Nikohdagi Baxtning 10 Retsepti (Josh Makdauell) 12 bob

Джош Макдауэлл. Никоҳдаги Бахтнинг 10 Рецепти - (12-боб) Узбек тилида

Nikohdagi Baxtning 10 Retsepti (Djosh Makdauell) Audiokitob Uzbek tilida.Книга на Узбекском языке

                         

MUNDARIJA

Kirish

1–BOB. SIZ SEVGI MUNOSABATLARIDAN NIMANI ISTAYSIZ?

2–BOB. BIRINCHI QAROR. Hayotda Xudoni birinchi o‘ringa qo‘yish

3–BOB. IKKINCHI QAROR. Men qanday bo‘lsam, o‘zimni shundayligimcha sevish va qabul qilish

4–BOB. UCHINCHI QAROR. G‘aroyib darajada sevimli bo‘lish. Birinchi qism

5–BOB. UCHINCHI QAROR. G‘aroyib darajada sevimli bo‘lish. Ikkinchi qism

6–BOB. TO‘RTINCHI QAROR. Ajoyib tinglovchi bo‘lish

7–BOB. BESHINCHI QAROR. Muloqot san’atini egallash

8–BOB. OLTINCHI QAROR. Qabul qiladigan, sadoqatli va doimiy sevgini namoyon etish

9–BOB. YETTINCHI QAROR. Kelishmovchiliklarni tezda hal etish

10–BOB. SAKKIZINCHI QAROR. Hamisha kechirish

11–BOB. TO‘QQIZINCHI QAROR. Oilaviy byudjetga jiddiy yondashuv

12–BOB. O‘NINCHI QAROR. O‘z tuyg‘ularining tozaligi va yorqinligini asrash


12–BOB. O‘NINCHI QAROR

O‘Z TUYG‘ULARINING TOZALIGI VA YORQINLIGINI ASRASH

Uning qirg‘oqlari yalang‘och, atrofi quruq va yoqimsiz. Uning achchiq suvi hayot manbai bo‘lolmaydi va chanqoqni qondirolmaydi. Uning nomi – O‘lik dengiz.

Qirg‘oqlarida hayot nafasi qaynagan savdo markazlari yoyilgan bu dengiz go‘zal o‘lkadagi boshqa dengizlarga o‘xshamaydi. Qalin sersuv o‘tlar bilan qoplangan yonbag‘irlar uni har tomondan o‘rab olgan. U Jalila dengizi deb ataladi.

O‘lik dengiz hayotga to‘la bu dengizdan nimasi bilan ajralib turadi? Biroviga har kuni Iordan daryosidan yangi suvlar kelib quyulsada, ammo chiqib ketishiga izn bermaydi. Suv harakatsiz va sokin bo‘lib qoladi. Bu – O‘lik dengiz. Boshqasiga ham suv kelib quyiladi, lekin u suvni chiqarib yuboradi. U suvni shimoliy tog‘lardan qabul qiladi va janub sari Iordan daryosiga buralib oqishiga izn beradi. Bu – Jalila dengizi.

Birovi hammasini qanday bo‘lsa shundayligicha qoldirib, hech narsani o‘zgartirmasdan harakatsiz turadi va o‘lib boradi. Boshqasi esa doimiy harakatda: oladi ham, beradi ham – u to‘laqonli hayot bilan va tozaligicha qoladi. Oilaviy hayotda ham xuddi shunday: siz olishingiz mumkin bo‘lgan o‘sha sevgini shunchaki qabul qilishingiz va sevuvchi munosabatlaridan lazzatlanishingiz mumkin, ammo unutmang: “hammasi qanday bo‘lsa, shunday bo‘laqolsin” tartibi ularni harakatsiz holatga tushirib qo‘yishi mumkin. SHunday yo‘l tutsangiz ular o‘lib ketishi hech gap emas. Biroq siz ikkalangiz ham nikohingizni yangilash yo‘lini topishga intilib, sevgini qabul qilib, uni berishingiz mumkin. SHunday yo‘l tuting va tuyg‘ularingiz hamisha pokiza va yorqin bo‘ladi.

SHoh Sulaymon sevgida saxiy va munosabatlarida tozalikni saqlaydigan odamlar haqida gapiradi:

“Ba’zilarning qo‘li ochiq, ammo boylik ko‘payaveradi. Ba’zilar haddan tashqari tejamkor, ammo qashshoqlashaveradi”.

Hikmatlar 11:24–25.

Avvalgi bobda men sizlarga Mark haqida aytib bergandim. Bu o‘sha, Syuzen bilan turmushi ma’nosiz va qotib qolganligini aytgan erkak. Markning o‘ziga shunday tuyulardi: u xotinini to‘liq o‘rganib olgan, u haqda bilish mumkin bo‘lgan hamma narsani biladi va turmush o‘rtog‘i endi zerikarli va qiziqarli emas. Ularning munosabati o‘lgan. Ammo Mark o‘ziga kelib, tuyg‘ularni hayotiy va yorqin tarzda saqlaydigan qoidalarga mahkam yopishib oldi. O‘z munosabatlarini toza saqlaydigan er–xotinlar hayotiy, rivojlanadigan aloqalarga oid qoidalarni muvaffaqiyatli amalga oshiradilar. Men shu o‘rinda qirq yildan ortiqroq Dottiga nisbatan toza va yorqin tuyg‘ularimni saqlashda o‘zim doimo foydalanib kelayotgan beshta qoidani keltirib o‘taman.

SEVGI MUNOSABATLARINGIZ USTIDAN MUNTAZAM ISHLANG

Xuddi aerobika kabi sevgi munosabatlari ham harakatchan. Ular rivojlanadi yoki harakatdan to‘xtaydi. Bu munosabatlar jonli, rivojlanadigan va barkamol bo‘lishi uchun, ular ustida hamisha izlanish kerak.

Endigina uylanganimda, Dotti bilan munosabatlarim o‘sib, mustahkam bo‘lishiga ishonardim. SHuningdek, sevgi aloqalarini hayotiy va to‘la kuch bilan saqlash mumkinligiga ishonchim komil edi, ammo o‘z tajribamda hali oilaviy hayotning har kunlik eskiliklarini sinab ko‘rmagandim. To‘yimizdan ko‘p o‘tmay, Tennessi shtati Universitetining uch yuzta ma’murlari va o‘qituvchilari oldida chiqish qilganligim yodimda. Odatimga ko‘ra birinchi daqiqalarning o‘zidayoq xotinim haqida ikki og‘iz fikrimni bildirib o‘tdim: men turmush qurganimizdan juda baxtiyorman, bizni oldinda, shubhasiz, baxtli hayot kutib turibdi.

O‘ttiz yoshlar atrofidagi bir yoshgina o‘qituvchi kutilmaganda gapimning yarmida bo‘lib, istehzoli ohangda so‘rab qoldi:

– Uylanganingizga qancha bo‘ldi?

– Olti oy, – javob berdim, u esa keyinchalik necha martalab eshitishimga to‘g‘ri kelgan shunday gaplarni aytdi: – Hali shoshmay turing! Ko‘ramiz, besh yillik oilaviy turmushdan keyin nimalar deb kuylar ekansiz!

Toki unashuvimizcha odamlarga sevgi sirlaridan gapirganimda, ular bir xil siyqasi chiqqan jumlalarni qaytarishardi: “Hali ko‘ramiz, unashtirilganingdan keyin nima derkansan!” Unashuvimizdan keyin esa, ularning izohlari o‘zgardi. “SHoshmay tur, – deyishdi ular, – uylanganingda ko‘ramiz ...”. Turmush qurganimizdan besh, o‘n, keyin esa yigirma besh yil o‘tgach, boshqacha gapirib qolishimni aytishdi.

Men bu odamlar xato qilayotganlariga ishonardim. Mening falsafamga ko‘ra, tajribali inson hayotda nazariyalarga asoslangan insondan ko‘ra ustunlikka ega edi. Va Tenessi shtati Universitetining nufuzli auditoriyasi oldida turganimda, go‘yo tajriba ustunligi o‘sha o‘qituvchining tarafida bo‘lgandek ko‘rinardi. Bu mening hayotimda javob berolmay qolgan kamdan kam vaziyatlardan biri edi.

Ana shunda orqa qatordan bir kishi turib, sahna tomon kela boshladi. U ko‘rinishidan yetmish yoshlar atrofida edi. Uning kim ekanligini bilmasdim. Keyin menga ma’lum bo‘lishicha, bu odam shu universitetning katta hurmatga sazovor professori, serg‘ayrat masihiy, sobiq davlat kotibi Din Raskning ukasi Rodjer Rask ekan.

U birinchi qatorga chiqib kelib ko‘zlarimga tik qaradi, so‘ngra menga gapirgan o‘qituvchi tomon o‘girilib shunday dedi: “Janob, o‘ttiz yillik nikohdan so‘ng hammasi hattoki yaxshiroq bo‘ladi!” Men tajribali insonlardan kimdir aytgan fikrlarimni tasdiqlagani uchun yengil tin oldim. Hozirda esa sevgi munosabatlari nikohda rivojlanishi va hattoki o‘sishi mumkinligini bilaman. Ayni vaqtda mening Dottiga bo‘lgan sevgim orzu qilganimdan ham chuqur va yaqinroq, biroq bu o‘z–o‘zidan bo‘lib qolgan emas, munosabatlarim ustida doimiy izlanmasam bunga erishib bo‘lmasdi. Ammo biz qirq yildan ortiq vaqt davomida buning ustida qanday ishladik? Sizga javob beraman: hayotimizning o‘nta qoidalari poydevorini shakllantirish uchun ikkalamiz ham birgalikda har kuni, kunma kun qarorlar qabul qildik. Ularni amalda muntazam qo‘llab bordik. SHu qoidalar bilan yashadik. Bu o‘z natijasini beradi. Mening munosabatlarim Dotti bilan barcha shu to‘rttala o‘n yillik davomida faqat chuqurlashib borganligi buning tasdig‘idir. Bu o‘nta qoidalarni munosabatlarimizga qo‘llab, mukammallikka erishganmiz, deb bo‘lmaydi, biroq biz buning ustida ishlashda davom etyapmiz. Sevgi aloqalaringizni shu o‘nta usullar bilan tarbiyalang, ana shunda his–tuyg‘ularingiz toza va yorqin holda, o‘sishda va chuqurlashib borishda davom etadi. Bu o‘rindagi asosiy holat – boshlaganlaringizni tashlamaslik va oldinga borishda davom etish. Keling, ushbu o‘nta qoidalarni takrorlab ko‘raylik.

  1. Xudoni butun qalbingiz va ruhiyatingiz bilan sevgan holda, sevgi aloqalaringiz ustida muntazam ishlang. U sizga yaqinlaringizdan eng yaqinini – turmush o‘rtog‘ingizni – beg‘araz, boshqa insonga yo‘naltirilgan sevgi bilan sevish uchun kuch beradi. Bu sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin tarzda saqlashingizga yordam beradi.
  2. Xudo tomonidan yaratilgan shaxs sifatida va U qabul qilganidek – o‘zingizni qanday bo‘lsangiz, shu tariqa sevish va qabul qilgan holda sevgi aloqalaringiz ustida muntazam ishlang. O‘zini beg‘araz sevish – bu turmush o‘rtog‘ingizni chinakamiga sevishingiz uchun bir shart. Bu sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin saqlashingizga yordam beradi.
  3. Umr yo‘ldoshingizning xavfsizligi, baxti va farovonligini o‘zingizniki kabi muhim darajaga ko‘targan holda, sevgi aloqalaringiz ustida muntazam ishlang. Kimni sevsangiz, uning qalb ehtiyojlarini qondiring. Bu sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin saqlashingizga yordam beradi.
  4. Sevimli insoningizning qalbi va gaplarini eshitishga doimo tayyor bo‘lib, o‘zingiz gapirib yuborishga shoshmagan holda, sevgi aloqalaringiz ustida muntazam ishlang. Bu sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin saqlashingizga yordam beradi.
  5. Muloqot san’atini egallang. Sevgan insoningiz bilan munosabatni qalb va ruhiyat ila qay tarzda yaxshiroq saqlashga diqqatingizni qaratgan holda, sevgi aloqalaringiz ustida muntazam ishlang. Bu sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin saqlashingizga yordam beradi.
  6. Turmush o‘rtog‘ingizga sevgi aloqalarini shartsiz qabul qilishingizni, sevgingiz sidqidildan ekanligini va siz hamisha uning yonida bo‘lishingizni ochiqdan–ochiq ko‘rsatgan holda, sevgi aloqalaringiz ustida muntazam ishlang. Bu sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin saqlashingizga yordam beradi.
  7. Kelishmovchiliklarni tezda hal qilgan holda, sevgi aloqalaringiz ustida muntazam ishlang. Bu sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin saqlashingizga yordam beradi.
  8. Umr yo‘ldoshingizga yetkazgan azobingizni tub–tubigacha his qilishga intilganingizdan so‘ng, uni hamisha kechirgan va undan kechirim izlagan holda, sevgi aloqalaringiz ustida muntazam ishlang. Bu sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin saqlashingizga yordam beradi.
  9. Xudo sizga bergan pul va boylikni boshqarishda turmush o‘rtog‘ingiz bilan hamkor bo‘lgan holda, sevgi aloqalaringiz ustida muntazam ishlang. Bu sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin saqlashingizga yordam beradi.
  10. O‘zingizni qulay his etgan damlarni qadrlab va umr yo‘ldoshingizning sevgiga yo‘g‘rilgan yordamini olib, shu bilan birgalikda, unga shu tariqa javob qaytarishni unutmagan holda, sevgi aloqalaringiz ustida muntazam ishlang. Bu sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin saqlashingizga yordam beradi.

Mana shu o‘nta qoidalar toki hayot tarzingizni shakllantirib bo‘lmagunicha, sevgi munosabatlaringiz ustida ishlashga intiling. Bu osonmi? Yo‘q, hayotda chinakamiga qadrli hech bir narsa mehnatsiz berilmaydi. Sevgingizni boyiting, ana shunda hayotning, to‘liq baxtning, mazmun va o‘zlikni tadbiq etishning samarasini ko‘rasiz.

 SHuningdek, men o‘zim ham anglaganimdek, tuyg‘ularni toza va yorqin saqlashga yordam beradigan yana bir qancha holatlar mavjud.

HAL BO‘LMAGAN HAMMA NARSANI O‘TKAZIB YUBORING

9 bobda men ixtiloflarni tezroq hal etishning zarurligi, munosabatlarni buzishdan ko‘ra nizolarni bartaraf etishning foydali ekanligi haqida fikrlarimni bildirib o‘tgandim. Albatta, bularning hammasi shunday. Sevgi aloqalarini mustahkamlashda kelishmovchiliklarni hal qilish o‘ta muhim, biroq barcha nizolarni ham qoyilmaqom tarzda bartaraf qilib bo‘lmaydi.

Yodingizda tuting, biz barchamiz – o‘zining hissiy og‘irligiga ega bo‘lgan nomukammal mavjudotlarmiz. Biz har bir ruhiy jarohatni o‘zimizga olamiz, shu bois bo‘lsa kerak, u yoki bu nizoni qanday hal etishni har doim ham tushunavermaymiz. SHunday hal etilmagan muammolardan biriga to‘qnashganimizda, uni o‘tkazib yuborishimiz lozim.

Dotti bilan mening munosabatlarimda yillar davomida yuzaga suzib chiqqan va hozirda ham qalqib turgan, ammo hal etilmasdan kelayotgan bir qancha kelishmovchilik holatlari mavjud. Ular biror masalada chindan ham muhim emas, biroq ularni to‘liq hal etish uchun ko‘p yillar va malakali maslahat olish uchun minglab dollarlar kerak bo‘ladi. Ular bizning munosabatlarimizga daxl qilmasligi uchun bu kabi muammolarning qoq o‘rtasiga yetib borish istagida shunchalik chuqur kavlashga ehtiyoj bormikan? Qandaydir jiddiy masalalarda shubhasiz bu to‘g‘ri, biroq aslo tartibga keltirib bo‘lmayotgan mayda–chuydalardan voz kechib qo‘ya qolgan ma’qul. Sevgi ana shunday yo‘l tutadi: “...bir–biringizni chin yurakdan yaxshi ko‘ringlar, – deydi Muqaddas Kitob, – CHunki sevgi ko‘p gunohlarni yuvadi” (1 Butrus 4:8).

 Bu siz hal etish yo‘lini topolmayotgan bahsli masalalarni xufya tarzda yashirib yurish kerakligini anglatmaydi. Bu kechirim va gina–kudratni chiqarib yuborishni anglatadi. Balki, umr yo‘ldoshingizga uning disfunksiyasi sizni qanchalik g‘azablantirayotgani shunchaki tushunarsizdir, shu bois ham u kechirim so‘ramaydi. Hal etilmagan barcha mayda–chuydalarni o‘tkazib yuboring, ularni ushlab qolmang. Ularni o‘zingizda saqlashingiz yoki tirikligicha ko‘mib qo‘yish kerak emas. Umr yo‘ldoshingizni barcha nuqsonlari va kamchiliklari bilan qabul qiling, shu tarzda seving va munosabatlaringizdagi ahamiyatsiz damlardan sakrab o‘tish uchun bir qarorga keling. Hozir shu kitobni yozayotganimda Dotti bilan oramizda vaqti–vaqti bilan yuzaga kelgan qisqa muddatli kelishmovchiliklarni eslash uchun xotiramga zo‘r berishga to‘g‘ri kelmoqda. Hamma gap shundaki, men ularni o‘zimdan o‘tkazib yuborganman va xotiramda saqlamayman. Bu tuyg‘ularimizni toza va yorqin saqlashning yana bir usulidir.

 MINNATDOR INSON BO‘LING

Bu uchta so‘z, “men seni sevaman”, ko‘p narsadan dalolat beradi. Biroq umr yo‘ldoshingiz bu aslida nimani anglatishini tushunsa va sizning har kunlik harakatingizda buning isbotini topsa, sizlar bir–birlaringizni o‘zlaringizga shunchalik yaqin hisoblaysizlar. Mazkur kitobning aksariyat qismida aynan qon va jonga haqiqiy sevgini qanday jo etish haqida gapiriladi. Aloqalarni chuqur hissiy darajada saqlash va rivojlantirishning usullaridan biri – minnatdorchilik bildirish, maqtov va hurmatdir. Boshqacha qilib aytganda, sizning sevgingiz minnatdor qalbdan hosil bo‘la qolsin.

Boshqa narsalar qatorida, men o‘z bolalarimga minnatdorchilik bildirish muhimligi hissini ham singdirishga intilganman. Men ularga eng katta gunohlardan biri noshukurlik ekanligini tez–tez ta’kidlab turganman. Minnatdor bo‘la olish – yorqin hayot kechirish va o‘z tuyg‘ularini pokiza holda saqlashning asosiy qoidasidir.

Turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatlaringizda minnatdor qalbni tarbiyalash – bu hayotingizdagi eng aniq jabhalarga qo‘shilgan ulkan hissadir. Olimlar minnatdorchilik hissining ijobiy foydasini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazishdi. Yaqinda Berklidagi Kaliforniya universiteti Deyvisdagi Kaliforniya universiteti bilan byudjeti 5,6 mln dollar bo‘lgan “Minnatdorchilik tuyg‘usi bilan bog‘liq ilm–fan va amaliyotni ommalashtirish” nomli uch yillik tadqiqotlar loyihasi asosida hamkorlikni boshladi. Loyihaning asosiy vazifasi – tibbiyot, ta’lim va tashkilotchilik jabhalarida hayotga minnatdorlik munosabatidan to‘liq foyda olishga qaratilgan minnatdorchilik amaliyotini targ‘ib etishdir.

Minnatdorchilik masalalari bo‘yicha yetakchi ilmiy mutaxassis, doktor Robert Emmons tasdiqlashiga ko‘ra, yuzlab tadqiqotlar bu holatning ijtimoiy, jismoniy va ruhiy jabhalardagi samarali ta’sirini hujjatlar asosida tasdiqlashdi. U qayd etadiki, minnatdorchilik amaliyoti:

  • Baxt va hayotdan qoniqish tuyg‘usini kuchaytiradi;
  • Xavotir va tushkunlik hissini kamaytiradi;
  • Immunitet tizimini mustahkamlaydi, qon bosimini tushiradi, kasallik alomatlarini yumshatadi, og‘riq va lohaslikka kamroq e’tibor qaratishga yordam beradi;
  • Ruhiy jarohatdan keyingi samarali tiklanishga yordam bergan holda bardosh hissini ko‘taradi;
  • Yaqin kishilar va umr yo‘ldoshi, do‘stlar bilan hissiy aloqa va yaqinlik tuyg‘usini mustahkamlagan holda, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilaydi.

Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelganki, biz o‘zimizda minnatdor bo‘lish hissini shakllantirganimizda, hayajonli vaziyatlarga tayyorlanish va har kunlik mashaqqatlarni hal etishga imkon beradigan foydali uslublarni ishlab chiqamiz. Minnatdor odamlar omadsizlik va hayotdagi salbiy holatlarga xotirjam yondashishga hamda muvaffaqiyatdan ko‘proq xursand bo‘lishga moyildirlar. Klinik ruhshunos doktor Melani Grinberg aytganidek, hayotga minnatdorlik bilan yondashuv “miyadagi ijobiy hislarni ishlab chiqarishga mas’ul bo‘lgan markazlarni faollashtiradi”. Minnatdorchilikning doimiy amaliyoti bosh miya neyronlarining faoliyat usulini o‘z holicha va ijobiy tarzda o‘zgartirishga qodir.

Xudoning Kalomi aytganlaridan hayron bo‘lishimizga hojat bormikan: “Har qanday sharoitda ham Xudoga shukur qilinglar, chunki sizlar, ya’ni Iso Masihga imon keltirganlar uchun Xudoning irodasi shudir” (1 Salonikaliklar 5:18)? U bizning hayotimiz quvonchga to‘la bo‘lishini istaydi. Minnatdor bo‘lish – sevgi aloqalaridagi haqiqiy quvonchni his qilish uchun asoslarning asosidir. “SHukrona ayting Egamizga, U yaxshidir! – deb hayqirgan zaburchi, – Uning sodiq sevgisi abadiydir” (Zabur 135:1).

Turmush o‘rtog‘ingiz qanday bo‘lsa, shu holicha – sizga sevgi bilan yondashayotganlari, ularning fazilati va fe’l–atvorining qirralari uchun – minnatdorchilik bildirishni o‘zingiz uchun qoida qilib oling. “Sen men uchun olamdagi eng muhim insonsan”, “sen meniki bo‘lganingdan juda baxtiyorman”, “sen hayotimga mazmun bag‘ishlaysan”, “hayotimga kirib kelganing uchun bag‘oyat minnatdorman”, “sen meni to‘ldirib borayapsan” va h.k so‘zlarni aytganingizda, “men seni sevaman”, degandek bo‘lasiz. Sevgan insoningizga minnatdor qalb imkon qadar tez–tez murojaat qilgani ma’qul.

HAZIL–MUTOYIBADAN LAZZATLANING

“SHod yurak – shifobaxsh dori...” (Hikmatlar 17:22). Hazil va undan tug‘iladigan kulgi salomatligingiz va sevgi munosabatlaringiz uchun foydalidir.

Ilmiy tadqiqotlar tasdiqlashicha, kulgi imunitet tizimini mustahkamlaydi, hayajon qo‘zg‘aydigan gormonlar darajasini pasaytiradi, muskullarni bo‘shashtiradi va hattoki yurak muskuli og‘rig‘ini bartaraf etadi. SHuningdek, insonning hissiyotli va shaxslararo muloqotiga kulgi foyda keltiradi, ya’ni tushkunlikni pasaytiradi, xavotir va zo‘riqish darajasini kamaytiradi, kelajakka ishonch va umidni kuchaytiradi, munosabatlarni yaxshilaydi, ixtiloflarni hal etishga yordam beradi va guruhlar ichidagi aloqalarni mustahkamlaydi. Biz Xudodan bunday in’omni bejiz olmaganmiz. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan jonli va doimiy quvonch bag‘ishlaydigan munosabatlaringizni saqlash uchun ulardan foydalaning.

Men oilaviy hayotimizda ba’zan asta–sekin zo‘riqish ko‘payib borayotganini his qilaman. Men va Dotti bilan o‘rtamizdagi munosabatlarda kim haqligini aniqlashtirish mana endi boshlanay deganda, ikkovimizdan kimdir biror hazil gapni aytib qoladi yoki mutoyiba qiladi, boshqamiz esa kula boshlaymiz. Zo‘riqish xuddi sovun pufagi kabi “yorilib” ketadi va biz nima sababdan asabimiz taranglashganini hattoki unutib yuboramiz. Hazil sharofati bilan asabbuzarlik yo‘qdek bo‘lib ketadi va biz birga ekanimizning yaxshi ekanligini tushunamiz.

Hayotingizga hazilni olib kiring va uni sevgi munosabatlaringizda doimiy hamroh qilib oling. Hattoki o‘z ustingizdan kulishga ham o‘rganing. Ba’zan biz ayrim hayotiy vaziyatlarni keragidan ortiq darajada jiddiy qabul qilamiz. O‘zaro hazillashishni o‘rganing. Umr yo‘ldoshingizning ustidan kulmang va uni masxara ostida qoldirmang – u bilan birgalikda hazillashing va hazillaringizdan birgalikda rohatlaning. Hazil san’atini qanchalik yaxshi egallasangiz, u shunchalik umidbaxsh darajada tuyg‘ularingizni toza va yorqin saqlashingizga yordam beradi.

JO‘SHQIN INSON BO‘LING

Ehtimol, siz shunday so‘z ifodasini eshitgandirsiz: “Turli–tumanlik hayotga maza beradi”. Nima ham derdik, bu holatda jo‘shqinlik – bunday xilma–xillikni harakatlantiruvchi kuchdir. O‘z turmush o‘rtog‘ingizni banogoh namoyon etgan sevgingiz bilan hayratda qoldirishdan to‘xtab qolmasangiz, bunday romantik ijodkorlik tuyg‘ularingizni toza va yorqin holda saqlashingizga yordam beradi.

Agar siz hayotni jo‘shqin ruh bilan ta’minlab turmasangiz, u qoloqlikka botishi, munosabatlaringiz esa odatiy, qulay, hattoki bir oz zerikarli bo‘lib qolishi mumkin. Sizning sevgingiz – bu sarguzasht. Sevgingizga bo‘lgan munosabatingiz esa doim ana shu tarzda davom eta qolsin.

Xafagarchilik doirasidan chiqish uchun qandaydir alohida, noodatiy fikrlash talab etiladi, axir siz uchrashuvga borganingizda, biroz telbanamo va harakatingizni avvaldan bilib bo‘lmaydigan bir oshiq bo‘lgandirsiz. Mayli, bu o‘ziga xos jinnivoylik ba’zan o‘zingizga qaytib tursin.

Allaqachonlar, hali 70–yillardayoq Mayamilik Marabel Morgan ismli bir uy bekasi “Mukammal ayol” deb nomlangan kitob yozgan. Uning oilaviy hayoti muvaffaqiyatli kechmagan, bu masihiy ayol Muqaddas Kitobga asoslangan holda oilaga oid masalalarning yechimini izlay boshlagan. Uning sevgi olovini yoqishda avvaldan bilib bo‘lmaydigan harakatlar va ochiq munosabatga oid bildirgan fikrlari kimlarnidir karaxt qilib qo‘yadigandek tuyulgan. SHu bilan birgalikda, u romantik ijodkor bo‘lish uchun bir qancha yangi g‘oyalarni taklif etgan. Mana ulardan biri:

Tong chog‘ida erim CHarli bugun uning uchun alohida qiyin kun bo‘lishini aytib qoldi. Uning ortidan eshik yopilganidan so‘ng, kun bo‘yi ko‘z oldimdan uning qayg‘uli qiyofasi ketmadi. Kechqurun u charchagan va horg‘in ahvolda bo‘lishini tushungan holda, ishdan qaytganida qanday qilib uni tetiklashtirish haqida o‘zimdan so‘radim.

Bir tajriba qilib ko‘ray deb cho‘milib oldimda, kaltagina pushtirang tungi kuylagimni va oq botinkamni kiydim. Tan olaman, ko‘rinishim ahmoqona edi, o‘zimni esa bundan ham ahmoqroq sezardim. Kechqurun CHarlini uyga kiritish uchun eshikni ochganimda, uning keskin javob harakatiga tayyor emas ekanman. Mening xotirjam, bosiq, og‘ir tabiatli erim menga qarab, qo‘lidagi keysni zinapoyaga tushirib yubordi va tushlik stoli atrofida meni quvlashga tushdi. U meni ushlab olganida esa, biz unutib yuborilgan romantik tuyg‘ular zavq–shavqidan o‘zimizni yo‘qotib qo‘yar darajada zo‘rg‘a nafas olardik.

Ehtimol, bu kabi jo‘shqinlik – siz uchun endi unchalik to‘g‘ri kelmas, biroq siz fikrimni tushundingiz. Nimadir yangi narsani sinab ko‘ring. Qalbingizning tub–tubidagi serzavq oshiqni uyg‘oting. U hali ham o‘sha joyda – faqat unga erkinlik berish kerak, xolos. Yomg‘ir ostida bir o‘ynab ko‘ring. O‘tlarni quchoqlab sirpaning. Avtoturargoh haqida eslang (men bu o‘rinda mashinalar turar joyida bo‘lganimizda, xotinim bilan mashinamiz ichida qizg‘in quchoqlashganlarimiz va o‘pichlarimizni eslayman). Kalomda faqat yotoqxona ichida jinsiy aloqadan lazzatlanish kerakligi qat’iy ko‘rsatib o‘tilmagan. O‘z jinsiy hayotingizni begona ko‘zlardan asrang, ammo ijodkorlikni ham unutib qo‘ymang.

Xotiningizni uning ko‘zlari rangiga mos keladigan gullar bilan hayron qoldiring, eringizni to‘shakdagi nonushta bilan hayratlantiring – xullas, munosabatlaringizda romantika va sarguzasht ruhini uyg‘otish uchun nima qilish kerak bo‘lsa, barini qiling. Jo‘shqin inson bo‘lish – bu o‘zida va sevimli insonida sevgi olovini yoqish uchun kutilmagan harakatlar qilish, yangi joylarni o‘rganish, o‘z doirasini kengaytirish demakdir. Jo‘shqin inson bo‘lish sizga tuyg‘ularingizni toza va yorqin holda asrashingizga yordam beradi.

Nikoh – siz butun umr sevimli insoningiz bilan birlashadigan sarguzashtlarga to‘la sayohatdir. Siz sevish va sevilish uchun yaratilgansiz. Xudo sizga kimni bergan bo‘lsa, o‘shani sevish uchun qaror qiling va hayotingizning har bir kunida ushbu qarorni ongli tanlovingizga aylantiring. SHunday yo‘l tutgan tarzda, siz o‘zi uchun sevgining asl sirlarini kashf etgan qoyilmaqom sevimli insonga aylanasiz.


Книга на Узбекском языке: 10 рецептов счастья в браке (Джош Макдауэлл)

Брачные обеты… на этом обычно заканчиваются любовные романы, но это не конец вашей любовной истории, а лишь начало совместного пути с любимым человеком. В этой книге знаменитый американский проповедник рассказывает о десяти решениях, принятых им ради того, чтобы сохранить свежесть и яркость чувств в браке с любимой женщиной. Практические рекомендации, которые автор дает на основе библейского учения и личного опыта, будут полезны и молодоженам, и супругам со стажем, желающим сделать свой брак счастливым и долговечным. Читателей ждет бонус: тест на определение своих эмоциональных потребностей.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак