Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 4 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (1 қисим. 4 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

Rafiqangiz

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Men Masihning ilk shogirdlaridan boshlab ko‘plab mashhur imonlilarning hayot yo‘lnomasini o‘qib chiqdim. Ulardan ayrimlari badavlat, ayrimlari kambag‘al bo‘lishgan. Ba’zilari ma’lumotli, boshqalari savodsiz bo‘lganlar. Ularning bir qismi yepiskop jamoatiga tegishli, ammo bu odamlarning aksariyati masihiylikning boshqa jamoatlari tarafdorlari edi. Ularning ko‘pchiligi kalvinistlar va arminianlar edi. Ulardan ba’zilari liturgik amaliyotni yoqtirgan bo‘lsa, kimdir esa itoat shakliga alohida e’tibor ham bermagan. Ammo ular bitta masalada o‘xshash edilar: hammalari ibodat erkaklari bo‘lishgan1.

Jon Charlz Rayl

4. XUDONING QALBIGA MOS ERKAK QANDAY BO‘LISHI KERAK?

Ertasi kuni saharda, tong yorishmasdan oldin,

Iso o‘rnidan turib, uydan chiqib ketdi.

Kimsasiz joyga borib, ibodat qildi

Mk. 1:35

Kaliforniya shtatining San–Villi shahridagi “Inoyat jamoasi” jamoatida cho‘pon bo‘lishimdan avval dori–darmon tayyorlashga ixtisoslashgan firmada ishlaganman. Nega aynan dori–darmonlar yo‘nalishida? Balki yoshligimda qadrdon shahrimdagi dorixonalardan birida ishlab, pul topganim turtki bo‘lgandir. Mening vazifam mahsulotlarni qabul qilish, tokchalarga joylash va xonalarda tartib–tozalikni saqlab turish bo‘lgan. Ishim o‘zimga yoqardi: dorixonaga odamlar muntazam kelib–ketishar va men qilayotgan ishlarim yaqinlarimga foyda keltirayotganidan xursand edim. Chuqur imonli boshlig‘im dorixonada xayrixohlik va samimiyat muhiti hukm surib turishi uchun barcha zarur ishlarni qilardi. Ishim menga shunchalik yoqib qoldiki, men vaqt o‘tib dorishunoslik sohasida ixtisoslashgan mutaxassis bo‘lishimga imkon beradigan ma’lumot olishni istab qoldim. Men Oklaxoma oliygohining dorishunoslik (farmatsevtika) fakultetiga o‘qishga kirdim.

Shundan buyon dorishunoslik mening faoliyatim maydoniga aylanib qoldi va tibbiyot muassasalaridagi umumiy ish stajim o‘ttiz besh yildan ko‘proqni tashkil etadi. Men hatto jamoat xizmatchisi bo‘lganimda ham o‘zimning asosiy kasbiy faoliyatimni davom ettirib, shifoxonalarda dorishunos bo‘lib ishladim: men zahira qo‘shinlari tibbiy korpusining shtatdagi dorishunosi edim. Men haligacha dorishunoslik faoliyati bo‘yicha litsenziyaga egaman. Faoliyatim muddatini cho‘zish uchun har yili malaka oshirish kurslariga qatnashishim kerak va men yilma–yil shunday qilib kelyapman.

Men barcha guruhdagi dori–darmonlarning qanday ta’sir ko‘rsatishini bilishim zarur. Gap shundaki, bunday guruhdagi dori–darmonlar o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega. Bunday ta’sir mazkur guruhlardagi barcha dori–darmonlarga xos. Shu tariqa, shifokor u yoki bu dorini tayinlab, u bemor tanasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini va qanday natijani kutish kerakligini biladi, zero zarur ta’sirga ega bo‘lmasa, uni bemorni davolash uchun tayinlash mumkin emas.

Itoatgo‘y qalb

Hoynahoy, sizda ushbu kitobning mavzusi – Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish nimani anglatadi va qay tariqa ana shunday erkak bo‘lish mumkin – dorishunoslikga nima daxli bor degan savol tug‘ilgan bo‘lsa kerak. Xuddi turli guruhdagi dori–darmonlar o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega bo‘lgani singari, Xudoning qalbiga mos erkak ham o‘ziga xos ruhiy sifatlarga ega. Boshqacha aytganda, barcha imonli, Xudoga manzur bo‘ladigan erkaklarning fe’l–atvorlarida qandaydir umumiy jihatlar bor. Biz Xudoning qalbiga mos erkak boshqa erkaklardan asosan nimasi bilan farqlanib turishi haqida aytib o‘tgandik. Buning nima ekanligi yodingizdami? Xudoning qalbiga mos erkak hamisha Xudoga manzur bo‘lishga, imonda ulg‘ayishga va Xudoning xohishini bajarishga intiladi.

Shoh Dovud ana shunday bo‘lgan. Biz avvalgi bobda uning Xudo qalbidagi erkak bo‘lganini aytgandik, negaki u Xudoning irodasini bajarishni istagan (qarang: Havoriylar. 13:22). Xudoning xohishini bajarishni istagan boshqa inson haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Biz Uning xohishi nima ekanligini bilgan holda bajarishimiz juda muhim! Asl ruhiy ulg‘ayishning bunday mohiyati soddalashtirilgan holda ko‘rinishi mumkin, biroq u Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish nimani anglatishini aniq–tiniq aks ettiradi: biz Xudoning Kalomini bilishimiz va uni bajarishimiz lozim. Aynan shu – Xudo qalbidagi erkakni boshqa erkaklardan ajratib turadigan asosiy ruhiy sifatdir.

Men Masihdagi ustozlarim orasida haqli ravishda “Xudoning qalbiga mos erkak” sharafli unvoniga loyiq bo‘lgan odamlar borligini aytib o‘tgandim. Bu odamlar bilan yaqin aloqam menga o‘zim uchun yangi, imonning avval o‘zim anglamagan qirralarini ochishimga yordam berdi. Bu odamlarni kuzatib, ularning hatti–harakatlari va ishlariga razs solib, Muqaddas Kitob qahramonlarida farqlanib turgan ezgulik qandaydir darajada barcha imonli odamlarga xos ekanligini tushundim. Do‘stlarim va ustozlarim ham Muqaddas Kitob qahramonlari bo‘lgan Muso, Yusuf, Naximiyo, Pavlus va albatta Dovud kabi fe’l–atvorning ajoyib xususiyatlariga egadirlar.

Xudoning qalbiga mos erkakda nima diqqat–e’tiborga sazovor? Fe’l–atvorning qaysi xususiyatlari – u Muqaddas Kitobdagi uch ming yil avval yashab o‘tgan qahramon Dovud yoki zamondoshlarimizdan kimdir bo‘lmasin – uni boshqa erkaklardan farqlab turadi? Men bir necha marotaba aytib o‘tganimdek, bunday odam Xudoning irodasini bajarishni istaydi ( qarang: Havoriylar. 13:22).

Ammo, keling, Xudoning qalbiga mos erkakning yana bir ezgu jihatini ko‘rib chiqaylik, so‘ngra esa, keyingi bobda, Xudoga manzur erkaklarning boshqa ijobiy sifatlari haqida gaplashamiz.

Ibodatga sodiq qalb

Biz Muqaddas Kitobni o‘qiganimizda, Xudoning irodasi bajarmoqchi bo‘lgan imonli erkaklarning ibodat erkaklari ham bo‘lganliklari haqida o‘qiymiz. Bu odamlarning hayotidan olingan quyidagi namunalar ular uchun ibodat qanchalik muhim bo‘lganini anglashimizga yordam beradi.

Ibrohim butun hayoti mobaynida qurbongohlar qurib, Egamizga sajda qilgan (qarang: Ibtido 12:7–8):

Va Xudo Ibromga zohir bo‘ldi… Ibrom Egamizga atab o‘sha yerda qurbongoh qurdiShundan so‘ng Baytilning sharqidagi qirlarga yo‘l oldi Bu yerda u qurbongoh qurib, Egamizga sajda qildi.

Muso Xudoning xalqini boshqarish uchun donolik va Isroilning gunohini kechirishini so‘rab, doimo Xudo qarshisida ibodatda bo‘lardi (qarang: Chiqish 34:8–9):

O‘sha zahoti Muso ikki bukilib ta’zim aylab, sajda qildi. So‘ngra: – Yo Rabbiy! – dedi. – Agar men Sendan marhamat topgan bo‘lsam, iltijo qilaman. Sen biz bilan borgin…

Dovud o‘z saltanatidagi xalqni sanab chiqish uchun qilgan nojo‘ya qarori bois Xudodan kechirim so‘raydi (qarang: 2Shoh. 24:10):

Bu ishni qilib og‘ir gunohga botdim, aqlsizlarcha ish tutdim. O‘tinaman, ey Egam, bu qulingning gunohini kechir.

Sulaymon, Isroilning buyuk shohi, xalqni adolat bilan boshqarish uchun Xudodan donolik so‘raydi (qarang: 3Shoh. 3:9):

…Endi xalqingga shohlik qilishim uchun menga aql–idrok bergin, toki yaxshilik bilan yomonlikning farqiga borayin...

Doniyor Xudodan yahudiylarni vataniga qaytarishini so‘rab, o‘zining va xalqining gunohi uchun ibodat qiladi (qarang: Doniyor 9:2–4):

…Quddus yetmish yil davomida xarob bo‘lib yotishini bilib oldim. Shundan so‘ng Rabbiy Xudoga yolvordim, ro‘za tutib, qanorga o‘randim, kulga belanib iltijo qildim. Men Egam Xudoga... tavba qildim…

Naximiyo Xudodan Quddus devorlarini tiklayotgan odamlarni himoya qilishini so‘rab, ibodat qiladi (qarang: Naximiyo 4:9):

Lekin biz Xudoyimizga iltijo qildik, shaharni va o‘zimizni kechayu kunduz ulardan himoya qilish uchun qo‘riqchilar tayinladik.

Havoriylar Iso osmonga ko‘tarilganidan so‘ng Xudo ularni boshqarishini so‘rab ibodat qilishdi (qarang: Havoriylar. 1:14):

Ular yakdillik bilan toat–ibodatga berilgan edilar…

Havoriy Pavlus xizmat o‘tayotgan “boshqa jamoatlar” uchun ham doimo ibodat qilgan (qarang: 2Kor. 11:28). Shuningdek, u ibodatlarida Masih saboqlariga o‘rgatgan kishilarini muntazam eslab turgan ( qarang: 2Tim. 1:2–3).

Pavlus Timo‘tiyga murojaatida jamoatni Xudoga qanday sajda qilishi haqidagi haqiqatga undab, o‘z shogirdiga shunday deydi: «Avvalambor, nasihatim shuki, butun insoniyat uchun iltijo qilinglar, toat–ibodatda bo‘lib, duolar o‘qinglar, shukronalar aytinglar» (1Tim. 2:1). So‘ngra u Timo‘tiyga ta’kidlaydi: «Erkaklar hamma joyda qo‘llarini duoga ochib, chin qalbdan ibodat qilsinlar…» (qarang: 1Tim. 2:8–oyat). Ko‘rinib turibdiki, Pavlus uchun ibodat asosiy xizmat bo‘lgan va imonlilar hayotida sajda qilishning bu qismi muhim o‘rin egallashini istagan.

 Balki ibodatgo‘y hayotingiz sizga chuqur qoniqish hissini berar, biroq siz aksariyat masihiylar singari bo‘lsangiz, unda mukammallikka muhtoj qanaqadir (hattoki ko‘pgina ham) jihatlari ham bo‘lsa kerak. Masalan, ibodatgo‘y hayotimdagi eng katta qiyinchilik shundan iboratki, men ibodat qilishim kerak bo‘lganida ko‘pincha boshqa nima bilandir band bo‘laman. Ehtimol, bunday vaziyat sizga ham tanish bo‘lsa kerak. Mashhur yozuvchi va Muqaddas Kitob murabbiyi Osvald Sanders bu haqda shunday deydi:

Har qanday san’at turiga o‘rgatish kabi, ibodat san’atini egallashga vaqt kerak bo‘ladi va bunga qancha vaqt sarflashimiz ibodatning mohiyatini anglashimiz uchun ko‘rsatgich bo‘lib xizmat qiladi2.

Demak, ibodat san’atini egallash uchun bizga nimalar zarur? Qalbimiz ibodat ruhiga to‘lishi uchun bizga nimalar kerak?

Vaqt. Albatta, vaqt – ibodatdagi muvaffaqiyatli hayotning muhim qismi. Agar siz Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istasangiz, har kuni Xudo bilan ibodat orqali tanho gaplashish uchun qanchadir vaqtingizni bag‘ishlashingiz lozim. Shaxsan men har tongda shunday qilaman. Tongning sokin soatlari Xudo bilan chin yurakdan suhbat qilishga va Uning Kalomi ustida tiniq mulohaza yuritishga imkon beradi.

Men ko‘pincha yugurib ketayotgan vaqtimda ibodat qilaman (tushunaman, bunga iqror bo‘lish ayrim o‘quvchilarda mening unchalik ham imonli odam emasligim haqidagi fikrlarni uyg‘otishi mumkin). Men o‘zim ehtiyoj sezayotgan ibodat so‘zlari ro‘yxatini tuzib (yoki ularni xotiramda saqlashga harakat qilib) ko‘chaga chiqaman. Yugurishni boshlaganimda, ibodatga shunchalik berilib ketamanki, dunyodagi hamma narsalarni, hatto yugurish poyonidagi charchoqlikni ham unutib yuboraman.

Ehtimol, sizga kunning boshqa pallasida ibodat qilish qulayroqdir, ammo baribir men aygan tong chog‘i – ibodat uchun eng maqbul vaqt deb bilaman (bu ayniqsa talabalarga va ishlaydigan odamlarga tegishli). Nima bo‘lganda ham, Osvald Sandersning so‘zlarini bir eslab ko‘ring–a: bizning ibodatga qancha vaqt ajratishimiz – vaqtga qanchalik ahamiyat berayotganimizni ko‘rsatadi. Shunday ekan, kelinglar, ibodatga keragicha vaqt ajrata qolaylik! Oxir–oqibat, ibodat san’atini egallamay turib, Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish mumkin emas.

Makon. Bundan tashqari, Xudo bilan tanho muloqot qilish uchun to‘g‘ri keladigan makon kerak. Siz ham men kabi yugurish yo‘lagida, velotrassada yoki o‘z xonangizda ibodat qilishingiz mumkin. Ko‘plab erkaklarga ishga ketayotgan paytlarida mashinada ibodat qilish qulay. Xudo bilan o‘zingizni qiziqtirayotgan savollar yuzasidan gaplashish uchun keleda o‘tirish ham, ko‘zni yumib olish ham shart emas. Buning uchun qat’iy bir qarorga kelsangiz bas: «Musiqa tinglash yoki kechagi o‘yin haqida o‘ylash o‘rniga men o‘z fikrlarimni Xudoga qaratishim va ibodatlarimni Uning taxtiga yo‘llashim lozim». Siz Unga ruhan sajda qilib, Muqaddas Kitob oyatlari haqida gaplashishingiz va ular haqida mushohada qilishingiz mumkin. Shuningdek, Xudo bilan o‘z qalbingizdagi his–tuyg‘ular haqida ham suhbat qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Iso Masih ibodatdagi erkak qanaqa bo‘lishi kerakligining yorqin namunasidir. Biz Xushxabarda Isoning ibodat uchun tez–tez tanho qolganini ko‘ramiz: U Otadan kuch va boshqaruvini so‘ragan. Mark Xushxabarining 1:35 oyatida Iso ibodat qilish uchun vaqt ham, makon ham topganini bilib olamiz: « Ertasi kuni saharda, tong yorishmasdan oldin, Iso o‘rnidan turib, uydan chiqib ketdi. Kimsasiz joyga borib, ibodat qildi» (kursiv meniki. – J. J.).

Ibodat malakasi. Shuningdek, sizga ibodatgo‘y hayotingizni bilimdonlik asosida qurishingizga yordam beradigan mahorat ham kerak. Hayotingizga mazmun bag‘ishlagan o‘sha malakalarni qanday egallagansiz? Futbol o‘ynashni, velosiped yoki mashina haydashni qanday o‘rgangansiz? Javob oddiy: bir xildagi harakatlarni takrorlagan holda. Bu javob ibodatga ham taalluqli: ibodat qilayotib, siz ibodat qilishga o‘rgangansiz. Boshqa, «yanada qisqaroq» yo‘li yo‘q. Siz qanchalik muntazam ibodat qilsangiz, ibodat mashqini qancha ko‘proq bajarsangiz, u sizga shunchalik darajada tabiiy holga aylanadi va shunchalik darajada ruhiy tajribaga ega bo‘lasiz. Vaqt o‘tgani sayin o‘zingizda yanada aniq maqsadli va muvaffaqiyatli ibodat qilish xususiyatlari borligini payqab qolasiz. Bundan tashqari, siz qanchalik muntazam ibodat qilsangiz, Isoning huzuri siz uchun shunchalik darajada sezilarli bo‘ladi va gunohga nisbatan ham sezgingiz shunchalik ortadi. Bu sizga Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishingizga yordam beradi.

Hayot tarzi. Muqaddas Kitob bizni doimiy ibodatda bo‘lishga da’vat etadi. Bizga amr etilgan: “Tinmay ibodat qilinglar» (qarang: 1Salonikaliklar. 5:17), zero Xudoning Ruhi bizda yashaydi va nima haqida ibodat qilishimiz kerakligini biladi (qarang: Rim. 8:26–27), ya’ni, biz hamisha, har qanday joyda, har qanday ehtiyoj uchun, har qanday iltijolar qilib va kechirim so‘rab ibodat qilishimiz mumkin. Aziz birodar, muntazam ibodat xuddi hayot tarzi kabi – Xudoning qalbiga mos erkakka xos ezguliklardan biridir!

Men ibodat haqidagi bu suhbatimiz sizni ruhiy mashqlaringizda muvaffaqiyatlarga boshlashi uchun ibodat qilaman. Men ushbu satrlarni masihiylik ezguligining bu muhim yuksalishiga sizlarni undash va da’vat etish istagi bilan yozmoqdaman. Ayni pallada krossovkamni kiyib, biroz yugurgan holda ibodat qilish istagidan o‘zimni zo‘rg‘a tiyib turibman.

Mana, ibodatgo‘y hayotingizni yo‘lga qo‘yib, unda muvaffaqiyatga erishmog‘ingiz uchun bir qancha maslahatlar.

  • Eng kichigidan boshlang. Doimiy ibodatgo‘y hayotingiz har safar buzilganida, kuniga bir necha daqiqa vaqtingizni ibodatga bag‘ishlab, uni tiklashga harakat qiling.
  • Eng asosiysidan boshlang. Eng avvalo, o‘zingizning ruhan ulg‘ayishingiz haqida ibodat qiling. Agar oilali va farzandli bo‘lsangiz, ana shu haqda ibodat qiling. Xudodan oila boshlig‘i vazifasini bajarishingiz uchun kuch–quvvat so‘rang.
  • Ehtiyojingiz uchun ibodat ro‘yxatini tuzing. Bu ehtiyojlarni oddiy kartonga yoki maxsus daftarga yozish mumkin. Ro‘yxatga siz ibodat qilmoqchi bo‘layotgan yaqin odamlaringizning ismlarini va ehtiyojlarini kiriting. Bu odamlar va ularning ehtiyojlari haqida doimiy ibodatda bo‘ling. Agar shu maqsadda daftar tutgan bo‘lsangiz, undagi ehtiyoj uchun ibodat so‘zlarini kartochkaga yozib, qayoqqa chiqsangiz ham yoningizda olib yurishingiz hamda yo‘l–yo‘lakay yaqin odamlaringiz va ularning ehtiyojlari uchun ibodat qilishingiz mumkin.
  • O‘zingizda ibodat ko‘nikmasini shakllantiring. Ibodat san’atini bir kunda o‘zlashtirib bo‘lmaydi – buning uchun vaqt va makon zarur. Bu ruhiy mashg‘ulotni har kuni bajaring.
  • Xudodan donolik so‘rang. Undan nima haqida va qanday ibodat qilishni ko‘rsatishi haqida so‘rang (qarang. Rim. 8:26–27).
  • Xudo marhamatining samarasidan bahramand bo‘ling. Xudoning taxtiga ibodatingizni yo‘llang va ibodatlaringizga javoban Xudo bergan marhamatdan rohatlaning.

Aziz birodar, Xudoning irodasini bajarib, Unga hamisha manzur bo‘lishni va atrofingizdagi odamlarning hayoti yaxshilanishi uchun ularga ham shunday ta’sir qilishni istaysizmi? Agar shunday bo‘lsa, ibodatsiz buni eplay olmaysiz. O‘zingizning ibodatli urinishlaringizga javoban marhamat samarasidan bahramand bo‘lishni boshlasangiz, bu marhamatlarning mo‘l–ko‘lligidan va turli–tumanligidan hayratga tushasiz. Yozuvchi Terri Glaspi kitoblaridan birida shunday degan: «Ibodat… – ruhan ulg‘ayishimizning muhim jihatlaridan biridir. Mutlaqo ishonch bilan aytish mumkinki, ruhan ulg‘ayadigan masihiylar – ibodat qiladigan masihiylardir»3.

Xullas, aziz birodar, Xudoning qalbiga mos erkak hayotida ko‘rinib turishi kerak bo‘lgan ezguliklar nihoyatda ko‘p va ular haqidagi suhbatimizni navbatdagi bobda davom ettiramiz. Biroq avvalo, Xudoning qalbiga mos erkak deb atalishga munosib bo‘lgan erkakning ruhiy qiyofasi haqida nimalarni bilib olganingizni bir eslab ko‘raylik. Bunday odamning qalbi...

  • Xudoni Najotkor sifatida biladi;
  • Xudoning Kalomini sevadi;
  • Xudoga bo‘ysunadi;      
  • ibodat qiladi.

Men sizlarni hoziroq Xudoga ibodat orqali yuzlanishga va Undan sizga shunday qalb in’om etishini so‘rashga da’vat etaman!

Imon erkaklari

O, yetishmas bizga qanchalar

Halollik bilan tanilgan zotlar,

Faqat Xudo bilan yashayotganlar! –

Ana ular – hukm, or–nomus erlari,

Yolg‘on so‘zlar chiqmas og‘izlaridan,

Qalblarida esa – dushmanlik, qasos,

Yovuzlik, soxtalik, shuhratparastlik.

Bu erkaklar esa hamisha tayyor

Dunyo bilan jang, kurashlarga,

Gunoh zanjirlarin parchalamoqqa,

Imon bilan olamni egallamoqqa;

Botmay qo‘rquv va shubhalarga

Shon–sharaflab najot yo‘llarin,

Gunohlardan qilgancha hazar,

Samolarga ko‘tarilmoqqa.


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак