Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 16 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 16 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Agar siz hamkasblaringizga Iso Masih haqida muvaffaqiyat bilan guvohlik berishni istasangiz, bu holda eng yaxshi xodimlar qatorida bo‘lishingiz lozim. Odamlar omma orasida biror jihati bilan ajralib turmaydigan kishilardan imon mavzusidagi fikr–mulohazalarni eshitib o‘tirishmaydi, ammo yaxshi xodimni katta qiziqish bilan tinglaydilar.

Bob Vernon

16. YAQINLARINGIZGA XUSHXABARNI AYTING

...Mening shohidlarim bo‘lasizlar

Havoriylar 1:8

Hayotingizda sizga kuchli ta’sir qilgan voqealar bo‘lganmi? Mening hayotimda bo‘lgan. Bunday voqea men uchun Bob Vernon boshchiligidagi jamoatimizda erkaklar uchun kechki guruh saboqlari bo‘lgan. Biz olti hafta mobaynida o‘rgangan dastur “Haqiqiy erkak bo‘lish nimani anglatadi” deb nomlangandi. Bobning o‘zini haqli tarzda haqiqiy erkak deb atash mumkin. U aytgan so‘zi tosh bosadigan va siz hamisha uning gaplariga so‘zsiz bo‘ysunishga tayyor bo‘lgan odamlar qatoriga kiradi. Men bu guruh mashg‘ulotlariga qatnaganimda, Bob Los–Anjeles politsiyasida kapitan unvonida xizmat qilgan. U keyinchalik shahar politsiya boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘ldi va boshliq lavozimiga nomzodi qo‘yildi.

Bir oqshom Bob bizga Xushxabar haqida gapirib berdi. Uning o‘shanda aytgan gaplari bir umrga xotiramda muhrlanib qolgan: «Agar siz hamkasblaringizga Iso Masih haqida muvaffaqiyat bilan guvohlik berishni istasangiz, bu holda eng yaxshi xodimlar qatorida bo‘lishingiz lozim. Odamlar biror jihati bilan ajralib turmaydigan kishilardan imon mavzusidagi fikr–mulohazalarni eshitib o‘tirishmaydi, ammo yaxshi xodimni katta qiziqish bilan tinglaydilar».

Bob o‘z ish joyida «missioner» bo‘lishning zarurligi haqida gapiradi va mehnatda tirishqoqlik Iso haqida hamkasblarimizga guvohlik berish huquqini berishini qayd etadi.

Tinglovchilarning ishonchini qozoning

Bob yo‘llagan da’vat bizda o‘chmas taassurot qoldiradi. Mazkur da’vatda Xudoning qalbiga mos erkakning yana bir majburiyati – Xushxabar tarqatishning mohiyati aks etgan. Iso Samoviy Otasining oldiga qaytishidan avval O‘zining ilk shogirdlariga va bizga amr qoldirgan: «...Mening shohidlarim bo‘lasizlar» (Havoriylar 1:8). Biz – Masihning bu olamdagi elchilari va vakillari shunday yo‘l tutishga da’vat etilganmizki, boshqalar bizda Xudoni ko‘rib, Unga intilsinlar.

Agar biz zimmamizga yuklatilgan majburiyatlarni yomon bajarsak, bizga tanish bo‘lgan e’tiqodsiz odamlar Xudoga intilishmaydi. Qolaversa, ular masihiylik e’tiqodi – insonning ezguligi uchun xizmat qilishiga shubhalanishlari mumkin. Bob Vernon aytganidek, ishga bo‘lgan muhabbat va ish joyimizdagi g‘ayrat–shijoat tinlovchilar ishonchini qozonishimizga yordam berishi mumkin. Biz ana shunda ular bilan nimani xohlasak – ish haqida, yutuq va muvaffaqiyatlaringiz (siz, albatta, ularni sizga Iso Masih hadya qilishini aytasiz) va hattoki imoningiz haqida aytasiz. Iso sizni odamlarga mehnat qilish va ishda yutuqlarga erishishga ilhomlantirganini aytishingiz mumkin. Agar siz ishda muvaffaqiyatga erishsangiz, hamkasblar sizga kasbiy faoliyatlari bo‘yicha maslahat so‘rab tez–tez murojaat qiladigan bo‘lishadi. Oxir–oqibat, ular hayot ma’nosi nimadan ekanligi haqida fikringizni bilib olishni istab qoladilar.

Atrofingizdagi insonlar uchun «yaqin» bo‘ling

Yuqorida aytilganlardan tashqari, agar biz tinglovchilarimizga samimiy qiziqishimizni bildirsak, ularning ishonchini qozonishimiz mumkin. Shunday hikmatomuz ibora bor: «Odamlar sizning ularga qiziqib qolganingizni bilmagunlaricha, sizning nimalarni bilishingizga qiziqishmaydi». Bu o‘ta adolatli gap: biz hamkasblarimiz uchun ochiq bo‘lishimiz, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lishimiz va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishimiz lozim. Bir so‘z bilan aytganda, biz ularga «yaqin» bo‘lishimiz kerak.

«Mening yaqinim kim?» – Xudo uning diniy ishtiyoqini qo‘llab–quvvatlashini istagan tafsirchilardan biri Isodan so‘radi. Iso bunga javoban o‘ziga mutlaqo notanish odamga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan mehribon samariyalik haqidagi masalni aytib berdi (qarang: Luqo 10:25–37).

Odamlar Masih haqidagi guvohligingizni eshitishga tayyor bo‘lishlaridan avvalroq siz ular bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatib olishingiz zarur. Atrofingizdagi odamlarga «yaqin» bo‘lib, siz ular bilan Najotkor haqida gaplashish huquqini qo‘lga kiritasiz. Siz mehribon samariyalik haqidagi masaldan odamlarga Masih haqida muvaffaqiyatli guvohlik berishingizga yordam beradigan sakkizta qoidalarni topishingiz mumkin.

Odamlarga Masih haqida qanday qilib muvaffaqiyatli guvohlik berish mumkin?

 1 qoida. Kimki sevsa, harakat qiladi (qarang: Luqo 10:30–34). Tafsirchi Isoning oldiga kelib yuqoridagi savolni berishidan avval, Iso O‘zini qabul qilishmagan va Xushxabar rad etilgan bir qancha shaharlarga qarshi fosh qiluvchi va’zini aytgandi. Iso O‘z masalida bemehr ruhoniyga va leviga (yahudiy ruhoniysi yordamchisiga) qarama–qarshi tarzda mehribon samariyalikni (yahudiylar hazar qiladigan narolevitgada vakilini) ibrat qilib ko‘rsatadi. Ruhoniy va levi qaroqchilar kaltaklagan yahudiyga yordam ko‘rsatishmagan. Hoynahoy, ikkalasi ham yonginalarida qonga botib yotgan odamga qarashmaganlari uchun bahona topgan bo‘lsalar kerak. Ular yo‘lovchiga yordam berishlari kerak edi, ammo bunday qilmadilar.

Va mana, yaradorning oldiga samariyalik keldi. Xo‘sh, u qanday yo‘l tutdi? Iso aytadiki, samariyalik, «ko‘rib, unga achinib ketibdi. Uning yoniga kelib, yaralariga zaytun moyi, sharob surib bog‘lab qo‘yibdi» (qarang: 33–34 oyatlar). Mehribon samariyalik yordamga muhtoj odamni ko‘rib, uning ehtiyojiga e’tiborsiz qolmadi. U bu odamga yordamga keldi.

Sevgi hamisha harakatda namoyon bo‘ladi. Kimki sevsa, harakat qiladi. Ruhoniy va levi sevgi ko‘rsatishmadi – ular bechoraga yordam berish uchun hech nima qilishmadi. Ular faoliyatsizlik ko‘rsatishdi. Sevgi muqarrar harakat qiladi. Biz hali najot topmagan gunohkorlar bo‘lganimizda, Xudo bizga aynan shunday sevgini namoyon etgan:

…Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo‘lsin (Yuhanno 3:16; kursiv meniki. – J. J.).

...biz hali gunohga botgan chog‘imizda, Masih biz uchun o‘ldi. Shu yo‘sinda Xudo bizga bo‘lgan O‘z mehr–muhabbatini namoyon qildi (Rim. 5:8; kursiv meniki. – J. J.).

Axir Xudo bizga O‘z sevgisini ko‘rsatgani, ya’ni biz uchun o‘lgan O‘z O‘g‘lini bu olamga yuborgani uchun Undan minnatdor bo‘lishimiz kerak emasmi? U insonga bo‘lgan sevgining qanday ajoyib namunasini ko‘rsatgan–a! Ehtimol, tanish insonlaringiz orasida Iso Masihga ishonmaydigan va xudoning sevgisiga mushtoq odamlar bordir. Ularni o‘z g‘amxo‘rligingiz bilan qurshab oling. Ularga o‘z sevgingizni namoyon eting.

Men bundan bir necha yil muqaddam missionerlik safari bilan Singapurda bo‘lgandim. Sayohatimiz davomida Tayvanda to‘xtab o‘tdik: seminariyada birga o‘qigan eski do‘stim Stivni ko‘rib o‘tishga qaror qilgandim. Biz Xushxabarni muvaffaqiyatli yoyish uchun odamlar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatish zarurligi haqida gaplashganimizda, u menga bir voqeani aytib berdi.

Muqaddas Kitob maktabida ta’lim oladigan bir talabaning otasi masihiylarni va masihiylikni yomon ko‘rarkan. U o‘g‘lining Muqaddas Kitob maktabiga qatnashidan o‘ta taajjubda. Ota har kuni maktab eshigi oldida kutib turar va darsdan chiqqan o‘g‘lini tayoq bilan urarkan. U uyga borguncha o‘g‘lini kaltaklab ketarkan. Shunday bo‘libdiki, Muqaddas Kitob maktabi murabbiylaridan biri talabaning otasi choyni juda yaxshi ko‘rishidan xabar topibdi. U o‘sha odamning uyiga kelib, undan choyni qanday damlashi haqida so‘rabdi, negaki o‘zi ham bu ichimlikni juda yoqtirishini aytibdi. Qarangki, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilibdi. Talabaning otasi vaqt o‘tib masihiylarga nisbatan munosabatini yumshatibdi, o‘g‘lini urmay qo‘yibdi va Xushxabarga qiziqib qolibdi. Kimki sevsa, harakat qiladi!

 2 qoida. Sevish qiyin bo‘lgan odamlarni seving (qarang: Luqo 10:33). Keling, Isoning masali ustida mulohaza yuritaylik. Kimsasiz yo‘ldan ketayotgan yahudiyga qaroqchilar hujum qilishdi. Qaroqchilar uni kaltaklab, bor–budini shilib, yo‘lda qonga botgan holida qoldirib ketishibdi. Bu dahshatli manzara edi. Bundan kelib chiqqan holda, qonga belanib yotgan odamning ko‘rinishi ruhoniy va levini bu yerdan nariroq ketishga undagan. Ular o‘z yahudiy birodarlariga yordam berishni istamay, yashirinishga shoshilishgan

Ammo samariyalik – mehribon samariyalik, – bechorani ko‘rib to‘xtagan va rahm–shafqat ko‘rsatgan. U sevish qiyin bo‘lgan odamga sevgi namoyon etgan.

Biz do‘stlarimiz – «yoqimtoy va yaxshi odamlar»ni osonlikcha seva olamiz, ammo Isoning bu masali bizda sevgi his–tuyg‘ularini uyg‘otmaydigan va hatto bizdan nafratlanadigan odamlarni sevishimiz kerakligiga o‘rgatadi.

Men Elizabet ikkalamiz uyda ilk bora Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlarini qanday o‘tkazganimizni yaxshi eslayman. Biz guruhimiz ishtirokchilaridan mashg‘ulotga o‘zlarining imonga kirmagan hamkasb va tanishlarini olib kelishlarini so‘ragandik. Bir yigit hamkasabasi bo‘lmish Meri ismli qizni taklif etganida, u yigitni hayron qoldirgancha mashg‘ulotimizga kelgandi. Qizning fotosuratlari hech qachon moda jurnallari sahifasini bezamagan bo‘lardi. Uning xayoli betartib, kiyimlari esa kir va g‘ijim edi. Uni kiyimlarini yechmagan holda uxlaydi deb o‘ylash mumkin edi. Merining o‘zi haqida qayg‘urmasligi ko‘rinib turardi va Muqaddas Kitob guruhining boshqa a’zolari o‘rtasida yaqqol ajralib turardi. Ko‘pchilikda bunday odamlar yoqimsiz his–tuyg‘ularni uyg‘otishadi.

Biz birinchi mashg‘ulotning o‘zidayoq Meriga hurmat va e’tibor ko‘rsatishga urindik. U bir necha haftadan so‘ng menga shunday dedi: «Sizlar menga esi past odamga qilgandek munosabatda bo‘lmadingizlar, men ham sizlarga xuddi shuday munosabatda bo‘laman, negaki, sizlar – masihiysizlar».

Oradan bir muddat vaqt o‘tib, Meri Masihga imon keltirdi. Men sizlarga bu haqda Xudo oldida chuqur itoatni his qilgan holda va Uning sevgisidan minnatdor bo‘lib so‘zlab beryapman. Meriga nisbatan hazar bilan yondashish mumkin edi, zero u betartib ko‘rinishda edi, ammo Xudo bizda sevgi tuyg‘ularini uyg‘otmaydigan va sevish qiyin bo‘lgan odamlarni ham sevishimizga da’vat etgan. Va biz bu sevgining mevasini Merining hayotida ko‘ramiz. Umid qilamanki, bu voqea ko‘rinishi bilan atrofdagilarda jirkanish hissini uyg‘otadigan odamlarga salbiy munosabatda bo‘lmasligingizga yordam beradi. Har bir odamda eng asosiysini – Najotkorga muhtoj bo‘layotgan adashgan qalbni ko‘rishga intiling. Sevish qiyin bo‘lganlarni seving.

 3 qoida. Siz qalin munosabatlarsiz odamlarga ta’sir o‘tkaza olmaysiz (qarang: Luqo 10:33). Masihning masalida yarador kishiga ruhoniy va levi qanday foyda berishdi? Hech qanday. Samariyalik unga chindan ham yordam berdi: u to‘xtadi, bechoraning oldiga bordi va avvalo jarohatini bog‘lab qo‘ydi.

Niki – Xudo bizning uyga keltirgan yana bir inson. Bu mehribon qiz bizning xat tashuvchimiz bo‘lgan va barchamiz u bilan do‘stlashgandik. Unga bizning tuman juda yoqib qolganligi bois yaqinimizdan uy sotib oldi. Biz ba’zan Niki bilan imon mavzusida gaplashardik. U hamisha bizni diqqat bilan eshitar, suhbatlashayotganda muloyim va do‘stona bo‘lsada, shuning o‘zi bilan cheklanib qolgandi.

Ammo biz Niki haqidagi hamma gapni bilmasdik. Qarangki, uning eri aroqxo‘r ekan. Ularning munosabati buzilib, eri uni tashlab ketibdi. Uning keyingi hayoti yanada qayg‘uli. Niki rokerlar guruhining yetakchisi bilan yashay boshladi. Bola tug‘ildi. Oradan qanchadir vaqt o‘tib, u ishdan ketdi va biz u bilan aloqani yo‘qotdik.

Oradan bir necha oy o‘tgach, dahshatli xabar bizga yetib keldi: Niki tunda istirohat bog‘iga borib, qizalog‘ini o‘ldiribdi, so‘ngra esa o‘z joniga qasd qilibdi. Bu biz uchun qattiq zarba bo‘ldi. Men ushbu voqea haqida uzoq o‘yladim. Ehtimol, biz zarur paytda Nikini izlash uchun imkoniyat topmagandirmiz, negaki o‘zimiz va o‘z ishlarimiz bilan o‘ta band bo‘lgandirmiz? Xo‘sh, agar munosabatlarimiz uzilmaganida nimalar bo‘lardi? Biz Masih masalidagi ruhoniy va leviga o‘xshab qolmadikmi? Biz unga qanday ta’sir ko‘rsatdik va umuman biror–bir ta’sir ko‘rsata olganmidik?

Aziz birodar, shunga o‘xshash holatlar sizning hayotingizda aslo bo‘lmasin! Sizga tanish odamlar orasida qayg‘uga botgan va Masih uning qalbiga sevgi bilan teginishiga muhtojlar bormi? Ular yonidan shunchaki o‘tib ketmang, uni falokatga tashlab qo‘ymang!

Men sizlarga choyni xush ko‘radigan tayvanlik Muqaddas Kitob o‘qituvchisi haqida aytganlarim yodingizdami? Bu odam talabasiga va uning otasiga xizmat qilibgina qolmay, choy sotadigan mahalliy do‘kon egasi bilan ham do‘stlashgan. U choy haqida suhbat qilish va yoqtirgan xaridini qilish uchun uning do‘koniga tez–tez kirib turgan. Murabbiy kunlardan birida yana do‘konga kirganida, sotuvchi unga shunday degan: «Siz boshqalardek emassiz. Hoynahoy, buning sababi, siz – masihiysiz».

Nimaiki bo‘lmasin, ammo siz qalin munosabatlarsiz odamlarga ta’sir o‘tkaza olmaysiz.

 4 qoida. Sevgi g‘amxo‘r yurakni talab etadi (qarang: Luqo 10:33). Yo‘lda yarador odam yotganini ko‘rgan samariyalik nima qildi? Iso aytadi: «achinib ketibdi». Boshqacha aytganda, uning qalbi yonidagi odamning azoblariga befarq bo‘lib qolmadi. Xo‘sh, siz ham yaqinlaringizga nisbatan shunga o‘xshash qandaydir tuyg‘ularni his etganmisiz? Agar shunday bo‘lsa, o‘sha daqiqalarda samariyalik nimani his qilganini tushunasiz. Uning qalbi qayg‘uga to‘ldi va bechora yahudiyga yordam berishga shoshildi. U o‘lim yoqasida bo‘lgan inson uchun g‘amxo‘rlik qildi.

Iso kichik bir shaharda bo‘lganida, shahar darvozasidan beva bir ayolning yolg‘iz o‘g‘li jasadini olib chiqayotganlarini ko‘rdi. Sho‘rlik ayolning azob–uqubatlari Isoning qalbiga chuqur ta’sir qildi. Uning rahmi kelib, o‘lgan bolani tiriltirdi (qarang: Luqo 7:13).

Xo‘sh, siz yaqinlaringizning ehtiyojlariga nisbatan biror ish tutadigan munosabatingizni ko‘rsatasizmi yoki avvalo Nikining fojeli taqdiriga o‘xshagan kulfatlarni biz kabi his qilib ko‘rishingiz kerakmi? Yaqinlaringizning azob–uqubatlariga loqayd bo‘lmang. Sizning yordamingiz ularga kerak bo‘lmasligi haqidagi xayollar sizni cho‘chitmay qo‘ya qolsin. Yaqinlarga xizmat qilish uchun – muhtojlarga yordam berishni istaydigan qalb kerak.

5 qoida. So‘zingiz va ishingiz bilan Xushxabar tarqating. Siz Masihning masalida samariyalik yarador yahudiyga biror so‘z aytmaganiga e’tibor berdingizmi? Ushbu oyatlarni diqqat bilan takror o‘qib chiqing. Samariyalik biror nima deyishi shart emasdi– uning ishi har qanday so‘zlardan ko‘ra balandroq yuqorida edi!

Men bir safar qo‘lyozmalarimni tartibga keltirayotganimda, Xushxabar haqidagi kitobdan quyidagi parchani topib oldim:

Xudoning sevgisi haqida gapirish qiyin emas, ammo gap shundaki, odamlar nafaqat so‘zlarimizga, balki qiladigan ishlarimizga qarab Xudo chindan ularni sevishiga ishonch bildiradilar. Biz agar o‘z ishimiz va munosabatimiz bilan Xudoning sevgisi hayotimizda qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatsak, ular bunday guvohlikka shunchaki qo‘l siltab qo‘ya qolishmaydi. Kimdir aytganidek, «Xudo sevgisining buyuk isboti – bu faqat Xudo sevgisi bilan izohlash mumkin bo‘lgan ishdir»1.

Fransuz faylasufi Volter bir paytlar shunday degandi: «Menga qutqarilgan hayotingizni ko‘rsating, ana shunda men Najotkoringizga ishonaman». Biz Masih haqidagi guvohlik albatta so‘zlar bilan bildirilishiga moyilmiz. Ammo masala sizning qancha gapirishingizda emas, sizning qanday inson ekaningizga bog‘liq. Hoynahoy, sizga bu matal tanish bo‘lsa kerak «Gapni eshitamiz, ammo ishni ko‘rmayapmiz». Masih haqida muvaffaqiyatli guvohlik bermoq uchun Xudoning Kalomi bo‘yicha yashash kerak. Ayrim odamlar uchun sizning ishingiz qachonlardir o‘qiydigan yagona “Muqaddas Kitob” bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, ular qilgan ishlaringizga qarab nimani tushunishlari mumkin?

 6 qoida. O‘z rejalaringizni o‘zgartirishga tayyor bo‘ling (qarang: Luqo 10:33–35). Ruhoniy va levi nega yo‘lda jarohatlanib yotgan odamga yordam berish uchun to‘xtashmadi? Biz buni bilmaymiz, ammo bir narsa bizga aniq: ular o‘z zimmalariga majburiyat olishni istamadilar. Ular o‘z ishlari bilan yo‘lda davom etishdi va ketayotgan yo‘llaridan burilishni istashmadi.

Bu samariyalikning harakatlariga qanchalik o‘xshamaydi–ya! U ham qayergadir ketayotgan edi–ku. Muqaddas Kitobda u “o‘tib ketayotib” jabrlangan odamni ko‘rib qolgani aytilgan. Yo‘q, samariyalik yo‘lda yarador yahudiyni izlamadi, lekin bechorani ko‘rgach, to‘xtab unga yordam ko‘rsatdi. Qolaversa, uni eshagiga o‘tqazib, mehmonxonaga olib bordi va unga g‘amxo‘rlik qildi. U bu odamning muhtojligini ko‘rib, o‘z rejalarini o‘zgartirdi.

Bir kuni men bilan shunday bo‘lgan. Men Los–Anjeles shahrining markaziy ko‘chalaridan birida ketib borayotganimda, avtomobillar tirbandligiga tushib qoldim. Mashinalar toshbaqa tezligida harakatlangani bois, men jamoatda o‘tkaziladigan yig‘inga kechikayotgandim. Oldinga sekin harakat qilgan holda, ko‘cha o‘rtasidagi mashina yonida turgan ayolga ko‘zim tushdi. Men uning yaqiniga borib, nega uning to‘xtab, mashinadan tushganini so‘radim. Unda benzin tugab qolganini bilib, qo‘shni avtoyoqilg‘i shoxobchasiga yugurib borib, biroz benzin sotib olib keltirdim. Xayrlashayotib, ayolga “hamisha xizmatingizga tayyorman” deb yozilgan vizit kartochkamni qoldirdim. Ayol mening cho‘pon ekanimni bilgach shunday dedi: «Lekin men yahudiyman, axir!» Men javob qaytardim: «Buning ahamiyati yo‘q. Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qiling».

Oradan bir hafta o‘tib Barbara – ayolning ismi shunday ekan – menga qo‘ng‘iroq qilib, oilasida katta muammo borligini aytib, yordam so‘radi. U keyinchalik hatto mening jamoatimga ham keldi. Aziz birodar, Xudo sizni kim bilan uchrashtirishini bilmaysiz, shu bois zarur bo‘lganida rejalaringizni o‘zgartirishga tayyor bo‘lishingiz juda muhim. Har bir uchrashuvga, har bir tanishuvga Xudoning rejasiga yondashgandek munosabatda bo‘ling. O‘z rejalaringizni o‘zgartirishga tayyor bo‘ling, shuningdek sizni Xudo marhamatlasin!

 7 qoida. Qurbonlik qilishga tayyor bo‘ling (qarang: Luqo 10:34–35). Agar siz odamlarga xizmat qilishga va ularga Iso Masih haqida guvohlik berishga intilsangiz, ular uchun o‘zingizni qurbon qilishga tayyor bo‘lishingiz kerak. Mana, bu haqda d–r Frensis Sheffer o‘zining «XX asr so‘ngidagi jamoat» asarida nimalar degan:

Xudoning bu yerda, «Lyabri» [doktor Sheffer Masihni izlagan odamlarga xizmat qilgan joy, Shveysariyaning chekka hududlaridan biri] jamoatida amalga oshirganlari bizga oson berilgan deb o‘ylamang. Aksincha, bu juda qimmatga tushgan. Taxminan dastlabki uch yilda «Lyabri»dagi vasiyligimiz ostida bo‘lganlar bizga keltirishgan to‘y sovg‘alarini yo‘q qilishdi: to‘shaklar yirtilgan, gilamlarda teshik paydo bo‘lgan, bir kuni deraza pardamiz ham yonib ketayozdi, negaki kimdir mehmonxonada chekibdi. Bizning stol atrofida hamma yig‘ilardi, zero bundan boshqacha bo‘lishi mumkin ham emasdi. Uyimizda giyohvand moddalar paydo bo‘ldi, polda tez–tez qusqilarni ko‘rish mumkin edi…

Yo‘q, men sizning uyingizda va siz bilan ham xuddi shunday bo‘lishi kerak demoqchi emasman, ammo o‘zingiz xizmat qiladigan odamlarni qutqarish uchun nimanidir qurbon qilishga tayyor turishingiz kerak.

Kelinglar, yana bir bora mehribon samariyalik haqidagi masalga murojaat qilaylik. U yahudiyni qutqarish uchun nimani qurbon qildi?

  • O‘z mulkini. U moy va sharob quyib, jarohatni bog‘ladi.
  • Vaqtini. U bu odamga xizmat qilish uchun butun kunini bag‘ishladi.
  • Pulini. U mehmonxona egasiga jabrlangan odamning ehtiyoji uchun ikki dinor (bu ikki kunlik mehnat haqiga teng) berdi. Bundan tashqari, u mehmonxona egasiga shunday dedi: «Unga yaxshi qarang, agar bundan ortiq xarajat qilsangiz, qaytishimda sizga to‘layman» (35–oyat).

Xo‘sh, siz yaqinlaringiz manfaati uchun nimalarni qurbon qilishga tayyorsiz? Ehtimol, tanishingizning qiyinchilikka uchragani haqidagi gap–so‘zlarini eshitishingiz kerak bo‘lar (siz vaqtingizni qurbon qilasiz) yoki hamkasbingizni futbol o‘yiniga taklif etib, chipta sotib olarsiz (siz pulingizni qurbon qilasiz)? Balki qo‘shningizni tushlikka taklif etishingiz kerakdir (siz bu holatda vaqtingizni ham, pulingizni ham qurbon qilasiz)? Nimaiki qurbonlik qilmang, bu unga arziydi! Inson qalbining bahosini aytish mumkinmi? Uning qutulishi uchun Xudo O‘zining Yagona O‘g‘lini qurbon qilgan. Bir qancha dollar yoki bir necha soat abadiylik bilan taqqoslaganda nima bo‘libdi? O‘zingizni qurbon qilishga tayyor bo‘ling, zero Xudo bizga aynan shunday ibrat ko‘rsatgan!

 8 qoida. Nomasihiy odamlar dushman emas. Ayrim masihiylar nomasihiylarni dushman deya hisoblashadi, shu bois taqvodor bo‘lmaganlardan cho‘chib, ulardan har taraflama nari bo‘lishga intilishadi.

Samariyalik yarador yahudiyni dushman deb bilmagan. Uni dushmanlar jarohatlagandi – yahudiy ulardan jabrlangandi. Biz qandaydir falokatdan jabr ko‘rgan odamlarga nisbatan rahm–shafqat va g‘amxo‘rlik bilan yondashamiz, bu to‘g‘ri. Xo‘sh, imonda bo‘lmagan odamlarga ham shunday yondashmaymiz? Ular bizga dushman emas – ular jabrdiyda. Ular shaytonning va gunohning malaylari (qarang: 2Tim. 2:26) va o‘zlariga yordam berishga qodir emaslar (qarang: Rim. 3:10–18).

Aziz birodar, biz taqvodor bo‘lmagan odamlardan qo‘rqishimiz kerak emas. Ular uchun ibodat qilib, g‘amxo‘rlik ko‘rsating. Do‘stona va ochiq inson bo‘ling.

Yaqinlaringizga yaxshilik tarqating

«Mening yaqinim kim?» Bu savolni Isoga bir tafsirchi bergandi. Iso mehribon samariyalik va ikkita diniy yetakchi haqidagi masal bilan javob qaytardi (qarang: Luqo 10). Iso bu masalni aytib bo‘lgach, o‘z navbatida tafsirchidan so‘radi: «Sizningcha, o‘sha uch odamdan qaysi biri qaroqchilar qo‘liga tushgan odamning yaqini hisoblanadi?»

Tafsirchi javob berdi: «Unga shafqat ko‘rsatgan odam–da».

Shunda Iso aytdi: «Boring, siz ham shunday qiling» (qarang: 36–37 oyatlar).

Aziz birodar, bu da’vat bizga ham yo‘llangan. Atrofingizdagi odamlar uchun «yaqin» bo‘ling, mehribon samariyalikdan o‘rnak oling, imonda bo‘lmaganlarga rahm–shafqat ko‘rsating, ularga yaxshilik tarqating.

Sen chanqoq qalbingni to‘ydir, ichirgin…

Sen chanqoq qalbingni to‘ydir, ichirgin

Noumidni mustahkam qilgin,

Tahqirlangan, singan va yolg‘iz,

Hayotingni asrab qolgin sen.

Seni yomon ko‘rganni kechir,

Boshpana izlovchiga xizmatda bo‘lgin,

Xudoning mo‘l in’omlaridan

Muhtojlar ham bahramand bo‘lsin

Jangda do‘sting yiqilsa ko‘tar

Kim adashsa, yo‘lga boshlagin,

O‘zingni sarf qilishdan qo‘rqma,

Najotkordek saxovatli bo‘l.

Chin yurakdan sevgin rad etilganni

Uysiz bo‘lganlarga boshpana bergin,

Zulmat ichidagi ilohiy nurni

Senda yonganini odamlar bilsin

Charlz Braun


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак