Nikohdagi Baxtning 10 Retsepti (Josh Makdauell) 2 bob

Джош Макдауэлл. Никоҳдаги Бахтнинг 10 Рецепти - (2-боб) Узбек тилида

Nikohdagi Baxtning 10 Retsepti (Djosh Makdauell) Audiokitob Uzbek tilida.Книга на Узбекском языке

                         

MUNDARIJA

Kirish

1–BOB. SIZ SEVGI MUNOSABATLARIDAN NIMANI ISTAYSIZ?

2–BOB. BIRINCHI QAROR. Hayotda Xudoni birinchi o‘ringa qo‘yish

3–BOB. IKKINCHI QAROR. Men qanday bo‘lsam, o‘zimni shundayligimcha sevish va qabul qilish

4–BOB. UCHINCHI QAROR. G‘aroyib darajada sevimli bo‘lish. Birinchi qism

5–BOB. UCHINCHI QAROR. G‘aroyib darajada sevimli bo‘lish. Ikkinchi qism

6–BOB. TO‘RTINCHI QAROR. Ajoyib tinglovchi bo‘lish

7–BOB. BESHINCHI QAROR. Muloqot san’atini egallash

8–BOB. OLTINCHI QAROR. Qabul qiladigan, sadoqatli va doimiy sevgini namoyon etish

9–BOB. YETTINCHI QAROR. Kelishmovchiliklarni tezda hal etish

10–BOB. SAKKIZINCHI QAROR. Hamisha kechirish

11–BOB. TO‘QQIZINCHI QAROR. Oilaviy byudjetga jiddiy yondashuv

12–BOB. O‘NINCHI QAROR. O‘z tuyg‘ularining tozaligi va yorqinligini asrash


2–BOB. BIRINCHI QAROR. HAYOTDA XUDONI BIRINCHI O‘RINGA QO‘YISH

To‘satdan telefon qo‘ng‘irog‘i jiringladi. Aloqaning narigi tarafidan tushkunlik yaqqol sezilib turgan ovoz eshitildi.

– Josh, menga sening yordaming kerak, – do‘stim Bred darrov maqsadga ko‘chdi. U masalaning mohiyatini tezda bayon etib, qo‘shib qo‘ydi – Biz Emili bilan bir–birimizdan tobora ayrilib ketyapmiz, men bunga qarshi kurashish uchun o‘zimda alohida bir istakni his qilmayapman.

Men Bred bilan nonushta vaqtida uchrashishga kelishib oldim. Emili va Bred sakkiz yildan buyon er–xotin edilar. Ular ikkovi ham jamoatga qatnashar va bama’ni masihiylar hisoblanishardi. Ikkalasi ham mo‘‘jazgina jamoatimiz jamiyatida kuchli yetakchilardan edi. Biz uchrashganimizda, Bred vaqtni behuda o‘tkazmay shu zahotiyoq asosiy maqsadga ko‘chdi.

– Josh, – deya boshladi u, – sen oiladagi sevgi va o‘zaro munosabatlar mavzusini tez–tez muhokama qilib turasan, menga hozir jiddiy amaliy boshqaruv juda kerak. Umid qilamanki, sen menga yordam bera olasan.

– Xo‘sh–xo‘sh, yordam bera olishimga men ham umid qilaman, – deya javob berdim. – Nima gap bo‘lganini bundoq tushuntirib berginchi.

– Eshit, – Bred voqeani so‘zlashga o‘tdi, – Kecha kechqurun biz Emili bilan biroz janjallashib qoldik, men o‘zimni to‘xtata olmadim va gaplarim uning joniga tegdi. Biz tinchlanib olib, uxlash uchun yotadigan paytimizda u to‘g‘ridan–to‘g‘ri mendan so‘rab qoldi: “Bred, sen meni boshqa sevmaysanmi?” – U gapini davom ettirishdan avval qahvadan ho‘plab oldi. – Men jim qoldim, bilasanmi, Josh, bu hayotimdagi eng uzoq sukut saqlashim edi. Nihoyat, men javob qaytardim: “Buni hatto bilmayman, Em. SHunchaki hozir bilmayman”. Ha, Josh, men juda yaxshi tushunaman, bu noto‘g‘ri, biroq biz Emili bilan bir–birimizdan sovugandekmiz. Men, ikkalamiz ham oilamizdagi munosabatlarni yaxshilashga sababni yo‘qotdik, deya qo‘rqyapman.

Bred va Emili o‘rtasida mana nimalar yuz bergan – ular his–hayajonga berilishdi va bir–birlaridan ayro bo‘lishdi. Ularning munosabatlarida sovuqlik paydo bo‘ldi, turmushlarida sustlik sezila boshladi. Hozir Bred ko‘zi o‘ngida barbod bo‘lgan nikohni asrab qolish istagini o‘zida yoqish uchun nimanidir izlardi. Breddan surishtiraverib shuni aniqladimki, u va Emili o‘rtasida vaziyatni yomonlashtiradigan qandaydir keskin hech nima yuz bermagan. SHunchaki, har birlari o‘z taraflariga bir oz og‘ib ketayotganga o‘xshaydi.

Stolga qahvali idishni qo‘yib, men Bred sari engashdim va yumshoq ohangda dedim:

– Xo‘sh, sening ruhiy hayoting masalasi nima bo‘ladi, Bred? – deya so‘radim. – Sen Emili haqida muntazam ibodat qilasanmi? Sen Xudoga yaqinlikni his qilasanmi? Sen avvalgidek Xudoga manzur bo‘lishga intilyapsanmi?

Bredning qiyofasida paydo bo‘lgan ifoda orqali tushundim: savollarim uni dovdiratib qo‘ydi. U ovozi biroz qaltiragan holda shunday dedi:

– Xudo bilan emas, Emili bilan munosabatlarimda muammolar bor. Ha, Xudo bilan hammasi yaxshi, lekin Emili bilan umumiy til topolmayapmiz.

NIKOH: UCH TARAFLAMA KELISHUV      

Men Bredga uning Xudo bilan munosabati Emili bilan o‘rtalaridagi aloqaga uzviy bog‘liq ekanligini tushuntirishni istardim. Men Bredning ko‘zlari ochilishini, ya’ni, Emili bilan munosabatlarni jonlantirishi uchun Xudo zarur bo‘lgan asosli omil, bir uchqun bo‘lishi mumkinligi ko‘rishini xohlardim.

Ko‘plab er–xotinlar nikoh haqida keng tarqalgan anglashilmovchiliklar ilmog‘iga tushishadi. Ular, yaqin sevgi munosabatlari eng avvalo er–xotin o‘rtasidagi gorizontal munosabatlar mahsuli, deya o‘ylashadi. Ularning nazarida, har birlari sevgi va sadoqat uchun mas’uliyatga ega, shuningdek, qachon zarur bo‘lsa, o‘z sevgilarini asrab qolish uchun asoslarini takror va takror “qayta quvvatlash”lari lozim. Agar nikoh ikki kishining faqat gorizontal darajadagi aloqalari uchun belgilangan bo‘lsa, so‘zsiz, ular haq bo‘lishardi. Biroq nikoh – nafaqat gorizontal munosabatlarni, balki vertikal aloqalarni ham o‘zida aks ettiradi.

Nikoh – bu erkak, ayol va Xudo o‘rtasidagi munosabatdir. U boshidanoq nikohni uch taraflama kelishuv asosida bo‘lishini nazarda tutgan. U erkakni O‘z siymosiga o‘xshatib yaratdi. U ayolni O‘z siymosiga o‘xshatib yaratdi. So‘ngra U er–xotinni O‘zidagi aloqalarning aylanib turadigan doirasiga – uchlikdagi Ota Xudoga, O‘g‘ilga va Muqaddas Ruhga taklif etdi. Xudoning maqsadi avval boshdanoq odamlarning U bilan yaqin munosatlardan lazzatlanishlariga qaratilgandi. U birinchi juftlikni yaratdi, ammo ularga bunday demadi: “Ajoyib! Men siz ikki mavjudotni munosabatga layoqatli etib yaratdim, – mana endi boqqa borib o‘zaro muloqotda bo‘linglar, Meni esa o‘z munosabatlaringizga aralashtirmang!” Yo‘q, U nikoh deb ataladigan munosabatlarda sherik bo‘lishni istadi.

Isodan er biror–bir sababga ko‘ra ajrashishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida so‘rashdi.

Iso ularga shunday javob berdi:

– Nahotki sizlar: “Azalda Yaratuvchi odamlarni erkagu ayol qilib yaratdi”, degan so‘zlarni o‘qimagan bo‘lsangizlar? “SHuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo‘lak chiqib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar.” Bunga ko‘ra, ular endi ikkita emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo‘shganni bandasi ajratmasin.

Matto 19:4–6

Xudo – nikohni mustahkamlab boradigan bog‘lovchi modda. Xudo bunda O‘z qudrati va sevgisi ila bir butunlikka birlashgan ikki kishining O‘zi hozirlab qo‘ygan yaqin munosabatlarida va bundan lazzatlanishlarida ishtirok etadi. U er–xotinlikni yaratdi, Xudo o‘zlari xohlashgan taqdirda er–xotinlarning faol sherigi bo‘ladi. U bizning nikohdagi hayotimizda ishtirok etadi! U Bred va Emili kabi bir–birlaridan ko‘ngli soviy boshlagan har qanday juftlikning og‘riqlarini his etadi.

Ehtimol, bu sizga g‘alati tuyular, biroq o‘z turmush o‘rtog‘ingizdan yiroqlashib uning qalbini yaralasangiz, siz hayotingizdagi yana bir sevgiga – Isoga azob bergan bo‘lasiz. U sizning turmush o‘rtog‘ingizni xuddi sizni sevgandek sevadi, Xudo uning og‘riqlarini his qiladi, negaki U – sizning er–xotinlik munosabatlaringizning bir qismidir.

Iso O‘zi tovon to‘lagan farzandlarini Osmon SHohligiga taklif etadigan vaqt kelishini aytadi. O‘shanda ularga shunday deydi: “...Men och edim, Menga ovqat berdingizlar. CHanqagan edim, Menga ichimlik berdingizlar. Musofir edim, uyingizdan boshpana berdingizlar. Yalang‘och edim, Meni kiyintirdingizlar. Kasal edim, Menga g‘amxo‘rlik qildingizlar. Zindonda edim, Meni kelib ko‘rdingizlar.” (Matto 25:35–36). Farzandlar esa Uni qachon och, chanqagan, musofir, yalang‘och, kasal holda va zindonda ko‘rganlari haqida so‘rashadi. Iso ularga javob qaytaradi: “Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimga qilgan har qanday yaxshiligingizni Menga qilgan bo‘lasiz.”. (40 oyat).

Men Bredning shuni tushunishini istardim: o‘z turmush o‘rtog‘ining yonida bo‘lish, unga g‘amxo‘rlik qilib sevish – Iso haqida g‘amxo‘rlik qilish va Uni sevish bilan barobar. Bu aslida nihoyatda kuchli sabab. Men Bredga shu narsa ayon bo‘lishini istardim: oilaviy turmush – bu uch yoqlama kelishuv. Iso avvalgidek Bredning xotinini nazokat va g‘amxo‘rlik ila sevishda davom etadi, ular bilan birga, lekin Unga bu ishlarni yolg‘iz holda qilishiga to‘g‘ri kelgan, negaki Bred qalban Emilidan ajraldi va endi rafiqasining chuqur hissiy ehtiyojlarini qondirishga qodir emas. Iso Bredga go‘yo shunday demoqchidek: “Men ruhan och edim, sen Meni to‘yg‘azmading. Men ruhan chanqoqlikni boshdan kechirdim, sen Menga suv bermading ... Men ruhan tahqirlangandim va nochor edim, sen esa Meni yolg‘izlikda tashlab ketding. Men ruhan xasta edim, sen esa Menga yordamga kelmading. Bu hammasi shuning uchunki, sen Emilini va uning ruhiy ehtiyojlaridan yuz o‘girsang, Mendan ham yuz o‘girgan bo‘lasan”. Bu turmush o‘rtog‘ingizning ruhiy ehtiyojlarini qondirish uchun nihoyatda kuchli sabab. Birgina fikr, Isoga o‘zimizga xos tarzda xizmat qilishimiz haqidagi fikrning o‘zidanoq meni quvonch to‘lqini qamrab oladi.

XUDONI HAYOTIMIZDA BIRINCHI O‘RINGA QO‘YISH BORASIDAGI MENING NOTO‘G‘RI TUSHUNCHAM

Dotti men bilan birga xizmatimning boshidanoq shahardan shaharga ko‘chib yurdi. U mening taqvodorlik tarzimni ko‘tarinki kayfiyat bilan qabul qildi va xizmat borasidagi talaygina munosabatlarda sherigim bo‘ldi. Ammo farzandlarimiz tug‘ilganida mening doimiy sayohatlarimda hamrohlik qilishi qiyinlashdi, shu bois u “Makdauellar uyi”ni qurish uchun bir joyda “o‘tirib” qoldi, men esa bu paytda avvalgidek butun mamlakat bo‘ylab sayohatlarimning to‘liq jadvaliga amal qilaverdim.

Dottini bunday holat to‘liq qoniqtirardi, negaki, u xizmatimdan ko‘zlangan mohiyatni tushunardi. Va baribir, er va ota qayerdadir va’z o‘qish uchun uyida doimo bo‘lavermasa, bolalarni voyaga yetkazish oson emas. U bir kuni barcha ishlarni mustaqil hal etish qanchalik qiyin bo‘layotganligini gapirib qoldi. Men agar ish jadvalim nihoyatda tig‘iz bo‘lib tuyulsa, shu zahotiyoq bu haqda aytishini taklif qildim. U rozi bo‘ldi.

Tan olishim kerak, o‘z ustunliklarimni o‘rnatishga urinib, muayyan qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. Men hamisha Dottining yonida bo‘lishni va barcha masalada unga yordam berishni, ammo shu paytning o‘zida hayotimdagi birinchi o‘rin Xudoga tegishli ekanini saqlagim kelardi. Xudoga xizmat eng muhimi bo‘lgani holda, bir vaqtning o‘zida oilamizdagi ehtiyojlarga qanday qilib e’tibor qaratish mumkin? Men o‘zim uchun bir qarorga keldim: hammasi bir nuqtaga taqalganida va “yo unisi yoki bunisi” tanlovini qilishga to‘g‘ri kelsa, Xudo baribir birinchi o‘rinda bo‘ladi, oila esa – ikkinchi.

Men hayotimning o‘sha davrida qalbimda yig‘ilib qolgan barini yoshi ulug‘roq kishilarga aytib, ulardan maslahat so‘raganim uchun behad baxtiyorman. Ana o‘shalar menga dono maslahatlar berishdi. Maslahatchilarim Kalomdagi bir qancha parchalarga binoan, Xudoni hayotda birinchi o‘ringa qo‘yish nima ekanligini tushunishga yordam berganliklari yodimda.

Havoriy Butrus erlarga shu tariqa uqtiradi: “Ey erlar, sizlar ham, Egamiz haqi–hurmati, xotinlaringizga e’tiborli bo‘linglar, ular zaif jinsdan ekanligini hisobga olinglar. Ular ham abadiy hayot inoyatidan bahramand bo‘lganlari uchun, ularni hurmat qilinglar. Aks holda ibodatlaringiz ijobat bo‘lmaydi.” (1 Butrus 3:7). Iso shunday deydi: “Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving. Bu birinchi va eng buyuk amr. Ikkinchisi esa shunga o‘xshashdir: “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving” (Matto 22:37–39). Havoriy Yuhannoga mana bu so‘zlar tegishli: “Aziz bolalarim, biz haqiqiy sevgimizni quruq gap bilan emas, amalda ko‘rsataylik” (1 Yuhanno 3:18).

Men agar Dottiga yetarlicha hurmat ko‘rsatmay va tushunchasiz yondashsam, bu ibodatlarimga qandaydir monelik qilishini dastlab o‘ylab ham ko‘rganim yo‘q. Bu esa men uchun katta ahamiyatga ega edi! SHuningdek, men Xudoni butun borlig‘imiz bilan sevish haqidagi amr yaqinimizni sevish haqidagi amrga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq ekanligini, er yoki xotin esa – yaqin kishilarning eng yaqini hisoblanishini tushundim. Va nihoyat, mening Dottiga sevgim – bu shunchaki shaharlararo suhbat chog‘ida telefon go‘shagiga aytiladigan so‘zgina emas: men o‘z sevgimni amalda ko‘rsatishim lozim. Xudo mening oilam mening asosiy xizmatim ekanligini xohlashini ko‘rishim uchun uzoq vaqt talab etilmadi. Va mana, xotinimga va bolalarimga sevgimni namoyon etish va ular haqida g‘amxo‘rlik qilish boshqa odamlarga ham xizmat qilishimning platformasiga aylandi. “Hayotda Xudoni birinchi o‘ringa qo‘yish” – bu qoida hayotim mazmunini belgiladi va eng yaqin odamimga, xotinimga bo‘lgan sevgimda, unga nisbatan g‘amxo‘rliklarimda o‘z ifodasini topdi.

Bunday yondashuv hammasini o‘zgartirib yubordi. Men va’z o‘qish uchun sayohatlarga chiqishni to‘xtatmadim, biroq mening omma oldidagi chiqishlarim jadvali yangi o‘lchamga ega bo‘ldi. Mening rejalarim birinchi navbatda xotinimga va bolalarimga sevgi namoyon etish hamda ularga g‘amxo‘rlik qilish ehtiyojlari tegrasida aylana boshladi. Kelishuvdagi hayot va sevimli ayol bilan o‘zaro muhabbat Xudoga ibodat qilishim uchun to‘sqinlik qilmaydi. Biz birgalikda – U, Dotti va men – baxtli oilaviy hayotda yashadik! Va biz hanuzgacha oilaviy baxtdan rohatlanamiz! Bu bir vaqtning o‘zida tig‘iz ish jadvalimdan chekinmay, Dottiga e’tiborimni namoyon etishim hech gap emas, deganini anglatmaydi. SHuningdek, bu borada hech qanday qiyinchiliklar menda bo‘lmaydi, degani ham emas. Umuman yo‘q. Biroq men Xudoni butun borlig‘im ila sevishimni va eng yaqin insonim Dottini ham o‘zim kabi sevishimni Xudo istashini ko‘rganimda barchasi boshqacha tus oladi.

XUDO SIZNING NIKOHINGIZDAN NIMANI XOHLAYDI?

Agar siz o‘z nikohingizda Xudoni sherik sifatida ko‘rsangiz, sizningcha, U nikohingizdan nimani kutmoqda? Siz Unga bo‘ysunishingizni va Uning amrlariga amal qilishingizni, jamoatga borishingizni, o‘ndan bir daromadingizni to‘lashingizni, boshqa qurbonliklar qilishingizni, bolalaringizni masihiylik imonida voyaga yetkazishingizni va shu kabilarni U istaydimi?

Xudo sizning Kalomga bo‘ysunishingizni xohlashi haqiqat va bu juda salmoqli sabablardan biri: siz nafaqat Uni, balki turmush o‘rtog‘ingizni sevganingizda U ham nimagadir ega bo‘ladi.

Iso O‘z shogirdlarini Muso qonunlariga o‘rgatdi. U odamlar Xudoga sodiq bo‘lishlarini va Kalom haqiqatlariga ishonishlarini istaydi. U nega buni istayotganini tushuntirgan va Uning dalillari barcha er–xotinlarga taalluqli. Isoning so‘ziga ko‘ra, “Mening shodligim qalbingizni to‘ldirsin, deb sizlarga bu so‘zlarni aytdim” (Yuh. 15:11). Mana, Xudo sizning nikohingizdan nimani xohlaydi! U sizning aloqalaringiz Uning quvonchi bilan to‘liq bo‘lishini istaydi! Siz o‘z turmush o‘rtog‘ingizni sevganingizda, bu Xudoga quvonch bag‘ishlaydi. Siz o‘z xotiningiz bilan kelishuv asosida yashaganingizda, bu Unga quvonch keltiradi, sizni esa baxtiyor etadi. Siz o‘z eringizni maqtab uni odamlar oldida sadoqati va halolligi uchun ulug‘lasangiz, bu Xudoga shodlik bag‘ishlaydi, sizni esa baxtiyor etadi. Xudoning amrlariga amal qilishingiz – o‘ziga bino qo‘ymay yashash, mehribon va marhamatli, sabrli va g‘amxo‘r bo‘lish – Xudo uchun buyuk quvonch, shu bilan birgalikda, siz va sizning “ikkinchi yarmingiz” uchun baxtdir.

Kalom amal qilishimiz zarur bo‘lgan amrlarni o‘zida saqlaydi, Xudo ularni sizning manfaatingiz uchun Kalomga joylagan. U biladiki, agar siz Uning yo‘llariga amal qilsangiz, to‘la quvonchli hayotga ega bo‘lasiz, bu esa Uni aql bovar qilmas darajada baxtiyor etadi.

SHoh Dovud va uning o‘g‘li shoh Sulaymon shunday yozishgan:

Baxtlidir yo‘llari pok bo‘lganlar,

Ey Egam, Sening qonuning bo‘yicha yuradiganlar.

Baxtlidir Sening shartlaringga rioya qiladiganlar,

Butun qalbi bilan Senga intiladiganlar.

Zabur 118:1–2

Amrlaring so‘qmog‘idan meni yetaklagin,

Men undan lazzat topaman.

Zabur 118:35

Bu [qonun] menga odat bo‘lgan edi,

Buyruqlaringga rioya qildim.

Zabur: 118:56

O‘g‘lim, nasihatlarimni qabul qilib,

amrlarimni yuragingda saqlasang,

Donolikka quloq solib,

qalbingni fahm–idrokka ochsang...

...SHunda sen to‘g‘rilik, adolat, odillik,

ya’ni to‘g‘ri yo‘l nima ekanligini tushunasan.

CHunki yuragingga donolik kiradi,

ruhing esa bilimdan zavqlanadi.

Fahm–farosat seni himoya qiladi,

aql–idrok esa qo‘riqlaydi.

Hikmatlar: 2:1–2, 9–11

Biz Xudoni va turmush o‘rtog‘imizni – yaqin kishilarimiz orasidan eng yaqinimizni – xuddi o‘zimizni sevgandek butun borlig‘imiz bilan sevganimizda, biz baxtiyormiz, bu esa Xudoga ulkan quvonch bag‘ishlaydi. Biz turmush o‘rtoqlarimiz bilan, U bilan munosabatlarimizdan yuksak darajada bahramand bo‘lishimiz uchun Xudo bizni O‘z yo‘lidan to‘g‘ri undagan holda munosabatlarimizda ishtirok etadi. Biz o‘z hayotimizda va nikohimizda Xudoni birinchi o‘ringa qo‘yganimizda, bu hammaga ulkan mukofotni kafolatlaydi.

SEVGINING, JINSIY ALOQANING VA OILAVIY HAYOTNING ENG YAXSHI DARSLIGI

Men Boston SHimoliy–SHarqiy universitetida masihiylikning sevgi, jinsiy aloqa va oilaviy hayotga munosabati mavzusida ma’ruza qilganimda, talabalardan biri so‘rab qoldi: “Baxtli va baxtsiz nikohlar tuzilishida fe’l–atvorning qaysi jihatlari ta’sir ko‘rsatadi?” Men insoniy ijobiy va salbiy sifatlarni sanab o‘tib, tinglovchilardan bu sanab o‘tganlarimni qayerdan olganim haqidagi ularning fikrlarini so‘radim. Deyarli barcha talabalar men bularni eng avvalo oilaviy munosabatga oid biror–bir qo‘llanmadan, ruhshunoslik yoki jamiyatshunoslik darsligidan olganim haqida javob berishdi. Oilada yaqin munosabatlarni belgilovchi er–xotinlarning ijobiy va salbiy jihatlari Muqaddas Kalomda keltirilganiga tinglovchilarim e’tiborini qaratganimda, siz ularning qanday ta’sirlanganini bir ko‘rsangiz edi.

Sevgida, jinsiy aloqada va oilaviy hayotdagi eng yaxshi darslikni bizga Xudo bergan, U har birimizning nikohda ko‘proq quvonchni his etishimizni istaydi, bu esa Unga anchayin taskin beradi. Quyida baxtli nikohni tuzish uchun Muqaddas Kalomda keltirilgan fe’l–atvorning ijobiy jihatlari berilgan, shuningdek, ularga qarama–qarshi bo‘lgan salbiy jihatlar ham ko‘rsatilgan.

IJOBIY jihatlar

SALBIY jihatlar

Sabr–toqatli:

Yoqub 1:2–4; Ibr.10:16; 1 Kor.13:4; Kol. 3:12–13

Betoqat

Boshqalarga yaxshilik qilish uchun intiluvchilar:

1 Kor. 13:5; Fil. 2:4; Gal. 6:2

O‘z manfaatini ko‘zlaydiganlar

Beruvchi:

Luqo 6:38; 1 Yuh. 4:10

Oluvchi

Sofdil

Flp. 2:3–8

Xudbin

To‘g‘riso‘z:

Kol. 3:9; Zak. 8:16; 1 Kor. 13:6; Ef. 4:2

Yolg‘onchi

Kamtar:

Flp. 2:3–8; Hik. 16:18; Yoqub 4:6; Kol. 3:12

Mag‘rur

Mehribon:

1 Kor. 13:3; Matto 5:21–22; Kol. 3:12; Gal. 5:22

Yovuz

O‘ziga to‘g‘ri baho beruvchi:

1 Kor. 4:6–7; 8:1; 13:4; Kol. 2:18; Gal. 6:4

Takabbur

Mas’uliyatli:

Luqo 16: 10–12

Mas’uliyatsiz

Boshqalar haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi:

1 Kor. 13:5–6

Faqat o‘zi haqida qayg‘uruvchi

 

Kechirimli:

Kol. 3:13; Matto 11:25; 6:14

Kechirimsiz

O‘zini tanqid qiluvchi:

Mat. 7:1–2; Yuh. 8:9; Luqo 6:37

O‘zini yaxshi ko‘ruvchi

Mamnun:

Yahudo 15:18; Ibr. 13:5

Norozi

Minnatdor:

Hik. 19:3; 1 Sal. 5:8; Rim. 1:21; Ef. 5:20

Noshukur

Vazmin, bosiq:

Hik.16:32; Rim. 5:3–4; 1 Kor. 13:5; Gal. 5:23

Serjahl, betayin

Tirishqoq:

Yoqub 4:17; Kol: 3:23

Beparvo

Sir saqlovchi:

1 Kor. 13:7; 1 Butrus 2:9; 1 Tim. 5:13

G‘iybatchi

Muloyim:

Gal. 5:23; Kol. 3:12

Qo‘pol

Rahmdil:

Kol: 3:12; Luqo 6:28; Gal. 6:2

Berahm

E’tiborli, xushmuomala, xizmatga hozir:

1 Kor. 13:5

Befarq, qo‘rs, dag‘al

 

Vafodor:

Gal. 5:22

Xiyonatkor

Xudoning Kalomi – oilaviy munosabatlar haqidagi eng yaxshi darslik, Muqaddas Ruh esa oilangizda Muqaddas Kitob haqiqatlariga amal qilishingizga o‘rgatishi mumkin. Xudo sizning nikohingiz sermahsul bo‘lishini va sizga farog‘at keltirishini istaydi, siz va turmush o‘rtog‘ingiz toki Xudoni o‘z hayotingizda birinchi o‘ringa qo‘yar ekansiz, U sizni aql bovar qilmas darajada sevimli bo‘lishga o‘rgatadi.

Bredga ushbu bobning boshida qo‘ygan savolimni sizga ham berishimga ijozat eting: “Ruhiy hayotingizdagi ishlar qanday ketyapti? Siz Xudoga yaqinlikni his qilasizmi? Turmush o‘rtog‘ingiz yoki sevimli kishingiz uchun muntazam ibodat qilasizmi?”

Siz o‘zingizni masihiy hisoblab, vaqti–vaqti bilan jamoatga borib turishingiz mumkin, ammo Xudo bilan munosabatlaringiz qanchalik chuqur ekanligi haqida o‘zingizga savol berib ko‘ring. Agar U sizdan uzoqda turgandek tuyulsa, Uning aslida qanaqa ekanligini bilishingiz lozim: “Sizga O‘z aloqalari bilan bog‘langan Xudo» (CHiqish 34:14 NLT*)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

* «New Living Translation» (NLT) Muqaddas Kitobning inglizcha tarjimasiga havola. Muqaddas Kitobning o‘zbek tilidagi tarjimasida bu oyat quyidagicha tarjima qilingan: “Men, Egangizning nomi Rashkchi: Men sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman”. – Bu yerdagi va boshqa barcha izohlar tarjimonga tegishli.

Quyida Xudo bilan chinakamiga shaxsiy munosabatda bo‘lish nimani anglatishi haqida oddiygina bayon keltirilgan. Agar siz Masihdan umid qilib biror qadam qo‘ysangiz yoki Unga o‘z hayotingizni yangidan bag‘ishlamoqchi bo‘lsangiz, o‘z qaroringiz to‘g‘risida do‘stlaringizdan birortasi bilan fikrlashing, so‘ngra esa kichikroq guruhdagi va jamoatdagi Masihning izdoshlari bilan munosabat o‘rnating. SHu yo‘ldan borishda davom eting – Xudo bilan aloqalaringizni o‘rnatgan holda – ana shunda U sevgidagi hayotingiz va nikohingizning muhim bir qismi bo‘lishni istayotganini tushunib yetasiz.

XUDO BILAN ALOQALARINGIZNI QANDAY SINASH MUMKIN?

Masihga o‘z Najotkoringiz sifatida ishonmog‘ingiz uchun, to‘rt jihatni e’tiborga olish lozim:

  1. Tushuning, Xudo sizni sevadi va siz bilan aloqa o‘rnatishni xohlaydi.
  • Siz Uning siymosida yaratilgansiz.
  • Siz Uning uchun alohida ahamiyatga egasiz.
  • U sizni ruhan boyitish va boshqa insonlar bilan, ayniqsa, turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘rtalaringizdagi sevgi aloqalarini kuchaytirish uchun siz bilan munosabat o‘rnatishga intiladi.
  1. O‘zingizda shunday muammolar borligini tan oling.
  • “...hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug‘vorligidan mahrumdir” (Rimliklar 3:23).
  • “Gunohning evazi — o‘lim...” (Rimliklar 6:23).
  • “...Xudoni rad etganlarni va O‘zi haqidagi Xushxabarga quloq solmaganlarni Iso Masih jazolaydi. O‘sha odamlar Rabbimiz Isoning huzuri va qudratli ulug‘vorligidan ayrilib, abadiy halokat jazosini oladilar” (2 Sal. 1:8–9).
  1. Gunohlaringiz o‘lim keltirib Xudodan ayirganini anglab oling, shu bois ham hayotga va Uning marhamatiga ega bo‘lishga ojizsiz, biroq ...
  • “...biz hali gunohga botgan chog‘imizda, Masih biz uchun o‘ldi. SHu yo‘sinda Xudo bizga bo‘lgan O‘z mehr–muhabbatini namoyon qildi” (Rimliklar 5:8).
  • “Xudo bizni Masih orqali oqlash uchun begunoh Masihni gunohkorni jazolaganday, jazoladi” (2 Korinfliklar 5:21).
  • “Najot boshqa hech kimdan kelmaydi. Uning nomi — butun olamda najot beradigan yagona nomdir” (Havoriylar 4:12).

Bu esa o‘zingizning zaif ahvolingizga qaramay, yangi hayot boshlashingiz mumkinligini anglatadi, bu yangi hayot esa Masihda bo‘ladi. Ammo yangi hayotni o‘z harakatlaringiz natijasi deya hisoblab bo‘lmaydi: u Isoning mehnatlari va Uning biz uchun qurbonligi tufayli hosil bo‘ldi. Ushbu yangi hayot uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • Masih bilan munosabatlar tufayli to‘laqonli hayotga va to‘la quvonchga erishish.
  • O‘zingiz uchun maqsadni va hayot mazmunini kashf etish.
  • Odamlarga va o‘zingizga huzur bag‘ishlaydigan chuqur sevgi aloqalarini sinab ko‘rish.
  • O‘zingiz uchun Masihning boshqa izdoshlari bilan hamjihatlik tuyg‘usini ochish va hayotdagi asl vazifangizni tushunish.
  1. Masih bilan yangi hayotni qabul qilishingiz uchun sizga quyidagilar kerak:
  • Iso O‘zini Kim deya atagan bo‘lsa, ya’ni, U Xudoning O‘g‘li ekanligiga ishonish (qarang: Yuh. 8:24).
  • O‘tmish hayotdan yuz o‘girish– gunohlar uchun tavba qilish (qarang Ef. 4:22).
  • SHoh Dovud Eski Ahdda iltijo qilganidek, Xudodan shafqat so‘rash: “Eshitgin, ey Egam, iltijo qilganimda, shafqat qilgin, javob ber menga. “Menga intil!” deganingni qalbim eshitdi, ha, ey Egam, men Senga intilaman.” (Zabur 26:7–8).
  • Sizga yangi hayot bag‘ishlaydigan va Xudoning oldida sizni pok etadigan Iso Masihga umid bog‘lash.

Agar siz qabul qilishga yoki Xudo bilan munosabatingizni yangilashga tayyor bo‘lsangiz, ibodat qiling ...

  • Xudoyim, menga bo‘lgan sevging va men bilan abadiy munosabatlar o‘rnatish istaging haqiqiy ekanligini qabul qilaman.
  • Gunohkor ekanligimni, Sening iltifoting hamda kechirimingga sazovor bo‘lmoq uchun ojizligimni tan olaman.
  • Sen – mening yagona umidim ekanligingni tushunaman. Men uchun O‘zingni qurbon qilganingga tayanib, barcha gunohlarimni kechirishingni so‘rayman. Hozirning o‘zidayoq o‘tmish hayotimdan yuz o‘giraman.
  • Men Senga o‘z Najotkorim sifatida umidvor bo‘lib, Senga shu zahotiyoq javob qaytaraman. Imonimga ko‘ra, Sen O‘zing oldingda meni poklayotganingni, meni O‘z farzandingga aylantirganingni va O‘zing bilan abadiy munosabatlar o‘rnatganingni qabul qilaman.

Men Sendan va Sening menga ko‘rsatgan marhamatingdan minnatdorman. Meni kechirganing va O‘z oldingda meni poklaganing uchun Senga rahmat aytaman. Menga sevuvchi qalbingni ko‘rsatganing va O‘z huzuringga olib kelganing uchun tashakkurimni bildiraman. Men bularning hammasi uchun Iso Masih nomi bilan ibodat qilaman. Omin.


Книга на Узбекском языке: 10 рецептов счастья в браке (Джош Макдауэлл)

Брачные обеты… на этом обычно заканчиваются любовные романы, но это не конец вашей любовной истории, а лишь начало совместного пути с любимым человеком. В этой книге знаменитый американский проповедник рассказывает о десяти решениях, принятых им ради того, чтобы сохранить свежесть и яркость чувств в браке с любимой женщиной. Практические рекомендации, которые автор дает на основе библейского учения и личного опыта, будут полезны и молодоженам, и супругам со стажем, желающим сделать свой брак счастливым и долговечным. Читателей ждет бонус: тест на определение своих эмоциональных потребностей.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак