Sevgi hayot tarzi sifatida (Geri Chepmen G.) 0 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Geri Chepmen. Sevgi hayot tarzi sifatida

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

Mundarija

So‘z boshi

1 bob. Birinchi qism. Biz nega sevishni xohlaymiz? Sevgidagi hayot chuqur qoniqish tuyg‘usini beradi

2 bob. Ikkinchi qism. Sevgining yettita siri. Ezgulik. Hayot quvonchini o‘zing uchun emas, balki boshqalar uchun kashf etgin

3 bob. Sabr-toqat. Boshqa odamlarning nomukammal ekanligiga ko‘nikkin

4 bob. Kechirim. G‘azabdan voz kech

5 bob. Xushmuomalalik. Atrofdagilarga xuddi do‘stlardek munosabatda bo‘lgin

6 bob. Itoatkorlik. Boshqa kishi qad rostlashi uchun sen engash

7 bob. Saxiylik. O‘zingni atrofdagilarga bag‘ishla

8 bob. Halollik. O‘zingni angla

9 bob. Uchinchi qism. Nikohda sevgini hayot timsoliga aylantir

10 bob. Bolalar bilan munosabatda sevgini hayot tarziga aylantir

11 bob. Ish faoliyatingda sevgini hayot tarziga aylantir

12 bob. Sevgi undovi

13 bob. Xotima

Asarning qisqacha mazmuni

Geri Chepmen - sevgi va munosabatlar masalasida butun dunyoga mashhur guru. Uning kitoblari 37 tilga tarjima qilingan bo‘lib, olamdagi millionlab kishilar hayotida haqiqiy burilish yasagan. “Sevgi hayot tarzi sifatida” - mushtariylar kutgan kitob. Bu asar “Sevgining beshta tili” bestsellerining mantiqiy yakunidir. Chepmen hayot bizni uchrashtiradigan barcha bilan uyg‘un munosabatlarni aqlli, erkin ruhdagi boshqaruv asosida qurishni taklif etadi.   Test va topshiriqlar hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan yettita xos xususiyatlaringizni rivojlantirishga yordam beradi. Mazkur kitob yordami bilan o‘zingiz baxtli bo‘libgina qolmay, balki boshqalarni ham baxtiyor etasiz.

Geri Chepmen G. Sevgi hayot tarzi sifatida

T. K.ga bag‘ishlanadi.

So‘z boshi

Biz qizim Shelli bilan Finiksga uchganimizda, birinchi toifa chiptalarini olganimizdan juda xursand edik. Ammo menga 4A, Shelliga esa - 7A o‘rinlaridan joy berishdi. Biz ikkalamiz ham oyna oldida o‘tirdik, faqat boshqa-boshqa tomonda. Birinchi toifadagi barcha yigirma sakkizta o‘rin band edi. Biz biror kishi men yoki qizim bilan joy almashtirsa, to‘rt soatlik uchish mobaynida yonma-yon o‘tirib qolishdan umid qilgandik. Shelli yon o‘rindiqdagi kishidan iltimos qildi:

- Mening otam bilan joy almashmaysizmi? Biz yonma-yon o‘tirmoqchi edik.

- U yo‘lakning atrofida o‘tiribdimi? - so‘radi erkak kishi.

- Yo‘q, uning o‘rindig‘i oynaning oldida.

- Men almashtirmayman, - javob qaytardi Shellining qo‘shnisi. - O‘rnimdan turishga to‘g‘ri kelganida, odamlar oldidan qisilib o‘tishga toqatim yo‘q.

Birozdan so‘ng mening yon hamrohim ham kelib o‘tirdi. Men so‘radim:

- Biz qizim bilan yonma-yon o‘tirib ketishimiz uchun, siz 7A o‘rindig‘iga o‘tmaysizmi?

Erkak yettinchi o‘rindiqqa qarab javob qildi:

- Jonim bilan.

- Siz juda iltifotlisiz , - samimiy minnatdorchilik bildirdim men.

- Muammo yo‘q, - u mendan chiptani olib, 7A o‘rindig‘iga borib o‘tirdi.

Men keyinchalik bo‘lib o‘tgan barcha voqeani tahlil qilib chiqdim. Nega bu erkaklarning munosabati mutlaqo turlicha bo‘ldi? Ikkalasi ham ellik yoshdan oshgan, balki oltmishga ham borib qolishgandir. Ikkalasi ham ishbilarmon odamlardek kiyinishgandi. Ammo bittasi faqat yo‘lak atrofida o‘tirishini aytib rozi bo‘lmadi, boshqasi esa bizni quvontirish uchun bajonidil o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Ehtimol, birovining qizchasi bor, boshqasida esa yo‘qdir? Ehtimol, joy almashgan yo‘lak atrofida o‘tirgan erkak oyna oldida o‘tirgisi kelgandir? Yoki ular shunchaki boshqa-boshqa bolalar bog‘chasiga borishgan va ikkalasining onasi ham boshqacha bo‘lishgandir? Ehtimol, biroviga boshqalar bilan baham ko‘rish va yordam berishni o‘rgatishgan, unisiga esa shaxsiy manfaatlari hamma narsadan muhim ekanligini uqtirishgandir? Ehtimol, birovida sevgi geni bor, boshqasida esa yo‘qdir?

O‘n yillar mobaynida men bu kabi jiddiy va ahamiyatsiz vaziyatlarni kuzatib, hamisha o‘zimga savol berdim: “Sevuvchi odamlar va atrofdagilar haqida kamdan kam g‘amxo‘rlik qiladigan kishilar o‘rtasida qanday farq bor? Sevuvchi odamlar nimasi bilan farq qiladi? Ular qanday fe’l-atvorga ega?”

Men shu savollarga javob izlab, o‘tgan yili mamlakat bo‘ylab sayohat uyushtirdim. Men odamlar hatti-harakatini kuzatdim, ular bilan suhbatlashdim, maxsus adabiyotlarni o‘qidim, diniy saboq va odatlarni o‘rganib chiqdim. Bundan tashqari, o‘z tajribamdan foydalandim - axir men o‘ttiz besh yil mobaynida oila va nikoh masalalarida maslahat berish bilan shug‘ullanganman.

Bu ishlarim davomida men sevuvchi odamlarga taalluqli yettita xususiyat belgilarini ajratib chiqdim:

Ezgulik

Sabr-toqat

Kechirim

Itoatkorlik

Boadablik

Saxiylik

Halollik

Ushbu qayd etilgan xususiyatlarni qanaqadir noma’lum deya hisoblamang. Ular bor-yo‘g‘i ezgu maqsadlargina bo‘lib qolmagan. Ular egallab olganimiz sayin bizni chinakamiga sevuvchi odamlarga aylantiradigan ko‘nikmalardir. Bu har kunlik hayotimizda namoyon bo‘ladigan shaxsiy “amaliy” sifatlardir. Ularni egallab olish ajoyib natijalarni hosil qiladi. Ular sharofati bilan biz shaxsiy munosabatlardan chuqur qoniqish topamiz.

Sevgi - ko‘p qirrali tuyg‘u. U ko‘plab qirralari yagona, umumiy go‘zallik yaratadigan olmosga o‘xshaydi. Xuddi shuningdek, birgalikda to‘plangan yettita xususiyat sevuvchi odamni yaratadi. Ulardan har biri hayotiy muhim hisoblanadi. Agar munosabatlaringizda nimadir yetishmaydigan bo‘lsa, siz juda muhim bo‘lgan nimalarnidir boy berib qo‘yasiz.

Men ana shu xususiyatlarning belgilari nafaqat muvaffaqiyatli shaxsiy munosabatlar uchun, balki butun hayotdagi barcha yutuqlar uchun asosiy deya hisoblayman. Negaki hayotdan chinakamiga zavqlanishni his etishning yagona usuli - bu boshqa odamlarni sevish demakdir.

 

Ushbu kitobdan qanday foydalanish mumkin

 

Bu kitobdan mamlakatning turli burchaklarida yashaydigan har xil insonlar hayotiga oid voqealarni topasiz. Ularning barchasi o‘zlari uchun sevgidagi hayotning quvonchini kashf etishgan (yoki kashf etishga urinishmoqda). Shuningdek, siz o‘zingizda sevuvchi odamning xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy maslahatlarni ham olasiz. Siz mening kitobimni shoshmasdan o‘qib chiqishingizni taxmin etishimga ijozat bering, ammo hayotingizdagi mavjud barcha munosabatlarda sevgining har bir qirrasini tahlil qilishga ham vaqt toping. Shu haqda o‘ylayotganda, har bir bobning ikkinchi qismi quyidagi tarkiblarni o‘zida mujassam qilganiga e’tibor qarating:

Anketa. Oddiygina test sevuvchi odamlarga xos bo‘lgan bu yettita xususiyatning qirralari hayotingizda qanday namoyon bo‘lishi haqida o‘ylashga sizni undaydi. Bobni o‘qishingizdan avval ushbu testni o‘tkazishingizni maslahat beraman. Bu sizga o‘qish jarayonida o‘z kuchingizni  va shaxsiy munosabatlaringizdagi ojizlikni anglashga izn beradi.

Yangi tavsif. Men har bir bobning boshida asl sevgi borasida xususiyatlarga nisbatan shaxsiy aniq tavsiflarimni berib chiqaman.

Egallangan ko‘nikmalar. Sevuvchi odamdagi bu yettita xususiyatning qirralari ko‘nikma bo‘lgani bois, uning kundalik hayotimizda namoyon bo‘lishi mayda-chuyda odatlarga tayanadi. Har bir bobdagi matnning ajratilgan qismlari sevgi doimo sizning hayotingizda ishtirok etishi uchun nima qilishingiz kerakligi haqidagi tasavvurlarni beradi.

Raqiblar Agar shaxsiy munosabatlarimizda his-tuyg‘ular, tabiatimizga xos zaifliklarimiz bo‘lmaganida, bizga sevgi haqidagi bu kitob kerak bo‘lmasdi. Fe’l-atvorning yettita qirrasidan har biri ko‘plab raqiblar va hatto dushmanlariga ega, ammo odatda doimo, asosiy raqibni ajratib ko‘rsatish mumkin.  Mazkur bobdagi har bir bo‘limda men fe’l-atvorning muayyan qirralarini o‘zingizda rivojlantirish va uni kundalik hayotda qo‘llashga xalaqit beradigan asosiy to‘siq haqida qisqacha aytib beraman. Haqiqiy sevgi yo‘lidagi to‘siqni avvaldan bilsak, undan oshib o‘tishimiz oson bo‘ladi.

Agar... bo‘lsa, bizning munosabatlarimiz qanday bo‘lishi mumkin? Men o‘z tajribamga ko‘ra, yaxshi hayot haqida orzu qilib, keyin ana shu orzuni hayotning o‘ziga aylantirishni boshlash juda foydali bo‘lishiga ishonch hosil qilganman. Har bir bobni yakunlaydigan bo‘limlar agar siz muayyan bir o‘zgarishlar qilmoqchi bo‘lsangiz, hattoki u eng ahamiyatsiz bo‘lsa ham, munosabatlar qanday bo‘lishi mumkinligini tushunishingizga yordam beradi. Odamlarga boshqacha yondashishga urinib ko‘ring.

Vaziyatni o‘zingizda tatbiq qilib ko‘ring. Kitobimni yolg‘iz o‘zingiz yoki do‘stlaringiz bilan o‘qiyotganda, har bir bobning oxirida keltirilgan savollarga albatta javob bering. Bu ushbu mavzu shaxsiy hayotingizga bog‘liq ekanini tushunishingizga yordam beradi. Maqsadim nafaqat sizlarga sevgi haqida so‘zlab berish, balki sizni chinakamiga sevimli kishiga aylantirish bo‘lgani uchun, sizga shaxsiy o‘sish va rivojlanish bo‘yicha ayrim maslahatlarni berishga jur’at etdim.

Ushbu kitobim o‘zining shaxsiy munosabatlarini va hayotini butunlay yaxshi tarafga o‘zgartirmoqchi bo‘lgan har bir kishiga yo‘llangan. Hech nima biz taratadigan sevgi kabi atrofdagi olamni o‘zgartirishga qodir emas. Siz insonga oliy quvonchni atrofdagilariga bo‘lgan samimiy sevgi olib kelishini tushunib yetasiz.

Men o‘z fikrlarimni mohir ruhshunos yoki jamiyatshunosning quruq ilmiy tili bilan emas, balki jo‘n uslubda - oddiy erkak va ayollar gapiradigan tarzda bayon etishga urindim. Men faqat siz yoki menga o‘xshagan oddiy odamlar dunyoni - maqbul, uyg‘un munosabatlar hamma narsadan ortiq qadrlanadigan, odamlarga xizmat qilish to‘g‘ri hayot tarzi deya qabul qilinadigan, bolalar bir-birlariga hurmat va sevgi ruhida ulg‘ayadigan dunyoga aylantirishlariga ishonaman. Bu vazifani bajarib bo‘lmaydi deya hisoblamang. Bu kabi orzuni hayotga tadbiq etish uchun har birimiz yetarli kuchga egamiz.

“Geri Chepmen G. Sevgi hayot tarzi sifatida” Eksmo; Moskva; 2014 ISBN 978‑5‑699‑70284‑8


Аудио Книга на Узбекском языке: Любовь как образ жизни (Гэри Чепмен) 2020г

Описание книги: Гэри Чепмен – признанный во всем мире гуру в вопросах любви и отношений. Его книги переведены на 37 языков и совершили настоящий переворот в жизни миллионов людей во всем мире. «Любовь как образ жизни» – книга, которую ждали. Это логическое завершение бестселлера «Пять языков любви». Чепмен предлагает мудрое, ненавязчивое руководство по построению гармоничных отношений со всеми, с кем сталкивает нас жизнь. Тесты и задания помогут вам развить семь личных качеств, которые кардинально изменят вашу жизнь. С помощью этой книги вы не только сами станете счастливее, но и сделаете счастливыми других.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак