Shohlar (birinchi kitob) 10 bob

17 Shoul shoh deb e’lon qilinadi.

1 So‘ngra Shomuil moy idishini olib, Shoulning boshiga moy surtdi. Keyin uni o‘pib, shunday dedi: — Mana, Egamiz senga moy surtib, O‘z xalqiga hukmdor etib tanladi.
2 Bugun mening oldimdan ketganingdan keyin Benyamin hududida, Zilzaxdagi Rohilaning maqbarasi yonida ikki kishiga duch kelasan. Ular senga: “Izlab ketgan eshaklaring topildi, otang endi eshaklarni o‘ylamay, balki, o‘g‘limga nima bo‘ldi ekan, deb sendan xavotirlanib o‘tiribdi”, deb aytishadi.
3 U yerdan yana yo‘lingda davom etib, Tovurdagi muqaddas daraxt oldidan chiqasan. U yerda uchta odamga duch kelasan. Ularning biri uchta uloqcha, biri uchta gardish non, yana boshqasi bir mesh sharob bilan Xudoning huzuriga — Baytilga yo‘l olgan bo‘ladi.
4 Ular senga omonlik tilab, ikkita gardish non berishadi. Sen nonlarni ol.
5 Keyin Filistlar qo‘nolg‘asi joylashgan, Xudoning tepaligi deb atalgan Givoga borasan. Shaharga kirganingda, payg‘ambarlar guruhiga duch kelasan. Ular oldilarida arfa, childirma, nay, lira chalib, jo‘shib zikr tushib, sajdagohdan tushib kelayotgan bo‘ladilar.
6 Egamiz Ruhi seni ham qamrab oladi. Ular bilan birga sen ham jo‘shib zikr tushasan va butunlay boshqa odamga aylanasan.
7 Bu alomatlar senda namoyon bo‘lganda, o‘zingga ma’qul bo‘lganini qil. Xudo sen bilan.
8 Mendan oldin sen Gilgalga bor. Men ham kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarininazr qilgani huzuringga boraman. Meni yetti kun kut, yoningga borganimdan keyin nima qilishingni aytaman.
9 Shoul endi Shomuilning yonidan ketish uchun chog‘langan ham ediki, Xudo uning yuragini o‘zgartirdi. O‘sha kuni Shomuil aytgan hamma alomatlar bajo bo‘ldi.
10 Shoul Givoga kelganda, uni payg‘ambarlar guruhi qarshi oldi. Xudoning Ruhi uni qamrab oldi, Shoul ular bilan birga jo‘shib zikr tusha boshladi.
11 Shoulning do‘stlari buni ko‘rib, hayratga tushdilar: — Nima? Nahotki Shoul ham payg‘ambar bo‘lsa?! Kishning o‘g‘li qanday qilib payg‘ambar bo‘lib qolibdi?
12 Qo‘shnilaridan biri e’tiroz bildirdi: — Otasi kimligining ahamiyati yo‘q. Har kim ham payg‘ambar bo‘lishi mumkin. Shu sababdan ham “Nahotki Shoul ham payg‘ambar bo‘lsa?!” degan gap aslida o‘shandan qolgan.
13 Zikr tushish to‘xtagach, Shoul sajdagohga chiqdi.
14 Amakisi Shoul bilan xizmatkoridan: — Qayerlarda qolib ketdingizlar? — deb so‘radi. — Eshaklarni qidirdik, ularni topa olmay, Shomuilning oldiga bordik, — deb javob berdi Shoul.
15 — Shomuil sizlarga nimalar dedi, menga ham ayt–chi, — dedi amakisi.
16 — Eshaklarning topilganini bizga to‘ppa– to‘g‘ri aytib berdi, — dedi Shoul. Shomuilning shohlikka aloqador so‘zlarini esa amakisiga aytmadi.
17 Shomuil Isroil xalqini Mispaxda Egamiz huzuriga chaqirib
18 shunday dedi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: — Isroil xalqini Misrdan Men olib chiqqanman. Misrliklarning va sizlarga zulm qilgan hamma shohliklarning qo‘lidan sizlarni qutqardim.
19 Ammo bugun butun mashaqqat va zahmatlaringizdan sizlarni qutqaradigan Men, Xudoyingizni rad qildingiz hamda: “Bizga ustimizdan shoh tayinlang”, dedingiz. Endi Men, Egangizning oldida qabila va urug‘larga bo‘linib tiziling.”
20 Shomuil Isroil xalqining hamma qabilalarini birin–ketin o‘z huzuriga chaqirdi. Qur’a tashlab, ulardan Benyamin qabilasini tanlab oldi.
21 Keyin Benyamin qabilasini urug‘lari bo‘yicha oldiga chaqirdi. Qur’a tashlab, Matri urug‘ini tanlab oldi. Yana qur’a tashlab, Matri urug‘idan Kishning o‘g‘li Shoulni tanlab oldi. Isroil xalqi uni axtarib topa olmadi.
22 Ular Egamizdan: — O‘sha odam keldimi o‘zi? — deb so‘rashdi. — U shu yerda, u–bu anjomlarning orasida yashirinib yuribdi, — degan javob keldi Egamizdan.
23 Odamlar yugurib borib, Shoulni olib kelishdi. Shoul xalqning orasida tikka turgan edi, hamma uning yelkasidan kelar ekan.
24 Shomuil butun xaloyiqqa qarata: — Egamiz tanlagan odamni ko‘ryapsizmi, butun xalq orasida unga teng keladigani topilmaydi, — dedi. Shunda xalq: — Yashasin shoh! — deb hayqirdi.
25 Shomuil shohlikning qonun–qoidalarini xalqqa aytib berdi. Bularni kitob holiga keltirib muqaddas joyga qo‘ydi. Keyin hamma odamni uy–uylariga jo‘natib yubordi.
26 Shoul ham Givoga — o‘z uyiga ketdi. Xudo ruhlantirgan bir necha kishi unga hamroh bo‘ldi.
27 Ammo ba’zi yaramas odamlar: “U bizni qutqara olarmidi?!” deb Shoulni nazarlariga ilmadi, shu sababdan unga in’omlar tortiq qilishmadi. Shoul esa bilib bilmaslikka olib qo‘ya qoldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18