Shohlar (birinchi kitob) 14 bob

1 Yo‘natanning mardona ishi. 16 Filistlar ustidan g‘alaba. 24 Shoul lashkariga ont ichiradi. 47 Shoulning hukmronligi va oilasi.

1 O‘sha kuni Shoulning o‘g‘li Yo‘natan yoshgina qurolbardoriga: — Yur, narigi tomondagi Filistlarning qo‘nolg‘asi turgan joyga o‘tamiz, — dedi. Ammo bu haqda otasiga hech narsa aytmadi.
2 Shoul Givo shahri yaqinidagi Migronda bir anor daraxti tagida o‘tirar, yonida olti yuztacha odamdan iborat lashkari bor edi.
3 Efod ko‘tarib yurgan ruhoniy Oxiyo ham o‘sha yerda edi. Oxiyoning otasi — Oxitob, Oxitobning akasi — Ixabod edi. Ixabod — Finxazning o‘g‘li, Finxaz esa Shilo‘da Egamizning ruhoniysi bo‘lib xizmat qilgan Elaxning o‘g‘li edi. Odamlar Yo‘natanning ketganini sezmay qolgan edilar.
4 Yo‘natan Filistlar qo‘nolg‘asiga dovon orqali o‘tmoqchi bo‘ldi. Dovonning har ikki tomonida ikkita baland cho‘qqi bor edi. Birisi — Bozaz, boshqasi Sanex deb atalardi.
5 Cho‘qqilardan biri shimol tomonda bo‘lib, Mixmashga, ikkinchisi janubda bo‘lib, Givoga qaragan edi.
6 Yo‘natan yosh qurolbardoriga: — Yur, o‘sha sunnatsizlarning qo‘nolg‘asi tomonga o‘taylik, Egamiz bizga yordam beradi, — dedi. — U ko‘pchilik bilan ham, ozchilik bilan ham g‘alabaga erishtiraveradi. Chunki Egamiz uchun to‘sqinlik yo‘q.
7 — Siz nima desangiz, shu–da, — dedi qurolbardor. — Bo‘pti, boramiz. Ko‘nglingizga nima ma’qul kelsa, men ham siz bilan birgaman.
8 — Biz anavi odamlarga o‘zimizni ko‘rsatamiz, — dedi Yo‘natan. — Agar ular bizni ko‘rgach:
9 “Yoningizga borgunimizcha, o‘sha yerda to‘xtab turinglar”, deb aytsa, aytgan joyida to‘xtab turamiz, ularning oldiga bormaymiz.
10 Bordi–yu: “Yonimizga kelinglar”, desa boramiz. Ana shunda Egamiz Filistlarni bizning qo‘limizga berganini bilamiz, bizga alomat shu bo‘ladi.
11 Ikkovi Filistlarga ko‘rinish bergan edi, Filistlar: — Qaranglar, ibroniylar yashiringan xandaqlaridan chiqa boshlashdi! — deb qoldi.
12 So‘ng Filistlar Yo‘natan bilan qurolbardoriga: — Bu yoqqa, kelinglar–chi, bir gaplashib qo‘yaylik, — deb baqirishdi. Yo‘natan qurolbardoriga: — Orqamdan yur, Egamiz ularni Isroil xalqining qo‘liga berdi, — dedi.
13 Yo‘natan tirmashib qir tepasiga chiqa boshladi. Qurolbardori ham unga ergashdi. Oldidan kelgan Filistlarni Yo‘natan, orqadan kelganini qurolbardori o‘ldiraverdi.
14 Yo‘natan bilan qurolbardori birinchi hujumdayoq kichkina maydonda yigirmatacha sipohni o‘ldirishdi.
15 Hammani — qarorgohdagi va qirdagi odamlarni vahima bosdi. Sipohlar, hatto ilg‘orlar ham dag‘–dag‘ titrardi. Birdan yer tebrandi. Bu Xudo yuborgan dahshat edi.
16 Shoulning Benyamin hududidagi Givo shahrida o‘rnashgan kuzatuvchilari Filistlarning yugur– yugurini ko‘rib qolishdi.
17 Shoul yonidagi odamlarga: — Bilinglar–chi, oramizda kim yo‘q ekan, — dedi. Yo‘qlama qilgan edilar, Yo‘natan bilan uning qurolbardori yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
18 Shoul Oxiyoga: — Xudoning sandig‘ini olib kel, — dedi. (O‘sha paytda Xudoning sandig‘i Isroil xalqi bilan edi.)
19 Shoul ruhoniy bilan gaplashayotgan paytda Filistlarning qarorgohidagi g‘ala–g‘ovur rosa avjiga chiqdi. Shuning uchun Shoul ruhoniyga: — Kerak emas, qo‘yaver! — dedi.
20 O‘sha zahoti Shoul va yonidagi sipohlarining hammasi birga urush maydoniga ketishdi. U yerda katta g‘alayon bo‘layotgan edi, hamma bir–biriga qilich solardi.
21 Shunda ilgari Filistlar tomonda bo‘lgan va ularning qarorgohiga kelgan ibroniylar ham safdan chiqib, endi Shoul bilan Yo‘natanning sipohlariga — Isroil sipohlariga qo‘shilib olishdi.
22 Efrayim qirlarida yashirinib olganlar ham Filistlarning qochayotganini eshitib, ularni jang maydonidan quvlay boshladi.
23 Shunday qilib, o‘sha kuni Egamiz Isroil lashkarini g‘alabaga erishtirdi. Urush Bayt–Obunning narigi tomonlarigacha yoyildi.
24 O‘sha kuni Isroil lashkari juda ham holdan toydi, chunki Shoul ont ichib lashkariga shunday degan edi: “Dushmanlarimizdan o‘ch olmagunimizcha, oqshomga qadar kim bir luqma taom yesa, la’nati bo‘lsin!” Shuning uchun biror kimsa hech narsa yemadi.
25 Lashkar o‘rmonga borganda, yerda oqib yotgan asalni ko‘rdi,
26 lekin Shoul ichirgan qasamdan qo‘rqib, birortasi asalga qo‘l tekkizmadi.
27 Yo‘natan esa otasining lashkariga ont ichirganidan bexabar edi. Qo‘lidagi tayog‘ini uzatib, tayoq uchini asalari iniga botirdi. Asaldan ozgina tatib ko‘rgan edi, ko‘zlari chaqnab ketdi.
28 Shu zahoti sipohlardan biri Yo‘natanga: — Otangiz lashkarga, bugun kim taom yesa, la’nati bo‘lsin, deb ont ichirgan edi, shuning uchun odamlar holdan toygan, — dedi.
29 — Otam odamlarni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi, — dedi Yo‘natan. — Qaranglar, mana bu asaldan biroz tatib ko‘rgan edim, ko‘zlarim charaqlab ketdi.
30 Bugun lashkarimiz g‘animlardan tortib olgan taomlardan to‘yib yesaydi, juda yaxshi bo‘lardi. O‘shanda Filistlarni mag‘lub qilish yanada oson bo‘larmidi?!
31 O‘sha kuni Isroil lashkari Mixmash bilan Oyjavlon oralig‘idagi Filistlarni mag‘lub qildi. Qorni ochgan Isroil lashkari shu qadar holdan toydiki,
32 oxiri ulardan o‘lja qilib olingan chorvalarga tashlanishdan o‘zga chora qolmadi. Qo‘y, mol, buzoqlarni shu yerning o‘zidayoq so‘yib, qonini oqizmasdan yeyaverishdi.
33 — Qarang, lashkaringiz go‘shtni qoni bilan yeb, Egamizga qarshi gunoh ish qilyapti! — deb ahvolni Shoulga ma’lum qilishdi. — Xoinlik qildingizlar, hoziroq katta bir toshni bu yerga yumalatib olib kelinglar! — dedi Shoul.
34 So‘ng qo‘shib qo‘ydi: — Lashkar orasida yurib aytinglar, har bir odam moli, qo‘yini mening huzurimga olib kelib, shu yerda so‘yib, yesin. Go‘shtni qoni bilan yeb, Egamizga qarshi gunoh ish qilmanglar. O‘sha kuni kechasi har bir odam molini olib kelib, Shoulning oldida so‘ydi.
35 Shoul Egamizga atab bir qurbongoh qurdi. Bu Shoulning Egamizga atab qurgan ilk qurbongohi edi.
36 Keyin Shoul odamlariga aytdi: — Qani, shu kecha Filistlarni bir quvaylik. Tong otguncha mollarini tortib olamiz, birortasini sog‘ qoldirmaymiz. — Bir og‘iz so‘zingiz, — deb javob berishdi odamlar. — Avval Xudoning xohish–irodasini bilaylik, — deb qoldi ruhoniy.
37 Shoul Xudodan: — Filistlarga hujum qilaveraymi? Ularni Isroil lashkarining qo‘liga tutib berasanmi? — deb so‘radi. Lekin Xudo o‘sha kuni javob bermadi.
38 Shundan so‘ng Shoul dedi: — Isroilning hamma lashkarboshilari shu yerga kelishsin, bugun qanday gunoh qilinganini bilib olamiz.
39 Isroilga najot beradigan Xudo shohid! Gunoh qilgan o‘g‘lim Yo‘natan bo‘lib chiqsa ham, albatta o‘ldiriladi. Biron kimsadan sado chiqmadi.
40 Shoul o‘z odamlariga buyurdi: — Sizlar bir tomonda turinglar, o‘g‘lim Yo‘natan bilan men boshqa tomonda turamiz. — Bir og‘iz so‘zingiz, — deb javob berdi odamlar.
41 Shoul Isroil xalqining Xudosi — Egamizga: — Ey, Egam! Aybsizni o‘zing oqla! — deb iltijo qildi. So‘ng qur’a tashlandi, qur’a Yo‘natan bilan Shoulga tushdi, odamlarning hammasi esa oqlandi.
42 — Endi men bilan o‘g‘lim Yo‘natan orasiga qur’a tashlang, — dedi Shoul. Bu safar qur’a Yo‘natanga tushdi.
43 Shoul Yo‘natandan: — Menga ayt–chi, nima qilding? — deb so‘radi. — Men qo‘limdagi tayoqning uchini asalga botirib olib, ozgina tatib ko‘rgan edim, endi men o‘limimga roziman, — deb javob berdi Yo‘natan.
44 — Yo‘natan, agar seni o‘ldirtirmasam, Xudoning qahriga uchray, hatto undan battarrog‘iga uchray, — dedi Shoul.
45 Ammo odamlar Shoulga e’tiroz bildirdi: — Isroilni ulug‘ zafarga erishtirgan Yo‘natanni o‘ldirmoqchimisiz? Aslo! Xudo shohid! Sochining bir tolasiga ham qo‘l tegmaydi. U bugun nima qilgan bo‘lsa, Xudoning madadi bilan qildi. Shunday qilib, odamlar Yo‘natanni o‘limdan qutqarib qoldi.
46 Shundan so‘ng Shoul Filistlarni ta’qib qilmadi. Filistlar esa o‘z yerlariga qaytib ketishdi.
47 Shoul Isroil shohi bo‘lgandan keyin atrofidagi barcha dushmanlari — Mo‘ab, Ommon, Edom xalqlari, Zo‘vo shohlari va Filistlar bilan urush qildi. Qayerga borsa, g‘alaba qildi.
48 Mardona jang qilib Omolek xalqini mag‘lub qildi, Isroil xalqini talonchilarning qo‘lidan xalos qildi.
49 Shoulning Yo‘natandan boshqa Ishbosit va Malkishuva ismli o‘g‘illari bor edi. Uning ikki qizi ham bo‘lib, kattasining ismi Merav, kichkinasiniki Mixal edi.
50 Xotini Oxinavam edi. U Oximas deganning qizi edi. Shoulning amakisi Narning o‘g‘li Abnur lashkarboshi edi.
51 Abnurning otasi Nar va Shoulning otasi Kish aka–uka edilar. Nar va Kishning otasi Abil edi.
52 Shoul davrida Filistlar bilan doimo qaqshatqich urush bo‘lar edi. Shoul qayerda mard yoki jang qilishga mohir odamni ko‘rsa, o‘z qo‘shiniga olardi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак