Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 14 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 14 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Sevaman, Rabbiy, Sening uying

Sevging koshonasini;

Sevaman Masih poklagan,

Jamoatning odamlarini.

O qadrli Jamoat,

Senda tiriklar ruhi yig‘ilgan,

Doimo chorlayman ibodatimda

Ruhiyatim, yuragim bilan.

Men hamisha xursandman, shodman

Ruh bilan muloqot qilganim uchun,

Dard–qayg‘uga to‘lgan xochni ko‘tarib

Mashaqqatni o‘zimga olganim uchun*.

Timoti Duayt

* Xushxabarchi masihiy–baptistlar diniy qo‘shiqlari to‘plami (VSYeXB nashriyoti, b. m., b. g., s. 200).

14. O‘Z JAMOATINGIZNI SEVING

Biz bir–birimizga e’tiborli bo‘laylik, bir–birimizni mehr–muhabbatga va xayrli ishlarga chorlaylik. Ba’zi odamlarga o‘xshab, yig‘ilishlarimizni qoldirmaylik ...

Ibr. 10:24–25

Sizning sevimli yozuvchingiz bormi? Ehtimol, u “Shamollarda uchgan hislarim” bestsellerining muallifi Margaret Mitchelldir (darvoqe, bu uning yagona asari ekanligidan xabardormisiz?)? Balki bu ko‘plab kitoblar yozgan o‘tmishning mashhur ruhoniylari Jon Uesli yoki Charlz Xaddon Sperjenmikan? Yoki bu XX asrda yashagan o‘ta sermahsul muallif Klayv Steypls Lyuismi? Siz zamondoshlarimiz bo‘lgan masihiy yozuvchilarning, masalan, Charlz Suindoll, Maks Lukado yoki Jon Makartur asarlarini ma’qul ko‘rishingiz ham istisno emas. Ular tomonidan o‘nlab kitoblar yozilgan.

Havoriy Pavlus ham o‘ta sermahsul muallif bo‘lgan. Yangi Ahdni tashkil etadigan kitoblarning katta qismini aynan u yozgan.

Rabbiy Iso Masihdan so‘ng masihiylik tarixida havoriy Pavlus haqli ravishda faxrli ikkinchi o‘rinni egallaydi. Uning shaxsiy ibrati, uning yozishmalari, uning va’zlari – ularning bari Muqaddas Ruh bilan ilhomlantirilgan – masihiylikni dunyoning narigi chetigacha olib borilishiga yordam berdi. Menga ma’lum bo‘lishicha, Garvard oliygohining ilohiyotshunoslik fakultetining kutubxonasida bu ulug‘ havoriyning faoliyati va yozishmalariga bag‘ishlangan ikki mingdan ziyod ilmiy ishlar saqlanmoqda. Bundan tashqari, mazkur kutubxonada Pavlusning ta’limotlari muhim o‘rin egallaydigan ko‘plab izohlar to‘plangan. Yangi Ahdning o‘n uchta kitobi uning qalamiga mansub bo‘lgani kabi, bu havoriy haqida yozilgan ko‘plab ilmiy ishlar bizni katta e’tibor bilan uning maktublarini, eng avvalo, Masih tanasi – Jamoat haqidagi satrlarni o‘qishga bizni undashi lozim.

Jamoatning ahamiyati

Imon va inoyat orqali najot topish ta’limoti bilan bir qatorda (qarang, masalan: Ef. 2:8–9 va Tit. 3:5) Pavlusning maktublarida Jamoat haqidagi saboqlar o‘ta muhim o‘rinni egallaydi. Biz, Masihga ishonadigan va Uning irodasini bajarishni istaydigan erkaklar, bu holatga katta ahamiyat qaratishimiz kerak. Agarki Pavlusning o‘z maktublarida Jamoat haqida shunchalik ko‘p gapirishi Xudoga manzur bo‘lgan ekan, demak, Jamoat Xudoning nazarida muhim, bu esa o‘z navbatida uning biz uchun ham muhimligini anglatadi. Mana, misol uchun, Pavlus bu haqda o‘z yozishmalaridan biri – Efesliklarga maktubda shunday yozgan:

  • Jamoatning boshi – Masih (qarang: Ef. 1:22).
  • Jamoat – Masihning Tanasi (qarang: 23–oyat).
  • Jamoat Xudoning donoligini e’lon qilmog‘i kerak (qarang: Ef. 3:10).
  • Jamoat Masihga bo‘ysunadi (qarang: Ef. 5:24).
  • Masih Jamoatni sevib, uning uchun O‘zini qurbon qildi (qarang: 25–oyat).
  • Masih Jamoatni oziqlantirib, u haqda g‘amxo‘rlik qiladi (qarang: 29–oyat).
  • Biz, imonlilar, – Masih Tanasining a’zolarimiz, ya’ni Jamoatmiz (qarang: 30–oyat).

Ammo havoriy Pavlusning Jamoat haqidagi ta’limotlari bu haqiqatlar bilan cheklanib qolmaydi. Biz bu holatni e’tiborga olgan holda, Jamoat – Masihga imon keltirganlarning butun dunyodagi va mahalliy qavmi – biz uchun muhim ekanligini anglashimiz lozim. Shu bilan birgalikda, Jamoat Xudoning qalbiga mos erkak hayotida muhim o‘rinlardan birini egallashi shart uchun.

Masih Tanasining a’zosi bo‘lish nimani anglatadi?

Menimcha, biror–bir tashkilotga tegishli bo‘lmagan odamlar bu dunyoda unchalik ko‘p bo‘lmasa kerak. Odamlar turli sabablarga ko‘ra tashkilot a’zolariga aylanishadi: kimdir – ish faoliyatiga oid manfaatlari doirasida, boshqalari – shunchaki ko‘ngilxushlik uchun. Ma’lumki, har bir tashkilotga qabul qilinishning o‘z shartlari bor va bu shartlarga majburiy yoki ixtiyoriy ravishda rioya etish talab etiladi. Aziz birodar, agar siz Iso Masihga ishonsangiz, demak, Masihning Tanasi – Jamoatga tegishli ekansiz. Unga a’zolik sizga ko‘plab afzalliklar beradi, lekin sizdan ham ko‘p narsalarni talab etadi. Sizda Masih Tanasining a’zosi bo‘lganingiz uchun nafaqat haq–huquqlaringiz, balki majburiyatlaringiz ham bor.

Jamoat a’zoligining huquq va imtiyozlari. – Bir kompaniyaning kredit kartasida shunday yozilgan: «O‘z huquq va imtiyozlaringizdan foydalaning». Biz Masih Tanasining a’zolari sifatida muayyan huquq va afzalliklarga egamiz. Pavlus Efesliklarga maktubning 1–bobida odam Masih Tanasining – Jamoatning a’zosi bo‘lgach, erishadigan marhamatlar haqida yozadi. Mana, ulardan ayrimlari:

  • Siz olam yaralmasidan avval tanlangansiz (qarang: 4–oyat);
  • siz o‘g‘il qilib olingansiz (qarang: 5–oyat);
  • sizning gunohlaringiz kechirilgan (qarang: 7–oyat);
  • sizga ulug‘ meros in’om etilgan (qarang: 11–oyat);
  • siz Muqaddas Ruh bilan Masihda aks etgansiz (qarang: 13–oyat).

Jamoat a’zosining majburiyatlari. Kredit kartasi sizga bir qator huquq va imtiyozlarni beradi, ammo siz muayyan shartlarga amal qilgan holda undan foydalanishingiz mumkin: xususan, siz har oyda hisobingiz bo‘yicha to‘lov qilishingiz kerak. Jamoatga a’zolik ham sizga muayyan majburiyatlarni yuklaydi. Mana, ulardan ayrimlari (qarang: Ef. 4):

  • siz o‘z vazifangizga muvofiq harakat qilishga da’vat etilgansiz (qarang: 1–oyat);
  • siz yaqinlaringizga sevgi, muloyimlik, kuchli sabr–bardosh va donolarcha itoatgo‘ylik bilan iltifot ko‘rsatishingiz lozim (qarang: 2–oyat);
  • siz jamoat boshliqlaridan Xudoga va odamlarga xizmat qilishni o‘rganishga da’vat etilgansiz (qarang: 12–oyat);
  • siz Masihda to‘liq barkamollikka erishish uchun ruhan o‘sishingiz kerak (qarang: 13–oyat);
  • siz aqlingiz bilan ruhan yangilanishingiz kerak (qarang: 23–oyat);
  • siz Xudoga monand tarzda yaratilgan yangi odam siymosiga, ya’ni, halollik va muqaddaslikka burkanishga da’vat etilgansiz (qarang: 24–oyat);
  • siz haqiqatni gapirishga da’vat etilgansiz (qarang: 25–oyat);
  • siz doimo haqiqat bilan ish tutishingiz shart (qarang:: 28–oyat);
  • sizni eshitadigan kishilarga faqat inoyat keltiradigan so‘zlarni aytishingiz lozim (qarang: 29–oyat);
  • siz har qanday jahl, g‘azab, nafrat, qichqiriq, yomonlik haqidagi gap–so‘zlardan voz kechishingiz kerak (qarang: 31–oyat);
  • siz mehribon, rahmdil va boshqalarni kechiradigan inson bo‘lishga da’vat etilgansiz (qarang: 32–oyat).

Xudo bizdan ko‘p narsalarni talab qiladi, shunday emasmi? Buni o‘qib, o‘zimizga savol bermaslikning iloji yo‘q: «Men o‘z majburiyatlarimni yaxshi bajaryapmanmi?». Biz Xudoning barcha amrlari orasidan oson va qulay bajarishimiz mumkin bo‘lganlarini tanlaymiz. Xayriyatki, biz gunoh qilganimizda, Xudo bizga rahm–shafqat va sabr–bardoshini namoyon etadi hamda bizni Masih Tanasidan ayirmaydi. Xudoga bizga ko‘rsatgan rahm–shafqati uchun hamdu–sanolar bo‘lsin!

Biz Jamoat a’zosi bo‘lish nimani anglatishini haqidagi suhbatimizni davom ettirib, biz masihiylarda nafaqat huquq va imtiyozlar, balki majburiyatlar ham borligini yodda saqlaymiz.

Jamoatga sevgi bilan ulg‘aying

Men ko‘p yillar mobaynida «iliq» masihiy bo‘lib, jamoat hayotida deyarli ishtirok etmadim. Aytish mumkinki, men o‘sha paytda haqiqat yo‘lidan yurmaganman, balki oqim bo‘ylab suzganman, xolos, negaki dunyo va huzur–halovat bilan ko‘r bo‘lganman. Yanada ochiqroq aytishim ham mumkin: men gunohda yashaganman. Nimaiki bo‘lmasin, qalbim Xudoga tegishli bo‘lmagan. Ammo vaqti kelib, Xudo meni uyqudan uyg‘otdi va jamoat hayotimda qanday muhim o‘rinni egallashini anglab olishimga yordam berdi.

Mening jamoatga qaytishim bir chuqur imonli odam bilan uchrashuvimdan so‘ng boshlandi. Xudoga bu masihiy orqali mening qalbimda Kalomga va jamoatga nisbatan sevgi olovini yoqish ma’qulroq bo‘lgan. Men tag‘in jamoatga qatnay boshlaganimda, meni Muqaddas Kitobga o‘rgatadigan va imon borasida pand–nasihat beradigan bir qancha birodarlar bilan tanishdim. Ular Xudoning rejasida jamoat muhim o‘rinni egallashini va men uning faoliyatida ishtirok etishim zarurligini tushunishimga yordam berishdi.

Shundan so‘ng mening va yaqinlarimning hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Biz haqimizda qayg‘uradigan va yordam beradigan yangi do‘stlarimiz paydo bo‘ldi. Bolalarimizda ham ajoyib do‘stlar paydo bo‘ldi. Biz Xudoning ishiga qo‘shilganimiz, endilikda o‘zimiz ham Masihga va yaqinlarimizga yordam berayotganimizni anglab, quvonch va chuqur qoniqish tuyg‘usini his etdik. Jamoat hayotida ishtirok etish hayotimiz ma’nosini topishimizga va unda o‘z o‘rnimizni egallashimizga yordam berdi.

Sizning hayotingiz ham shu tariqa o‘zgarishi mumkin. Agar siz jamoat hayotida faol ishtirok etmasangiz, qachondir Masih sizni unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishga chorlaydi. Agar hozir qatnayotgan jamoatingizga butun oilangiz bilan borishga to‘la ishonch hosil qilmayotgan bo‘lsangiz, bundan yaxshiroq bo‘lgan birorta jamoatni topishga harakat qiling. Bilaman, ba’zan bu ancha qiyin kechadi: masalan, bizga mos keladigan jamoatni topishimiz uchun bir necha oylab vaqtimiz ketgandi. O‘z jamoatingizga sodiq bo‘lishga qaror qiling. Uning hayotida faol ishtirok etishga va ruhan ulg‘ayishga qaror qiling. Agar Xudoga itoat etsangiz, jamoatga bo‘lgan sevgida ulg‘ayasiz. Itoat o‘z ortidan ko‘plab marhamatlarni olib keladi. Xudoga itoatgo‘y bo‘lishga qaror qiling!

Jamoat hayotida faol ishtirok eting

Ehtimol, siz hozirda jamoat hayotida faol ishtirok etayotgandirsiz. Aslida ham aynan shunday bo‘lishi kerak. Siz shu tariqa yo‘l tutayotgan bo‘lsangiz, bu juda yaxshi, ammo men sizni «ko‘proq muvaffaqiyatli» bo‘lishga da’vat etmoqchiman (qarang: 1Sal. 4:10).

Siz Xudoga, Masihdagi birodar va opa–singillarga, yaqinlaringizga jamoat siz uchun alohida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida guvohlik berishingiz mumkin, buning uchun esa…

Har yakshanbada jamoatga boring. Biz yuqorida Xudoning qalbiga mos erkakning fazilatlaridan biri – Xudoga doimiy itoat va Uni olqishlash ekanligini aytib o‘tgandik. Agar siz Xudoga itoat etish va ruhan ulg‘ayishni o‘zingiz uchun muhim deb hisoblasangiz, jamoatga borish uchun vaqt toping. Ammo faqat yakshanba kunlarigina jamoatga qatnash kamlik qiladi – siz erkaklar va oilaviy juftliklar Muqaddas Kitobni o‘rganadigan mashg‘ulotlarga ham qatnashib turishingiz kerak. Xudoning Kalomini o‘rganish uchun haddan ziyod urinish mumkin emas. Dono odam donolikni izlaydi (qarang: Hikmatlar 15:14) va siz bu donolikni o‘z jamoatingizdan topishingiz mumkin. O‘z yaqinlaringiz uchun ruhiy ustoz bo‘lishni istaysizmi? Yaqinlaringiz bilan jamoatga qatnang, ana shunda Xudo sizni qay tarzda ko‘rishni istayotgan bo‘lsa, ana shunday oila boshlig‘i bo‘lasiz.

Saxiylarcha qurbonlik qiling. Muqaddas Kitobda pul haqida ko‘p aytilgan. Iso bu haqda boshqalarga nisbatan ko‘proq gapirgani e’tiborga molik. Nega? Bu barcha ijodlarni yaratgan Xudo yordamingizga muhtoj ekanini anglatmaydimi, zero bizdagi hamma narsalarni Uning O‘zi hadya etgan, shu bois biz pulga aql bilan yondashmog‘imiz lozim: moddiy boylikka bog‘lanib qolish bizni asl qadriyatlardan yiroqlashtirib qo‘yishi tayin.

Aytishlaricha, chek daftarchasi uning egasi nimalarni qadrlashi haqida ko‘p narsalarni bildirishi mumkin ekan. Agar siz Xudo yo‘liga va jamoatning ravnaqi uchun saxiylarcha qurbonlik qilsangiz, katta marhamatni ko‘paytirgan bo‘lasiz,’ni yaqinlaringizning hayoti qanday o‘zgarayotganini ko‘rasiz. Nega? Negaki, “xazinangiz qayerda bo‘lsa, yuragingiz ham o‘sha yerda bo‘ladi» (Matto 6:21).

Agar siz imon yo‘lida qurbonlik qilishga o‘rganmagan bo‘lsangiz, biz Elizabet bilan boshlagan tartibda boshlay qoling: Xudoga daromadingizdan «qoldiq»ni emas, balki «boshlang‘ich foydani» bering. Xudodan pullaringizni aql bilan sarflashingizda yordam berishini so‘rang. Undan qachon ochko‘zlik yoki xudbinlik qilayotganingizni tushunishga yordam berishini so‘rang. Siz qurbonlikni xayrixohlik bilan qilishingiz kerak. Pavlus yozganidek, «...oz ekkan oz o‘rib oladi, mo‘l ekkan esa mo‘l o‘rib oladi. ...Xudo mamnuniyat bilan beradigan insonni yaxshi ko‘radi» (2 Kor. 9:6–7).

Doimo ibodatda bo‘ling. Havoriy Pavlus imonli erkaklarni ibodatgo‘y erkak bo‘lishga da’vat etgan (qarang: 1 Tim. 2:1–8). U o‘z o‘quvchilarini aytgan: «Har qanday sharoitda Muqaddas Ruhga tayanib duo–ibodat qilinglar. Ibodatda hushyor va sabotli bo‘lib, Xudoning barcha azizlari uchun iltijo qilinglar» (Ef. 6:18; kursiv meniki. – J. J.). Aziz birodar, siz nafaqat o‘z yaqinlaringiz uchun, balki jamoatingiz, uning yetakchilari va barcha xizmati uchun muntazam ibodat qilishingiz kerak. Alohida bir varaqqa o‘zingiz doimo ibodat qiladigan odamlarning ism–shariflarini yozing (jamoatning qavmi haqida ham, unga tegishli bo‘lmaganlar haqida ham) va ular uchun hamisha ibodat qiling (qarang: 1 Fes. 5:17).

Qunt bilan xizmat qiling. Men jamoatda odamlarga xizmat qilish uchun har yakshanbani intiq kutgan jamoat xizmatchisi bo‘lgan do‘stim haqida aytib berganlarimni eslaysizmi? Uning jo‘shqinligi va g‘ayrat–shijoati meni nihoyatda ruhlantiradi. Yaqinlarga xizmat qilish uchun cho‘pon yoki ilohiyotshunos bo‘lish aslo shart emas. Bugunoq jamoatingiz qavmiga xizmat qilishni boshlang. Xo‘sh, qay tarzda? Siz bajara oladigan ishlar:

  • jamoat yig‘inidan avval stol–stullarni taxlab chiqish;
  • jamoat binosini ta’mirlashga yordam berish;
  • xizmatgacha va xizmatdan so‘ng ibodat xonalarini tozalab chiqish;
  • ibodat oldidan binoga kirish joyida keluvchilarni kutib olish.

Siz jamoatda xizmat qilishingiz mumkin bo‘lgan odamlarni hamisha topasiz. Yodingizda bo‘lsin, Xudoga xizmat – katta sharaf. Agar biz imon yo‘lidagi xizmatga sodiq bo‘lsak, bu bilan Xudoning qalbiga mos erkak ekanimiz haqida boshqalarga tushuncha bergan bo‘lamiz.

Biz mazkur bobda mehnat va Xudoga xizmat haqida ko‘p gapirdik. Siz hali ko‘p narsalarni bilib, anglab olishingizga to‘g‘ri keladi, ammo jamoat hayotida faol ishtirok etishga sizni ruhlantirishi uchun yuqorida aytilganlarning o‘zi yetarli. Asosiysi xizmatdan bo‘yin tovlash uchun bahona izlamasak bas. Quyidagi she’r – ana shu to‘g‘rida.

Ortingdan boraman, qadrli Rabbimfaqat ertaga

Men Seni kuylayman, qadrli Rabbim,

Zavq–shavq bilan kechayu kunduz,

Faqat jo‘r bo‘lib emas, qadrli Rabbim, –

Bu haqda so‘rama mendan hech qachon.

Senga xizmat qilaman, qadrli Rabbim,

Sendagi donolikka bo‘lay muyassar,

Ammo ilojsizman, qadrli Rabbim,

Adashganlarni yo‘lga qaytarmoq uchun.

Men qurbonlik qilaman, qadrli Rabbim, –

Uch–to‘rt chaqa uchun chekmasman afsus,

Lekin tayyor emasman, qadrli Rabbim,

Boshlang‘ich foydamdan Senga bermoqqa.

Men ortingdan boraman, qadrli Rabbim,

Faqat ertaga – hozir iloj yo‘q.

Sen meni kechirgin, o, aziz Rabbim, –

Senga boshqa safar yordam beraman.


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак