Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) 19 bob

Жим Жорж. Худонинг қалбига мос эркак (3 қисим. 19 боб) Китоб Ўзбек тилида 

Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) O‘zbek tilida Audiokitob 

 

MUNDARIJA

I qism. Xudoni izlang

01. Qalbingiz nimani istaydi?

02. Imonda ulg‘ayishni istang.

03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?

04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?

05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi)

II qism. Xudoning xohishini bajaring.

06. Rafiqangizni seving

07. Rafiqangizni seving (Davomi)

08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.

Farzandlaringiz

09. Farzandlaringiz

10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.

Mehnatingiz

11. G‘ayrat bilan mehnat qiling

12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.

13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi)

Jamoatingiz

14. Jamoatingizni seving

15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling

Masih haqidagi guvohligingiz

16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating

17. Ko‘priklar o‘rnating

III qism. Xudoning rejasi

18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.

19. «Sodiq odamlarga yetkazing»

Xotima


Siz «o‘t o‘ruvchi mashina»mi yoki «bog‘bonmisiz»?

Sizning hayotingiz o‘z o‘tlog‘ini parvarish qiladigan, ammo o‘tlog‘i anchadan buyon qarovsiz yotgandek ko‘rinadigan odamning hayotiga o‘xshaydimi?

Yoki hayotingiz nihol ekadigan, har yili hosil beradigan daraxtlari o‘zidan ham ko‘proq yashaydigan bog‘bonning hayotiga o‘xshaydimi?

Jim Jorj

19. «ISHONCHLI ODAMLARGA TOPSHIRGIN»

Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan.

Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor,

ishonchli odamlarga topshirgin.

2 Tim. 2:2

Men hududimizdagi jamoatda cho‘pon yordamchisi bo‘lib xizmat qilganimda, boshqa vazifalar bilan bir qatorda, kimdir qo‘ng‘iroq qilishi yoki yordam so‘rab kelishi ehtimoli borligi uchun, jamoatda bo‘lib turish vazifasi ham topshirilgandi. “Kun cho‘poni” bo‘lib turganim ana shunday kunlardan birida mahalliy dafn byurosidan qo‘ng‘iroq qilishdi. Mendan dafn marosimini o‘tkazish uchun cho‘pon yuborishimni so‘rashdi. Men dafn marosimida ishtirok etadigan barchaga Masih haqida gapirib berish imkoniyati tug‘ilganidan xursand bo‘lib, borishga rozi bo‘ldim.

Belgilangan kunda qabristonga yetib keldim. Ko‘mish joyi tayinlangan joyda ancha uzoq kutib qoldim. Va nihoyat, faqat bittagina mashina keldi. Undan ayol kishi chiqdi va oldimga kelib dedi: «Buni tezroq tugata qolaylik. Bugun boshqa ishlarim juda ko‘p!» Uning jahl va nafrat ohangida aytgan gapidan bir muddat karaxt ahvolga tushdim. O‘zimga kelgach, undan nega dafnga boshqa hech kim kelmaganini so‘radim. U qisqacha jumlalar bilan tez javob qaytardi: «Erim butun hayoti mobaynida odamlardan foydalangan. Uni faqat shaxsiy manfaati qiziqtirardi. U bilan xayrlashishga hech kimning kelmaganidan hayron bo‘lmang. Erim doimo boshqa odamlarga tupurib qo‘ygandek edi, mana, qarang, uning o‘ziga ham o‘shanday munosabat qaytdi».

Oh–ho! Mana shunday telefon qo‘ng‘iroqlari ham bo‘larkan–a! Aziz birodar, hayotingiz behuda o‘tishiga yo‘l qo‘ymang! Odamlar uchun yaxshi ibrat ko‘rsatishga bor kuchingizni bag‘ishlang. Hayotingiz tajribangizni «ishonchli odamlarga» uzating. Yonigizda bo‘ladigan odamlar hayotida ishtirok etganingizda, harakatlaringiz hozirda ham, kelajakda ham yorqin orzuingizdagi ezgu samaralar beradi!

Tarixdagi buyuk Ustoz

Biz avvalgi bobda Xudoning hayotingiz uchun belgilagan muayyan maqsadi borligi haqida gapirib o‘tgandik. Ushbu maqsadning bir qismi bilim va tajribalarni “ishonchli odamlarga topshirish”dan iborat. Asosiy usullardan biri yordamida – murabbiy yoki ustoz bo‘lib – bunga erishish mumkin, ana shunda sizning ta’siringiz uzoq muddat davom etadi. Shuningdek, men ulkan miqdordagi odamlar hayotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan havoriy Pavlusning hayratomuz ibrati haqida ham gapirib o‘tgandim.

Keling, ana endi tarixdagi eng buyuk Ustoz – Iso Masihning odamlarga ko‘rsatgan ta’siri haqida gaplasha qolaylik. Ammo dastlab bir qancha dalillarni keltirib o‘tsam. Iso birorta ham kitob yozmagan. U hech qachon sayohat qilmagan – amalda uyidan hech qachon yiroqlashib ketmagan. U uch yilga yaqin vaqtini o‘n ikkita erkaklar bilan birga o‘tkazgan. Ulardan biri, Yahudo, ishonmagani uchun Ustozga xiyonat qilib o‘lim topgan va havoriy Pavlus murabbiylik qila boshlagan. Bu o‘n ikkita erkak, Pavlus ham ular orasida, garchi ularni kimlardir “xalqni buzuvchilar” (qarang: Havoriylar17:6) deb atashsada, Isoning najot haqidagi xabarini «er yuzining hamma burchaklariga» (Havoriylar 1:8) tarqatishgan. Iso qanday qilib olamga bunchalik ulkan ta’sir ko‘rsata oldi?

 Robert Kolman «Xushxabarchilikning asosiy rejasi» nomli ajoyib kitobida Isoning O‘z shogirdlariga bergan tarbiya jarayonini tasvirlaydi. Men o‘zim ham janob Kolmanning o‘z kitobida taklif etgan fikr–mulohazalarini o‘qib, amalda qo‘lllach, uning shogirdiga aylanganman. Kolman Isoning hayoti va xizmati haqidagi bilimlarini o‘z o‘quvchilariga yetkazganidan minnatdorman. Ushbu kitob menga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Men muallif Isoning ustozlik jarayonini tahlil etgan holda, ajratib ko‘rsatgan sakkizta bandni qisqacha ravishda taqdim etmoqchiman. Men mazkur bandlarni ayrim kitoblarimda keltirib o‘tganman, ammo siz ham ularni kimdir bilan baham ko‘rishingiz uchun hech ikkilanmasdan yana takrorlayman.

1. Puxta tanlov. Iso ibodat qilib, O‘ziga o‘n ikki kishini tanlab oldi. Xaloskor inson tanasidagi Xudo bo‘lishiga qaramay, har bir odamning qalbida nima yashirin ekanini bilardi. U o‘n ikki odamni tanlab olishidan avval tun bo‘yi Otaga ibodat qildi. Bu odamlar Isoning o‘limigacha U bilan birga bo‘ldilar.

«Sodiq odamlarga yetkazgin». «Tanlov jarayoni» agar oilangiz va ta’sir doirasi bo‘lsa, sizga ancha osonlik bilan beriladi. Xudo sizga rafiqa va hoynahoy, farzandlar ham bergandir. Endi sizning vazifangiz – ularning hayotiga salmoqli ta’sir ko‘rsatib, ta’lim–tarbiya berishdir. Oilangizdan tashqari, jamoatingizda qo‘llab–quvvatlash va o‘qib–o‘rganishga muhtoj erkaklar bo‘lsa kerak. Xudodan sizga ulardan qaysi biriga xizmat qilib, ushbu kitobdan va boshqa odamlardan olgan bilimlaringizni baham ko‘rishingiz mumkinligini bildirishini so‘rab, ibodat qiling.

2. Samimiy murojaat. Iso shogirdlari uchun ko‘p vaqtini ajratgan. U shogirdlarini tanlab, bu olam uchun ajratilgan vaqtining katta qismini ular bilan birga o‘tkazgan. Iso shogirdlari Uning kimligini bilishlarini, Uning odamlarga bo‘lgan sevgisiga guvoh bo‘lib, Uning sevgisini o‘zlarida his etishlarini istagan.

«Sodiq odamlarga yetkazgin». Men «Xudo qalbiga mos ota” asarimda bolalar tarbiyasiga oid sevimli matalimni keltirib o‘tganman: «Ta’sir ko‘rsatish – munosabatlar mevasi». Agar farzandlaringiz o‘qishini istasangiz, eng avvalo o‘zingiz ularning yonida bo‘lishingiz kerak. Ular sizga qayerda va qachon muhtoj bo‘lsalar, yonlarida bo‘lishingiz lozim. Siz faqatgina bolalaringizning musobaqa yoki tadbirlarida qatnashib, shuning o‘zi yetarli deb hisoblamang. Siz Isodan o‘rnak olib, o‘zingizni butunlay oilaga bag‘ishlang. Ushbu qoidani siz har qanday odamga nisbatan qo‘llashingiz mumkin: «Ta’sir ko‘rsatish – munosabatlar mevasi».

3. Zaruriy itoat. Iso O‘z izdoshlaridan itoatni talab etgan va O‘ziga shogirdlar tanlashi uchun talaygina vaqt kerak bo‘lgan. Iso O‘zida saboq olishga tayyor bo‘lgan odamlarni izlagan. U o‘qishni istaganlarni, o‘z Ustoziga itoat qilishga mushtoq va tayyor bo‘lganlarni izlagan.

«Sodiq odamlarga yetkazgin». Kimning idishi to‘la bo‘lsa yoki idishini to‘la deb o‘ylayotgan bo‘lsa, o‘shaning idishini to‘ldirib bo‘lmaydi. Boshqalarga o‘zlari qabul qilishni istayotgan narsani berib bo‘lmaydi. O‘zini hamma savollarga javob berishga qodir deb o‘ylaydigan odamni o‘qib–o‘rgatib bo‘lmaydi. Agar farzandlaringiz bo‘lsa, siz ularni eng avvalo itoatga o‘rgatishingiz lozim. Nega? Negaki itoat – bu bilim sari birinchi qadamdir. Buning teskarisi ham to‘g‘ri. Agar siz o‘z bolalaringizga hurmat–e’tiboringizni osongina puchga chiqarishlariga izn bersangiz, ular oiladan tashqarida o‘qituvchilari va murabbiylariga ham dag‘al munosabatda bo‘lishadi. Bolalaringiz itoatga kelgandagina, boshqa odamlarning pand–nasihatlariga, maslahat va tajribalariga e’tiborli bo‘lishadi. Bu sizga ham taalluqli: Siz hukumat oldida, xususan, Xudoning hukumati oldida bo‘ysunishni uddalay olasizmi? Ustozingizning o‘gitlariga qancha osonlik bilan bosh egasiz? Uni tinglashga, anglashga va itoat qilishga tayyor bo‘lsangiz, bu holda ustoz bo‘lish va sizga taqlid qilishlari uchun ajoyib ibrat ko‘rsatgan bo‘lasiz.

4. Bilimlarni yetkazish. Iso toki o‘limiga qadar O‘zidagi borini boshqalarga bergan. O‘n ikkita shogird odamlarga Kim ularni sevgani va gunohlari uchun o‘lgani haqida aytib berish uchun “er yuzining hamma burchaklariga” borishga tayyor bo‘lganlaridan taajjublanmasa ham bo‘ladi.

«Sodiq odamlarga yetkazgin». Ishonchim komilki, siz oilangiz uchun o‘zingizni qurbon qilishga tayyorsiz. Biroq Iso sizdan oilangiz uchun jon berishingizni so‘ramagan. U oilangiz uchun yashashingizni so‘ragan! U oilangiz Xudoni anglashda o‘sishi uchun har kuni kuchini va vaqtini qurbon qiladigan er ham hamda ota bo‘lishingizni so‘ragan. Bu jamoatdagi birodarlar o‘rtasida murabbiylik qilishga ham taalluqli. Agar odamlarga ta’sir ko‘rsatishni istasangiz, kuchingiz va vaqtingizni sarflashingizga to‘g‘ri keladi.

5. Shaxsiy ibrat. Iso taqvodorona hayotga namuna ko‘rsatgan. U tana bo‘lgan Kalom edi (qarang: Yuhanno 1:14). U aytgan har bir so‘z ilohiy ruhga to‘la edi. Uning har bir harakati qandaydir hayotiy vaziyatga nisbatan Xudoning javobi bo‘lgan. Isoning shaxsiy ibrati Uning shogirdlari hayotini shakllantirgan qudratli vositaga aylangan.

«Sodiq odamlarga yetkazgin». Siz Iso kabi gunohga botmagan hayotni yashab o‘tolmaysiz, ammo sizning taqvodorlikka bo‘lgan doimiy intilishingiz yaqinlaringizning va siz imonga yetaklaydigan odamlarning hayoti shakllanishida qudratli vosita bo‘lishi mumkin. Odamlar sizning qaysidir darajadagi harakatlaringizni kuzatib, hech bo‘lmaganda ham so‘zlaringizni tinglashadi. Siz ham mana bu matalni eshitganingizga ishonaman: «Yuz marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan afzal». Shu bois, odamlarga sevishni o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz, ularga sevgi bilan yondashing. Agar siz ularni o‘zlarini boshqarishga o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz, gaplaringizni nazorat qilishni, ishtahangizni tiyishni va jahlingizni (g‘azab va besabrlikni) bosishni o‘rganing. Atrofingizdagi odamlar hamisha – yaxshi va yomon kunlarda ham – sizda Masihning shogirdini ko‘rishlari lozim.

6. O‘z vakilligini topshirish. Iso O‘z shogirdlarini boshlagan ishiga jalb etgan. U O‘z hayoti bilan ibrat ko‘rsatibgina qolmay, balki ta’lim berib, o‘z navbatida ularga ham boshqalarni o‘qitish vazifasini topshirgan. Iso O‘z xabarini shogirdlariga topshirgan, keyinchalik esa shogirdlar tayyor bo‘lishganida, ularning o‘zlari bu xabarni yetkazishda davom etdilar.

«Sodiq odamlarga yetkazgin». Mana, yana bir matal: «Odamga baliq bersang bir kun qorni to‘q bo‘ladi; odamga qarmoq bersang butun umr qorni to‘q bo‘ladi». Biz kimgadir saboq berib, murabbiylik qilganimizda, uni “baliq ovlashga” o‘rgatamiz. Ammo ko‘pincha otalar bolalarga topshirilgan ishni mustaqil o‘zlari tugatishlarini o‘rgatish o‘rniga, sabrlari chidamay, o‘zlari bajarib qo‘ya qolishadi. Bahslashmayman, ish bajarildi, ammo bolalar bundan ko‘p narsani ham o‘rganib olishmadi. Murabbiylikda ham shunday: odamlar amaliyotda o‘zlashtirib olishadi, shu bois ularga masihiy bo‘lish nimani anglatishini ko‘rsating. Ularga masihiylik mavzusidagi biror saboqni yoki amaliy ko‘nikmani hayotda qo‘llashlariga imkon bering.

 

7. G‘amxo‘rona kuzatuv. Iso O‘z shogirdlarining muvaffaqiyatlarini kuzatib borgan. U shogirdlariga vazifani bajarishlari uchun muayyan muhlat bergan. «Havoriylar qaytib keldilar va qilgan hamma ishlarini Isoga aytib berdilar. Iso faqatgina havoriylari bilan vaqt o‘tkazmoqchi bo‘lib, ularni Baytsayda shahriga olib ketdi» (Luqo 9:10). Iso O‘z shogirdlari haqida jon kuydirgan, shu bois ularning xizmatga qaytib kelishlari Uning uchun muhim bo‘lgan.

«Sodiq odamlarga yetkazgin». To‘g‘ri ta’lim berish murabbiydan ko‘rib–kuzatib borishini talab etadi. Havoriy Pavlus ko‘p yillar mobaynida Timo‘tiy va Titus bilan birga ishlagan. Bu kabi murabbiylik sizdan ustoz yoki ota–ona sifatida uzoq muddatlik jarayonni talab etadi (uni marafon deb aytish ham mumkin!). Masalan, ko‘plab ota–onalar bolalarini juda barvaqt nazorat qilmay qo‘yishadi. Kimdir farzandi o‘smirlik yoshiga yetganida hayotiga ralashmay qo‘yadi, boshqa birov esa o‘z bolalarini maktabni tugatganidan so‘ng o‘z holiga tashlab qo‘yadi. Bolalar hayotidagi bu ikkala bosqich ham – o‘ziga xos initsiatsiya marosimi, ammo farzandingiz toki siz bilan bir uyda yashar ekan yoki uning o‘qishi va mashg‘ulotlari uchun to‘lov qilar ekansiz, unga ko‘z–quloq bo‘lib turishingiz lozim. Toki o‘rinli bo‘lar ekan, ota–onalik vazifangizni ado eting. Siz – oilani boshqaruvchisiz, bu esa Xudo oldida o‘z yaqinlaringiz uchun javobgar ekaningizni anglatadi. O‘z majburiyatlaringizni bajarish uchun siz halol va serg‘ayrat nozir bo‘lishingiz lozim.

Siz ta’lim berayotgan erkaklarni ham juda tez fursat ichida nazoratsiz qoldirish to‘g‘ri emas. Siz ular bilan Xudoning Kalomi asos bo‘lib xizmat qiladigan mustahkam munosabatlar o‘rnatishingiz kerak. Saboq jarayoni yakunlanganida, ular har qanday kurashda dadil turish va g‘olib chiqishda yordam beradigan barcha zaruriy bilimlarga ega bo‘ladilar.

8. Shogirdlarni ko‘paytirish. Isoning shogirdlaridan yangi shogirdlarni yetishtirish nazarda tutilgan. Iso ularga amr etgan: «…borib, barcha xalqlardan shogird ottiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar» (Matto 28:19–20). Shogirdlar Isoning tirilgani haqidagi Xushxabarni yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqalarni topishlari kerak edi.

«Sodiq odamlarga yetkazgin». Ustozlik va shogirdlikning maqsadi kartotekalarni qandaydir qaydlar va belgilar bilan to‘ldirish yoki kitob javoningizni o‘zingiz o‘qigan kitoblarga to‘ldirib tashlab, ulardagi bilimlarni o‘zlashtirib olmaslik va boshqalarga yetkazmaslik degani emas. Xuddi jismoniy reproduksiya avlodlar davom etishini ko‘zlagani kabi, ustozlik ham axborot, falsafa yoki hayot tarzi imkon qadar ko‘proq odamlarga yetkazilishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Agar ushbu asar siz hayotingizda o‘qiydigan yagona asar bo‘lsa, burchingiz – undan olingan ma’lumotlarni boshqa odamlarga yetkazishdir. Agar ushbu kitob siz uchun hayotingizda eng muhimi nima ekanini tushunishingizga yordam bersa, boshqa erkaklar ham undan foydalanib, bu bilimlarni boshqa odamlarga yetkazishlari uchun ham bu haqda gapirib berishingiz shart.

Imkoniyatlar izlab

Bir insonning hayoti boshqa ko‘plab odamlar hayotiga ta’sir qilishini anglaganimdan boshlab, nimanidir bilib olsam, hamisha boshqalarga ham yetkazishga urinaman. Men sizning ham shunday yo‘l tutishingiz uchun ibodat qilaman. Bundan umidvorman ham. Hayotingiz behuda o‘tishiga yo‘l qo‘ymang: siz kimlar uchundir muayyan maqsadda ijobiy ibrat ko‘rsatadigan insonga aylaning. Buni anglaysizmi–yo‘qmi, ammo odamlarga ko‘p narsalar berishingiz mumkin. Sizda saboq chiqarish mumkin bo‘lgan qandaydir – yaxshi va yomon – tajriba bor. Hayotingizdagi yaxshi tajribalarni baham ko‘ring, yomonlaridan saqlaning. Siz shu tariqa o‘zingizdan meros qoldirasiz, ya’nikim…

Rafiqangizga. Agar uylangan bo‘lsangiz, sizga jisman, qalban va ruhan yaqin kishingiz – rafiqangizni o‘rgatishdek ajoyib imkoniyatlardan biri beriladi. Vafot etishingizdan avvalroq hayotingiz uning uchun taqvodorlik namunasiga aylanishiga harakat qiling. Men niman nazarda tutyapman? Ayolingiz sizni ruhan kuchli erkak, uni jonini fido etadigan darajada sevadigan, hayotini unga va farzandlariga bag‘ishlab, butun umri mobaynida unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan inson sifatida eslab qolsin. U sizni yaqinlari uchun jon kuydiradigan inson sifatida yodida saqlasin. Sizni qachondir qurilgan va har o‘tayotgan yilda tobora kuchli yorug‘lik taratadigan yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq, ruhan kuchli inson namunasi sifatida eslab qolishi uchun barcha zarur ishlarni hozirdanoq boshlay qoling.

Farzandlaringizga. Ammo xotiningiz uchun siz ustoz emas, balki hamkor bo‘lib qolasiz, bolalaringiz uchun esa – hayotingizdagi eng muhim odamlar uchun – siz chindan ham ustoz bo‘lishingiz mumkin. Aslida, faqat birgina avlod masihiylikni yakun topishdan ajratib turibdi. Kim keyingi avlod uchun masihona hayotning namunasi bo‘ladi? Bolalaringiz. Mana nima uchun vazifangiz – ularga Iso Masih haqidagi haqiqatni yetkazish, shuningdek, ularga o‘rgatish va shaxsiy ibrat orqali Uning uchun yashash qanday ekanligini ko‘rsatish. Yodingizda bo‘lsin, siz bolalaringizni abadiyatda asrab qololmaysiz – bu Xudoning vazifasi, – ammo siz bolalaringizga Najotkorni tanitadigan inson bo‘lishingiz mumkin. Ular uchun masihiylik namunasini ko‘rsating. Qonunlar kitobining 6:6–7 oyatlarida bunga qanday erishish haqida aytilganligini yoddan chiqarmang.

Masihdagi birodarlaringizga. Xudo hamisha oilangiz manfaatlarini yuqori o‘ringa qo‘yishingizni istaydi, ammo xotin va bolalaringiz bilan bir qatorda, yaqinlaringizni, masalan, Masihdagi birodarlaringizni o‘qib–o‘rgatishingiz uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. 2 Tim. 2:2 oyati – men Muqaddas Kitobdan hayotda foydalanib turadigan oyatlardan biri. Mana u:

Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin.

Sizga shunday qilishingizni qat’iy tavsiya etaman. Oilangiz bor–yo‘qligidan qat’iy nazar, siz boshqa erkaklarni o‘qib–o‘rgatishga da’vat etilgansiz. Siz imonga olib kelishingiz mumkin bo‘lgan odamlarni doimo izlashingiz zarur. Xuddi Pavlus Timo‘tiy va Titning yonida turib, ularning Masihni anglashda ulg‘ayishlarini nazorat qilib turgani kabi, siz ham o‘zingizni bunga bag‘ishlashingiz kerak. Masihdagi birodarlaringizga jamoatdagi xizmatlari mobaynida barcha kuch–quvvatlarini kashf etishlariga yordam bering. Asarim boshida meni Masihga xizmat qilish va imonda ulg‘ayishimda ruhlantirib, saboq bergan jamoatimizdagi ayrim ruhan kuchliroq erkaklar haqida gapirib o‘tgandim. Ularning ibratidan namuna olib, keyinroq o‘zim boshqa odamlarga yetkazganman. Agar siz kimdir uchun ustozlik qilishga o‘zingizni haqli deb hisoblamasangiz, sizga murabbiylik qiladigan boshqa kishini toping. O‘zingiz mustahkamlanib olganingizdan so‘ng esa, nimani o‘rgangan bo‘lsangiz, ana shu donolikni imondosh birodarlaringizga yetkazing.

Atrofingizdagilarga. Jamiyatdagi hayotingiz – Iso Masihga yaqin bo‘lishning ajoyib imkoniyatidir, zero atrofingizdagi ko‘plab odamlar orasida siz – yagona masihiysiz. Ular masihiylarni televizor orqali ko‘rishlari, gazeta yoki Internetda o‘qishlari mumkin, ammo ko‘pincha masihiylar unda yoqimsiz tarzda ko‘rsatilishadi. Vaholanki, siz ularga anchayin yaqin tanish masihiy bo‘lishingiz mumkin. Xo‘sh, ular sizga boqib, nimani ko‘rishadi? Atrofingizdagi olamga qat’iy ta’sir ko‘rsatishning usullaridan biri – shunday qilingki, bu sizgacha bo‘lgan nimadir endi yaxshiroq bo‘lib qolsin. Agar yerda yotgan qog‘ozni ko‘rsangiz, uni ko‘tarib, axlat qutisiga tashlang. Agar sizga nimadir berishsa, “rahmat” ayting. Agar kimdir yordamingizga muhtoj ekanini ko‘rib qolsangiz, ko‘maklashing. Ma’nosini ilg‘ab oldingiz–a. Har qanday uchrashuv, har qanday vaziyat Masih sevgisini namoyon etishingiz va odamlarga yaxshiroq – mehribonroq bo‘lishlariga yordam ko‘rsatishingiz uchun sabab bo‘lsin. Kolosaliklarga maktubning 3:17 oyatida buyurilganidek: «Nimaiki qilsangiz ham, gapirsangiz ham, hammasini Rabbimiz Iso nomidan qilib, U orqali Otamiz Xudoga shukrona aytinglar»

O‘zidan meros qoldiradigan erkak

Sizdek inson hayotida mazmun–ma’no bo‘lishni xohlamasligiga, Xudoda uning uchun buyuk reja borligiga ishonmasligiga va o‘zidan keyin qandaydir meros qoldirishni istamasligiga bir lahza ham ishonmayman.

Men ishonaman, siz…

  • hayotingiz mazmunga ega bo‘lishini istaysiz;
  • oilangizga, jamoatga va yaqin atrofingizdagilarga o‘zingizdan so‘ng salmoqli meros qoldirishni istaysiz;
  • sizni Masihning imondagi qat’iy shogirdi deb bilishlarini istaysiz;
  • Xudoni sevasiz va qalbingizda bu sevgini yaqinlaringizga ulashish istagi yonmoqda.

Siz aynan shunday inson bo‘lganingiz bois, zamondoshlaringizga sezilarli ta’sir ko‘rsatishingizga yordam beradigan va ehtimol, kelajak avlod taqlid qilishi uchun namuna bo‘ladigan bir qancha qoidalarni – men ularni kitobimda avval keltirib o‘tganman – sizlarga eslatib o‘tmoqchiman:

  • Doimo imonda ulg‘aying.
  • Sevuvchi er va fidoyi ota bo‘ling.
  • O‘z kasbiy malakasini doimo takomillashtirib boradigan tirishqoq ishchi bo‘ling.
  • Hamisha qo‘llab–quvvatlab, dalda beradigan inson bo‘ling.
  • Odamlarga xizmat qilishga tayyor bo‘ling.
  • Erkaklar uchun ustozlik qiling.
  • Hamma narsada sodiq bo‘ling.

 «Umrimiz kunlarini sanashni bizga o‘rgatgin…» ( Zabur 89:12)

Mazkur fikrlarning muallifi deya Billi Grem ko‘rsatilgan:

Bizning kunlarimiz hisob–kitobli. Hayotimizning asosiy maqsadlaridan biri oxirgi kunimizga tayyorgarlik bo‘lii kerak. O‘zimizdan keyin qoldiradigan merosimiz hayotda nimaga ega bo‘lganimizdan iborat bo‘libgina qolmay, hayotimizni qanday yashab o‘tganimiz bilan ham baholanadi. Xo‘sh, biz qanday tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak? Butun dunyodagi barcha odamlar sarf qiladigan, talab qilib va qayta foydalanib bo‘lmaydigan ulkan xarajatimiz – bu Xudo har kuni bizga beradigan vaqtimizni sarf qilayotganimizdir.


Книга на Узбекском языке: - Мужчина по сердцу Божьему (Жим Жорж)

В книге «Мужчина по сердцу Божьему» американский писатель Джим Джордж рассказывает о тех библейских принципах, которые помогают современным мужчинам — последователям Христа справляться с трудностями и возрастать духовно. Прочитав эту книгу, вы узнаете, каковы жизненные цели мужчины по сердцу Божьему и как ему следует строить свою жизнь, чтобы она наполнялась Божьими благословениями. А также в конце книги вы найдете практические советы по изучению Библии и годичный план ее чтения.

Автор этой книги указывает мужчинам путь к духовной зрелости и призывает стать, подобно Давиду, мужами по сердцу Божьему. Главное, что для этого нужно, — это искреннее желание исполнять волю Бога и угождать Ему, остальное — действие Божьей благодати. Автор убежден, если в вашем сердце будет гореть такое желание, вы непременно увидите благотворные перемены во всех сферах своей жизни.

…Нашел Я мужа по сердцу Моему…
который исполнит все хотения Мои.
Деян. 13:22



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак