Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 11 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 11 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Siz ishni tashlab, monastirga ketib qolishingiz aslo shart emas. Aksincha, o‘z ish joyingizni Masih haqida guvohlik beradigan joyga aylantirmog‘ingiz lozim. Axir har tongda uyg‘onib, Xudoning irodasini bajarish uchun ishga borish istagini his etish ajoyib–ku! Ehtimol, ish joyingizda o‘rnatilgan tartib va ahloq qoidalarini o‘zgartira olmassiz, ammo atrofingizdagi odamlarning qalbini o‘zgartirishingiz mumkin1.

D–r Jon Trent

11. MEHNATDA SERG‘AYRAT BO‘LING

eysizlarmi, ichasizlarmi, nimaiki qilsangiz ham,

hammasini Xudoni ulug‘lash uchun qilinglar.

1 Kor. 10:31

Turlicha fikrlar mavjud, go‘yoki mehnat – odamning gunohga botishi oqibati bo‘lib, agar Odam Ato “o‘sha olmani yemaganida” hozirda bizning ishlashimizga hojat ham qolmagan bo‘larkan. Aslida mehnat Odam Ato gunohga botib, “o‘sha olmani yeb qo‘yishidan avval ham mavjud bo‘lgan, ya’ni Xudo O‘z ijodiy faoliyatini amalga oshirib, borliqni yaratgan.

Ibtido kitobining 1–bob 1–oyatida Xudo «tarix xronometrini ishga tushirib», olamni yaratishni boshlagan: «Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi». Ko‘pgina ishlar qilish lozim edi, negaki «er shaklsiz va bo‘m–bo‘sh edi» (2–oyat). Mana shu oyatdan boshlab butun 1–bob mobaynida Ibtido Kitobi Xudoning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan «voqealar xronikasi”ni bayon etadi. Va nihoyat, borliq yaratildi va Xudo «barcha ishlarini bitirib dam oldi» (Ibtido 2:3).

Xudo bu bilan mehnatning rutbasini va abadiy qadr–qiymatini tasdiqladi. U olamni yaratib, yana bir faoliyatini – «O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini» (Ibtido 1:27). Xudo insonga amr etdi:

  • er yuzini to‘ldirib, uni egallashni (qarang: 28–oyat);
  • har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilishni (qarang: o‘sha oyat);
  • Adan bog‘ini parvarishlab, asrashini (qarang: Ibtido 2:15);
  • barcha jonivorlarga nom berishini (qarang: 19–20 oyatlar).

Dunyoning yaratilish tarixi shundan dalolat beradiki, Xudoga monand qilib yaratilgan odam xuddi Xudo kabi mehnat qilishi kerak bo‘lgan. Xudoning barcha ijodi va insonning Adan bog‘idagi mehnati odam gunohga botib, yer la’natga uchrashidan avval yuz bergan! Shu bois, mehnat – gunohga botishning oqibati deb hisoblash xato, biroq odam gunoh qilib, dunyoga nopoklik kirib kelgach, mehnat yanada og‘irroq bo‘ldi. Xudo Odam Atoga aytdi: «...peshona tering bilan non yeysan...» (Ibtido 3:19).

Mehnat zarur

Muqaddas Kitobda mehnat haqida doimo inson hayotini tashkil etuvchi tabiiy va zaruriy qismdek gapiriladi. Qadimgi Ahdning Hikmatlar kitobida mehnat ko‘p hollarda yalqovlik va dangasalarga qarama–qarshi qo‘yiladi; bundan tashqari, unda ishyoqmaslik nimalarga olib borishi aytiladi:

  • Yerga ishlov bergan to‘yib non yeydi, bekor narsani ko‘zlagan esa aqlsizdir (Hikmatlar 12:11).
  • Har bir mehnatdan foyda bor, quruq gap esa kambag‘allik keltiradi (Hikmatlar 14:23).
  • O‘z ishiga mohir ustani ko‘rganmisan? U oddiy odamlarga emas, shohga xizmat qiladi (Hikmatlar 22:29).

Xushxabarchi bo‘lgan va ayni vaqtda o‘z mehnati bilan hayot kechirgan havoriy Pavlus Yangi Ahdda bizni mehnatsevarlikka o‘rgatadi.

Pavlusning shaxsiy ibrati. Havoriy o‘z mavqeidan xudbin maqsadlarda foydalangani haqidagi ayblovni rad etgan:

Bizdan qanday o‘rnak olishingiz kerakligini o‘zingiz bilasiz. Sizlarning orangizda bo‘lganimizda dangasalik qilmadik. Birovning nonini bekorga yemadik. Aksincha, boshqalarga og‘irligimiz tushmasin deb, kechayu kunduz ishladik. Mashaqqat bilan mehnat qildik (2Sal. 3:7–8)

Pavlusning yo‘l–yo‘rig‘i. Havoriy o‘z ishlari bilan nafaqat mehnatsevarlikning namunasini bergan, balki imonlilar xuddi shu tarzda yo‘l tutishlari kerakligiga isbot keltirgan:

Axir sizlar bilan bo‘lganimizda: “Ishlamagan tishlamaydi!” deb aytgan edik–ku! (2Sal. 3:10).

Pavlusning nasihati. Havoriy har bir imonliga o‘z ishi bilan astoydil shug‘ullanishini nasihat qilgan:

Eshitishimizcha, ba’zi birlaringiz yalqovlik qilayotgan ekansiz. Boshqalarning ishlariga aralashishdan boshqa narsani bilmas emishsiz. Mana shunday odamlarga Iso Masih nomi bilan buyurib aytamizki, tinchgina o‘z ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘ling, nonni peshona teringiz bilan topib yeng (2Sal. 3:11–12).

Pavlus barcha imonlilar ham mehnatda tirishqoqlik ko‘rsatishlari uchun tongdan kechgacha qo‘l–qo‘liga tegmay mehnat qilgan. Mehnat hayot uchun zarur! Sizningcha, o‘zingiz mehnatda tirishqoqmisiz?

Mehnat foydali

Axir Xudo odamni yalqov bo‘lishi uchun yaratmagani ayon emasmi? Parvardigor bizning mehnat qilib jismonan va ruhan rivojlanishimizni biladi, shu bois bizga mehnat qilishni va yaqinlarimiz ehtiyoji haqida g‘amxo‘rlik qilishimizni buyuradi. Shu tariqa, mehnat – bizning yana bir muhim majburiyatimizdir. Xudoning qalbiga mos erkak Xudoni sevadi va Unga itoat qiladi, rafiqasini o‘z ortidan ergashtirib, bolalari haqida g‘amxo‘rlik qiladi, mehnat qiladi va oilasini barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydi.

Xudoning Kalomida bu majburiyatlar haqida ko‘p bora aytiladi. Xudo biz uchun nima yaxshi ekanligini biladi. Tasavvur qiling–a, mehnat bizning foydamizga xizmat qiladi: u salomatligimiz uchun ham foydali.

Shifokorlar jismoniy va aqliy mehnat salomatlikni mustahkamlab, ishlash layoqatini asrashi haqida asossiz gaplarni aytishmaydi, axir. Eramizgacha bo‘lgan 400–yildayoq tibbiyotning otasi Gippokrat shunday degandi: «Inson tanasining har bir a’zosi o‘ziga xos vazifaga ega bo‘lib, agar ulardan shu vazifalarga ko‘ra foydalanilsa, barchasi ishlash xususiyatini va quvvatini saqlab qolishadi». Zamondoshimiz, taniqli doktor Charlz Meyo Gippokratning fikrini davom ettirib, shunday degan: «Halovatsizlik... salomatlikka o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo men odam haddan ziyod ko‘p mehnat qilgani tufayli o‘lim topgan birorta ham holatni bilmayman».

Shubhasiz, mehnat foydali. Bu ma’lumotlar asosida ham tasdiqlanadi: ko‘plab odamlar nafaqaga chiqqanlaridan keyingi birinchi yildayoq vafot etishadi.

Mehnat – da’vat

“Da’vat” so‘zi sizda qanday tasavvurlarni uyg‘otadi? Hoynahoy, bu jamoat xizmatiga taalluqli nimadir bo‘lsa kerak. Cho‘pon yoki missionerning og‘zidan tez–tez shunday jumlani eshitish mumkin: «Xudo meni xizmat qilishga da’vat etgan». Pavlus o‘zi haqida Iso Masihning havoriysi bo‘lishga da’vat etilgan inson kabi gapiradi (qarang: 1Kor. 1:1). Ammo men sizlarga ish ham da’vat ekanini aytsam nima deysiz?

Uebster lug‘atiga ko‘ra, inglizcha vocation so‘zi lotincha vocatio («vazifa») so‘zidan kelib chiqqan. Vocation so‘zi «muayyan bir mashg‘ulot, faoliyat turiga bo‘lgan da’vat» ma’nosini bildiradi. Xuddi Xudoga xizmat qilishga da’vat etilgan cho‘pon va missioner g‘ayirlik bilan o‘z vazifasini bajargani kabi, biz ham o‘z ish joyimizda Xudoga jo‘shqinlik bilan xizmat qilishimiz lozim.

Men o‘z hayotimda ko‘plab mashg‘ulotlarimni o‘zgartirganman. Ular orasida jamoatga xizmat qilish ham bo‘lgan. Men hatto cho‘ponlik xizmati haqidagi kitob yozilishida ishtirok etganman (men yozgan bob xizmatga da’vat masalasiga bag‘ishlangan4). Ammo xushxabarchi havoriy Pavlus kabi, men chodir tayyorlab pul topganman. Men nafaqat cho‘pon, balki jamoat bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatlar bilan ham shug‘ullanganman: dorixonada ishladim, AQSh qo‘shinida dori–darmon to‘plash bo‘yicha mutaxassis bo‘ldim. Men ham xuddi havoriy Pavlus kabi butun faoliyatimni Xudoning da’vati deya qabul qildim.

Biz agarda masihiy Isoga sodiq bo‘lsa, u muqarrar cho‘pon yoki missioner bo‘lishi kerakligi haqidagi xato tushunchani qat’iy rad etishimiz lozim. Albatta, bu shunday emas. Missiyada yoki jamoatda xizmat qiladiganlar zavodda, idorada yoki o‘z uyidagi ish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan odamlardan ko‘proq imonli yoki pokdomon emaslar. Bizning qayerda yoki kim bilan ishlashimiz Xudo nazarida muhim emas. Muhimi biz mehnat qilgan holda Xudoning irodasini ado etishimiz (qarang: Rim. 12:2). Siz kim bo‘lmang – rassommisiz yoki santexnik, harbiy yoki mexanik, o‘qituvchi yoki muhandismisiz, – o‘z faoliyatingizga oddiy bir ish kabi emas, balki Xudoning alohida bir vazifasi kabi yondashmog‘ingiz kerak.

O‘z ish joyingizda Masihning elchisi bo‘ling

Men bundan bir necha yil avval «elchi» Julian bilan Chikagodagi mehmonxonalardan birida tanishganman. Julian bu shaharga ish yuzasidan uchrashuv uchun, biz esa Elizabet bilan seminarga kelgandik. Bizning uchrashuvimiz liftda yuz berdi: o‘shanda biz o‘zaro qiziqishlarimizni o‘rtoqlashdik, xolos. O‘sha oqshom Julian restorandagi stolimiz oldiga kelib, o‘zini yana bir bora tanishtirdi: u Elizabet ikkalamizning ovqatlanish oldidan ibodat qilganimizni ko‘rib, biz bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘libdi, negaki uning o‘zi ham masihiy ekan. Tasodifiy tuyulgan bu uchrashuvimiz shu bilan to‘xtab qolmadi: bizning munosabatlarimiz mustahkam do‘stlikka aylandi.

Julianni haqli ma’noda Masihning elchisi deyish mumkin. U o‘zining hamkasblari bilan imoni haqida ochiqchasiga gaplashadi. Ish paytida, tushlik chog‘ida Kalomni o‘rganish bo‘yicha kichik mashg‘ulotlar o‘tkazadi, imonga qiziqish bildirgan barchaga Muqaddas Kitob nusxalarini va masihiylik adabiyotlarini tarqatadi. Men yaqinda Juliandan do‘sti Uilyam Niks yozgan “Ish joyida Masihning elchisi bo‘lish” nomli kitobni oldim. Muallif asarining so‘z boshida shunday yozadi:

“Butun hayotingiz Xudoga xizmat bo‘lishi mumkin. O‘z ish joyingizda Masihning elchisi bo‘lishga intiling... Mabodo Xudoni ulug‘lash istagingiz bo‘yicha intilsangiz, quyidagilar yuz beradi:

  • hayotingiz va faoliyatingizdan chuqur qoniqishni his qilasiz;
  • hamkasblaringizning hurmatiga sazovor bo‘lasiz;
  • Xudo bilan munosabatlaringiz chuqurroq va samimiy bo‘ladi”.

Siz ham do‘stim Julian va Uilyam Niks kabi, o‘z ish joyingizda Masihning elchisi bo‘lishga intilmog‘ingiz kerak (qarang: 2Kor. 5:20). Elchi – boshqa kimningdir nomidan vakolat beruvchi vakil. O‘z navbatida elchi – o‘ta muhim va nufuzli shaxs: u boshqa mamlakatda o‘z yurtini tegishli ravishda namoyon etishi kerak. Ammo Masihning elchisi bo‘lish – yanada oliy sharaf, shu bois biz qayerda bo‘lmaylik va nimaiki qilmaylik, o‘zimizda Masih haqidagi munosib guvohlikni namoyon etishimiz zarur. Bu talab birinchi navbatda ish faoliyatimizga taalluqli. Bizning kasbimiz qanday bo‘lmasin, qanday vazifada ishlamaylik, biz o‘z mehnatimiz bilan yaqinlarimizga barhayot Xudo haqida guvohlik beramiz.

Siz o‘zingizni Masihning elchisi deya hisoblaysizmi? Zero siz aynan shunga da’vat etilgansiz–ku. Bu vazifani qanday ado etyapsiz? Havoriy Pavlus o‘zini masihiy deb ataydigan, lekin Xudo talab etgan darajada Masihning elchilari bo‘lish vazifasini bajarmayotgan odamlar haqida gapirgan: «Eshitishimizcha, ba’zi birlaringiz yalqovlik qilayotgan ekansiz. Boshqalarning ishlariga aralashishdan boshqa narsani bilmas emishsiz» (2Sal. 3:11). Havoriy tag‘in yozadi: «Mana shunday odamlarga Iso Masih nomi bilan buyurib aytamizki, tinchgina o‘z ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘ling, nonni peshona teringiz bilan topib yeng» (2Sal. 3:12).

Biz havoriy yozgan odamlar kabi yo‘l tutmaylik. O‘z ish joyimizda Masihning munosib elchilari bo‘laylik!

Ish joyingizda Xudoni ulug‘lang

Biz Xudoga xizmat qilishga va Uni ulug‘lashga da’vat etilganmiz (qarang: 1 Kor. 10:31), ammo qayerda Unga xizmat qilishimiz va ulug‘lashimiz mumkin? Barchasi tabiatan qanday xususiyatlarga ega ekanimizga va Xudo bizni qanday ruhiy in’omlar bilan taqdirlaganiga bog‘liq. Ayrim odamlar – ishchi, quruvchi va hunarmand – qo‘llari bilan nimadir qilish qobiliyatiga ega. Boshqalari – aqliy mehnat ishchilari. Biz o‘z da’vatimizni hayotga tadbiq etishning ko‘plab imkoniyatlarini topishimiz mumkin. Agar hayotda o‘z o‘rningizni topishingiz qiyin bo‘lsa, jamoat boshliqlari yoki kasb tanlash bo‘yicha maslahatchilarga murojaat qiling.

Siz qayerda o‘qimang, qanday kasb bilan shug‘ullanmang, o‘z vazifangizda Xudoni ulug‘lash yo‘lini ko‘rishingiz lozim. Bizga o‘z ish joyimizda tirik Xudoga xizmat qilish va bu dunyoda Uning elchilari bo‘lishdek sharaf in’om etilganini anglash nihoyatda yoqimlidir!

G‘olib bo‘ling

Biz mehnatning zarur va foydali ekanini, uning da’vat ekanligini, biz esa bu olamda Masihning elchilari bo‘lib, ish joyimizda faoliyatimiz bilan Xudoni ulug‘lashimizni hamisha yodda tutishimiz kerak. Albatta, Xudoga qay tarzda manzur bo‘lish va mehnat bilan ulug‘lash haqida yana ko‘p gapirish mumkin. Biz bu mavzuni keyingi bobda davom ettiramiz. Hozir esa sizlar bilan bir qancha mulohazalarimni baham ko‘rmoqchiman. Umid qilamanki, ular sizga hayot mashaqqatlarini yengib o‘tib, g‘olib chiqishingizga yordam beradi.

G‘olib hayotda muvaffaqiyatlarga erishgan odamlarni hurmat qiladi, ulardan o‘rganishga intiladi; omadsiz odam esa bunday kishilardan nafratlanadi va ularning yutug‘ini vaziyatning qulay kelganligi bilan izohlashga urinadi.

G‘olib

  • G‘olib ishonchni oqlaydi; omadsiz esa o‘zini.
  • G‘olib: «Yo‘l topish kerak» deb aytadi; omadsiz esa: «Yo‘l yo‘q» deydi:.
  • G‘olib mashaqqatlarni yengib o‘tadi; omadsiz esa ularni aylanib o‘tishga urinadi.
  • G‘olib: «Buni yaxshiroq qilish mumkin edi» deb aytadi; omadsiz esa: «Bu yerda doimo shunday qilinadi» deydi.
  • G‘olib xatoga yo‘l qo‘ysa tuzatishga urinadi; omadsiz esa xatosidan afsus qilayotganini aytadi, ammo uni yana takrorlaydi.
  • G‘olib qayerda qat’iy turish, qayerda yon berish kerakligini biladi; omadsiz esa qat’iy turish kerak bo‘lgan joyda yon beradi, yon berish kerak bo‘lganida qaysarlik ko‘rsatadi.
  • G‘olib omadsizdan ko‘ra ko‘proq mehnat qiladi, ammo shu bilan birgalikda boshqa zarur va foydali ishlar uchun vaqt topadi; omadsiz esa buning uchun hamisha «o‘ta band».
  • G‘olib muvaffaqiyatsizliklardan qo‘rqmaydi, omadsiz esa ich–ichidan g‘olib bo‘lishdan qo‘rqadi.
  • G‘olib o‘z va’dalariga sodiq ekanini amalda isbotlaydi; omadsiz esa faqat va’da beradi, ammo bajarmaydi.

Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак