Nikohdagi Baxtning 10 Retsepti (Josh Makdauell) 6 bob

Джош Макдауэлл. Никоҳдаги Бахтнинг 10 Рецепти - (6-боб) Узбек тилида

Nikohdagi Baxtning 10 Retsepti (Djosh Makdauell) Audiokitob Uzbek tilida.Книга на Узбекском языке

                         

MUNDARIJA

Kirish

1–BOB. SIZ SEVGI MUNOSABATLARIDAN NIMANI ISTAYSIZ?

2–BOB. BIRINCHI QAROR. Hayotda Xudoni birinchi o‘ringa qo‘yish

3–BOB. IKKINCHI QAROR. Men qanday bo‘lsam, o‘zimni shundayligimcha sevish va qabul qilish

4–BOB. UCHINCHI QAROR. G‘aroyib darajada sevimli bo‘lish. Birinchi qism

5–BOB. UCHINCHI QAROR. G‘aroyib darajada sevimli bo‘lish. Ikkinchi qism

6–BOB. TO‘RTINCHI QAROR. Ajoyib tinglovchi bo‘lish

7–BOB. BESHINCHI QAROR. Muloqot san’atini egallash

8–BOB. OLTINCHI QAROR. Qabul qiladigan, sadoqatli va doimiy sevgini namoyon etish

9–BOB. YETTINCHI QAROR. Kelishmovchiliklarni tezda hal etish

10–BOB. SAKKIZINCHI QAROR. Hamisha kechirish

11–BOB. TO‘QQIZINCHI QAROR. Oilaviy byudjetga jiddiy yondashuv

12–BOB. O‘NINCHI QAROR. O‘z tuyg‘ularining tozaligi va yorqinligini asrash


6–BOB. TO‘RTINCHI QAROR. AJOYIB TINGLOVCHI BO‘LISH

Hozirgi paytda oilaviy munosabatlardagi eng keng tarqalgan muammoni qanday atagan bo‘lardingiz va sizningcha, bu munosabatlarni nima yaxshilaydi va yaqinlikka ko‘taradi? Agar er–xotinni ko‘proq me’dasiga uradigan yoki oilaviy hayotlarini mustahkamlaydigan biror holatni aytish kerak bo‘lsa, nimani aytgan bo‘lardingiz?

Agar siz bu masalada “munosabatlardagi muammo” va “sog‘lom munosabat” deb aytsangiz, haqli bo‘lib chiqasiz. Sog‘lom fikr ham, ilmiy tadqiqotlar ham shuni ko‘rsatadiki, sog‘lom munosabat – sog‘lom aloqalarning ko‘rsatgichi va sog‘lom aloqaning asosiy negizi – ajoyib tinglovchi bo‘lish layoqatidir.

Agar biz gapirganimizga monand ko‘proq eshitganimizda edi, sog‘lom munosabat darhol o‘zini namoyon etgan bo‘lardi. Havoriy Yoqub shunday deb yozgan: “...har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin ... bo‘lsin” (Yoqub 1:19). “Eshitishda chaqqon” jumlasi “eshitishga tayyor bo‘lish”ni anglatadi. Ajoyib tinglovchi bo‘lish muloqot uchun ochiqlikni – sizga boshqa odam aytmoqchi bo‘lganlarini eshitishga tayyorlik deganidir. So‘zga usta bir odam aytganidek, Xudo bizga ikkita quloq va bitta og‘iz bergan, shu bois biz gapirganimizdan ko‘ra ikki barobar ko‘proq tinglashimiz lozim.

Sog‘lom munosabat – boshqa inson bilan o‘zaro axborot almashuvining og‘zaki yoki boshqacha bir jarayonidir. Ya’ni, bu jarayonda boshqa inson tushunishi uchun nimadir aytishga urinasiz. Mazkur jarayon eng kamida uchta muhim tuzilmaga ega: gapirish, eshitish va tushunish. Men ushbu bobda sog‘lom munosabatning eshitish tarkibiy qismiga diqqatingizni tortmoqchiman.

Ko‘plab odamlar o‘z nuqtai nazarini gapirish orqali yetkazishni munosabat deya hisoblashadi. Ammo sog‘lom munosabat gapirishni va tinglashni ham talab etadi. Agar chindan ham tinglamasangiz, tushunish va chuqur yaqinlikka erisha olmaysiz.

Bir lahza munosabatlarga nima olib kelishingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Turmush o‘rtog‘ingiz o‘zaro munosabatlaringizga nima olib keladi? Har biringiz boshlanayotgan ota–onalik hayotida o‘tmishingizni va munosabatlaringizning betakror uslubini, shuningdek, bolaligingiz va o‘smirlik davrining madaniyatini olib kirasiz. Ikkita turlicha hayot tarzi, ikkita “tajriba g‘aladoni” yaxlit bo‘lib birlashib ketadi. Va har biringiz boshqangiz to‘g‘ri deb hisoblayotganini yaqqol tushunishi uchun yetarli darajada e’tibor bilan eshitishga qodir bo‘lmasangiz, muloqot va yaqinlikning qoniqarli darajasiga yetishishingiz oson bo‘lmaydi. Yaxshi tinglash boshqa odamning gapirayotgani va nimani nazarda tutayotganini tushunishga asoslanadi. U boshqa odamning nuqtai nazarini qabul qilish va tan olinishiga tayanadi. Bu siz uning nuqtai nazariga so‘zsiz qo‘shilishingizni anglatmaydi, ammo siz albatta uni eshitishingizni va ma’lumot uchun qabul qilishingizni bildiradi.

Siz shunday deyishingiz mumkin: “Bu menga tushunarli, ammo yaxshi tinglovchi bo‘lish menda o‘z–o‘zidan bo‘lib qolavermaydi”. Oramizdagi kimdadir bu tabiiy ravishda hosil bo‘layotganiga ishonmayman. Eshitish – o‘rganish mumkin bo‘lgan san’at va siz ham eshitishni o‘rganishingiz mumkin. Men – buning jonli isbotiman.

MA’NODOR BARCHA SO‘ZLARNI TINGLASH

Sizlar bir–birlaringizni eshitmaslikka uringanlaringizda va munosabatlaringizda yuzaga kelgan kelishmovchilik bartaraf etilmasa, yemirilishga olib boradigan ixtiloflar boshlanishi mumkin. Men sizlarga oilaviy hayotimning ilk yillarida ko‘p gapirganligim va yetarli darajada tinglamaganimni tan olgandim.

Dotti bilan to‘yimiz o‘tganidan taxminan yetti yoki sakkiz oy o‘tgach, u men bilan gaplashib olishni taklif qildi, ammo nimanidir aytishga jur’ati yetmayotganligi sezilib turardi. Qiyofasi chindan ham azobli edi.

– Nazarimda, sen meni boshqa sevmay qo‘yding, – deya u nihoyat dilidagini ochdi.

– Nima? – deya hayqirdim. – Nimalar deyapsan, hazillashyapsan, shekilli? Men bu olamda hammadan ko‘proq seni sevaman.

– Azizim, – deya javob qaytardi u. – Nazarimda, hayotimning men uchun nihoyatda muhim bo‘lgan ayrim jihatlari seni qiziqtirmaydi. Ular senga ahamiyatsizdek tuyulyapti.

 Mana! Bunday so‘zni eshitish yuragimga pichoq sanchgan bilan barobar edi. Men shu zahotiyoq gapga yakun yasamoqchi bo‘ldim:

– Yo‘q–yo‘q, bo‘lishi mumkin emas! Bu meni juda qiziqtiradi!

SHundan so‘ng Dottida bunday tushuncha qanday paydo bo‘lganligini haqidagi izohini hayron bo‘lib tingladim.

– Sen hech qachon meni tinglamaysan. Gapni endigina boshlaganimda darhol bo‘lib yuborasan yoki boshqa mavzuga suhbatni burasan. Yoki sen bilan nimanidir fikrlashmoqchi bo‘lganimda, nimanidir so‘zlab bermoqchi bo‘lganimda, sen xayolan boshqa joyda bo‘lasan. Sen ko‘pincha o‘zingni xuddi meni eshitayotgandek tutasan, lekin xayolan Boliviyadagi “so‘z erkinligi platformasi”da turasan. (Bu xotinimning menga gapirish uslubi: “Azizim, men senga gapirganimda, sen boshqa narsa haqida o‘ylaysan”.)

Sog‘lom munosabatlarning ko‘rsatgichlaridan biri – faqat o‘sha er–xotinlar uchun paydo bo‘ladigan qisqa jumlalardir. Dotti bilan o‘rtamizda aytiladigan barcha jumlalarni hozir keltirib o‘tirmayman, lekin uni eshitib boshqa narsalar haqida o‘ylayotganimda xotinim bu haqda tushuncha berish uchun shunday deb so‘raydi: “Sen Boliviyadagi “Platforma”damisan?” (Men notiqlik faoliyatimni Lotin Amerikasida marksistlar bilan erkin bahslardan boshlaganman.)

Va bilasizmi, nima ayon bo‘ldi? O‘z vaqtida eshitishni o‘rganmaganim bois, beixtiyor ravishda go‘yo xotinimning gaplari meni qiziqtirmayotgandek tutganman, u esa shu zahotiyoq o‘z kavagiga berkinib olavergan.

Men Dottini eshitganman, ammo gaplari orqali menga yetkazmoqchi bo‘lgan mazmunini anglamaganman. Sevimli insoningizni eshitish va uning gaplarini anglash – mutlaqo boshqa masaladir. Biz sevimli insonimizning gaplarini eshitib, mazmunini tushirib qoldirsak, bu xuddi uni mensimagandek bo‘lib ko‘rinadi.

Men Dottini tinglash uchun ongli biror harakat qilmaganimda (ba’zan esa umuman hech qanday harakat qilmay), xotinimning qalbida yig‘ilib qolganlari men uchun unchalik ahamiyatli emasligini go‘yo unga anglatmoqchidek bo‘lganman. Darhaqiqat, sevimli kishingizdagi ishtiyoqni so‘ndirishning yana boshqacha usulini izlashga to‘g‘ri keladi! Boshqa kishini chindan–da eshitish – unga shu so‘zlarni aytish bilan barobar: “Sen men uchun muhimsan! Sen men uchun juda–juda muhimsan!” Hurmat boshqani tinglashdan boshlanadi.

Tinglash – boshqa odamlar sizga befarq emasligini, ularning fikrini qadrlashingizni, ularni jiddiy qabul qilishingizni ko‘rsatishning eng ishonchli usullaridan biridir.

Fuller diniy seminariyasi ilohiyotshunoslik Maktabining cho‘ponlik qaramog‘i va maslahati katta o‘qituvchisi doktor Deyvid Augsburger “E’tiborli bo‘lish: eshitish va sizni eshitishlari” nomli kitobini yozgan. Mazkur kitobda deyarli o‘ttiz yil muqaddam yozilgan fikrlar hozirgacha dolzarb bo‘lib kelmoqda. Qo‘shimcha sarlavha shunday: “Qanday tinglash va o‘zaro tenglik aloqalarida sizni tinglashlari haqida”. Doktor Augsburger eshitilish xohishini insonning o‘ziga bo‘lgan hurmat hissiga tenglashtiradi:

  • Agar meni tinglasang, meni eshitishlari uchun munosib ekanman.
  • Agar meni inkor etsang, demak, men seni qiziqtirmayman.
  • Agar qarashlarimni va qadriyatlarimni baham ko‘rsang, e’tiboringga chindan ham arziydigan nimanidir taklif qilishim mumkin.
  • Agar e’tirozlarimni va munosabatimiz uchun qo‘shgan hissamni ma’qullamasang, men senga biror narsa aytolmasligim aniq.
  • Agar o‘zimga baho berishda sening e’tirozlaringdan foydalanmasdan yoningda bo‘lolmasam, bu holda bir–birimizni tushunishning iloji yo‘q. Agar men haqimda o‘ylayotganlaringdan tashvishga tushsam, demak, o‘zimni sendan chegaralagan bo‘laman.

TINGLASHDAN QULOQ SOLISHGA O‘TING

Siz kimningdir, “Yo‘q–yo‘q, men seni tinglayapman” degan javobini olish uchun unga “Sen meni tinglamayapsan”, deb hech aytganmisiz? Darhaqiqat, eshitish boshqa, quloq solish esa butunlay boshqa masala.

Aytish mumkinki, siz kimnidir eshitishga uringaningizda, qandaydir yangilik yoki ma’lumot olishga intilasiz, misol uchun, televizorni futbol o‘yini tomoshasining o‘rtasida qo‘yib bolalaringizga shunday deysiz: “Qani jim bo‘linglar: hisob nechaligini bilmoqchiman”. Ya’ni siz qandaydir maqsadingiz uchun ma’lumot izlayotganingizni aytasiz. Quloq solish – umuman boshqa masala. Quloq solish – sizga nimanidir gapirayotgan odamga diqqatingizni qaratish yoki uning aytayotganlariga befarq bo‘lmaslik demakdir. Eshitish – siz o‘zingiz suhbatdan chiqargan biror–bir xulosa, deyish mumkin. Quloq solish boshqa insonning nuqtai nazarini va uning tuyg‘ularini tushunishga intilish, desak ham bo‘ladi. “Eshitish” (tinglash) o‘zingizga ko‘proq yo‘naltiriladi, “quloq solish” esa boshqa insonga.

Eshitish (tinglash) turli darajada bo‘lishi mumkin. Doktor Augsburger mulohazasida davom etib, eshitish darajalarini boshqa odamga qaratilgan e’tibor bilan bog‘laydi.

Dalillarni, ma’lumotlarni, tafsilotlarni yig‘ib, o‘z foydasi uchun ishlatish maqsadida eshitish (misol uchun, keyinchalik o‘zi iqtibos keltirishi uchun), shu bilan birgalikda, gapirayotgan kishi haqida jon kuydirmaslik.

Yoxud go‘yoki hamdardlik yuzasidan tinglash. O‘z rahmdilligini asoslash – mag‘rurligini boshqa insonning azobi bilan oziqlantirish. Ammo rahm–shafqat tuyg‘usini namoyon etish orqali keyinchalik g‘amxo‘rlik ko‘rsatish – mutlaqo boshqa masala. SHunchaki hamdardlikda jon kuydirish umuman bo‘lmasligi mumkin.

Yoki kimdir tanishining orqasidan mish–mishlar eshitishi mumkin va shu tariqa muhokama etilayotgan insonning azoblarini kuchaytirib, o‘zi va o‘sha inson o‘rtasidagi yaqinlikni qisqartiradi, bu haqda eshitib o‘tirishi orqali shu yerda ishtirok etmayotgan kishi haqida g‘iybat qilish mumkinlini bildiradi. Bu o‘rinda zarracha ham g‘amxo‘rlik yo‘q.

Yoki majburiyat tufayli loqaydlik bilan (misol uchun, kasb taqozosiga ko‘ra) yoxud iltifot yuzasidan tinglash, shu bilan birgalikda, o‘sha inson haqida g‘amxo‘rlik qilmaslik. Kuyinchaklik– eshitishga tayyor bo‘lishdan ko‘ra ortiqroq. E’tiborsiz tinglash befarqlik ifodasi bo‘lishi mumkin.

Yoki kimningdir hayotini yopishqoqlik, qiziqish bilan kuzatib, mayda–chuydalariga qadar sinchiklab, eshitish mumkin. Kuyinchaklik – bu faqatgina “vujud quloqqa aylanib” eshitish mahorati emas. “Bor ko‘zi bilan” tikilish va “vujudi quloqqa aylanib” eshitish – bu g‘amxo‘rlik emas, shunchaki quruq bir qiziqish bo‘lishi mumkin.

Yoki, gapirayotgan odam gapidan to‘xtab qolgan paytda uni tushunishini va gapiga to‘liq qo‘shilishini shoshilgancha uqtirib, birinchi tibbiy yordam berishga tayyor turgan qutqaruvchi kabi tinglash mumkin. G‘amxo‘r bo‘lish – bu ham yordam taklif etish, ham so‘zda turishni anglatadi. Doimo yordamga shay turish – kuyinchaklikdan mutlaqo darak bermaydi.

Ammo kuyinchaklik o‘zida yuqorida qayd etilgan holatlarni ham jo etadi. Aytilgan so‘zlarni diqqat bilan tinglash, samimiy hamdardlik, gapirayotgan inson kechinmalarini ko‘pirtirayotganligi uchun fikriga qo‘shilmaslikka tayyor turish, haqqoniylikni ko‘taradigan xolislik, boshqa inson qanday bo‘lsa, shu holicha ko‘rishga tayyor turish, o‘rinli tarzda yordam berishga imkon tug‘ilganidayoq unga chindan ham foydali bo‘lish, – bularning hammasi asl kuyinchaklikning tarkibidir, biroq ular buning asosiy jihati – quloq solishni  bilish va unga tayyor bo‘lish bilan oydinlashadi hamda yo‘naltiriladi.

Demak, kuyinchaklik – quloq solishning o‘ta muhim bir qismi. Kuyinchak qalb eshitadigan quloq orqali aks–sado beradi. Va shu o‘rinda og‘zaki yoki “vujudiy til” yordami bilan qayta aloqa bo‘lishi lozim. Agar sukut saqlash og‘zaki bo‘lmagan holda “vujudiy til”ning muayyan ijobiy signallari bilan birgalikda e’tibordan darak bersa, yaxshi aks ta’sir qilishi mumkin. Bunday holatda hamsuhbatga biror bir tarzda javob aloqasini taklif etish muhim hisoblanadi.

Bir ayol gaplariga hech e’tibor bermaydigan eridan ranjigan va dili xufton tarzda shunday deb hayqirdi: “Agar menga quloq solayotgan bo‘lsang, gaplarimga e’tibor ber! Biror narsa degin. Nima desang ham gapir! Meni eshitayotganingni shunchaki bildirgin!” Biz kimgadir gapiraverganimizda, bizni anglab yetishlarini jon–dilimizdan istaymiz.

Mana, sevimli insoningiz aytganlarini anglab olganingizni unga bildirish uchun bir qancha foydali tavsiyalar.

  • Jismonan javob bildiring. Hamsuhbatingizga o‘giriling. Engashing. Javob tariqasida boshingizni silking. Uning ko‘zlariga qarang. Hech narsa ko‘z qarashi kabi to‘liq e’tibordan darak bermaydi.
  • Ko‘proq ma’lumot so‘rang. Aniqlash yoki qo‘shimcha ma’lumot olishga qaratilgan savollar bering: “Sen nimani nazarda tutyapsan? Bu bilan nima demoqchisan?” yoki “Nega bu sen uchun shunchalik muhim?” Siz savollar beraverib, go‘yo shunday degandek bo‘lasiz: “Gapirishda davom etaver – bu men uchun qiziq, menga baribir emas”.
  • Aytilgan gaplarga o‘z fikrlaringizni qo‘shimcha jumlalar bilan bildiring: “Hoynahoy, u bilan uchrashishga sabring chidamayapti” yoki “SHuncha narsaga chidashingga to‘g‘ri kelibdi”. Gapirayotgan kishini faol tarzda tinglash yanada ichki tafsilotlarni baham ko‘rish bilan taqdirlanadi.
  • Aytilgan gaplarga boshqacha shakl berib his–tuyg‘u bilan takrorlang. Aytilgan gapning mazmuni yoki hissiyoti bir vaqtda aks etishi eshitilgan gapning mohiyatini oydinlashtirib, keyingi munosabatlarni mustahkamlaydi.
  • Hamsubatingiz gapirayotganida sukut saqlang. Gapirayotgan kishini so‘zini bo‘lmang va gapini tugatishni taklif qilmang. Masalan, men buni qiyinchilik bilan eplayman. Doimo o‘zimga eslatib turishimga to‘g‘ri keladi: “Gapini bo‘lma, gapini bo‘lmagin”. SHuningdek, u jim bo‘lib qolgan paytida gapirishga shoshilmang – siz muhim gap aytmoqchi bo‘lgan insonni cheklab qo‘yishingiz mumkin.

Dotti shunday deb tan oladi: “Josh gapimga suqilganida meni ba’zan xafa qilib qo‘yadi. SHunda xavfsirab qolaman: “U nahotki biror narsani hikoya qilib berishga meni layoqatsiz deb o‘ylasa yoki men mayda–chuyda tafsilotlarga juda berilib ketamanmi?” Ayrim vaziyatlarda bu uning jo‘shqinligida aks etishini tushunaman. Unga nima deb murojaaat qilayotganim hayajonga soladi va shunchaki o‘z so‘zini aytishga shoshiladi – u meni gapirishga qo‘ymaganida buni aralashuv yoki gapni bo‘lib qo‘yish deb tushunmaydi. Men bilaman: gapimga qo‘shilib ketishga uning sabri chidamaydi. Ammo, u bilan nimanidir baham ko‘rishni istaganimda, baribir, Josh menga boshidan oxirigacha so‘zlab berishimga imkon berishi yaxshi”. Sabr–bardosh – bu marhamatdir.

  • Hamsuhbatingiz gapirayotganida javob qaytarishga yoki rad etishga hozirlanmang, oshig‘ich gaplaringiz hovurini pasaytiring.
  • Aytilgan so‘zlarga javob yoki raddiya tanlab yoxud avvalroq aytganlaringizni qanday oqlash haqida o‘ylab, siz xayolan o‘z himoya chizig‘ingizni qurasiz. Oqibat esa lozim darajada tinglamaysiz.
  • Hamsuhbatingizni qo‘llashingizni ayting va u sizga ko‘nglini ochishga qaror qilgani uchun unga minnatdorchilik bildiring. Unisi ham, bunisi ham sog‘lom munosabatni mustahkamlaydi. Dono Sulaymon bilardi: “Yoqimli so‘z asal kabidir” (Hikmatlar 16:24). SHunday deb ayting: “Buni menga aytishga qaror qilganing uchun senga katta rahmat. Bilaman, bu oson bo‘lmagan, ammo samimiyligingni qadrlayman” yoki “Barcha aytganlaring men uchun juda muhim. Maslahatlaring menga foydali bo‘lishiga ishonaman”.

Bu yaxshi tinglovchi bo‘lish ustida faol ish olib borishning bir necha uslublari, xolos. Yodingizda tuting, sizning quloqlaringiz boshqa odamning qalbiga eshik ochishi mumkin, shu bois ularni berkitmang. Ishoning: agar siz yaxshi tinglovchi bo‘lishga bor kuchingizni bag‘ishlasangiz, bu sizga ko‘pgina foyda keltiradi.

Xullas, yaxshi tinglovchi bo‘lishga qaror qiling! Bu darrov yuz bermaydi va hammasi ham tezda amalga oshavermaydi. O‘z sevimli insoningizga yaxshi – yo‘q, ajoyib! – tinglovchi bo‘lishingiz haqida darak bering. Unga shunday niyatingiz borligi haqida bildiring, – bu mo‘‘jizaviy birinchi qadam bo‘ladi.

Ajoyib tinglovchi bo‘lish o‘zingiz sevadigan inson bilan sog‘lom munosabatlar qurish uchun poydevor qo‘ygan bilan barobar. Qanday tinglashni o‘rganish – bu hayotiy muhim bilimni o‘rganish demakdir. Aniq va tushunarli qilib gapirish ham munosabat san’atining muhim qismidir. Quloq solish, gapirish va tushunish – foydali munosabatlar kaliti hisoblanadi. Men navbatdagi bobda gapirish san’atini o‘rganish va sevimli insoningiz bilan sog‘lom munosabatlar qurish uchun tushunish masalalariga e’tiboringizni qarataman.


Книга на Узбекском языке: 10 рецептов счастья в браке (Джош Макдауэлл)

Брачные обеты… на этом обычно заканчиваются любовные романы, но это не конец вашей любовной истории, а лишь начало совместного пути с любимым человеком. В этой книге знаменитый американский проповедник рассказывает о десяти решениях, принятых им ради того, чтобы сохранить свежесть и яркость чувств в браке с любимой женщиной. Практические рекомендации, которые автор дает на основе библейского учения и личного опыта, будут полезны и молодоженам, и супругам со стажем, желающим сделать свой брак счастливым и долговечным. Читателей ждет бонус: тест на определение своих эмоциональных потребностей.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак