Shohlar (birinchi kitob) 15 bob

1 Omolek xalqi bilan jang. 10 Xudo Shoulni rad etadi.

1 Bir kuni Shomuil Shoulga shunday dedi: — Egamiz senga moy surtib, O‘z xalqi Isroilning shohi qilish uchun meni sening oldingga yuborgan edi. Endi Egamizning so‘zlarini eshit.
2 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Isroil xalqiga qilgan yovuzliklari uchun Omolek xalqini jazolayman. Chunki Isroil xalqi Misrdan chiqayotganda, Omolek xalqi ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygan edilar.
3 Endi borib, Omolek xalqiga hujum qil. Ularga qarashli hamma narsani tamoman yo‘q qilib tashla, hech narsasini ayama. Erkagu ayol, bolayu chaqa, molidan tortib qo‘yigacha, tuyasidan tortib eshagigacha hammasini o‘ldir.”
4 Shoul lashkarini Taloyim shahrida to‘plab sanab chiqdi. 200.000ta piyoda sipohi, Yahudodan ham 10.000ta sipohi bor ekan.
5 Shoul Omolek xalqiga qarashli bo‘lgan shaharga borib, soylikda pistirma qo‘ydi.
6 O‘sha yerdagi Xayin xalqiga quyidagi xabarni jo‘natdi: “Endi ketinglar, Omolek xalqini tark etinglar, tag‘in sizlarni ham ular bilan birga yo‘q qilib yubormayin. Isroil xalqi Misrdan chiqayotgan paytda, sizlar bizga yaxshilik qilgandingiz.” Shundan keyin Xayin xalqi Omolek xalqini tark etdi.
7 Shoul Xaviladan Misrning sharqidagi Shurgacha bo‘lgan joylardagi Omolek xalqini tor– mor qildi.
8 U Omolek shohi O‘gaxni tiriklayin qo‘lga olib, xalqini butunlay qirib tashladi.
9 Shoul va uning odamlari O‘gaxni hamda uning eng yaxshi qo‘y–mollarini, buzoq–qo‘zilarini, jamiki yaxshi narsalarini ayab, saqlab qolishdi. Ularni butunlay yo‘q qilib tashlashni istashmadi. Faqat arzimas, nuqsonli hayvonlarini yo‘q qilishdi.
10 Egamiz Shomuilga shu so‘zlarni ayon qildi:
11 “Shoulni shoh qilib tayinlaganimga pushaymonman. U Mendan yuz o‘girdi, amrlarimni bajo qilmadi.” Shomuil xafa bo‘lib, tun bo‘yi Egamizga yolvorib chiqdi.
12 Shomuil ertasi kuni saharda, Shoul bilan ko‘rishay, deb borsa, Shoul Karmil shahriga ketibdi. Bilsaki, u yerda o‘ziga bir yodgorlik o‘rnatibdi. Keyin Gilgalga qaytibdi.
13 Shomuil Shoulning oldiga kelganda, Shoul: — Egamiz sizni yorlaqasin! Men Egamizning amrini ado etdim, — dedi.
14 — Agar shunday bo‘lsa, qulog‘imga eshitilayotgan qo‘yning ma’rashi nimasi? Men eshitayotgan sigirning bo‘kirishi nimasi? — deb so‘radi Shomuil.
15 — Odamlarim Omolek xalqining hayvonlarini tortib oldi, — dedi Shoul, — Egangiz Xudoga qurbonlik qilish uchun qo‘y, sigirlarning eng saralarini ayab, saqlab qolishdi. Qolganlarini esa butunlay qirib tashladik.
16 — Shoshmay tur, bu kecha Egamizning menga nimalar aytganini senga bildirib qo‘yayin, — dedi Shomuil. — Ayting, — dedi Shoul.
17 Shomuil gapida davom etdi: — O‘zingni kichik deb sanasang–da, Isroil xalqining yo‘lboshchisi bo‘lmadingmi?! Egamiz senga moy surtib tanlab, Isroilga shoh qilmadimi?!
18 U senga: “Bor, o‘sha gunohkor Omolek xalqini butunlay qirib tashla, hammasini yo‘qotmaguningcha, ular bilan jang qil”, deb amr bergan edi–ku.
19 Nega endi Egamizning amriga itoat etmading?! Nima uchun o‘ljaga tashlanib, Egamiz oldida qabihlik qilding?!
20 — Axir, men Uning amrlariga itoat qildim–ku! — dedi Shoul. — Men, Egamiz amr berganiday, bordim. Omolek shohi O‘gaxni bu yerga olib keldim. Omolek xalqini esa butunlay qirib tashladim.
21 Odamlarim Gilgalda Egangiz Xudoga qurbonlik qilaylik, deb qirib tashlanishi kerak bo‘lgan o‘ljadan eng sara mol–qo‘ylarni olishdi, xolos.
22 Shomuil shunday javob berdi: “Kuydiriladigan va boshqa qurbonliklardan ko‘ra, Egamiz O‘ziga itoat etganlardan shod bo‘lmasmi?! Ha, itoat etish — qurbonlik so‘yishdan yaxshi, Xudoga itoatkorlik — qo‘chqorlar yog‘idan a’loroqdir.
23 O‘zboshimchalik — sehr–jodu singari gunoh, Itoatsizlik esa but–sanamga bosh egish bilan tengdir. Sen Egamizning amrini rad etding, Egamiz ham sening shohligingni rad etdi.”
24 — Gunoh qildim! — dedi Shoul. — Ha, Egamizning amriga ham, sizning so‘zlaringizga ham xilof ish tutdim. Xalqdan hayiqqanim uchun, ularning gapiga kirdim.
25 Endi yolvoraman: gunohimdan o‘ting, men bilan birga qaytib boring, Egamizga sajda qilayin.
26 — Sen bilan bormayman, — dedi Shomuil. — Chunki sen Egamizning amrini rad etding, Egamiz ham, Isroilga shoh bo‘lmasin, deb seni rad etdi.
27 Shomuil burilib, ketmoqchi bo‘lgan edi, Shoul uning ridosi etagidan ushlab qoldi. Rido yirtildi.
28 — Rido yirtilgani singari, Egamiz ham bugun Isroil shohligini qo‘lingdan tortib olib, sendan ko‘ra, boshqa yaxshirog‘iga berdi, — dedi Shomuil.
29 — Isroilning barhayot Xudosi yolg‘on so‘zlamas, fikrini ham o‘zgartirmas. U inson emaski, fikrini o‘zgartirsa.
30 — Gunoh qildim, — dedi Shoul, — endi xalqimning oqsoqollari oldida, Isroil xalqi oldida meni beobro‘ qilmang. Shuning uchun men bilan birga qaytib boring, Egangiz Xudoga sajda qilayin.
31 Shomuil Shoul bilan birga orqaga qaytib bordi. Shoul Egamizga sajda qildi.
32 Shomuil: — Omolek shohi O‘gaxni mening oldimga olib kelinglar! — deb buyurdi. O‘gaxni bog‘langan holda, Shomuilning oldiga olib kelishdi. O‘gax o‘zicha: “O‘lim xavfi aniq o‘tib ketdi”, deb o‘yladi.
33 Lekin Shomuil: — Qiliching ayollarni farzandidan qanday judo qilgan bo‘lsa, sening onang ham ayollar orasida befarzand bo‘lsin! — dediyu, O‘gaxni Egamizning oldida Gilgalda qilich bilan chopib tashladi.
34 Shundan so‘ng Shomuil Ramaga, Shoul esa Givoga — uyiga ketdi.
35 Shomuil umrining oxirigacha Shoulni boshqa ko‘rmadi, lekin u Shoulni deb g‘amgin bo‘lib yurdi. Egamiz esa Shoulni Isroil shohi qilganidan pushaymon edi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак