Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 12 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (2 қисим. 12 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Siz o‘z ishingizga ikki yoqlama yondashishingiz mumkin. Xususan, undan o‘z farovonligingiz va qulayligingiz uchun barchasini olishga urinasiz. Agar shunday yo‘l tutsangiz, demak, tashkilotingiz va undagi xodimlar sizga xizmat qilishlari kerak deb hisoblaysiz. Ammo ishingizga mohiyatan shunday bir savolni qo‘ygan holda ham yondashsa bo‘ladi: «Men o‘z tashkilotimga va undagi xodimlarga nimalar berishim mumkin?».

Jim Jorj

12. MEHNATINGIZ BILAN XUDONI ULUG‘LANG

Nimaiki qilsangiz ham, gapirsangiz ham, hammasini Rabbimiz Iso nomidan qilib,

U orqali Otamiz Xudoga shukrona aytinglar.

Kol. 3:17

Endi esa biz Muqaddas Kitobning va ushbu asarimizning qahramoni – shoh Dovudga qayta qolaylik. Biz uning Xudo xohishini bajargan Xudoning qalbiga mos erkak ekanligi haqida bir necha bora gapirib o‘tgandik, ammo Dovud buni hamisha ham eplay olmaganini tan olishimiz zarur. Biz mazkur bobda Dovudning tanasi zaif bo‘lib qolgan bir necha holatlarni ko‘rib chiqamiz (qarang: Matto. 26:41).

Gunohga olib boradigan mashg‘ulot va o‘y–xayollar

Kalomda shoh Dovud gunoh qilgan bir qancha holatlar hikoya qilingan. Ushbu hikoyalardan kelib chiqqan holda, uning gunohlari sababini tushunish qiyin emas. Muqaddas Kitobdan Dovudning Botsheva bilan qilgan zinokorligini ko‘rib chiqib, undan tegishli xulosa chiqarib olishga harakat qilamiz.

Dovud behuda ishlarga berilgan. Muqaddas Kitob voqealari kechgan davrda urushlar yilning muayyan pallasida – odatda bahordan kuzgacha – olib borilgan, negaki qulay ob–havo urush harakatlari olib borishga muvofiq bo‘lgan. Biz bu haqda quyidagi parchada o‘qiymiz:

Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham bo‘ldi. Dovud lashkarboshilariga va butun Isroil qo‘shiniga Yo‘abni bosh qilib, urushga yubordi. Ular Ommon lashkarini yakson qilib, Rabba shahrini qamal qilishdi. Dovudning o‘zi Quddusda qolgan edi. (2Shoh. 11:1; kursiv meniki. – J. J.).

Dovud o‘z qo‘shinini urushga boshlab borish o‘rniga, uyda qolishga qaror qildi.

Dovud ehtirosli xayollarga berildi. Hoynahoy, sizga mana bu matal tanish bo‘lsa kerak «Bekorchilik – hamma gunohlarning onasi». Bekorchilik Dovud uchun dahshatli fojeaga aylandi: u bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda emasdi. U shoh sifatida o‘z lashkarini dushman bilan jangga boshlab borishi kerak edi, lekin u bunday qilmadi va buning oqibatida nimalar ro‘y berdi:

Bir kuni oqshom payti Dovud yotog‘idan chiqdi–da, saroy tomiga ko‘tarilib shaharni tomosha qila boshladi. Birdan cho‘milayotgan bir ayolni ko‘rib qoldi. Ayol juda go‘zal edi. Dovud bittasiga: – Borib bil–chi, u kim ekan, – deb jo‘natdi. <...> Ayol homilador bo‘lganini bildi va bu haqda Dovudga xabar berdi (qarang: 2–5 oyatlar).

Dovud Xudoga isnod keltirdi. Dovud agarda o‘z joyida bo‘lib, vazifasini bajarganida, bunday og‘ir gunoh qilmagan bo‘lardi. Dovud ayolni badnom qildi, so‘ngra esa uning eri jang maydonida o‘lib ketishini uyushtirdi (qarang: 14–15 oyatlar). Shoh bunday dahshatli yovuzligi bilan Xudoni Uning shon–shuhratidan mahrum etdi. Payg‘ambar Natan Dovudga aytdi: «…sen shu ishni qilib, Egamizni mensimaganing uchun tug‘ilgan bolang nobud bo‘ladi» (2 Shoh. 12:14). Natan tomonidan fosh etilgan Dovud Xudoga qarshi gunoh qilganini angladi. Dovudning gunohi odamlarga baxtsizlik keltirdi, ammo eng og‘ir jinoyat Dovud Xudoni Uning dushmanlari oldida shon–shavkatdan mahrum qilgani edi. Dovud o‘zining gunohlari Xudoning nazarida jinoyatkorona ekanligini tushunib, qilmishlari haqida qayg‘u bilan gapirgan: «Egam oldida gunoh qildim» (qarang: 13-oyat).

Dovudning hayotidagi bu dahshatli holat bizni o‘z hatti–harakatlarimiz bilan Xudoni shon–sharafdan mahrum qilmaslik uchun bekorchilikdan va tana ehtiroslaridan saqlanishga o‘rgatadi. Kolosaliklarga maktubning 3–bob 17–oyatida aytilganidek, biz bu olamda Iso Masihning vakillari va elchilari bo‘lishga da’vat etilganmiz. Biz U haqda har qanday joyda, xususan, ishxonamizda ham guvohlik berishimiz lozim. Agar biz Dovud kabi Xudo haqida munosib guvohlik bermasak, Xudoni shon–shavkatdan mahrum etib, Uning nomini badnom qilmoqlikka sababchi bo‘lamiz.

Hoynahoy, siz aksariyat erkaklar kabi ko‘p vaqtingizni ishda o‘tkazsangiz kerak, bu esa ish joyingizni Xudoni hurmatlash va Uning ismini ulug‘laydigan joyga aylantirishingiz kerakligidan dalolat beradi. Mana, bu borada muvaffaqiyat qozonishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar.

Muvaffaqiyatga olib boradigan hayotiy qoidalar

1 qoida. Serg‘ayrat bo‘ling

Havoriy Pavlus o‘z xizmati mobaynida ko‘plab yoshlarga saboq berib, Xudo yo‘liga boshlagan. Ulardan biri Timo‘tiy edi. Biz bu o‘smirni ilk bora Havoriylar faoliyati kitobining 16–bob 1–oyatida uchratamiz. Timo‘tiy bu paytda xizmat qilishga tayyorlangan. Yangi Ahdning boshqa parchasida bundan taxminan o‘n besh yil keyingi voqealar hikoya qilinadi, ya’ni biz bunda Timo‘tiyni endi Efesdagi jamoatda cho‘ponlik qilayotgan vaqtda uchratamiz.

Pavlus Timo‘tiyga ikkinchi maktubida cho‘ponning vazifasi nimalardan iborat ekanini unga tushuntirib, shunday yozadi: «Xudoning oldida yorug‘ yuz bilan tura olishing uchun astoydil mehnat qil...» (15-oyat). Boshqacha aytganda, Timo‘tiy o‘z xizmatida tirishqoqlik va g‘ayrat ko‘rsatishi kerak. U agarda serg‘ayrat bo‘lsa, hech qachon ustozi Pavlus oldida ham, o‘zi xizmat qilayotgan Parvardigor oldida ham uyalib qolmasligiga ishonch hosil qilishi kerak edi. Timo‘tiy Xudo sha’nini badnom qilmaslik uchun o‘z vazifasini – va’z o‘qib, saboq berishni – bajarishda tirishqoq bo‘lishi lozim edi .

Aziz birodar, Xudo bizni ham xizmatda serg‘ayrat bo‘lishimizga va Uning shon–shuhrati uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilishga chorlaydi. Nega? Buning bir qancha sabablari bor.

  • Biz bor kuchimiz bilan ishlaganimizda, Xudoni ulug‘laymiz.
  • Biz – Rabbiy Isoning elchilarimiz, shu bois butun kuchimizni berib ishlaymiz.
  • Biz odamlarga emas, Xudoga xizmat qilamiz, shu bois bor kuchimiz bilan ishlaymiz.
  • Biz bor kuchimiz bilan ishlaganimizda, tirilgan Najotkorimiz haqida chindan ham guvohlik beramiz.
  • Biz bor kuchimiz bilan ishlaganimizda, yaqinlarimizning ehtiyojlari haqida g‘amxo‘rlik qilamiz.

Men xizmatim mobaynida o‘n besh marotaba Hindistonda bo‘lganman. Hindiston – g‘aroyib mamlakat, ammo afsuski, uning ko‘pgina aholisi Iso Masihni bilishmaydi. Bu mamlakatda Xushxabar tarqatgan bir missioner biz uchun asrab qo‘ygan qisqacha hikoyani sizlar bilan baham ko‘rmoqchiman. Ushbu hikoya sizlarga nega bor kuchingiz bilan mehnat qilishingiz kerakligini tushunishingizga yordam beradi.

Bir harbiy hind shahrining ko‘chasidan o‘tib borayotganida, etigini tozalatish uchun oyoq kiyimi tozalovchisining yonida to‘xtadi. Kambag‘al bola bo‘lgan bu oyoqtozalovchi ishga shunday g‘ayrat bilan kirishdiki, harbiy bunaqasini hayotida avval hech ko‘rmagandi. U oldin uchratgan tozalovchilar alohida bir g‘ayratchanligi bilan ajralib turishmagan va undan imkon qadar pulni tezroq olishga urinishardi. Bu bola esa harbiyning etigi yarqirab toza bo‘lmagunicha zavq–shavq bilan ishladi.

Harbiy undan so‘radi:

– Buncha ishtiyoqni qayerdan olyapsan?

– Bilasizmi, janob, – javob qaytardi bolakay, – men o‘tgan hafta Masihga imon keltirdim. U mening qalbimga kirdi, men endi Unga tegishliman. Shu bois, kimning oyoq kiyimini tozalasam, uni xuddi Iso Masihning oyoq kiyimidek qilib tozalayman. Men shu tarzda Unga yoqishga intilyapman!

 2 qoida. Yaqinlaringizga xizmat qiling

Men dori–darmonlar to‘plash bilan shug‘ullanganim haqida avval aytib o‘tgandim. Ayni vaqtda kompaniyamizning bosh ofisida o‘tgan menejmentlarni tayyorlash o‘quv dasturida ham ishtirok etganman. Biz boshlovchi menedjerlar savdo bilan bog‘liq turli muammolarni hal etishimiz kerak edi. Hoynahoy, bizdan ajoyib mutaxassislar yetishib chiqishini boshliqlarimizga ko‘rsatish uchun har birimiz jon–jahdimiz bilan harakat qilganimizni tushunib turgan bo‘lsangiz kerak.

Meni noto‘g‘ri tushunmang: men bunday mashg‘ulotlarning bizga shart emasligini aslo aytmoqchi emasman. Har birimiz muammolarni hal etishni va qiyin vaziyatlardan chiqib ketishni o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari, har birimiz tashabbus ko‘rsatishga va muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olishni ham o‘rganishimiz kerak. Biroq agarda siz masihiy bo‘lsangiz, bundan–da kattarog‘iga intilishingiz zarur: siz ishxonada nafaqat boshliq nazari uchun, balki muvaffaqiyat sari hamisha intilishingiz lozim. Agar biz masihiy bo‘lsak, nimaiki bilan mashg‘ul bo‘lmaylik, xuddi imon yo‘lidagi xizmat kabi yondashishimizga to‘g‘ri keladi. Bu borada Isoning O‘zi donolikka erishmog‘imizga yordam beradi.

Iso bergan ibrat. Xudoning O‘zi bizga yaqinlarimizga qanday xizmat qilishimiz uchun yaqqol namuna ko‘rsatgan. Iso o‘limidan taxminan bir hafta oldin shogirdlari bilan Quddusga yo‘l olgan. Yo‘lda ulardan ikkitasi, Yoqub va Yuhanno, Isoga iltimos bilan murojaat qilishgan: ular Osmon Shohligidagi eng sharafli joyni egallashni istashgan. Mana, Iso ularga nimalar degan:

Butparastlarga qaranglar, ularning hukmdorlari xalqlariga o‘z hukmini o‘tkazadilar, katta amaldorlari elga zo‘ravonlik qiladilar. Ammo sizlarning orangizda kim katta bo‘lishni istasa, sizlarga xizmat qilsin. Orangizda kim birinchi bo‘lishni istasa, sizlarga qul bo‘lsin. Axir, Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balk O‘zi boshqalarga xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni ozod etish uchun kelgan ( Matto 20:25–28).

Siz bu so‘zlarnng to‘liq ma’nosida buyuk bo‘lishni istaysizmi? Insonning asl ulug‘vorligi u egallagan hokimiyat yoki o‘zi foydalanayotgan shon–shuhrati bilan belgilanmaydi. Iso barcha davrlarning buyuk Shohi edi... ammo shu bilan birgalikda barchaning xizmatkori bo‘lgan.

Isoga taqlid qilish. Atrofingizdagi odamlarga xizmat qiling. Unutmang: yaqinlarga xizmat qilish – taqvodor erkakni ajratib turadigan fazilatlardan biridir. Mana, bu fazilatlarni egalashingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar:

  • hamisha yaqinlaringizga xizmat qilishga tayyor bo‘ling;
  • ularga yordam bering;
  • ularni yaxshi so‘zlar bilan ruhlantiring;
  • ularni ezgu ishlarga ruhlantiring;
  • muloyim va shafqatli bo‘ling;
  • xudbin bo‘lmang, balki fidoyi bo‘ling.

Siz o‘z ishingizga ikki yoqlama yondashishingiz mumkin. Siz undan shaxsiy farovonligingiz va qulayligingiz uchun imkon qadar ko‘proq narsa olishga intilishingiz mumkin. Agar shunday yo‘l tutsangiz, demak, tashkilotingiz va undagi xodimlar sizga xizmat qilishlari kerak deb hisoblaysiz. Ammo siz o‘z ishingizga mohiyatan boshqa savol aks etgan tarzda yondashmog‘ingiz ham mumkin: «Men o‘z tashkilotimga va undagi xodimlarga nimalar bera olman?». Bunday munosabatlar bilan o‘z mehnatiga yondashadigan odam undagi sharoitni yaxshilashga, tashkilotda xodimlar hayoti yaxshilanishiga xizmat qiladigan muhitni yaratishga intiladi. Asl xizmatkor yaqinlarining manfaati uchun g‘amxo‘rlik qiladi.

3 qoida. Hamisha o‘qib-o‘rganing

Yodingizda bo‘lsa, biz 1–bobda epitafiyalar haqida gaplashgandik va men bir olim erkakning qabrtoshida “U o‘qib-o‘rganayotib vafot etdi” so‘zlari yozilganini eslab o‘tgandim. Biz shunday yashab o‘taylikki, odamlar biz haqimizda ham shunday deya olishsin. Afsuski, ko‘plab yoshlar butunlay boshqacha qoidalar asosida yashashadi. Ular aytishadi: «O‘qigandan ko‘ra o‘lganim yaxshi!» Ular o‘quv jarayonlarini yomon ko‘rishadi va go‘yoki “katta hayot”ga kirishga imkon bo‘lishi uchun o‘qishlar yakunladigan kunni besabrlik bilan kutishadi. Boshqalari esa garchi saboq olishga beparvo bo‘lmasalarda, unga tirishqoqlik va hafsala ko‘rsatishmaydi. Ular past bilim olganlari bois ertaga yaxshi ish topishlari qiyin bo‘ladi.

Ammo qayd etishim lozimki, menga tanish ko‘pchilik odamlar oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan holda kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatga erishganlar. Ehtimol, bunday odamlar sizning tanishlaringiz orasida ham bordir. Muhimi shuki, ulardan har biri bilimlarini mustaqil oshirish bilan muntazam shug‘ullanishgan. Ular hamisha bilim zahiralarini to‘ldirib, kasb–hunarlarini mukammallashtirishgan. Aynan shu ularga o‘z faoliyatlarida yuqori darajalarga erishishlariga yordam bergan. Mana, men “hamisha o‘qib-o‘rganing” so‘zlariga qanday ma’noni joylayapman. Ta’lim olish faqat maktab yoki kollejda hamda darsliklar asosida cheklanib qolmasligi kerak. Ta’lim olish hamisha shaxsning rivojlanishi va o‘zini mustaqil ravishda mukammallashtirishiga bog‘liq. Mening nuqtai nazarimga ko‘ra, ta’lim olish o‘zida quyidagilarni aks ettiradi:

  • Ta’lim olish – bu fikr–mulohazalar timsoli, qalbning holati.
  • Muqaddas Kitob bizni anglash orqali ulg‘ayishga da’vat etadi (qarang: 2 Butrus 3:18).
  • Ta’lim olish oldinga boshlab boruvchi sifatga ega; avval egallab olingan bilimlar yangi bilimlar uchun poydevorga aylanadi.
  • Ta’lim olishda hamma narsani ham intellekt darajasi (IQ) hal qilavermaydi.
  • Har bir millat vakili bilim olishga haqli.
  • Ta’lim olish uchun u yoki bu o‘quv dargohining talabasi bo‘lish shart emas.
  • Ta’lim olish ilmiy daraja yoki unvon talab etmaydi.
  • Ta’lim olish hamisha ham ilmiy daraja yoki unvon olish yakun topaveraydi.
  • Ta’lim olish – bu Xudo qalbiga mos erkak hayotining timsoli.

Sizlarga Xudoni qanday qilib o‘z mehnatimiz bilan ulug‘lashimiz haqida gapirayotganimizni eslatishga ijozat bering. Buning uchun serg‘ayrat bo‘lishimiz lozim. Bor kuchimizni berib mehnat qilishimiz kerak. Va albatta, hamisha o‘rganish zarur – bilim ishda yuqori natijalarga erishishimizga yordam beradi.

Mana, sizlarga doim saboq olishda, boshqacha aytganda – bilimda ulg‘ayishda yordam beradigan bir qancha maslahatlar.

Ko‘proq mutolaa qiling. Aksariyat erkaklar juda kam o‘qishadi yoki umuman o‘qishmaydi. Bundan tashqari, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, erkaklar sotuvdagi masihiycha kitoblarning faqat besh foizini sotib olishadi, holbuki bu ko‘rsatgichlar bundan bor–yo‘g‘i o‘n yil ilgari o‘n besh foiz bo‘lgan. Aziz birodar, bu shundan dalolat beradiki, biz noto‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilyapmiz! Kitob – bilim manbai. O‘qish bizga boshqalarning bilganlarini bilib olishimizga va ularning tajribasidan bahramand bo‘lishimizga imkon beradi, shu bois biz bu ajoyib mashg‘ulotni sevib qolishimiz kerak.

Ko‘proq o‘qish uchun... yana, yana va yana o‘qish kerak! O‘qish siz uchun odatiy mashg‘ulotga aylanishidan avval qanchadir vaqt o‘tishi lozim. Men ko‘plab yillar mobaynida birorta ham kitob o‘qimagan bir qancha erkaklarni bilaman! Xayriyatki, ulardan ayrimlari o‘qishning qanchalik muhim ekanini tushunib, endilikda muntazam mutolaa qilishmoqda.

Men o‘z vaqtida ruhan o‘sishimga yordam bergan Masihdagi birodarlar doimo o‘qishlarini payqagandim. Ularga o‘xshashni juda istaganim uchun qaysi kitoblarni o‘qishim maqsadga muvofiqligi haqida o‘zlaridan tez–tez so‘rab turardim. Siz ham shunday yo‘l tutishingiz mumkin. O‘z cho‘poningizdan uning nazarida o‘qishingiz kerak bo‘lgan kitoblarning ro‘yxatini berishini so‘rang va mashg‘ulotni boshlang. Mashhur maqolda aytilganidek, «kuch – bilimda». Bunga men ham qo‘shimcha qilishim mumkin: kuchli odam o‘qishni yoqtiradi. Shu bilan birgalikda unutmang: eng muhim kitob – bu Muqaddas Kitob. Uni vaqtingiz bo‘lganida o‘qing; o‘qing va takror o‘qing. Xudoning Kalomi sizga umringiz bo‘yi hamroh bo‘lsin. Bu borada ushbu asar so‘ngidan topishingiz mumkin bo‘lgan Muqaddas Kitobni yillik o‘qish rejasi sizga yordam beradi.

Savollar berishni o‘rganing. Nafaqat qandaydir oddiy savollarni, balki o‘zinizni qiziqtiradigan jabhadagi bilimlaringizni kengaytirish va chuqurlashtirishga yordam beradigan savollarni ham berishni o‘rganing. Unutmang, siz tafakkurda ulg‘ayishga da’vat etilgansiz. Har bir inson sizni foydali nimagadir o‘rgatishi mumkin, shu bois hamisha odamlardan biror nimani bilib olishga intiling. U yoki bu odam qanday bilimlarni siz bilan baham ko‘rishi mumkinligini aniqlashga urining. Savollar berishdan cho‘chimang. Agar shunday qilmasangiz, aslo hech nimani bilib ololmaysiz. Savollar bering, ana shunda o‘zingiz uchun foydali va muhim nimalarnidir bilib olasiz.

Boshqa odamlarning tajribasidan foydalaning. Aytishlaricha, faqat o‘z tajribasidan foydalanadigan odamning imkoniyatlari cheklangan bo‘larkan, shu bois yordam so‘rab boshqa odamlarga murojaat qiling, ularga savollar berib, hayot tajribalarini o‘zlashtirib oling. Garchi buyuk odamlar bilan ularning o‘tmishi haqida gaplasha olmasangiz ham, tarjimai hollarni o‘qib ko‘p narsalarni bilib olishingiz mumkin. Buyuk odamlarning hayot yo‘li haqida o‘qib, ularning muvaffaqiyatga erishishlariga nima yordam berganligini bilib olasiz va o‘z vaqtida ular yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaysiz. Ammo baribir Muqaddas Kalom haqida unutmang! Muqaddas Kitob – hayotning yaxshi darsligi. Bir o‘ylab ko‘ring–a, biz shoh Dovudning yutuq va xatolari haqida qanchalik ko‘p narsalarni bilib oldik. Ha, Muqaddas Kitob chindan ham siz muntazam mutolaa qiladigan kitob bo‘lishi kerak!

Erishganlaringiz bilan qanoatlanib qolmang. Ehtimol, hayotingizda nimagaki intilgan bo‘lsangiz, barisiga erishganingizni his qiladigan vaqt bo‘lib qolar: siz o‘z kasbiy faoliyatingizdan va mehnatlaringiz natijasidan mamnunsiz. Balki o‘z erishgan darajangizni mamnuniyat bilan baholab, yutuqlaringizdan faxrlanarsiz. Siz kompaniyaga bundan bor–yo‘g‘i bir necha yil avval kelgandingiz, bugun esa nufuzli o‘rinni egallab, o‘zingizni bo‘sh qo‘yish haqida o‘ylayotgandirsiz. Men hech qachon erishgan darajangizda qolib ketmasligingiz va doimo o‘qib–o‘rganishgiz uchun ibodat qilaman. Siz har kuni yangi–yangi nimalarnidir bilib olishingiz kerak, shu bois o‘zingizga shunday savollar bering:

  • Men bugun yangi nimalarni bilib olishim mumkin?
  • Bugungi kun menga qanday saboq berdi?
  • Men bugun hamkasblarimga va yaqinlarimga qanday xizmat qilishim mumkin?
  • Malaka oshirish kurslariga qatnashim yoki qo‘shimcha ma’lumot olishim kerakmi?

Bu savollar kasbiy rivojlanishingizda to‘xtab qolmaganingizni har kuni tekshirib turishingizga yordam beradigan o‘ziga xos savollar bo‘la qolsinBu haqda gapirayotganimda, seminariyaning dorishunoslik fakultetida o‘qigan yillarimni eslayman. Murabbiylar bizga har kuni nazorat ishi berishardi va har bir kun men uchun hal qiladigan ahamiyatga ega bo‘lardi. Men aynan shu yillar mobaynida hozir ham naf berayotgan bilimlarni egallaganman. Umid qilamanki, bu savollar sizga foyda beradi va hamisha oldinga intilishingizda ko‘maklashadi.

Men Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi general Duglas MakArtur oldida bosh egaman. Bu odam dono sarkarda bo‘lgan. U o‘ziga ham, qo‘l ostidagilarga nisbatan ham qattiqqo‘l bo‘lgan. Mana, u hayot haqida, xususan, saboq olish haqida nimalar degan:

Hayot bu doimiy shakllanish. Agar qiziqishlaringiz doirasi kengaymasa, agar avvalgi fikrlaringiz va tashvishlaringiz bilan yashayotgan bo‘lsangiz, agar ko‘hna qolipdagi hatti–harakatlarga moslashib qolgan bo‘lsangiz, bu sizning shaxs sifatida o‘lganingizdan dalolat beradi1.

Shunday yashangki, mana bu epitafiya (qabr toshiga bitilgan yozuv) sizga hech qanday aloqador bo‘lmasin:

Bu yerda   _____________________  dafn etilgan.

(ismingiz)

U (bu qachon yuz berganligi ko‘rsatilgan vaqt) ____ yoshida o‘qimay qo‘yganU ko‘p yillardan so‘ng jaholat tufayli vafot etdi.

Endi esa tirishqoqlik, xizmat va saboq olishning muhimligi haqida ko‘p narsalarni bilgan holda, keyingi epitafiyadagi bo‘sh qolgan joyni to‘ldiring. Mayli, u “orzuingiz epitafiyasi” bo‘la qolsin:

___­­_________________

(ismingiz)

Xudo shon–sharafi yo‘lida saboq olib vafot etdi!


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак