmi? — deb so‘radi. — Yana eng kenjasi bor, qo‘y boqyapti, — dedi Essay. — Birortasini jo‘nat, uni chaqirib kelsin, — dedi Shomuil. — O‘sha o‘g‘ling bu yerga kelmaguncha, taom yemoqqa o‘tirmaymiz.
12 Essay bittasini yuborib, o‘g‘lini oldirib keldi. U chiroyli, kelishgan yigit bo‘lib, ko‘zlari yonib turardi. — Qani, uning boshiga moy surtib tanla! Men tanlagan odam shu! — dedi Egamiz Shomuilga.
13 Shomuil moy solingan shoxni oldi–da, akalarining ko‘z o‘ngida yigitning boshiga moy surtdi. O‘sha paytda Egamizning Ruhi Dovudni qamrab oldi va o‘sha kundan boshlab uni boshqaradigan bo‘ldi. Shomuil esa Ramaga qaytib ketdi.
14 Egamizning Ruhi Shoulni tark etdi. Egamiz yuborgan yovuz ruh uni qiynar edi.
15 — Bilamiz, Xudo yuborgan yovuz ruh sizni qiynaydi, — deyishdi xizmatkorlar Shoulga.
16 — Janobi oliylari biz, qullariga amr bersalar, lirani yaxshi chaladigan odamni topib kelar edik. Xudo yuborgan yovuz ruh sizni tutib qolganda, u lira chaladi, siz esa yengil tortasiz.
17 Shoul xizmatkorlariga: — Mayli, lirani yaxshi chaladigan birortasini topib, mening huzurimga olib kelinglar, — deb buyurdi.
18 — Baytlahmlik Essayning o‘g‘illaridan birini ko‘rgan edim, — dedi yigitlardan bittasi. — Lirani yaxshi chalar ekan. Buning ustiga, jasur jangchi, gaplari ma’nili, o‘zi ham kelishgan yigit. Egamiz u bilan.
19 Shoul Essayga: “Qo‘y boqib yurgan o‘g‘ling Dovudni mening huzurimga yubor”, deb xabarchi jo‘natdi.
20 Essay non, bir mesh sharob va bitta uloqchani bitta eshakka yuklab berib, o‘g‘li Dovudni Shoulning huzuriga yubordi.
21 Dovud Shoulning huzuriga kelib, uning xizmatiga kirdi. Dovudga Shoulning qattiq mehri tushib qoldi, uni o‘ziga qurolbardor qilib oldi.
22 Shoul Essayga: “Ijozat bersang, Dovud mening xizmatimda qolsin, undan juda mamnunman”, degan xabarni jo‘natdi.
23 O‘sha kundan boshlab Xudo yuborgan yovuz ruh Shoulni qiynaganda, Dovud lirani olib chalar, Shoul o‘ziga kelib rohatlanar, yovuz ruh Shouldan chekinardi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак