Shohlar (birinchi kitob) 25 bob

1 Shomuilning o‘limi. 2 Dovud va Obigayl.

1 Shu orada Shomuil olamdan o‘tdi. Butun Isroil xalqi yig‘ilishib, Shomuilga aza tutdi. Uni o‘z ona shahri Ramada dafn qilishdi. Shundan keyin Dovud Poron dashtiga ketdi.
2 Moyun shahrida bir boy–badavlat odam yashar, mol–mulki Karmil shahri yaqinidagi yerda bo‘lib, uch mingta qo‘yi, mingta echkisi bor edi. Bu paytda u Karmilda qo‘ylarining junini qirqayotgan edi.
3 O‘sha odamning ismi Navol, xotinining ismi esa Obigayl edi. Ayol aql–farosatli va chiroyli edi. Eri Xolib urug‘idan bo‘lib, qo‘rs, fe’l–atvori yomon odam edi.
4 Dovud dashtda yurganda, Navol qo‘ylarining junini qirqyapti, degan xabarni eshitib qoldi.
5 Dovud yigitlaridan o‘ntasini Karmilga — Navolning huzuriga jo‘natayotib, ularga dedi:
6 — Navolga mendan salom aytib, shu gaplarimni yetkazinglar: “Umring uzoq bo‘lsin! Senga, xonadoningga, qaramog‘ingdagi har bir odamga tinchlik–omonlik bo‘lsin.
7 Qo‘ylaringning junini qirqayotganingni eshitdim. Cho‘ponlaring biz bilan birga edi. Ularni xafa qilmadik, Karmilda bo‘lgan kunlarida hech narsasi yo‘qolmadi.
8 Xizmatkorlaringdan so‘rab ko‘rsang, o‘zlari ham senga aytib berishadi. Shuning uchun odamlarimga iltifot ko‘rsat, sening huzuringga ziyofat kuni keldik. Bu qullaringga va o‘g‘ling Dovudga qo‘lingdan kelgancha marhamat qilib, yordam ko‘rsat.”
9 Dovudning odamlari Navol huzuriga borib, Dovudning nomidan unga shu gaplarni yetkazishdi va javob kuta boshlashdi.
10 Navol esa Dovudning odamlariga shunday javob berdi: — Dovud degani kim o‘zi?! Essayning o‘g‘li bo‘lsa, nima qipti?! Shu kunlarda o‘z xo‘jayinlaridan qochib ketayotgan qullar juda ko‘payib ketdi–da!
11 Nonimni, suvimni, jun qirqayotgan odamlarim uchun so‘ygan qo‘ylarimning go‘shtini olib, allaqaydan kelgan odamlarga beraymi?!
12 Dovudning odamlari kelgan yo‘liga qaytib ketishdi. Navolning hamma aytganlarini Dovudga yetkazishdi.
13 — Hamma qilichini beliga bog‘lasin! — deb amr berdi Dovud odamlariga. Dovudning o‘zi ham, odamlari ham qilichlarini bellariga bog‘lashdi. To‘rt yuzga yaqin odam Dovud bilan birga ketdi. Ikki yuztasi esa anjomlar yonida qoldi.
14 Navolning xizmatkorlaridan biri uning xotini Obigaylga dedi: — Dovud xo‘jayinimiz Navolga salom yo‘llab, dashtdan xabarchilar jo‘natgan ekan, lekin Navol ularni haqorat qildi.
15 U odamlar esa bizga ko‘p yaxshi munosabatda bo‘lishgan edi. Har doim dashtda ular bilan qolgan paytlarimizda bizni xafa qilishmasdi, biror narsamiz ham yo‘qolmasdi.
16 Qo‘ylarimizni boqib yurganimizda, har doim — kechayu kunduz bizni himoya qilishardi.
17 Endi nima qilish lozimligini o‘zingiz yaxshilab o‘ylang. Chunki xo‘jayinimizning va uning butun xonadonining boshiga falokat xavf solib turibdi. Xo‘jayinimiz esa shu qadar badjahlki, biror kimsa unga bir og‘iz gap ayta olmaydi.
18 Obigayl vaqtni boy bermay, ikki yuzta non, ikki mesh sharob, beshta qo‘yning pishirilgan go‘shtini, ikki tog‘ora qovurilgan bug‘doy, yuz hovuch mayiz va ikki yuz hovuch anjir qoqi olib eshaklarga yukladi.
19 So‘ng xizmatkorlariga: — Sizlar mendan oldin yuringlar, men orqalaringizdan boraman, — dedi. Eri Navolga esa hech narsa demadi.
20 Obigayl eshakka minib, tog‘ning yolg‘izoyoq yo‘llaridan tushib kelayotganda, unga tomon kelayotgan Dovudning odamlariga duch kelib qoldi.
21 Dovud shu gaplarni aytayotgan ekan: — Bu odamning dashtdagi mol–holini behudaga qo‘riqlabman–da. Uning qo‘tonidan biror qo‘y yo‘qolmadiyu, oqibatda u mening yaxshiligimga yomonlik bilan javob qaytardi.
22 Agar ertalabgacha unga qarashli erkak zotidan birortasini tirik qoldirsam, Xudo mening jazomni bersin, hatto undan battarrog‘iga duchor qilsin!
23 Obigayl Dovudni ko‘riboq eshakdan tushdi. Dovudga ta’zim qilib, yerga muk tushdi.
24 Uning oyoqlariga bosh urib yolvordi: — To‘ram, men aybdorman, ayb menda. Ijozat bering, bu cho‘ringiz sizga bir og‘iz gap aytsin, aytganlarimga quloq soling.
25 Yolvoraman, to‘ram! O‘sha battol Navolga e’tibor bermasinlar. Uning fe’l–atvori xuddi ismining o‘zi. Navol — aqlsiz degani. Men, cho‘ringiz, to‘ram yuborgan odamlarni ko‘rmabman.
26 Endi, to‘ram, Egamiz sizning qon to‘kishingizga, o‘z qo‘lingiz bilan qasos olmog‘ingizga izn bermagan. Xudo shohid! To‘g‘risini aytay, g‘animlaringiz, qolaversa, to‘ramga qasd qilgan hammaning boshiga Navolning kuni tushsin.
27 Men, cho‘ringizning to‘ramga keltirgan mana bu in’omlari sizga ergashib xizmat qilayotgan odamlaringizga berilsin.
28 Bu cho‘ringizning gunohidan o‘ting. Egamiz albatta to‘ramning xonadonini mustahkam qiladi, chunki to‘ram Egamiz uchun jang qilyapti. Umringiz oxirigacha siz tomondan biron–bir haqsizlik bo‘lmasin.
29 Birontasi ortingizdan tushib, joningizga qasd qilsa, hayotingizni Egangiz Xudo o‘z panohida asrasin. G‘animlaringizni esa palaxmondan otilgan toshday uloqtirib yuborsin.
30 Egamiz to‘ramga va’da qilgan barcha ezguliklarni bajo keltirib, sizni Isroilning yo‘lboshchisi qiladigan kun keladi, albatta.
31 O‘shanda o‘zim uchun o‘ch olib, behudaga qon to‘kdim, deb pushaymon bo‘lmagaysiz. Egamiz to‘ramga baraka berganda, bu cho‘risini unutmasin.
32 — Bugun seni men bilan uchrashtirgan Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! — dedi Dovud.
33 — Aqlingga balli, baraka top! Bugun meni qon to‘kishdan, o‘z qo‘lim bilan o‘ch olishdan saqlab qolding, buning uchun seni Xudo yorlaqasin.
34 Isroil xalqining Xudosi — Egamiz senga yomonlik qilishimning oldini oldi. Agar sen meni tezda uchratib qolmaganingda, Xudo haqi, kun chiqquncha Navolga qarashli erkak zotidan birortasi tirik qolmagan bo‘lardi!
35 Dovud Obigayl olib kelgan hadyalarni oldi. Keyin: — Eson–omon uyingga bor, bilib qo‘y, gaplaringga quloq solib, arzingga e’tibor berdim, — dedi.
36 Obigayl Navolning yoniga qaytib keldi. Navol uyida shohona ziyofat uyushtirgan, mast, juda vaqti chog‘ edi. Obigayl esa ertalabgacha unga bir og‘iz gap aytmadi.
37 Ertasiga ertalab Navol o‘ziga kelgach, xotini unga bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib berdi. O‘sha zahotiyoq Navolning yuragi muzlab, shol bo‘lib qoldi.
38 O‘n kunlardan keyin Egamiz Navolning jonini oldi.
39 Xudo Navolning jonini olganini Dovud eshitdi. — Navol meni haqorat qilgan edi, Egamizning O‘zi meni oqladi, bu qulini yomonlik qilmoqdan asradi. Unga hamdu sanolar bo‘lsin! Egamiz Navolning yomonligini o‘zining boshiga solibdi, — dedi. Shundan so‘ng Dovud Obigaylning oldiga xabarchilar jo‘natib, unga uylanmoqchi ekanligini bildirdi.
40 Dovud yuborgan xabarchilar Karmilga — Obigaylning huzuriga borib: — Dovudning senga uylanish istagi bor, shuni bildirish uchun bizni yubordi, — dedilar.
41 Obigayl o‘rnidan turdi, boshi yerga tekkuday bo‘lib ta’zim qildi–da: — Men to‘ramga xizmat qilmoqqa va to‘ramning xizmatkorlari oyoqlarini yuvishga tayyorman, — deb javob berdi.
42 Obigayl tezda o‘rnidan turib, eshakka mindi. Yoniga beshta cho‘risini olib, Dovudning xabarchilari orqasidan yo‘lga tushdi. Shunday qilib, Obigayl Dovudga turmushga chiqdi.
43 Dovud Yizrillik Oxinavamga ham uylangan edi. Shu tariqa Dovud ikki xotinlik bo‘ldi.
44 Dovudning birinchi xotini Mixalni esa otasi Shoul Paltiga berib yuborgan edi. Palti Galimlik Layish deganning o‘g‘li edi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак