39. MA'BADDAGI ISO
Matto 13:55; Luqo 2:39-52; 4:16
Bo'yash uchun rasm. chizish 39 (skachat) | PDF kitob va RUS
Iso Nosirada oilasi bilan yashardi. Yusuf duradgor edi, Iso esa unga va Maryamga yordam berardi. Iso ota-onasiga itoatkor edi.
Shanba kuni ular ma’badga borib, Muqaddas bitiklarni tinglashardi. Yusuf va Maryam yiliga bir marta Quddusdagi ma'badga tashrif buyurishardi.
Iso o'n ikki yoshga qirganda, u ota-onasi bilan Quddusdagi ma'badga bordi. Ko'plab do'stlar va qarindoshlari ham ular bilan birga u yerga borishdi.
Quddusda bir necha kun turgandan so'ng, ular orqaga qaytishdi. Maryam va Yusuf Iso do'stlari bilan birga deb o'ylab, uni izlamadilar. Ular kun bo'yi yo'lda edilar. Iso odamlar orasida ko'rinmaganini payqab qolishdi, Yusuf va Maryam juda xavotirda edilar. “Iso qayerda bo'lishi mumkin?”- deb ular o'ylashardi.
Isoning ota-onasi Quddusga qaytib, Isoni izlay boshladilar. Faqat uch kundan keyin ular uni ma'badda yahudiy o'qituvchilar bilan suhbatlashayotgan vaqtda topdilar. Iso o'qituvchilarni tinglab va savollar berdi. O'qituvchilar Isoning bilimdonligidan hayratda qolishdi, chunki u Muqaddas bitiklarni juda yaxshi bilardi.
Ota-onasi uni topgach, onasi undan: “Nega biz bilan ketmading? Biz sening qayerda ekanligingni bilmasdik va juda uzoq izladik”.
Iso javob berdi: “Nega meni qidirdingiz? Men bu yerda bo'lishim va Samoviy Otam xohlagan narsani qilishim kerakligini bilmasmidingiz?”.
Isoning ota-onasi esa U aytgan hamma narsani tushunishmadi. Nima bo’lishiga qaramay ular o'g'lini yaxshi ko’rib va unga g'amxo'rlik qilishardi. Shunday qilib, Iso ular bilan birga Nosiraga qaytib ketdi.
Yusuf va Maryamning Isodan ham kichik bolalari bor edi. O'g'illarning ismlari Yoqub, Yusuf, Shimo’n va Yahudo edi. Iso ukalariga mehribon edi.
Vaqt o'tib Iso ulg’aydi va donolikka ega bo'ldi. U odamlarni sevar va odamlar ham uni sevar edi. Iso har doim samoviy otasi Xudo xohlagan ishlarni qilardi.
SAVOL JAVOB:
1. Iso qayerda yashagan: Nosirada yoki Quddusda?
(Iso Nosirada yashagan)
2. Iso o'n ikki yoshida qayerga bordi?
(Iso Quddusdagi ma'badga bordi)
3. Uch kun davomida Isoni kim qidirdi?
(Isoning ota-onasi uni uch kun qidirishdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Iso ulg’ayib, yillar o’tgan sari dono bo’lib borardi” (Luqo 2:52).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар